Исследование тягового электрдвигателя электровоза «Узбекистон-йўловчи»


Elektrovozlar tortuv elektr motorlarining nosozliklari to’g’risida xulosa



Download 3.15 Mb.
bet5/14
Sana14.07.2021
Hajmi3.15 Mb.
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

1.4. Elektrovozlar tortuv elektr motorlarining nosozliklari to’g’risida xulosa


1.4.1 Elektr mashinalarining nosozliklari vaularning defektasiyasi.

Elektr mashinalarning shikastlanishi mexanik va elektrik bo’linishi mumkin.

Mexanik shikastlanishga quyidagilar kiradi: sirpanish podshipniklarida separator, xalqa sharik yoki rolikning buzilishi; rotor (yakor) vali deformasiyasi; kollektor yuzasida chuqur izning xosil bo’lishi; stator yoki qutub o’zagini stanikaga qotirilgan qismining bo’shab qolishi, rotor (yakor) o’zagi pressovkasining bo’shab qolishi; rotor (yakor) simli bandajini uzulushi yoki surilishi, va boshqalar.

Elektr shikastlanishlar deb, quyidagilarga aytiladi: izolyatsiyaning korpusga teshilishi, chulg’amlardagi o’tkazgichning uzilishi; chulg’amlar shaxobchalari orasidagi qisqa tutashuv, kontakt va payka yoki kavshanlash bilan amalgam oshirilgan birikmalarning bo’shab qolishi va uzilishi; izolyatsiya eskirib, qarshiligining pasayib ketishi; izolyatsiyaning buzilishi; namlanishi.

Demak elektr mashinalar nosozliklarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

-Elektr nosozliklar;

- Magnit tizimi nosozliklari;

-Mexanik nosozliklar.

Biror fazada uzulish bo’lsa, biror saqlagich ishdan chiqsa, motorda ishga tushirish momenti yoqoladi. Agar elektr motor chulg’amlari uchburchak usulda ulangan bo’lsa, motorni salt rejimda ishga tushirish mumkin, yuklama ostida ishga tushirilsa, u to’xtab qoladi. Motorni ikkita fazadan ishlayotganini harakterlovchiholat, bu ishga tushurish vaqtidagi kuchli guvillashdir. Agar saqlagich yoki manba o’tkazgichining uzulishi ish vaqtida sodir bo’lsa, va bu xolat tez aniqlanmasa, motor kuyib qolishi mumkin, chunki qolgan ikkita fazada tok bo’yicha kuchli o’ta yuklanishlar bo’ladi. Uch fazali asinxron elektr motorlarda eng ko’p uchraydigan nosozlik – ta’minlovchi o’tgazgichning uzilishi vahimoya tizimining noto’g’ri tanlanishidir.

Ishlab turgan vaqtda fazalardan biriga uzilish sodir bo’lsada elektr motorning zajimlariga kuchlanish mavjud bo’ladi, lekin u turlicha taqsimlanadi shikastlangan o’tkazgichulangan zajimda kuchlanish pastroq bo’ladi.Tekshirishuchun motorni to’xtatib, qayta ishga tushirib ko’rish yoki unga kelgan o’tkazgichlardagi tok kuchini o’lchab ko’rish kere.

Stator cho’lg’amlarini yulduzcha usulida ulab, biror fazasi uzilsa, xuddi yuqoridagi holat takrorlanadi.Ma’lumki, asinxron motorlarning momenti faza kuchlanishinig kvadratiga bog’liq. Agar xatoli tufayli cho’lg’amlarini uchburchak o’rniga yulduzcha usulida ulansa, bu xar bir cho’lg’amda kuchlanishning 1.73 marta pasayishiga, ishga tushirish va maksimal momentning 3 marta pasayishiga olib keladi.

Xuddi shunday xolatni cho’lg’amlari uchburchak ulangan, ta’minlavchi liniyalar soz bo’la turib, fazalardan biri uzilgan asnxron elektr motorlarda xam kuzatish mumkin, chunki bu xolat ochiq uchburchakli nosimmetriya bilan barobar. Bunda motorning yuklanish qobilyati va ishga tushirish momenti pasayadi. Nosimmetriya uchun xarakterli bo’lgan xolat bu olib kelingan uchta o’tkazgichdan birida tok qiymatining oshib ketishidir. Ishga tushirish reostati qarshiligining kichikligi yoki qisqa tutashgan rotor xolatida ishga tushirish momentini pasaytiradi va tokni ortib ketishiga sabab bo’ladi. Agar qisqa tutashgan rotorning bir qancha sterjenlarida yoki faza rotorlarining biror fazasida uzilish mavjud bo’lsa bu aylanish tezligini nominal qiymatiga nisbatan 50% pasayishiga olib keladi stator cho’lg’amida tokning oshib ketishi tarmoqda kuchlanish oshib ketganda ham, pasayib ketganda ham kuzatilishi mumkin.

Kuchlanish pasayganida stator va rotorda aktiv tok ortadi. Kuchlanish ortganida esa magnitlovchi tok va magnitlovchi kuch ortadi. Agar bir faza cho’lg’amlarining bir qismi boshqalariga qarama-qarshi ulangan bo’lsa, bu fazada magnitlash toki va salt ishlash toki boshqalariga nisbatan ko’proq bo’ladi. Salt rejimdagi tok qiymatining ortishi tamirlash vaqtida rotor va stator pazlari devorlarini o’ta kop miqdorda yo’nalganidan darak beradi.

Elektr mashinalar nosozliklarini ta’mirdan oldin aniqlashga qaratilgan tadbirlarga quyidagilar kiradi. Chulg’am izolyatsiyasini tekshirish (namlik darajasini aniqlashuchun);izolyatsiyaning elektr mustaxkamligini tekshirish; salt ishlash rejimida podshipniklarning butunligi, rotor (yakor)ning o’q bo’yicha qochishi, vibrasiya, cho’tkalarning kollektorga yoki kontakt xalqaga to’g’ri bosilishi tekshiriladi; Elektr mashinalarning aylanuvchi va qo’zg’almas qisimlari orasidagi tirqish, shuningdek qotirilgan qisimlar xolati, podshipnik shitlarining staninaga zich qotirilganligi va ishkastlanishlarning yoki yo’qligi tekshiriladi.

Elektr mashinalar nosozliklari va shikastlanishlarining ta’mirdan oldin aniqlanishi jarayoni defektasiya dep ataladi. Defektasiya elektr mashina qisman yoki butunlay sochiladigan xolatda tashqi ko’rik va sinovlar bilan amalga oshiriladi.


Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari