Italiya va Rossiya firmalari o’rtasidagi shartnomaga ko’ra, Italiya firmasiga



Download 345,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana07.04.2022
Hajmi345,21 Kb.
#535104
  1   2
Bog'liq
Xalqaro tijorat arbitraji



KAZUSLAR: 
Italiya va Rossiya firmalari o’rtasidagi shartnomaga ko’ra, Italiya firmasiga 
tegishli vino ichimligini Rossiya federatsiyasi bo’ylab tarqatish majburiyatini 
oladi. Tomonlarning kelishuviga asosan Rossiya Italiya vinolarini tarqatish 
bo’yicha mutlaq huquqqa ega bo’lib, har sotilgan tovardan 25% miqdorida ustama 
haqqi olish huquqini qo’lga kiritadi. Nizo kelib chiqqan vaziyatda tomonlar adhoc 
arbitrajiga murojat qilishga kelishilgan edi, lekin qaysi huquqni qo’llash 
tanlanmagan edi. Nizo kelib chiqqan vaziyatda shartnomaga asosan Rossiya 
tashkiloti Federatsiya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi xalqaro tijorat arbitraj 
sudiga (XTAS) murojat qildi. Rossiya tashkiloti qo’llanilishi lozim bo’lgan huquq 
sifatida 1980-yilda Vena konvensiyasining normalarini ko’rsatib o’tdi. Italiya 
firmasi ushbu arbitraj sudiga o’z etirozlarini yozma tarzda bildirdi. Sababi 
shartnomada adhoc sudiga murojat qilinishi lozimligi ko’rsatilgan bo’lib, sud 
milliy va xalqaro normativ huquqiy hujjatlar asosida olib borilishi lozimligini 
ko’rsatdi. XTAS Italiya va Rossiya firmalari o’rtasidagi nizolarni ko’rishga 
vakolatli emasligini takidladi. Undan tashqari ikki davlat o’rtasidagi shartnoma 
ingliz va italiya tillarida tuzilganligini, nizo kelib chiqqan payt ingliz tilidagi 
matnga e’tibor qaratish lozimligi to’g’risida kelishilganligini, shartnomada FOB-
Italiya porti qoidalari tanlangan. 
Vaziyatga huquqiy baho bering ! Italiya firmasi etirozlari o’rinlimi ? Fikringizni 
huquqiy asoslang ! XTAS harakatlariga huquqiy baho bering ! Vujudga kelgan 
arbitrajga tegishlilik masalasini xalqaro hujjatlar asosida oydinlik kiriting ! Usgbu 
holatda taraflar uchun eng qulay arbitraj shakli qaysi ? 
Hozirgi kunda taraqqiyotning shiddat bilan rivojlanishi va dunyo davlatlari va 
mintaqalari o’rtasidagi munosabatlarning toboro globallashuvi afzalliklar keltirib 
chiqarish bilan birga bir qancha yuqoridagi kabi muammolarni ham yuzaga 
keltirmoqda. 
Xalqaro tijorat arbitraji (XTA) asosan tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida 
vujudga keladigan chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik nizolarini hal 


qilish uchun yaratilgan maxsus institut hisoblanadi. Ko’pchilik olimlar XTA ni 
faqat hakamlik sudi sifatida belgilaydi, ba’zi mutaxassislar esa uni tijorat 
nizolarini hal qilish uchun nodavlat protsedura ko’rinishidagi sud deya e’tirof 
etadilar. 
To’g’ridan ro’gri savolga yuzlanadigan bo’lsak, Rossiya va Italiya 
davlatlarining firmalari o’zlarining shartnomalarida belgilab qo’yilgan huquq va 
majburiyatlarini bir tomonlama bajarilmasligini kuzatishimiz mumkin, ya’ni 
Rossiyada joylashgan firma o’zining vino mahsulotlarini o’z vaqtida yetkazib 
berish majburiyatini qo’pol ravishda buzgan. Shunga o’xshash holatlar uchun ular 
muammoga yechim topish maqsadida ad hoc arbitrajiga murojat qilishni kelishib 
olishgan. Adhoc arbitraji o’zi nima ? Ushbu turdagi arbitraj shakl jihatdan 
istitutsional arbitraj sudlaridan farq qiladi. Arbitrajning bu turida Arbitrajning aniq 
reglamenti bo’lmaydi va vujudga keltiruvchilarning talabi asosida faoliyat 
yuritadi
1
. Bizning fikrimizcha esa, and hoc shaklidagi arbitrajning 3 ta farq 
qiluvchi belgilari bor. Bular: doimiy faoliyat ko’rsatmasligi, tomonlarning irodasi 
bilangina vujudga kelishi va faoliyat doirasining cheklanganligi bilan farq qiladi. 
Yuqorida esa Rossiya hududida joylashgan firma shartnoma shartlariga amal 
qilmay mazkur muammo yuzasidan Rossiya tashkiloti Federatsiya Savdo-sanoat 
palatasi huzuridagi xalqaro tijorat arbitraj sudiga murojat qilgan. Bu yerda esa, 
Rossiya firmasining ikkinchi marta shartnoma shartlarini buzayotganligi 
kuzatiladi. Ularning ushbu harakati esa vaziyatni yanada chigallashtiradi. Chunki 
UNICTRAL arbitration rules ( Umumiy yunistrial qoidalar) ga asosan 
shartnomada kelib chiqadigan nizo uchun shartnomada belgilangan qoidalarni 
qo’llash belgilangan. Ya’ni arbitraj olib boriladigan joyagarda shartnomada 
belgilanmagan bo’lsa arbitraj tomonidan eng maqbul joy tanlab olinishi qoida 
tariqasida kiritilgan
2
“If the parties have not previously agreed on the place of 
arbitration, the place of arbitration shall be determined by the arbitral tribunal 
having regard to the circumstances of the case. The award shall be deemed to have 
1
Rustambekov.I.R “Международный комерческий арбитраж”- O’quv darslik-Tashkent-2018, 20,21-betlar. 
2
UNCITRAL Arbitration Rule (as revised in 2010) article-18. 


been made at the place of arbitration”. Olib boriladigan sud protsedurasi 
yuritiladigan til esa, arbitraj kelishuvida ko’rsatilmagan taqdirda ishni olib borish 
arbitraj tomonidan shartnoma matni tuzilgan til yoki maqbul tilni tanlash orqali 
olib borishi lozimligi belgilangan 
3
“Subject to an agreement by the parties, the 
arbitral tribunal shall, promptly after its appointment, determine the language or 
languages to be used in the proceedings. This determination shall apply to the 
statement of claim, the statement of defence, and any further written statements 
and, if oral hearings take place, to the language or languages to be used in such 
hearings”. Qo’llaniladigan huquqda esa bir qancha tafovutlar mavjud. Deyarli 
barcha institutsional arbitrajlar agarda taraflar tomonidan qo’llaniladigan huquq 
belgilanmasa, ko’p hollarda o’zi joylashgan joy huquqini yoki nizo kelib chiqqan 
makon qonunchiligini qo’llaydilar. Bunga misolqilib Gong Kong xalqaro tijorat 
arbitraji va London xalqaro tijorat arbitrajini misol qilib keltirish mumkin. “The 
arbitral tribunal shall apply the rules of
law
designated by the parties as applicable 
to the substance of the dispute. Failing such designation by the parties, the arbitral 
tribunal shall apply the law which it determines to be appropriate. The arbitral 
tribunal shall decide as amiable compositeur or ex aequo et bono only if the 
parties have expressly authorized the arbitral tribunal to do so. In all cases, the 
arbitral tribunal shall decide in accordance with the terms of the contract, if any, 
and shall take into account any usage of trade applicable to the transaction”. FOB-
Italia port qoidalariga keladigan bo’lsak, yetkazib berilgan tovarlar uchun 
javobgarlik qabul qiluvchining zimmasiga yuklatiladi degan ma’no beradi. 
Yuqoridagi holatga tegishli jihati esa, Italiya kompaniyasi Rossiya kompaniyasiga 
nisbatan da’vogar darajasiga ko’tariladi.“The Seller delivers the goods to the 
buyer on board the vessel nominated by the buyer, cleared for export, at the 
named wharf/seaport of shipment. From that point, the Buyer bears all costs and 
risks of loss or damage”
4
.
3
UNCITRAL Arbitration Rule (as revised in 2010) article-19 part-13-,3. 
4
www.main freight.com 


Muammoning yechimiga kelishdan oldin vaziyatlardan kelib chiqadigan 
natijalarni jamlaymiz. Birinchidan, Rossiya firmasi o’z hududida joylashgan 
Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudiga emas, balki, 
shartnomada kelishilgan ad hoc tijorat arbitrajiga murojat qilishi zarur edi. 
Ikkinchidan Taraflar shartnomada qat’iy til, arbitraj sudi olib boriladigan joy va 
qo’llaniladigan huquq yoki yurisdiksiya borasida yakdil holatda kelishmaganligi 
uchun arbitraj tomonidan belgilanishi mumkin. Uchinchidan, tomonlardan biri 
shartnomada institutsional arbitraj emas, balki XTAS ga murojad qiladi. Bu esa 
o’z o’zidan shartnomaga ochiqdan ochiq amal qilmaslikni anglatadi. To’rtinchidan 
shartnomada ikkita huquqni qo’llash to’g’risida gap ketganda ehtiyotkorlik bilan 
yondashishga to’g’ri keladi. Chunki aynan mana shu band shartnomani haqiqiy 
emas deb toppish uchun asos bo’lishi mumkin. XTAS ularning so’rovini ko’rib 
chiqmaganligi va rad qilganligi aynan ularning shartnomada ad hoc sud tartibini 
belgilaganligidan kelib chiqib rad qilgan. Demak, bunday holatlarda asosiy ro’lni 
tayinlangan ad hoc arbitrajlari hal etadi. Bizning fikrimizcha esa, ad hoc sudi ikki 
xil qaror chiqarishi mumkin. Ulardan birinchisi shartnomani haqiqiy emas deb 
toppish yoki vaziyatni xalqaro normalar asosida Italiya foydasiga hal qilishi 
mumkin. Sabablar esa yuqoridagi normalar orqali ochib berilgan. 

Download 345,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish