Islom teologiyasi va tarix falsafasi



Download 38,74 Kb.
bet1/7
Sana30.08.2021
Hajmi38,74 Kb.
#159723
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ISLOM TEOLOGIYASI VA TARIX FALSAFASI

ISLOM TEOLOGIYASI VA TARIX FALSAFASI


REJA:

  1. Inson va olam yaralishining mifologik-diniy talqini.

  2. Insonning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy qarashlar

  3. «Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa.

  4. Forobiy falsafasi: inson – jamiyat – jarayon.

  5. Beruniyning tarix falsafasi (973-1048).

  6. Ibn Xaldunning tarix falsafasi (1332-1406).

  7. To’g’on va Sharq tarix falsafasi.

Mifologik tafakkur tabiat va jamiyat hodisalarini anglash, uni tushunishga intilishning, olamni hissiy bilishning eng qadimgi kurtaklaridan biridir. Miflar – asotirlar odatda ertaklardan farq qilib, asosan olamning qanday paydo bo’lgani, er, osmon, yulduzlar, yil fasllarining almashuvi, hayotning tugashi va yangilanishi, qor, bo’ron, zilzila, tog’ ko’chkilari, er ustidagi va ostidagi, daryo, dengiz, ummonlardagi va, hatto, boshqa olamlardagi mavjudotlarning o’zaro bog’liqligini, sababiyat va oqibat jihatidan aloqadorligini ibtidoiy-xayoliy poetik, falsafiy hamda allegorik – majoziy ravishda tasavvur qilishdan kelib chiqqan.

Mifologik tasavvurga ko’ra butun olam mavjudotlari his qilish qobiliyatiga ega. Ular o’ziga xos tarzda o’ylaydi va harakat qiladi. Eng qadimiy Misr mifologiyasida borliq tabiatning har yili «o’lib» va yana «tirilib» turishi «tangri» Osirisning hayoti bilan bog’lanadi. Qadimgi Misr dinida Ozirisning sadoqatli umr yo’ldoshi, hosildorlik, suv va shamollar ilohasi Izida o’lganlarning ruhini avaylab, asrab, yana tiriltiradi. Qadimgi yunon mifologiyasiga qo’ra (Homerning «Iliada», Ovidiyning «Metamorfozalar» – «Evrilishlar» asarlarida tasvirlanishicha), samoviy yuksak Olimp tog’ida yashaydigan Quyosh va momoqaldiroq tangrisi Zevs, er, suv, onalik ma’budasi Hera, bahodirlik va san’at homiysi Apollon, ilm-fan, donish-mandlik ma’budasi Afina, go’zallik ma’budasi Afrodita, urush tangrisi Mars, marhumlar yurtining tangrisi Aid, dengaz, ummonlar tangrisi Poseydon (yoki Neptun) va boshqalar Er yuzidagi odamlarning hayotini boshqarib, taqdirini hal etib turishgan.

Kadimgi Misr va yunon mifologiyasining ayrim e’tiqodlari keyinchalik xristian diniga, so’ngra islom diniga ham ko’chib o’tgan. Zotan, insoniyat ibtidosi bilan bog’liq bo’lgan ilk tasavvurlar, xayoliy-ehtimoliy qarashlar odam qaysi makon va qanday sharoitda yashamasin, odam va olam, inson va borliq haqidagi qarashlarda umumiylik mavjud bo’lgan. Chunki, qarashlar, o’ylar va tasavvurlar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning zamirida bitga haqiqat, bitta mohiyat yotgan. Bu – inson va uning kelib chiqishi, olamning yaralishi va hayot mohiyati. Shuning uchun ham mifologik tasavvurlarga, ilk odamlarning mifologik e’tiqodlariga e’tiborsizlik bilan qarash mumkin emas. Ana shu miflar asosida ming yillar davomida daho san’atkorlar adabiyot va san’atning durdona asarlarini vujudga keltirganki, ularda umuminsoniy qadriyatlar, odam va olam taqdiri bilan bog’liq qarashlar yuksak badiiy-falsafiy, tarixiy-tabiiy, ma’naviy-ruxiy dramatizm o’z ifodasini topgan. Jumladan, Homer («Iliada», «Odisseya»), Esxil («Agomemnon», «Zanjirband Prometey», «Evminidalar»), Sofokl («Shoh Edip», «Antigona», «Ayaks»), Evripid («Herakl», «Elena»,

«Elektra», «Vayuh qizlari»), Dante («Ilohiy komediya»), Bokkachcho («Dekameron»), Tasso («Quddusning ozod etilishi»), Milton («Boy berilgan jannat»), Shekspir («Lukretsiya», «Yoz kechasidagi tush», «Bo’ron»), Gyote («Faust»), Bayron («Qiyomat manzaralari»), Lermontov («Demon»), Adam Mitskevich («Dzyadi ko’li») va boshqa daho san’atkorlar diniy mifologiya syujeti asosida yozgan asarlarida, Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafaelning yaratgan tasviriy san’at namunalari eng muhim umuminsoniy muammolarni badiiy talqin etishgan.

Hozirgi G’arb estetikasida va umuman falsafiy tadqiqotlarida mifologik maktab deb atalgan yo’nalish vujudga kelgan. Hozirgi mifologik maktab vakillari XVII–XVIII asr buyuk mutafakkirlari B. Fontenel, J. Viko, I. Gerder fikrlaridan kelib chiqib mif – jamiyat taraqqiyoti va inson ruhiyati bosqichlarini ifodalovchi qimmatli madaniy xazinalardir, degan fikrga kelishgan.

Ingliz olimi Jeyms Frezer hozirgi mifshunoslik yo’nalishining asoschilaridan biridir. U o’zining «Oltin butoq» va «Axdul qadim («Tavrot») folklori» kitoblarida qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr xalqlari folklori va xristian mifologiyasi ildizlarini xalq e’tiqodlarining shakllanish bosqichlari bilan bog’lab tadqiq etadi. Hozirgi mifologik yo’nalish Zigmund Freyd ta’-limotidan ham oziqlangan bo’lsa-da, undan farq qilib, mif yaratuvchilar patologiyasi va psixikasiga ortiqcha e’tibor bermay, falsafiy tafakkur va e’tiqodlar shakllanishiga kengroq e’tibor beradi. Bu yo’nalish vakillari miflarni animizm, totemizm va tabu bilan bog’laydilar. Mifologik maktabning yirik vakillaridan biri, Toronto universiteti professori Nortrop Fray fikricha, miflar inson tasavvurlarining ibtidoiyligini emas, balki poetik yorqinligi va falsafiy teranligini aks ettiradi. «Musavvir asari, – deydi u, – yaqindan qara-ganda yaxshi ko’rinmaydi, uzoqdan qaraganda esa asarning barcha fazilatlari yaxlitliqda ko’rinadi». Demak, jahon tarixining ibtidosi, insoniyat taraqqiyotining ilk kurtaklari bevosita ilk odamlarning ibtidoiy qarashlari va xayolotidan boshlanadi va u kishilik jamiyati evolyutsion taraqqiyoti davomida shakllana borgan, uzoq, o’ta uzoq asrlar mobaynida rivojlangan. Odam va olamning yaralishi haqidagi tasavvurlar, o’tmish to’g’risidagi tushunchalar ham vaqt o’tgani sayin yorqinlashib boraveradi.

Amerikalik atoqli sharqshunos Frants Rouzentalning «Bilim tantanasi» kitobida ilk islom olamida «bilim va binobarin, olimlar yuksak qadrlanganligini boy faktik materiallar, birinchi manbalar – Qur’on suralari, oyatlari asosida tadqiq etadi. Islomga qadar arab she’riyatidayoq Gyote aytganday, «So’z qudrati va aql ishorati» ko’zga tashlanadi. «Qadimiy arab shoirlari, – deb yozadi «Bilim tantanasi» kitobining mas’ul muharriri A. V. Sagadeev, – o’z qabilasi nomidan gapiradi, uning shon-sharafini himoya qiladi yoki dushman qabilalarni qoralaydi, avliyo, payg’ambar sifatida qabiladoshlari tomonidan e’zozlanadi».




Download 38,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish