Исследование тягового электрдвигателя электровоза «Узбекистон-йўловчи»


Detallarning shikastlanishi va yemirilishi sabablari



Download 3.15 Mb.
bet6/14
Sana14.07.2021
Hajmi3.15 Mb.
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

1.4.2. Detallarning shikastlanishi va yemirilishi sabablari.


Ekspluatasiya davomida elektrvozlarning u yoki bu detallari yemiriladi. Natijada strukturaviy va texnik xaraktiristikalar o’zgaradi. Shuningdek, detallar tutashmasidagi tirqish kengayadi, nominal qiymatdan oshib ketgach tok va kuchlanish esa elektr mashinalar cho’lg’amlarini kontaktorlar va relelar chulg’amlari, rezistor va o’zgartirgichlarni mumkin bo’lmagan darajada qizishiga olib keladi. Bu esa izolyatsiyaning eskirishiga, o’z xususiyatlarini yoqotishga, vanixoyat izolyatsiyaning teshilishiga olib keladi. Ish sharoiti spesifikatsiyasi (tez-tez o’chirib yoqish, yuqori chang darajasi va h.z) dan kelib chiqib, shuningdek ob-havo sharoiti ta’sirida moylovchi va sovutuvchi materiallar o’z xususiyatini yo’qotib, ishqalanish kuchlari oshadi, qizish natijasida o’zgartirgichlar ham ishdan chiqishi mumkin [9,11].

Yemirilish – budastlabki va oxirgi ko’rik va o’lchov vaqtida yuzalar holati orasidagi farq. Eng keng tarqalgan yemirilish turi – mexanik yemirilish bo’lib, uning o’zi bir necha turlarga bolinadi: molekulyar-mexanik, zanglash, abraziv, kantakt-charchoq yemirilishi, fretting-korroziya.

Molekulyar yemirilish moy qurib qolishidan, va sirpanish-ishqalanishda o’zaro past tezlikda ishlovchi detallar yuzalarida yoki oqish chegarasi qiymatidan oshib ketuvchi bosim sharoitida yuzaga keladi. Bunda o’zaro tegib turgan yuzalarda molekulyar bog’lanishyuzaga keladi va mustaxkamligi pasroq jisimdan bir parchasi yulinib chiqadi. Bu turdagi yemirilish lyulka osmasi, aravachalar orasidagi bo’g’inlarda, kuzov tayanchida avtotirkama uchida kuzatilishi mumkin.

Oksidlanish yemirilish – ishqalanuvchi yuzalarda moylovchi yoki boshqa ixtiyoriy suyuqlik mavjud bo’lganda oksid plyonkasining yemirilishi natijasida yuz beradi.Yemirilish jarayoni sekin yuz beradi, biroq obraziv zarra tushishi jarayonni tezlashtirib yuboradi.

Abraziv yemirilish ishqalanayotgan qisimlar orasiga abraziv zarralar (qum, toshko’mir, metal zarralari va qirindilari, va x.k) tushib qolishi oqibatida yuzaga keladi. Bunday yemirilish juda tez sodir bo’ladi va jiddiy defektlarga olib keladi. Bunday yemirilish ximoyalangan detal vauzellarda kuzatilishi mumkun.

Kontakt charchoq yemirilishi (piting) dumalanish ishqalanish yoki ko’p marotaba o’zaro zarbalar sharoitida ishlaydigan detal yuzalarida kuzatiladi. Bu yemirilish tezligi kontakt kuchlanishi va moylovchi surtmaning mavjudligi bilan bog’liq. Uni tishli uzatmalar tishida, g’ildirak juftligi bandajida, podshipniklarda kuzatish mumkin. [13].

Freting - korroziya detallar tutashmasida yuz beradi va aplitudasi 100 – 200 km bo’lgan vibrasiya bilan kechadi. Uni g’ildirak juftligining, buksaning gupchak osti qismi mator – o’q podshipniklari ponalarida kuzatish mumkin.

Elektrovozni ekspluatasiya qilish vaqtida mexanik yemirilish bilan bir qatorda boshqa yemirilishlar xam sodir bo’ladi; masalan, termik yemirilish.Termik yemirilish elektr elementlarning yomon kontaktli moylarida tok oqishida yuqori xarorat yuzaga kelishi natijasida yuzaga keladi.Issiqlikning xaddan ziyod ajralishi izolyatsiyaning tez eskirishiga, oksidlanish jarayoning tez kechganligi sababli tok o’tkazgich qisimlarining mexanik chidamliligi kamayadi. Shuningdek, yuqori harorat yarim o’tkazgich ventillarining ishdan chiqishiga, chinni qismlarining darz ketishiga olib keladi [12,14].

Elektr erozion yemirilish kuchlanish ostida kontaktlar uzilish jarayonida bir kontakt yuzasidagi metallning elektr yoy orqali 2-kontaktga o’tib ketishi holatida kuzatiladi. Bunday yemirilish yoy quvvati, kontaktlar holati va yoy so’ndirgich kameralar holatiga bog’liq. Uni tok qabul qilgichpolozararivahimoya apparatlari ishlaganda kuch kontaktlari yuzasida ko’rish mumkin.

Korroziya yemirilishi metall detallar yuzasiga suv yoki kislota tushishi oqibatida Yuzaga keladi. Jarayon Yupqa oksid plyonkalarining hosil bo’lishi vaularning tez buzulishi bilan kechadi. Jarayonning kechishi tezligi haroratga kuchli bog’liq. Chang va detallar tutashmasida zazorlarining mavjudligi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi [9].

EXT ni ekspluatatsiya qilishda yemirilishlar birgalikda uchraydi. Lokomativ depolari- detallariga yemirilishlarni o’lchab borishadi va qandaydir vaqtdan so’ng tekshirilayotgan detall yemirilishining uning ishlash vaqtiga bog’liqligi diagrammalari quriladi. Shu diagrammlar asosida EXT ni xizmat ko’rsatish yoki ta’mirga kiritish va detallari almashtirish to’g’risida qaror qabul qilinadi.

Ishonchlilikni oshirish detall vauzellar xizmat muddatini uzaytirish ta’mirlash ishlari xajmi, mashaqqati va narxini pasaytirishuchun detallarning yemirilishiga chidamliligini oshirish tadbirlari amalga oshiriladi.

Yemirilishga chidamliligini oshirish tadbirlari o’z ichiga konstruktiv, texnologik va ekspluatatsion metodlarni oladi.

Yemirilishni kamaytirishning konstruktiv va texnologik uslublari ishqalanuvchi uzellarining umrini uzaytirishga qaratilgan ratsional texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan [12]. Bunga konstruksiyalarni takomillashtirish yangi turdagi podshipniklarni o’rnatish tutashgan detallardagi joizlikni kamaytirishularni to’g’ri tanlash, mustahkamlashning yangi texnologiyalarini qo’llash, shuningdek, polimer va rezina mahsulotlaridan kengroq foydalanish bilan erishiladi.

Ekspluatatsion uslub o’zida avloddan-avlodga tajriba uzatishva poyezdni ratsional rejimlarida boshqarishga o’rgatishni oladi, ya’ni, EXTni boshqarishda sapchish yoki chegaraviy tokning uzoq vaqt oqishi, g’ildirak juftligining sirpanishholatlariga yo’l qo’ymaslik kerak. Moylash materallarini o’z vaqtida va oqilona qo’llash xam EXT xizmat mudati va ta’mirlar orasidagi davirni uzaytirishga imkon beradi.

Ishonchlilik dep maxsulotning belgilangan davir mobaynida va ma’lum ekspluatatsion sharoitlarida buzilmay, ishchi xarakteristikalarini yo’l qo’yilgan chegaralarda saqlab qolib, o’z vazifalarini bajarish xususiyatiga aytiladi. Boshqacha so’z bilan aytganda ishonchlilik – sifatning vaqt bo’yicha yoyilmasidir [12].

Buzilmaslik – transport vositasining ma’lum vaqt yoki yo’l o’tishi davomida o’zining ishlash qobilyatini uzluksiz saqlashhususiyatidir.

Ta’mirlashga moyillik deb, mahsulotning texnik xizmat ko’rsatishva joriy ta’mirlash jarayonlarida buzilish va nosozliklarni oldini olish, ularni aniqlash va bartarf etishga moyiligiga aytiladi.

Saqlanuvchanlik ta’mirlash tizimi bilan o’rnatilgan, keyinchalik xizmat muddatini uzaytirish imkoniyati mavjud bo’lgan, chegaraviy yemirilish kelguniga qadar maxsulotning o’z ish qobilyatini saqlashdir.

Ishonchlilik darajasi konstruktiv, texnologik va ekspluatatsion omillarga bog’liq bo’lib, bu omillarda hisoblarning eng yangi uslublari, rotsional konstruksialarni tanlash, polimer moteriallarni qo’llash, tayyorlash ekspluatatsiya jarayonida mahsulot texnik xolatini yuqori darajada kuzatib borish ko’zda tutiladi.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat