Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va davlatning inqirozga qarshi siysati



Download 490,62 Kb.
bet13/13
Sana12.05.2020
Hajmi490,62 Kb.
#50131
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5292076389359421092

109,5

109,0




108,5

108,3



















107,7

107,0

107,3




108,1































108













































































































106














































103,8

104,2

104,0

104,2




























104



















































































































102





















































































100





















































































2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

2009

2010

2011



bo’yicha O’zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari


qatoridan joy oldi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
2.2.4-rasm. O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida
o’sish dinamikasi, foizda.

Rasmdan ko’rinadiki, agar mamlakatimizda YaIMning o’sish sur’atlari 2000-2003 yillarda 3,8-4,2 foiz, 2004-2006 yillarda 7-7,3 foiz, 2007-2008 yillarda esa 9-9,5 foiz darajasida kuzatilgan bo’lsa, keyingi yillarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mazkur ko’rsatkichga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Biroq, yuqorida ta’kidlab o’tilgan omillar orqali mamlakatimizda 2009-2011 yillarda ham YaIMning yuqori va barqaror o’sish sur’atlari saqlanib qolmoqda.


Mamlakatimiz YaIM o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashda iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning yuqori o’sish sur’atlari mustahkam zamin tayyorlamoqda. Jumladan, 2011 yilda sanoat ishlab chiqarishi 6,3 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 16,4 foiz va aholiga pullik xizmatlar ko’rsatish 16,1 foizga barqaror yuqori sur’atlar bilan o’sdi (2.1.1-jadval).

2.1.2-jadval


O’zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalaridagi o’sish
sur’atlari, foizda








Ko’rsatkich







2007 yil







2008 yil







2009 yil







2010 yil







2011





























































yil















































































Sanoat ishlab







12,1







12,7







9,0







8,3







6,3
















chiqarishi









































































































































































Qishloq xo’jaligi





























































mahsulotlari




6,1




4,5




5,7




6,8




6,6
















yetishtirish




























































































































Chakana savdo







21,0







7,2







16,6







14,7







16,4
















aylanmasi









































































































































































Aholiga pullik




20,6




21,3




12,9




13,4




16,1
















xizmatlar ko’rsatish




















































































































































Jadvaldan ko’rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida dunyo miqyosida yalpi talab, savdo va investisiyalar hajmining sezilarli darajada qisqarishi yurtimiz iqtisodiyotiga ham o’zining ta’sirini ko’rsatdi. Xususan, inqirozdan oldingi 2007 yilda chakana savdo aylanmasi va aholiga pullik xizmatlar ko’rsatishning qo’shimcha o’sish sur’atlari darajasi (tegishli ravishda 21,0 va 20,6 foiz)ning keyingi yillarda sezilarli pasayishi kuzatildi. Biroq, shunisi e’tiborga loyiqki, shunday murakkab va qiyin sharoitda ham iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalarida iqtisodiy o’sishning yuqori va barqaror sur’atlari saqlanib qolmoqda.

III. INQIROZGA SABAB BO`LUVCHI BOSHQA OMILLAR.

3.1. “COVID-19” sabab vujudga kelayotgan global iqtisodiy inqiroz(qiyosiy tahlil)
2019-yilning oxirida Saudiya Arabistoni va ­Rossiya Federatsiyasi OPEK+ formatida neftning narxi va uni qazib olish hajmi borasida kelisha olmagani bilan xalqaro tovar bozorida inqiroz yuzaga keldi. 2020-yil avvalida esa Xitoyda koronavirus epidemiyasi avj oldi. Shu ikki yirik muammo birgalikda misli koʻrilmagan global retsessiya­ga zamin yaratmoqda. AQSH va ­Yevropaning yirik ommaviy axborot vositalarida esa shu mavzuga bagʻishlangan maʼlumotlar va tahlillar tinimsiz berib borilyapti.

Maʼlumki, “dunyo fabrikasi” deya nom olgan Xitoydek mamlakatda ikkinchi global iqtisodiyotning toʻxtashi jahon bozorida talabning keskin tushib ketishiga olib keldi. Oqibatda XXR iqtisodiyoti bilan oʻzaro hamkorlikda bogʻlangan ­barcha davlatlarda ham iqtisodiy nisbatlar tarozisi asta-sekin iqtisodiy turgʻunlik hududiga kira boshladi.
Xitoy iqtisodiyoti qayta oyoqqa turayotgan boʻlsa-da, ammo AQSH va Yevropadek “jahon doʻkonlari” yopilmoqda. Global maydonda xalqaro transport va turizm tarmoqlari deyarli toʻxtadi. Okean orti va qitʼada avtomobil sotish hajmi 75 — 80 foizga tushib ketdi. Umumiy ovqatlanish tizimi toʻla karantin rejimiga oʻtdi. Aksariyat korxonalarda masofadan turib ishlash tizimi joriy etildi. Umuman olganda, hali jahon bozorida yalpi tushkunlik qayd etilmagan boʻlsa ham, bugun barchamiz global iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlari va sohalarining yangi inqiroz pallasiga kirayotganini kuzatib turibmiz.

Shu paytgacha jahon iqtisodiyotining oxirgi 75 yillik rivojlanish davrida eng katta tahlikali voqelik sifatida biz 2008-yili boshlangan global moliyaviy inqirozni eslar edik. Oʻsha davrda jahon moliyaviy bozorlaridagi beqarorlik ancha keskin tus olgandi. Xususan, AQSH fond bozorlarida indekslar bir kunda 83 foizgacha tushib ketgan, neftning narxi 140 dollardan 30 dollarga “qulagan” ekani yuqorida aytib o`tildi.

2020-yilda boshlanayotgan inqiroz esa oʻz koʻlami va shiddatiga koʻra yana-da xavfli koʻrinish olishi mumkin. Bugun dunyo mamlakatlari ishchilari va xizmatchilarining 81 foizi karantinda ekanligi fikrimizga yaqqol dalildir.



Qiyosiy tahlil qilib koʻrsak. 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi davrida AQSH hukumati “Polson rejasi” nomi bilan tanish boʻlgan yirik bank-moliya institutlari va kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 750 mlrd. dollar miqdoridagi ­dastlabki dasturni eʼlon qildi. Bu oʻsha paytdagi mazkur birinchi iqtisodiyot YAIMning 5,2 foiziga teng edi.

2020-yilda esa Prezident ­Donald Tramp AQSH tarixida ­misli koʻrilmagan iqtisodiy yordam va ragʻbatlantirish tashabbusi — 2,2 trln. dollar hajmidagi ­(YAIMga nisbatan qariyb 10,3 foiz) ijtimoiy-iqtisodiy dasturining qabul qilinishiga erishdi. Bu mablagʻ 2008-yilgi inqirozga qarshi dasturdan ikki marta koʻproq ekanining oʻziyoq eshik qoqib kelayotgan xatarning naqadar jiddiyligidan dalolat beradi. Jahon savdo tashkiloti xalqaro savdo hajmi, hatto 32 foizga qadar tushib ketishi mumkinligini bashorat qilyapti. “Blumberg” axborot agentligining dastlabki tahlillariga koʻra, jahon iqtisodiyoti ushbu inqirozdan 5 trillion dollarga yaqin zarar koʻrishi mumkin, AQSH, Germaniya va Fransiya kabi yirik iqtisodiyotlarda ikkinchi chorakdan boshlab jiddiy iqtisodiy yoʻqotishlar bashorat qilinmoqda. ­“Vashington post” gazetasida yozilishicha, ­AQSHda joriy chorakda ishsizlik 30 foizga qadar koʻtarilishi mumkin.

evropada iqtisodiy xavfning yana-da kuchliligiga munosib ­ravishda Yevropa Markaziy bankining 750 mlrd. yevro hajmidagi muammoli aktivlarni sotib olishdek iqtisodiy ragʻbatlantirish dasturi, Germaniya, Fransiya, Buyuk ­Britaniya, Italiya, Ispaniya va ­Yevropadagi boshqa mamlakatlar inqirozga qarshi tashabbuslari ham­ohang yangray boshladi. Birgina Fransiya yoki Italiyaning oʻzida qariyb 250 mlrd. yevroga teng iqtisodiy dasturlar toʻgʻrisida fikr yuritilmoqda. Bu roʻyxatni Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va ­Janubi-Sharqiy Osiyoning qolgan davlatlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlarning jahon iqtisodiyoti, xususan, kichik va oʻrta biznes subyektlari, aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash loyiha­lari ­bilan yana davom ettirish mumkin.

020-yilda boshlanayotgan global iqtisodiy inqiroz 2008-yildagisidan nimasi bilan farq qiladi?

U bir tomondan, AQSH va ­Yevropa Ittifoqi oʻrtasida, ikkinchi tomondan esa Yevropa Ittifoqi aʼzo­lari ichida jiddiy inqiroz davrida ­kelisha olmaslik muammosi mavjudligini namoyish etyapti. Bundan tashqari, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Rossiya va Xitoy global toʻrtligi orasida ham ayrim jiddiy munozalar koʻtarilish ehtimoli global iqtisodiy ­inqirozga yana-da salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Eng muhimi shundaki, bu safar eshik qoqib kelayotgan global ­inqirozning nafaqat Oʻzbekiston uchun ham xavfliligi tan olinyapti, balki unga qarshi mutanosib va tezkor choralar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, 2008-yilgi global moliyaviy inqirozga qarshi choralar koʻrish xavf boshlanganidan keyin 3 oy oʻtib eʼlon qilingan boʻlsa, (inqiroz 2008-yil avgustda boshlangan edi, unga qarshi dastlabki dastur 18-noyabrda qabul qilingan), 2020-yilgi global inqirozga qarshi choralar nihoyatda tezlik bilan, global xavf eʼlon qilinishi bilan atigi 1 haftada (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini 11-martda eʼlon qilgan boʻlsa, Oʻzbekistonda unga qarshi dastur 19-martda qabul qilindi. Bunday xavf tugʻilishi va unga qarshi tayyorgarlik koʻrish ­lozimligi esa 29-yanvardan boshlangan edi, yaʼni aksariyat rivojlangan davlatlardan qariyb 2 oy oldin) tayyorlanib, aholi orasida va iqtisodiyotda sarosimaning ­oldini olishga mustahkam zamin yaratildi.

Eski va yangi dastur: farq nimada?

Bundan tashqari, ushbu dasturlarni qiyosiy taqqoslash 2008-yildagidan tubdan farqli ravishda, 2020-yilda Oʻzbekiston global iqtisodiy inqirozga nihoyatda keng qamrov va koʻlamda hamda nafaqat iqtisodiy, balki eng avvalo, har bir oila va insonning xotirjamligi omilini bosh ustuvor masala sifatida qabul qilib, juda jiddiy tayyorgarlik koʻrayotganidan dalolat beradi. Masalan, 2008-yilgi iqtisodiy dasturning asosiy mavzulari eksportni qoʻllab-quvvatlash, bank tizimining barqarorligini saqlab qolish hamda ishlab chiqarishda ish joylari qisqarib ketmasligiga eʼtibor qaratilgan edi. 2020-yilda boshlanayotgan global inqirozga qarshi iqtisodiy das­tur markazidan esa mehnat ­resurslari ishlab chiqarishdan ­vaqtincha ajratilgan boʻlishiga qaramasdan, avvalo, aholining ­salomatligi va ijtimoiy taʼminoti, kichik va oʻrta biznesni ­asrab-avaylash, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari uchun investitsiya, kredit va soliq imtiyozlarining berilishidek strategik maqsadlar joy oldi. Zero, Prezidentimizning iqtisodiy ­dasturidagi bosh mezon bu inson omilidir. ­Xususan, aholining kam taʼminlangan ­qismini davlat ­tomonidan jiddiy ijtimoiy ­muhofaza qilish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va eksport surʼatlari ­pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik eng asosiy tamoyillar etib ­belgilangani diqqatga sazovordir. Eng muhimi, 2020-yilgi inqirozga qarshi chora-tadbirlar manzilli, ularni moliyalashtirish manbalari oʻta aniq va faqat real, mavjud ­resurslarga asoslangan boʻlib, ­mavhum tashqi omillardan yordamni kutmaganligi bilan ajralib ­turibdi.

XULOSA

Biz o’z oldimizga qo’ygan uzoq muddatli ulkan maqsadlar, ya’ni zamonoviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, halqimizning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallash vazifasi barchamizdan birdamlikni, bir yoqadan bosh chiqarib, o’zimizni talab etadi.
2008 YILDA BOShLANGAN JAHON MOLIYaVIY-IQTISODIY INQIROZINING NAVBATDAGI TO’LQINI YeVROPADA YuZ BERIShI MUMKINLIGI TO’G’RISIDAGI BAShORATLAR DUNYo MIQYoSIDA YaNA KIChIK BIZNESNI RIVOJLANTIRIShNI DOLZARB MASALA SIFATIDA KUN TARTIBIGA KIRITA BOShLADI

Hayotning turli soha va tizimlarini rivojlantirib, jamiyatni harakatga keltiradigan tadbirkorlik eng og’ir muammo – ishsizlikni hal etishda muhim rol’ o’ynashini ta’kidlashga hojat bo’lmasa kerak.


Mutaxasislarning fikricha, kichik biznes yangi texnologiyalarni hayotga tadbiq etishda ham alohida faollik ko’rsatmoqda.
Ma’lumki, tarixda ham, bugungi kunlarimizda ham tadbirkor va ishbilarmon insonlar har qanday davlatning tayanchi va suyanchi, har qanday jamiyatning ustuni bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolmoqda.
Shu o’rinda XXI asrning 90-yillarida oyoqqa tura boshlagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari o’zining bardoshliligi bilan dunyoda yirik monopoliyalar hukmronligi to’g’risidagi qarashlarni chippakka chiqarayotganini alohida ta’kidlash joiz. Tan olish kerak: 90-yillarning o’rtalarida hatto AQShda ham kamida 20 kishidan iborat ish o’rni yaratgan kichik tadbirkorlik subyektlari jami yangi ish o’rinlarining 60 foizini tashkil etgan edi. Ayniqsa, xizmat ko’rsatish sohasida 25 million fuqaro ish bilan ta’minlangan bo’lsa, yirik korporasiyalar, aksincha, 3 millionta ish o’rnini qisqartirishga majbo’r bo’ldi. 2008 yilda boshlangan va hali hanuz davom etayotgan global inqiroz sharoitida ham aynan yirik korxonalar 30 million ishchi-xizmatchini bushatgani dunyo miqyosida kichik va xususiy biznesga nisbatan munosabatning tubdan o’zgarayotganini anglatadi.

2020 yilda pandemiya sabab iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Ya`ni yuqorida aholining qariyb 80% ishga yaroqli qismi karantin sabab uyda o`tirgani haqida aytib o`tildi. Jahon tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, agarda tegishli chora tadbirlar ko`rilmasa bu holat o`z – o`zida global iqtisodiy inqirozga olib kelishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonini



  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisi

to’g’risida Axborot. Xalq so’zi gazetasi 5-dekabr 2009 yil.




  1. Sh. Shodmonov “Iqtisodiyot nazariyasi” o’quv qo’llanma.Toshkent 2017 yil.




  1. Gulbahor O’mirzoqova “Inqirozga qarshi kurash choralar ijrosini

ta’minlash” Milliy tiklanish gazetasi 22 aprel 2009 yil.





  1. «XXI ASR» 2019yil 27 oktyabr.




  1. “Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi- iqtisodiy harakatsizlik” Nodir Jumayev maqolasi 02.04.2020

Internet sayitlardan.



      1. Stat.uz

      2. Blogs.voanews.com

      3. Amerikaovozi.com

      4. xs.uz

      5. review.uz

      6. dompelican.ru

      7. bbc.com\uzbek



2020-05-02



[Muxammadjonov Shamsiddin] ǀ [BD 51]






Download 490,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish