Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Mavzu:  Til va nutq munosabatlari. Nuqt odobi. Til va madaniyat



Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana15.05.2021
Hajmi0.8 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Mavzu:  Til va nutq munosabatlari. Nuqt odobi. Til va madaniyat. 

Reja. 


1. Til bilan nutqning bir-biriga bog`liqligi  

2. Til madaniyati va nutq madaniyati  

1. 

Tilga xos xususiyatlar.  



2. 

Nutqqa xos xususiyatlar  

3. 

Xulosa. 


Til va nutq bir-biriga   bog`liq   hodisalardir,   ularni bir-biridan ajratib qarab bo`lmaydi. 

Til nutq    uchun moddiy materialdir. Shu material asosida nutq   tashkil topadi. 

Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo`ladi. 

 

Tilda  ruhiy  va  moddiy  material  mavjud.  So`z,  moro’ema,  fonemalarning  kishi 



xotirasidagi  obrazlari  ruhiy  material  hisoblanadi.  Nutq  yaratish  jarayonida  ma`lum  tovush 

to`plamida  namoyon  bo`ladigan  so`z  shakllari  moro’emalar,  tovushlar  moddiy  materialdir. 

Bunday  til  bir  tomondan,  moddiy  hodisa  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan  ruhiy  hodisadir,  degan 

xulosa  kelib  chiqadi.  Tilning  ruhiy  hodisaligini  uning  ongda  saqlanishi  ko`rsatadi.  Uning 

moddiyligini esa nutq jarayonida yuzaga keluvchi mavjud real tovushlar belgilaydi. 

Biz  xotiramizda  saqlangan  qoidalardan  tezkorlik  bilan  foydalanib,  biror  fikrni  yuzaga 

chiqarish  uchun  so`zlar  va  grammatik  ma`no  tashuvchi  morfemalardan  so`z  shakllarini  va 

gaplarni  hosil  qilamiz.  Masalan,  miyamizda  u  kitobni  qayerdan  olganini  bilish  fikri  tug`ildi, 

deylik. Uni savol tariqasida shunday yuzaga chiqaramiz. Sen kitobni qayerdan olding? Bunda biz 

sen, kitob, qayer, ol leksemalardan: -ni, -dan, -da, -ng morfemalaridan va so`roq gap modelidan 

hamda  qoidasidan  foydalandik.   Bu  gapni  aytish  jarayonida ongimizdagi leksemalar alohida 

mofemalarnn qabul qilib, so`z shakllaridan aylandi va  yuqoridagicha tartibni egalladi. Til ruhiy 

hodisadan  moddiy  hodisaga  aylandi.  Bu  jarayon  tugashi  bilan  tilga  tegishli  narsalar  yana 

alohidalik  holiga  qaytadi  va  ongimizda  avvalgidek  saqlana  beradi.  Demak,  ma`lum  til 

jamoasidagi  kishilar  ongida  tovush  obrazlari  sifatida  saqlanadigan  va  hamma  vaqt  haqiqatga 

aylanishga  tayyor  turgan  so`z,  fonema,  tufayli  lisoniy  qoidalar,  gapning  modellari  tilga 

tegishlidir. Chegaralangan narsalar miqdoridadir, nutq esa cheksizdir. 

Tilda  paydo  bo`lgan  narsalar  dastlab  ayrim  shaxslar  nutqida  ko`rinadi,  so`ng  asta-

sekinlik  bilan butun jamoa ongiga singadi. Nutq tildagi  mavjud ifoda vositalardan  foydalangan 

holda  mavjudlikka  aylangan  fikrdir.  Nutq  nutq  a`zolarining  harakati  jarayonida  paydo  bo`ladi. 

Ruhiy hodisa bo`lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o`tgach, haqiqatga aylanadi. 



Til  bilan  nutq  orasidagi  munosabatga  dialektik  nuqtai  nazardan  yondashilgandagina  u 

haqdagi  tasavvur  bilimlarimiz  to`laqonli  bo`ladi,  mukammallashadi.  Til  bilan  nutqning  o`zaro 

munosabatini  yaxish  anglamoq  uchun  avvalo,  tilning  o`zini,  uning  qanday  qurilma  ekanligini 

aniq  his  etmoq  kerak.  Tilning  lisoniy  imkoniyatlarini  egallash  ikki  bosqichda  amalga  oshadi: 

Birinchi  bosqich  til  vositalarini  bilishdan  iborat.  Bu  nutqni  tinglaganda  unda  ishlatilgan  til 

vositalarining ma`nosi va vazifasini anglashda ko`rinadi. Ya`ni tinglovchi tinglagan va o`qigan 

narsalarinp  tushunadi.  Bunday  shaxs  o`zgalar  nutqini  yaxshi  tushunadi.  Ammo  o`zining  nutqi 

tilning rang-barang imkoniyatlaridan mahrum qilmoq bo`ladi. 

Ikkinchi  bosqich  til  sistemasi  taqdim  etgan  imkoniyatlarining  katta  qismini  chuqur 

o`zlashtirishdan ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishdan iboratdir. Bunga erishgan shaxsning 

nutqi  ravon,  boy,  obrazli,  o`rindi  bo`ladi.  Birinchi  bosqichda  anglab  olingan  nutq  vositalari 

ustida  doimiy  mashq  qilish,  ularni  xotirada  saqlashga  doimo  e`tibor  berish,  bu  imkoniyatlarni 

nutqiy tezkorlikka aylantiradi. 

 

Mustahkamlash uchun savollar. 



1. Til bilan nutqning bir-biriga bog`liqligi haqida nimalarni bilasiz? 

2. Til madaniyati va nutq madaniyati tushunchasini  qanday izohlaysiz?  

3. Tilga xos bo’lgan xususiyatlar haqida so`zlang . 

    4. Nutqqa xos bo`lgan xususiyatlar qaysilar? 

 

      5. Nutq madaniyati nima? 



 

6. Nutq va uning turlari. 

      7. Nutq madaniyati lingvistik soh 

      8. Nutq madaniyati muammolari. 

     Nutq madaniyati fani hozirgi davr tilshunoslik fanining aktual muammolaridan biridir. 

Tafakkur nutq yordamida ro`y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog`laydilar. 

Nutq madaniyati esa biror tilda to`g`ri so`zlash va yozish, o`sha tilda o’ikri qisqa va aniq, sodda 

va obrazli, uslub jihatdan ravon ifodalash demakdir. 

Tinglovchida kuchli taassurot qoldirish va kishining nutqi noaniq bo`lmasligi uchun dastlab til 

qoidalarini puxta bilish lozim. 

Nutq turli shaklga ega bo`lib, quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Nutq, ko`pincha, ovoz chiqarmasdan, o`ylash protsessida ham ifodalanadi. Bunday odam 

ichida  gapiradigan,  ya`ni  passiv  nutqdir.  Bunday  ichki  nutqda  ikkinchi  kishiniig  bo`lishi  shart 

emas. Ichki nutq og`zaki va yozma nutqning asosi sifatida muhim o`rin tutadi. 

    Nutq

 

Ichki nutq



 

нутq 


Таshqи 

nutq 


Passiv nutq 

Аktiv nutq 

Оg’zaki nutq 

Yozma 


nutq 

Моnоlоgik 

нутq 

Дialogik 



nutq 


Tashqi  muhit  aktiv  o’ikrlashni  talab  qiladi.  Bunday  nutq  og`zaki  va  yozma  formada 

amalga  oshiriladi.  Odatda,  tovushli  so`zlashuv  protsessiga  og`zaki  nutq  deyiladi.  Bundan 

tashqari  kishilar    intonatsiya      orqali      mimika    va      imo-ishora    orqali    ham  o`z  fikr,  his-

tuyg`ularini  boshqalarga  yetkazadi.  Og`zaki  nutq  hamisha  bir  yoki  bir  necha  kishi  tomonidan 

monolog  yoki  dialog  shaklida  namoyon  bo`ladi.  Monologik,  nutq  bir  kishining  ko`pchilikka 

qaratilgan fikrlarining ifodasidir. 

Dialogik nutq ikki va undan ortiq shaxs o`rtasida amalga oshiriladi. 

Nutq  madaniyati  hodisasining  o`zini  maxsus  ilmiy  tushuncha,  maxsus  lingvistik  soha 

sifatida asoslab berishga bag`ishlab yozilgan adabiyotlar juda kam. 

O`zbek  tilshunosligida,  shuningdek,  deyarli  butun  turkologiya  fanida,  nutq  madaniyati 

sohasi yangi bo`limdir Bu masala bo`yicha endigina sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Hozirgi  vaqtdagi  eng  muhim  narsa  shuki,  nutq  madaniyatini  ilmiy  muammo  sifatida 

qo`yish  va  ishlash  lozimligi  ko`pchilik  olimlar  tomonidan  tan  olindi.  Nutq  madaniyati  deb 

yuritiluvchi  tushunchaning  ilmiy  muammo  sifatida  «asoslanishi,  dastlab  rus  tilshunosligida 

yuzaga keldi. Bu masalaning ilmiy muammo sifatida asoslalanishi atoqli rus tilshunosi Grigoriy 

Osipovich Vinokur (I897-1947) ning nomi bilap bog`liqdir. 

O`zbek  tilshunosligi  nutq  madaniyati  oldida  quyidagi  aktual  nazariy      hamda  amaliy 

muammolar turibdi: 

 

1.Nutq madaniyatining umumnazariy muammolari. 



  2.Yozma nutq madaniyati muammolari. 

  3.Og`zaki nutq madaniyat muammolari. 

Mazkur muammolarning ilmiy hal qilishni tilshuni. 

O`zbek tilshunosligida nutq madaniyati tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan yana bir qator 

masalalar ham borki, ularni umumlashtirib tubandagicha gruppalashtirish mumkin: 

1.Nutq      madaniyati      yoki      til      madaniyati      deb      nomlanuvchi  tushuncha,  hodisaning 

mohiyatini aniqlash kerak. 

2.Nutq      madaniyati      tushunchasining      tilshunoslik      fanida  paydo  bo`lishi  tarixan 

asoslanishi lozim. 

3.Nutq 


madaniyati 

va 


til 

madaniyati 

terminlariii 

ifodalovchi     tushunchalarning     aloqador      va     farqli xususiyatlarini aniqlash zarur. 

4.Nutq    madaniyati  tushunchasining,      bir    tomondon,      ilmiy  muammo      sifatida      va   

ikkinchi   tomondan,   lingvistik soha sifatida mazmunini belgilash kerak. 

5. Nutq   madaniyati   muammosini   ilmiy   tadqiq   etish aspektlari aniqlanishi lozim.  

6.  Nutq  madaniyati  sohasi  bilan  tnlshunoslikning  boshqa  bo`limlari  orasidagi  munosabat, 

ulardagi o`zaro o`xshashlik aloqadorlik farqli tomonlar belgilanishi shart. 

7.  Nutq  madaniyati  sohasining  nazariy  muammolari,  unga  kiruvchi  masalalar  aniqlanishi 

zarur. 

8. Nutq madaniyatining amaliy muammolari unga kiruvchi masalalarni aniqlanishi kerak. 

9. Nutq madaniyati va individual nutq masalasi. 

10. Nutq madaniyati va  ommaviy nutq muammosi nimaligi aniqlanishi zarur. 

Yuqorida  qayd  qilingan  tushuicha  va  muammolarni  talqin  qilish  va  javob  topishga 

intilish o`zbek tilshunosligi o’anining dolzarb masalalaridan biridir. 




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat