Islom qitisodiyoti va xalqaro munosabatlar



Download 0,87 Mb.
Sana29.01.2022
Hajmi0,87 Mb.
#418638
Bog'liq
2 5449834480921481449

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOMAKADEMIYASI




Kafedra: "islom qitisodiyoti va xalqaro munosabatlar" fakulteti


Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 3-bosqich talabasi IsroilovaRuhshonaning

KURS ISHI


Markaziy Osiyoda davlatlari taraqqiyotining xususiyatlari

Bajardi: IsroilovaRuhshona


Tekshirdi: Muxtor Nazirov

Mavzu: Markaziy Osiyoda davlatlarning taraqqiyotining xususiyatlari


Kirish
1-Bo'lim:Markaziy Osiyo davlatlarining geografik joylashuvi
2-Bolim:Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligi
3-Bolim:Markaziy Osiyo davlatlarining taraqqiyotining asosiy omillari
Xulosa
Foydalanilgan resurslar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Shuni takidlash joizki, soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonning mintaqaviy saʼy-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Bu vaqt ichida mintaqamizda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro hamkorlik muhitini yaratishga erishildi.


Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi.
Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi, vizasiz rejimning joriy etilishi kabilar xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldisini yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda.
Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlikning yangi mexanizmlari tashkil etildi. Bunga misol qilib, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlarini keltirish mumkin.
Ushbu institut mintaqaviy muammolarni birgalikda muhokama qilishning muhim mexanizmiga aylandi, deb aytish mumkin.
Kurs ishining maqsadi: Markaziy Osiyo mintaqasida siyosiy, iqtisodiy,moliyaviy, iqtisodiy-geografik ,vaziyatn, ishga solinmagan imkoniyatlarni va iqtisodiy faoliyatda yo'l qoyilayotgan kamchiliklar borasida tadqiqot qilish kurs ishini asosiy maqsadi qilib olindi.
Kurs ishining vazifasi:
- Markaziy Osiyo mintaqasining geografik -iqtisodiy salohiyatini o'rganish;
- Mintaqadagi Siyosiy iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish;
- Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya imkoniyatlarni o'rganish;
Kurs ishining nazariy va metodologik asoslari:Kurs ishida umumilmiy metodlardan: tarixiy–mantiqiy, tizimli–strukturaviy, empirik metodlardan, umummantiqiy metodlar: induksiya, deduksiya, tahlil, sintez, maxsus metodlardan: qiyosiy–huquqiy tahlil, metodlardan foydalanildi.
Kurs ishining nazariy va metodologik asoslari:Kurs ishida umumilmiy metodlardan: tarixiy–mantiqiy, tizimli–strukturaviy, empirik metodlardan, umummantiqiy metodlar: induksiya, deduksiya, tahlil, sintez, maxsus metodlardan: qiyosiy–huquqiy tahlil, metodlardan foydalanildi.

Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston nazarda tutiladi.


Sovetlar davrida bu hududga Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston atamasi qoʻllanilgan. Lekin, 1991 yilda mustaqillikka erishilgandan keyin, ham ushbu davlatlar, ham horijiy davlatlar Markaziy Osiyo atamasini qoʻllana boshlashdi. 1992 yilda besh davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy Osiyo atamasini qabul qilishdi. Hozirda, bu atama dunyo hamjamiyati tomonidan qabul qilingan. Aksariyat halqaro tashkilot va tadqiqot institutlarida, Markaziy Osiyo boʻlimlari ochilgan.
Lekin, geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga Afgʻoniston, Moʻgʻuliston va XitoyningUygʻur viloyatlari ham kiradi. Bundan tashqari „Greater Central Asia“ yoki, Kengroq Markaziy Osiyo atamasi boʻr. Bu hududga, bazi siyosatchilar va tadqiqotchilar, ushbu zikr etilgan davlatlardan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, hatto Hindistonning bazi qismlarini ham qoʻshishadi.
Markaziy Osiyo darajasida, maʼlum bir maʼnoda hududiy hamkorlik harakatlari ham mavjud. Bu harakatlarning misolida Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkilotini ham koʻrsatish mumkin. Lekin, hozirgacha bunday harakatlarda maʼlum bir tartiblilik va davomiylik boʻlmadi.
Markaziy Osiyo siyosiy-geografik subregioni Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashgan. 1991-yildan buyon mustaqil davlatlar sifatida rivojlanayotgan 5 ta sobiq ittifoqdosh respublika - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni birlashtiradi. Sanab o‘tilgan davlatlar iqtisodiy-geografik o'rnining umumiy jihati shundan iboratki, birortasida ham Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyati yo‘q, ya’ni beshtasining barchasi ichki kontinental mamlakatlar hisoblanadi. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasi dunyodagi jami 44 ta bunday geografik joylashuvga ega davlatlardan maydoni bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi. Subregionning o`rta qismida joylashgan O'zbekiston Respublikasi geografik o‘rnining o'ziga xosligi esa, nafaqat o`zi, balki biror bir qo'shni mamlakati ham dengizga tutash emasligidir. Bunday geografik xususiyat jahon mamlakatlari ichida, respublikamizdan tashqari, faqatgina G‘arbiy Yevropadagi "mitti” davlatlaridan biri - Lixtenshteyn knyazligiga xos, hududi kattaroq davlatlardan esa hech qaysi birida geografik joylashuvining bunday jihati mavjud emas.
Qozog'iston bilan Turkmaniston Respublikalari Kaspiy dengiziga tutash bo`lib, bu holat ikkala davlatning iqtisodiy-geografik o‘rni, transport-geografik imkoniyatlari va tabiiy-resurs salohiyatiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Bundan farqli o‘laroq, transport-geografik sharoiti ancha murakkab bo'lgan Tyanshan va Pomir baland tog`lari hududida joylashgan Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalarining iqtisodiy-geografik o`rni, subregiondagi boshqa davlatlarning joylashuviga nisbatan birmuncha noqulay hisoblanadi.

Markaziy Osiyo subregioni iqtisodiy-geograiik o'rnining ijobiy tarafi uning tranzitligi, ya’ni Yevropa va Osiyo turli qismlarining quruqlik transport tizimlarini bog'lay dish imkoniyatlarida o‘z aksini topadi. Bu holat tarixda Buyuk Ipak yo‘li hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari hududidan o'lganligida namoyon bo'lgan. llozirgi davrda ham subregion mamlakatlarining iqtisodiy-geografik imkoniyatlari shu jihatdan yuqori baholanishi asosli. Markaziy Osiyoning geosiyosiy o‘rni o‘ziga xos bo‘lib, Yevrosiyodagi asosiy geosiyosiy kuch markazlari Xitoy, Rossiуa, Eronga tutashligi va ushbu bevosita qo'shnilaridan tashqari, AQSH, Yevropa lttifoqi, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Pokiston kabi geosiyosiy "o‘yinchi”larning tasliqi manfaatlari kesishgan hududda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek. harbiy mojarolar tugamayotgan Afg'oniston bilan chegaradoshligi hamda bosliqa real va ehtimoliy harbiy-siyosiy ziddiyat zonalariga yaqin joylashganligi, Markaziy Osiyo geosiyosiy o'rnining salbiy tomonlarini belgilaydi.


Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy maydoni 4 mln km.kv ga. jami aholisi esa 2017-yil 1-yanvar holatiga 70.5 mln kishiga teng. Subregion davlatlari hududi kattaligi va aholisi soni jihatidan bir-biridan aneha farq qiladi. Markaziy Osiyo davlatlarining hududiy va demograllk salohiyati orasidagi talovutlariga tabiiy sharoit va resurslarining xususiyatlari katta ta’sir ko'rsatadi. Markaziy Osiyo davlatlari Yevrosiyo va Hind-Avstraliya litosfera plitalarining chegarasi bo'ylab o'tgan Alp-Himolay burmali mintaqaga yaqin joyiashgan. Shu bois. mintaqaning janubi-sharqiy va markaziy qismlari seysmik jihatdan xavfli hisoblanadi. Kuchli zilzilalar sodir bo'lishi. ayniqsa, Tojikiston va Qirg'iziston hududlari uchun xos holat. Mintaqaning g'arbiy va shimoliy qismlari asosan platformali tektonik tuzilishiga ega. Yer yuzasi tuzilishiga ko'ra. subregion janubi-sharqida joylashgan Tojikiston va Qirg'iziston Respublikaiari tog'li, Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmaniston esa asosan. tekislik keng tarqalgan mamlakatlar hisoblanadi. Lekin, bu uchta davlat hududida ham baland tog' tizmalari bo`lib, maydonlarining 10-20 foizini egallaydi.


Markaziy Osiyo mamlakatlari ulkan mineral-resurs salohiyatiga ega. Neft zaxiralari bo'yicha Qozog'iston va Turkinaniston, tabiiy gaz zaxiralari jihatidan Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog'iston alohida ajralib turadi, toshko'mirga Qozog'iston, qo`ng‘ir ko‘mirga esa O‘zbekiston boy hisoblanadi. Neft-gaz zaxiralari, asosan, Kaspiybo`yi pasttekisligi, Qoraqum va Qizilqum cho'llari, Ustyurt platosi hainda tog` oralig'idagi botiqlarda, toshko'mirning eng katia zaxiralari esa Qozog'iston past tog'laridagi Qarag'anda va Ekibastuz ko'mir havzalarida joylashgan. Temir, marganes va xrom kabi qora metallarning rudalariga Qozog‘iston boy. Turli rangli, jumladan qimmatbaho va nodir metallarning yirik konlari esa, Turkmanistondan tashqari subregionning barcha davlatlarida mavjud. Jumladan. O‘zbekiston oltin, uran, kadmiy, mis, molibden, Qozog'iston uran, volfram, molibden, qo‘rg‘oshin, rux, Qirg'iziston oltin, simob, surma, Tojikiston kumush, uran zaxiralari bo`yicha alohida ajralib turadi. Turli mineral tuzlarning ulkan zaxiralariga esa Turkmaniston, O'zbekiston va Qozog'iston ega.


Markaziy Osiyo davlatlari iqlimining umumiy xususiyatlari mo'tadil va subtropik iqlim jihatlarining turkumlanishi. keskin kontinentalligi va qurg'oqchilligida o'z ifodasini topadi. Shu tufayli Markaziy Osiyo davlatlari hududi asosan cho‘l, chalacho’l va dasht tabiat zonalaridan iborat.


Markaziy Osiyo sharoilida qishloq xo'jaligi rivojlanishiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadigan omil suv resurslari subregion hududi bo‘yicha juda notekis taqsimlangan. Subregiondagi barcha yirik daryolar Ainudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Ili, Irtish va boshqalar transchegaraviy (ikki va undan oriiq davlat hududidan oqadigan) bo'lib, Tyanshan, Jung'oriya Olotovi hamda Pomir tog`laridan, ya'ni Tojikiston, Qirg'iziston va Xitoy hududidan boshlanadi. Shuning uchun Tojikiston bilan Qirg'iziston suv va gidroenergetika resurslariga boy. Qozog'iston, O'zbekiston va. ayniqsa. Turkmanistonning ko‘p hududlari esa ularga taqchildir.


Markaziy Osiyo mamlakailarining aholisi suv va yer resurslari omillari (gidrogralik tarmoqlar va relyef)ga bog'liq holda notekis joylashib, asosan, sug'orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan daryo vodiy va deltalari, tog` oralig'idagi botiqlarda mujassamlangan. Bunday yerlar eng ko‘p O'zbekiston hududida bo'lganligi bois respublikamiz aholi soni jihatidan subregionda yelakchi o'rin egallaydi. Aholi zichligi ko'rsatkichlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda. 1.01.2017-yil holatiga, O'zbekiston (71.5 kishi km/kv) va Tojikiston (61,3 kishi/km) yetakchi, Qozog'iston (6.6 kishi/km) esa eng oxirgi o'rinda turadi. Jahon mamlakatlari orasida ham. Qozog'iston aholisi eng siyrak joylashgan davlatlar saliga kiradi (o'rtacha aholi zichligi bo'yicha dunyoda 184-o‘rin).


Markaziy Osiyo davlatlarining demografik vaziyatiga tug'ilish va aholi tabiiy o'sishining ancha yuqori ko’rsatkichlari xos. Aytilgan ko’rsatkichlar Tojikiston va Qirg'izistonda subregion bo'yicha eng baland. Qozog'iston va Turkmanislonda eng past. O'zbekistonda esa o'rtacha darajada. Shuningdek. beshta respublikada ham migratsiyaning salbiy saldosi kuzatilmoqda (11-jadval). Urbanizatsiya darajasi Qozog'iston da 53%, O'zbekistonda 51%, Turkmanistonda 50%, Qirg'izistonda 36%, Tojikistonda esa 26% ga teng. Ko'rinib turibdiki, eng yuqori va eng past ko'rsatkichlari orasidagi tafovut 2 martaga teng. Markaziy Osiyoda 2 ta "millioner” shahar mavjud: Toshkent (2.4 min kishi) va Almati (1,7 min kishi).


Ostana, Bishkek, Dushanbe, Ashxobod, Chimkent, Namangan, Samarqand esa eng yirik (aholi soni 500 ming kishidan ortiq bo'lgan) shaharlar qatoriga kiradi.


Mahalliy xalqlardan o'zbek, qozoq, qirg'iz, turkman, qoraqalpoqlar oltoy tillar oilasining turkiy guruhiga mansub bo'lsa, tojiklar va ularga qardosh Pomirdagi kichik xalqlar (shug'nonlar, vaxanlar, ishkashimlar va boshq.) hind-yevropa tillar oilasining eroniy guruhi tarkibiga kiradi. Sanab o'tilgan millat vakillari, nafaqat tegishli respublikalarda, balki qo'shni davlatlar hududida ham keng tarqalgan. Masalan, o'zbeklar O'zbekistonga qo'shni Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmanistonda son jihatidan 2-chi, Qozog'istonda esa 3-chi millat hisoblanadi. O‘z navbatda, O'zbekistonda ham tojiklar, qozoqlar, qirg'izlar va turkmanlar vakillari salmoqlidir.


Markaziy Osiyo davlatlari BMT tomonidan qabul qilingan jahon mamlakatlarining tasnifi nuqtayi nazaridan. o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar toifasiga mansub. Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy YIM hajmi 2016-yil yakunlari bo'yicha, Xalqaro valyuta fondi (XVF) ma’lumotlariga ko'ra. 800 mlrd AQSh dollariga teng. Beshta mamlakat ichida YIM hajmi bo'yicha birinchi o‘rin Qozog'iston, ikkinchi O'zbekiston, uchinchi Turkmaniston, to'rtinchi Tojikiston va beshinchi o'rinda Qirg'iziston turadi. Subregion bo'yicha umumiy ishlab chiqarish hajmining 56.4% Qozog'istonga. 25.8% esa O'zbekistonga to'g'ri kelsa. Turkmaniston.Tojikiston va Qirg'iziston ulushlari. mos ravishda. 11.8, 3.3 va 2.7 % ga teng.


Subregion davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatining umumiy xususiyatlari, ularning yaqin o'tmishgacha yagona siyosiy va iqtisodiy makonda rivojlanganligidan kelib chiqib, iqtisodiyoti asosan mineral bom ashyo va yer-suv resurslariga tayanganligi, sanoatni rivojlantirish, uning yangi korxona, tarmoq va hududiy markazlarini tashkil etishga intilish, qishloq xo'jalik ixtisoslashuvi o'xshashligi, tashqi iqtisodiy aloqalarning umumiy yo'nalishlarida, ya'ni Xitoy, Rossiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Yevropa davlatlari bilan amalga oshirilishida o'z aksini topmoqda. Biroq, Markaziy Osiyo davlatlari har birining xo'jaligining albatta, o‘ziga xos jihatlari ham mavjud. Sanoat ishlab chiqarish Qozog'iston, Turkmaniston va O’zbekistonda iqtisodiy ahamiyati bo'yicha qishloq xo'jalik tarmoqlariga nisbatan birmuncha ustunlikka ega bo'lganligi bois, bu uchta respublika industrial-agrar davlat hisoblanadi. Tojikiston bilan Qirg'iziston esa iqtisodiyot agrar-industrial yo'nalishda rivojlanmoqda.


Yoqilg‘i-energetika majmuasi Qozog'iston, Turkmaniston va O'zbekistonda eng yaxshi rivojlangan. Qozog'iston neft zaxiralari uni qazib olish va eksport hajmi bo'yicha subregionda yetakchi bo'lib. yiliga 100 min tonnadan ortiq neft qazib oladi va katta qismini eksport qiladi. Turkmaniston uchun esa iqtisodiyot va milliy boylikning negizi gaz sanoati hisoblanadi. Bu mamlakat tabiiy gaz zaxiralari bo'yicha jahonda 4-, MDH- da 2-, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinda turadi. Dunyo bo'yicha zaxiralar hajmi jihatidan ikkinchi hisoblanadigan Galqinish gaz koni ham Turkmanistonda joylashgan. Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmanistonda elektr energiyasi asosan IKSlarda ishlab chiqariladi. Yoqilg'i zaxiralariga boy bo'lmagan Tojikiston va Qirg'izistonda elektr energiyaning 90 foizdan ko'prog'i IESlarda ishlab chiqariladi.


Qora metallurgiya Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog'istonda eng yaxshi rivojlangan. Qozog'istonda bu tarmoqning asosiy korxonalari temir rudasining yirik konlari negizida Qarag'anda (Temirtov sh.) va Qostanay (Rudniy sh.) viloyatlarida joylashgan. Rangli metallurgiya Turkmaniston Respublikasidan tashqari, barcha Markaziy Osiyo davlallarining iqtisodiyoti va tashqi savdosida katta ahamiyatga ega. Jumladan, Tojikiston uchun Tursunzoda shahrida faoliyat ko'rsatayotgan alyuminiy zavodi. Qirg'iziston uchun esa Issiqko'l viloyatidagi Qumtar oltin koni eng katta moliyaviy daromad keltiruvchi iqtisodiy obyektlar hisoblanadi. O'zbekiston oltin, uran, mis, kadmiy, Qozog'iston uran, qo'rg'oshin, rux, volfram, molibden, mis, Qirg'iziston oltin, simob, surma, Tojikiston alyuminiy ishlab chiqarishda ancha yuqori ko'rsatkichlarga ega. Kimyo sanoati Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmanistonda nisbatan yaxshi rivojlangan bo`lib, asosan mineral o'g'itlar, sultat kislotasi, soda, mirabilit ishlab chiqarish, nel't va tabiiy gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Mashinasozlik bo'yicha esa O'zbekiston va Qozog'iston yetakchilik qilmoqda. Bu borada O'zbekistonda rivojlanib borayotgan avtomobilsozlik sanoati alohida e’tiborga sazovor.


Qishloq xo'jaligi Markaziv Osiyo mamlakatlarining barchasida ham yaxshi rivojlanib, yuqori iqtisodiy ahamiyatga ega. Qozog`istonda qishloq xo'jalikning tovar tarmoqlari tarkibiga, asosan. donchilik va chorvachilik kiradi. O'zbekistonda qishloq xo'jalik tarmoqlaridan paxtachilik, ipakchilik, bog'dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va qorako'lchilik tovar ahamiyatiga ega. Turkmanistonda iqtisodiyotning agrar sektori paxtachilik, donchilik, polizchilik, qorako'lchilik va yilqichilikka ixtisoslashgan. Turkmaniston chorvachiligida dunyoga mashhur Axaltaka otlarini boqish alohida ahamiyat kasb etadi. Tojikistonda qishloq xo'jaligi paxtachilik, bog'dorchilik va ipakchilikka, Qirg'izistonda esa sabzavotchilik, tamakichilik va ko'p tarmoqli chorvachilikka ixtisoslashgan.


Markaziy Osiyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari ko'p jihatdan ularnmg uzaro iqtisodiy integratsiyasiga bog'liq. Subregion davlatlari o'zaro integratsiyalashuvining bir qator muhim geografik omillarini ajratish mumkin:


- iqtisodiy-geografik o'rnining umumiyligi;
- temiryo‘l va avtomobil transport tizimlarining yagonaligi, o'zaro bog'langanligi;
- yirik daryolar va sug'orish kanallarining transchegaraviyligi;
- tog'li va tekislikli mamlakatlar tabiiy resurslari, ayniqsa energiya manbalarining bir-birini to'ldiruvchi xususiyatga ega ekanligi;
- subregion xalqlarining qardoshligi, tarixiy-madaniy jihatdanyaqinligi:
- Orolning qurishi, cho'llashish, yerlaming sho'rlanishi, tog' muzliklarining intensiv erishi. havo va suv havzalarining zararli chiqindilar bilan ifloslanishi kabi umumiy dolzarb ekologik muammolarining mavjudligi:
- Zilzila, sel va suv toshqinlari, qor ko'chkilari va boshqa tabiiy olatlarga birgalikda qarshi kurashishning zarurati.

Markaziy Osiyo subregioniga tavsif berganda, bu geografik tushunchaning "O‘rta Osiyo” atamasi bilan bog‘liqligini, ularning o‘zaro farqini izohlash o‘rinli. O‘rta Osiyo – Yevrosiyo materigining 14 ta tabiiy geografik o‘lkalaridan biri bo‘lib, g‘arbda Kaspiy dengizi, sharqda Tyanshan tog‘lari, shimolda Qozog‘iston past tog‘larining etaklari, janubda Hindukush va Turkman-Xuroson tog‘lari bilan chegaralangan, asosan Orol va Balxash ko‘llarining berk havzalariga to‘g‘ri keladi. Demak, O‘rta Osiyo o‘lkasi tabiiy geografik xususiyati va chegaralari asosida ajratiladigan hududiy birlik hisoblanadi. O‘rta Osiyoning tabiiy chegaralari doirasida 4 ta mamlakat, ya’ni O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston butunligicha joylashgan, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasining markaziy va janubi-sharqiy, Afg‘oniston va Eronning shimoliy, Xitoyning esa chekka shimoli-g‘arbiy qismi ham O‘rta Osiyo hududiga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyo siyosiy-geografik subregioni esa ayni davlat chegaralari bo‘yicha ajratiladigan hududiy birlik hisoblanadi. 


Tabiiy geografiyada ham "Markaziy Osiyo” tushunchasi o‘ziga xos mazmun-mohiyat anglatgan holda qo‘llaniladi. Bunda O‘rta Osiyodan sharqda joylashgan, Tyanshan va Jung‘oriya Olotovi tog‘larining sharqiy yonbag‘irlaridan Buyuk Xitoy tekisligining g‘arbiy chegaralarigacha davom etgan tog‘li va cho‘lli landshaftlardan iborat hududni egallagan Yevrosiyo materigining tabiiy geografik o‘lkalaridan biri Markaziy Osiyo deb ataladi. Siyosiy-geografik jihatdan qaraganda, Markaziy Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi Xitoy va Mongoliya davlatlari hududida joylashgan bo‘lib, Sharqiy Osiyo subregioniga mos keladi.



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Ostona shahrida o'tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. 
Ostona shahridagi Oqo'rda qarorgohida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev kutib oldi. 
Dastlab ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. O'zaro hamkorlikni izchil rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari va tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. 
Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz o'rtasidagi yaxshi qo'shnilik va hamkorlik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini qayd etdi. 
– Keyingi yillarda ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalar jadal ravnaq topayapti. O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard AQSh dollariga yetgani munosabatlarning qanday yuksak sur'atda rivojlanayotganini ko'rsatadi. Mazkur ko'rsatkichni 5 milliard AQSh dollariga yetkazish yo'lidagi harakatlarimiz ham yaqin vaqtlarda o'z samarasini beradi, – dedi O'zbekiston Prezidenti. 
Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni Qozog'istonga tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o'rtasidagi muloqotlarning mantiqiy davomi, tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini ta'kidladi. 
– Sizning tashabbusingiz bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi mintaqa mamlakatlarining barcha sohalardagi hamkorligida muhim o'rin tutadi. O'tgan ikki yilda O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida erishilgan kelishuvlar tarixiy ahamiyat kasb etadi. Biz bir daryodan suv ichadigan qo'shnilarmiz. Shunday ekan, davlatlarimiz o'rtasida hal etilmagan masala bo'lmasligi kerak, – dedi Qozog'iston rahbari. – Shuni alohida ta'kidlamoqchimanki, O'zbekistonda olib borayotgan oqilona siyosatingiz bugun butun mintaqaga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. 
So'nggi ikki yilda O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi hamkorlik aloqalari faollashdi. Ikki davlat rahbarlari shu davr ichida olti bora turli darajadagi tashriflarni amalga oshirdi. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Bundan tashqari, turli voqealar munosabati bilan telefon orqali muloqotlar va murojaatnomalar almashuvi tashkil etildi. 
2017 yilning mart oyida imzolangan O'zbekiston Respublikasi bilan Qozog'iston Respublikasi o'rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo'shnilikni mustahkamlash to'g'risidagi Qo'shma deklaratsiya hamda turli darajadagi 212 ta hujjat o'zaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy zaminini sezilarli darajada mustahkamladi. 
Bu o'zaro savdo hajmi va turining izchil ortishida, energetika va mashinasozlik tarmoqlarida muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshlanganida, avtomobil, temir yo'l va havo transporti sohasidagi hamkorlik kengayganida kuzatilmoqda. 
Ikki davlat o'rtasida tovar ayirboshlash hajmi barqaror o'sib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik qo'shma loyihalar amalga oshirilayotir. Transport qatnovi sohasida amaliy hamkorlik sezilarli darajada kengayib, mintaqalar o'rtasida sheriklik mustahkamlanmoqda, O'zbekiston va Qozog'istonda madaniy-gumanitar tadbirlar o'tkazilmoqda. 
O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdi. 
Shundan so'ng Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi boshlandi. 
Ma'lumki, davlatimiz rahbari 2017 yilning 10 noyabr kuni BMT shafeligida Samarqand shahrida o'tgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyada mazkur uchrashuvni o'tkazish taklifini ilgari surgan edi. O'shanda bu tashabbusni mintaqadagi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar qo'llab-quvvatlagan va Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev birinchi uchrashuvni Ostonada o'tkazishni taklif qilgandi. 
Oliy darajadagi uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Respublikasi Majlisi raisi Akja Nurberdiyeva ishtirok etdi. 
Uchrashuvni Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ochdi. 
Sammitda mintaqa mamlakatlari o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog' kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 
Ta'kidlandiki, Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari mushtarak yagona madaniy makondir. Shu nuqtai nazardan mamlakatlarimiz o'rtasida mintaqalararo hamkorlik masalasiga alohida e'tibor qaratish zarur. Bu Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta'minlagan holda, mamlakatlarimiz hududlarining sanoat, investitsiya va intellektual sohalardagi salohiyatini to'la ishga solish imkonini beradi. 
Davlat rahbarlari MDH, ShHT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar mexanizmlari doirasida o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini qayd etdi. Uchrashuvda mintaqa mamlakatlari o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir keng ko'lamli masalalar ko'rib chiqildi. 
Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarini ko'p ming yillik qardoshlik va yaxshi qo'shnilik rishtalari bog'lab turadi. Tarix, din, umumiy madaniyat va an'analar birlashtiradi. Mintaqamizda dunyo tamadduni rivojiga ulkan ta'sir ko'rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot mavjud bo'lib, bu Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajagi, barqaror rivojlanishi va farovonligini ta'minlashda mustahkam poydevor bo'la oladi. 
Keyingi yillarda mintaqa davlatlari yaxshi qo'shnilik va o'zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o'z salohiyatini namoyon etmoqda. Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirish yo'lida sobitqadam bo'lmoqda. Davlatlar umummintaqa manfaatlaridan kelib chiqib chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o'tkir masalalarga samarali yechim topmoqda. 
Jumladan, bir necha yillardan buyon muammoli masala sifatida qarab kelingan O'zbekiston, Qozog'iston va Turkmaniston davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi hududi haqida shartnoma imzolandi. O'zbekiston va Qirg'iziston o'z chegaralarining 85 foizi yuzasidan kelishuvga erishdi. Transport sohasidagi hamkorlik borgan sari kengaymoqda. Tojikiston bilan to'g'ridan-to'g'ri avia, temir yo'l va avtomobil qatnovi tiklandi. Amudaryodan o'tadigan Turkmanobod – Forob yangi temir va avtomobil yo'llari ko'priklari ishga tushirildi. O'zbekiston – Qirg'iziston – Xitoy temir yo'li qurilishi bo'yicha kelishuvga erishildi. 
O'zbekiston tomonining tashabbusi bilan mintaqa mamlakatlari ishbilarmon doiralari hamda yetakchi korxonalari vakillari ishtirokida ko'plab uchrashuvlar o'tkazildi. Bu iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravishda faollashtirish va o'zaro savdo hajmini oshirish imkonini berdi. O'zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar aylanmasi o'rtacha 20-30 foizga o'sdi. 
O'zbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega. Mamlakatimiz taraqqiyotining chegaralarimiz xavfsizligidan suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha bo'lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqa davlatlari bilan munosabatlarimizga bevosita bog'liq. Transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qo'shni mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada integratsiyalashuvini ta'minlamasdan amalga oshirib bo'lmaydi. 
Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi. 
Davlatimiz rahbari mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda Markaziy Osiyo davlatlarining savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, bu borada muntazam muloqotni yo'lga qo'yish, umummintaqaviy muammolarga birgalikda yechim topish maqsadida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvini doimiy o'tkazish endilikda an'anaga aylanishi kerakligini ta'kidladi. 
Xavfsizlik masalalari muhokama qilinar ekan, bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga duch kelayotgani qayd etildi. 
Afg'onistonda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani tiklash, uning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo'shilishiga har tomonlama ko'maklashish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar ishtirokida ushbu mamlakat yoshlarining turli terroristik va ekstremistik tuzilmalar ta'siriga tushib qolishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. 
Ta'kidlandiki, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi masalalarni hal etish bo'yicha izchil yo'lga qo'yilgan va birgalikda chuqur o'ylab amalga oshirayotgan ishlarni davom ettirish zarur. 
Mintaqada suv resurslaridan adolatli foydalanish masalasi ishtirokchilarning diqqat markazida bo'ldi. 
Orol dengizining ekologik halokati yuzasidan mintaqaviy va xalqaro darajada sa'y-harakatlarni birlashtirish ushbu muammoga qarshi munosib chora ko'rishning asosiy omili ekanligi ta'kidlandi. 
Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida innovatsion faoliyat yo'nalishida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, davlatlar o'rtasida eksport-import masalasida bir-birini qo'llab-quvvatlash bo'yicha ham fikrlashildi. 
Mintaqa mamlakatlari o'rtasida madaniy-gumanitar aloqalar, do'stlik va yaxshi qo'shnilik munosabatlarini mustahkamlash masalasi ham kun tartibidan o'rin oldi. Bu Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikni jadallashtirishning asosiy shartlaridan biri sifatida e'tirof etildi. Madaniy-gumanitar muloqotni izchil davom ettirish, mamlakatlar o'rtasida madaniyat kunlari va turli madaniy tadbirlarni tashkil etish, ta'lim va sayyohlik sohasidagi almashuvlarni rivojlantirish lozimligi qayd etildi. 
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi samarali o'tgani, bu kabi uchrashuvlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta'kidladi. 
Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining keyingi maslahat uchrashuvini 2019 yil Navro'z bayrami arafasida Toshkentda o'tkazishga kelishib olindi. 
O'zbekiston mintaqa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdori. So'nggi ikki yilda davlatimiz rahbari Turkmaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonga borib, o'zaro aloqalarni mustahkamlash yo'lida muhim qadamlarni qo'ydi. Birgina Qozog'iston bilan ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard AQSh dollariga chiqarishga muvaffaq bo'lindi. Tomonlar 2020 yilda mazkur ko'rsatkichni 5 milliard AQSh dollariga yetkazishni rejalashtirgan. 
O'zbekistonda qozog'istonlik investorlar ishtirokida 260 ta korxona faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lsa, qo'shni davlatda yurtimiz ishbilarmonlari ishtirokida 105 ta biznes subyekti faoliyat olib bormoqda. 2017 yil Ostona va Toshkent shaharlarida bo'lib o'tgan biznes-forumlar natijasi bo'yicha umumiy qiymati 1,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi kelishuvlarga erishildi. Siyosiy jabhadagi muloqotlar rivoji iqtisodiy aloqalarni yanada jadallashtirish uchun qulay muhit yaratadi. Bu nafaqat savdo aylanmasi va sarmoyalar hajmini kengaytirishga xizmat qiladi, balki madaniy-gumanitar aloqalar rivojini ham kafolatlaydi. 
O'tgan yilning sentabr oyida ikki davlat rahbarlari 2018 yilda Qozog'istonda O'zbekiston yili hamda 2019 yilda O'zbekistonda Qozog'iston yilini o'tkazishga kelishib olgan edi. 
Qozog'iston Respublikasi 2018 yilni mamlakatda O'zbekiston yili deb e'lon qildi. Bu qozoq eli va Qozog'iston davlatining o'zbek xalqiga hurmati, yurtimizga yuksak ehtiromi ramzidir. 
Shu munosabat bilan "Ostona opera" teatrida tantanali marosim bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston Prezidentlari va Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari a'zolari, diplomatik korpus vakillari, xorijlik faxriy mehmonlar ishtirok etdi. 
Marosimda Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev nutq so'zladilar. O'zbekiston va Qozog'iston rahbarlari mazkur yirik tadbir ikki xalq o'rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, o'zaro tajriba almashish va do'stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim rol o'ynashini ta'kidladilar. 
Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo'lidagi ulkan xizmatlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni birinchi darajali "Do'stlik" ordeni bilan mukofotladi. 
Qozog'iston Respublikasida O'zbekiston yili ochiq, deb e'lon qilindi. 
O'zbek san'at ustalarining chiqishlari yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. 
Qozog'istonda O'zbekiston yili doirasida madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, festivallar o'tkazish, Qozog'iston madaniyat ahlining O'zbekistonga tashriflari amalga oshirilishi mo'ljallangan. 
Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog'iston Respublikasiga tashrifi nihoyasiga yetdi. Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvida muhokama etilgan masalalar mintaqaning hali ishga solinmagan noyob imkoniyatlar va ulkan salohiyatga ega ekani, bu yerda taraqqiyot, barqarorlik va farovonlikni ta'minlash – mazkur davlatlar to'liq erisha oladigan mushtarak muvaffaqiyat ekanidanMarkaziy Osiyoning qoq o‘rtasida joylashgan, eng yirik inson salohiyati hamda barcha mintaqa mamlakatlari bilan umumiy chegaraga ega yagona davlat – O‘zbekiston. 2016 yil oxirigacha davlat chegaralari minalashtirilgan, suv va gaz zaxiralaridan oqilona foydalanish bo‘yicha dahanaki tortishuvlar, o‘zaro chetlab o‘tish va tashqi siyosiy-iqtisodiy manfaatlarga qaram bo‘lmaslikka yo‘naltirilgan muxtor naqliyot hamda temir yo‘llar barpo etilishi natijasida mintaqada ishonchsizlik kayfiyati keskinlashib ketgandi. Hatto qarindoshlar darajasidagi bordi-keldi tashriflari ham nihoyatda cheklangan edi. Oxirgi yillarda mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarda katta yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, yaqin istiqbolda hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qancha masalalar mavjud.
Siyosiy muzlar ancha erib, 2017 yil 17 sentyabrida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratishga erishilgani» va «bu tendensiyaning mustahkamlanishi Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari muntazam uchrashuvlar o‘tkazishi uchun imkoniyat yaratishi» haqida dasturiy nutq qilgandi.
Undan avval, 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan 2017–2021 yillar uchun Harakatlar strategiyasining «chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar» deya tavsiflangan 5.2-bandida «O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish» tamoyili belgilab qo‘yilgan. Fikrimizcha, «yon-atrof» atamasi ortida Afg‘oniston ham nazarda tutilgan.
Umuman olganda, tashqi siyosat davlat va jamiyatning muvaffaqiyatli ichki rivojlanishi, islohotlarni amalga oshirish, aholi turmush farovonligining oshishini ta'minlash, hayot sifatini ko‘tarish uchun qulay tashqi sharoitni yaratish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib O‘zbekiston atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish eng asosiy vazifalardan biridir. Aynan O‘zbekiston joylashgan mintaqadagi xavfsizlik barqaror rivojlanishning eng asosiy shartidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Markaziy Osiyo davlatlari – bevosita qo‘shnilarimiz bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilgan.
Xo‘sh, so‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik va umumiy tashqi siyosat yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirildi?

Birinchidan, prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi amalga oshdi. Ushbu tashabbus xalqaro miqyosda keng tan olindi va mintaqa davlatlarining barcha rahbarlari qo‘llab-quvvatladi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvi 2018 yil 15 mart kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi uchrashuv 2019 yil 29 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda birinchi anjumandan farqli o‘laroq, Turkmaniston parlamenti raisi emas, Gurbanguli Berdimuhamedov ham shaxsan ishtirok etdi.
Shuningdek, Toshkent uchrashuvida keyingi yig‘ilishni Bishkekda o‘tkazishga kelishib olingan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab 2020 yilgi uchrashuv o‘tkazilmadi. Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining navbatdagi maslahat uchrashuvi 6 avgust kuni Turkmanistonning «Avaza» milliy turizm zonasida o‘tkazilmoqda.
Ikkinchidan, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari o‘rtasida barqaror iqtisodiy va siyosiy aloqalar o‘rnatildi.

O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatidagi ilk xorijiy tashrifini 2017 yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga amalga oshirgandi. Uchrashuvda transport sohasida zamonaviy infratuzilma yaratish bo‘yicha hamkorlik davom ettirilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Bu hamkorlik Markaziy Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq transport tizimlarini birlashtirishi ko‘zda tutilgan. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2018 yil 23 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish doir 17ta hujjat imzolanadi. Joriy yilning 29 aprel kuni ikki davlat rahbarlari Ashxobod shahrida yana uchrashuv o‘tkazishdi. Keyingi yillardagi o‘zgarishlar sabab tovar ayirboshlash hajmi uch barobardan ziyodga ko‘paydi va o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 530 million dollarga yetdi, 150dan ortiq qo‘shma korxona tashkil etildi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari
Dastlab Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 22-23 mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘lgandi. Muzokaralar yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 13 hujjat imzolanadi. M-39 avtomobil yo‘lida joylashgan va 2006 yilda yopib qo‘yilgan «Oq oltin» va «Malik» avtomobil o‘tkazish punktlari qayta ochiladi.
Qozog‘iston Respublikasining hozirgi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2019 yilning 14-15 aprel kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgandi. Uchrashuvda ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini yaqin kelajakda 5 mlrd dollarga yetkazishdan har ikkala tomon manfaatdor ekanligi ta'kidlanadi.
O‘tgan davr mobaynida Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hamda Qozog‘istonning Turkiston viloyati chegaralari tutashgan uchastkalarda davlatlararo chegarani demarkatsiyalash bo‘yicha bir nechta muzokaralar o‘tkazildi. 2020 yil yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama tashqi savdo aylanmasi 3 mlrd dollardan oshdi.
O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari
O‘tgan yillarda O‘zbekiston-Tojikiston aloqalaridagi ko‘p yillar davomida go‘yoki yechimi bo‘lmagan, murakkab va nozik hisoblangan chegara va suv-energetika sohasidagi masalalar ham o‘z yechimini topdi. Bu o‘zgarishlarning barchasi oddiy fuqarolar hayotida sezilmoqda. Ko‘p yillar davomida birinchi marta ular o‘z qarindoshlari va do‘stlarinikiga to‘siqsiz, erkin tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Hozir O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidan har kuni 20 mingga yaqin kishi o‘tadi. 3-4 yil oldin esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 3-3,5 mingni tashkil qilar edi.
2018 yilda ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi marta o‘zaro davlat tashriflari bo‘lib o‘tdi. Umuman olganda, 2016 yil sentabr oyidan boshlab O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari turli sammitlar doirasida taxminan 15 martadan ortiq uchrashishdi.
Ikki davlat rahbarlarining oxirgi uchrashuvi 10 iyun kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Zarafshon daryosida GES qurish loyihasi bo‘yicha qo‘shma aksiyadorlik jamiyati tashkil etish to‘g‘risida hamda yuklar tranziti to‘g‘risidagi bir qancha bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari
O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida so‘nggi 10 yil davomida ilk bor chegara masalarida ijobiy natijalarga erishildi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat yetakchisi sifatida ish boshlagach, uchinchi davlat tashrifini O‘zbekistonga amalga oshirdi. Bungacha Japarov Qozog‘iston va Rossiyaga borgandi. Tashrif doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston—Qirg‘iziston sherikligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22ta hujjat imzolandi. Ikki davlat o‘rtasida eng nozik nuqtalardan biri bo‘lgan chegaradagi muammolar yaqin kelajakda hal qilinishi ta'kidlandi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning turli qit'alardagi ko‘plab davlatlar va davlat uyushmalari bilan munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Bojxona boshqaruvi sohasida bojxona to‘lovlari stavkalari ikki barobarga kamaytirildi, 3 ming 550 ta mahsulot nomlariga va 1 ming 122 turdagi mahsulotlarga aksiz solig‘iga import bojlarining nol stavkalari qo‘llana boshlandi.
2016-2020 yillarda barcha manbalar hisobidan asosiy kapitalga jami 89 mlrd dollarlik investitsiya kiritildi, ulardan 19,5 mlrd dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlardir.
Shuningdek, 2016-2020 yillarda respublikaning umumiy eksporti 72,5 mlrd dollarni tashkil etdi, shundan 2020 yilda 15,1 mlrd dollarlik mahsulotlar eksport qilindi, bu esa 2016 yilga nisbatan 25 foizga ko‘pdir.
2021 yil 15 mart holatiga ko‘ra, fuqarolari uchun O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar soni 90tani tashkil qiladi. Oxirgi uch yil ichida ushbu ro‘yxatdagi davlatlar soni 10 barobardan oshiq ko‘paytirildi. Bu esa ushbu davrda turistlar oqimi deyarli 4 baravar oshishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar bo‘lgan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo mamlakatlari oldida bir qancha hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar mavjud:
Chegara muammolari
SSSR qulaganiga 30 yildan oshgan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo mintaqasida chegaraviy muammolar to‘la hal etilgani yo‘q. So‘nggi yillarda davlat chegaralarini huquqiy rasmiylashtirish hamda chegaradagi bahsli hududlar muammosini uzil-kesil hal etish borasida bir qancha amaliy harakatlar o‘tkazildi. Xususan, Samarqand shahrida 2017 yil 10-11 noyabr kunlari BMT shafe'ligida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash bo‘yicha «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi bahsli nuqtalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 9 martida Tojikistonga tashrifi vaqtida chegaralardagi muammolarni hal qilish borasidagi asosiy natijalar bo‘yicha kelishuv imzolandi.


Shunday bo‘lsa-da Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bu esa mintaqada integratsiya jarayonlariga jiddiy ta'sir o‘tkazadi. Markaziy Osiyoda chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilishda asosiy muammolardan biri – mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan tasdiqlanib, tartib-taomillaridan o‘tgan huquqiy asos yo‘qligidir. Yaqin kelajajakda mintaqa mamlakatlari bu muammolarni ham hal qilishiga ishonamiz.
Iqlim o‘zgarishi

Hozirgi paytda Markaziy Osiyodagi suv resurslarining 90 foizi sug‘orma dehqonchilik uchun ishlatilmoqda. Suv qishloq xo‘jaligining asosi hisoblanadi va bu tarmoq Markaziy Osiyodagi beshta mamlakat iqtisodiyotida ham muhim rol o‘ynaydi, chunki qishloq xo‘jaligi sohasi bu mamlakatlar YaIMning 10 foizidan 45 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Kelajakda Markaziy Osiyoda suv manbalarining kamayib borish tendensiyasi ro‘y berish ehtimoli mavjud. Xususan, muzliklar mintaqadagi suv resurslarining asosiy manbayi hisoblanadi va ularning eng katta qismi Tojikiston hududiga to‘g‘ri keladi. Bu yerdagi muzliklar Markaziy Osiyo suv resurslarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Ob-havo o‘zgarishi bilan Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish va xavfsizligini ta'minlash masalalari muhim ahamiyat kasb etib boraveradi. Shu sabab mintaqa mamlakatlari bu masalani oliy darajada qayta ko‘rib chiqib, tegishli dastur va strategiya ishlab chiqishi kerak.
O‘tgan yillar davomidagi ko‘plab bir qancha ijobiy o‘zgarishlardan keyin yaqin kelajakda ham mintaqa davlatlari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning va integratsiya jarayonlarining kuchayishi, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilishi kerak. 

Xulosa
Xulosa o‘rnida qayd etish mumkinki, O‘zbekiston yuritayotgan ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlarida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Qo‘shni davlatlar O‘zbekistonning ishonch va yaqin qo‘shnilik muhitini yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholamoqda, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqani barqaror, xavfsiz, hamkorlikda gullab-yashnagan makonga aylantirishga tayyorliklarini izhor qilmoqda. Bu esa mintaqa davlatlari iqtisodiyotlarning tezkor taraqqiyotiga yordam beradi.



Foydalanilgan adabiyotlar:
https://uz.wikipedia.org/
O'zME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Воронцов М.Э. "История народов Узбекистана". — Л.: АН УзССР, 1950.
Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish