Islom karimovning o‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati marosimidagi nutqi



Download 291.5 Kb.
bet1/2
Sana10.01.2020
Hajmi291.5 Kb.
  1   2

ISLOM KARIMOVNING O‘RTA ASRLAR SHARQ ALLOMALARI VA MUTAFAKKIRLARINING TARIXIY MEROSI, UNING ZAMONAVIY SIVILIZATSIYA RIVOJIDAGI ROLI VA AHAMIYATI MAROSIMIDAGI NUTQI
Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doimo: “Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”, deb aytaman. Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham, xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik!” deb takrorlayman.

Abu Ali Ibn Sino (990-1037)

Sharqning buyuk siymolaridan biri - qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) bo'lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan, iste'dodli, xotirasi kuchli, zehni o'tkir bo'lganligidan o'z davrida ma'lum bo'lgan ilmlarni tez egallagan. U 16 yoshdayoq mashhur tabib - hakim bo'lib tanildi va keyinchalik "Olimlar boshlig'i", "Tabiblar podshohi" kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo'ldi. Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, biroq bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib keigan. Uning, ayniqsa, "Tib qonunlari" asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, 800 yil davomida G'arb mamlakatlari universitetlarida asosiy qo'llanma bo'lib keigan va hozir ham bir qancha tibbiy o'quv yurtlarida o'rganiladi.

Dunyoviy fan olimlari biian birga bu davrda islom ta'limoti va mafkurasining takomili vo'lida movarounnahrlik diniy ulamolarning xizmati katta bo'ldi. Zero, islom Arabistonda vujudga keigan bo'lsa hamki. u Movarounnahrda ravnaq topdi. Bu diyor allomalari o'z durdona asarlari bilan o'rta asrlarda Qur'on tafsiri. hadisshunoslik, arab filologiyasi, fiqh (islom huquqshunosligi). kaiom (islom faisafasi) ilmlarining turli sohalari taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdilar.

Qur'on mazmunini sharhlab, tafsirini bayon qiluvchilar bo'lmish mufassirlarning aksariyati (Imom al-Moturidiy, Imom Abu Lays as-Samarqandiy, Imom az-Zamaxshariy, Imom an-Nasah'y) ushbu diyor vakillari edi.

Tabobat ilmining sultoni - Abu Ali ibn Sino.

Jahon fani, xususan tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Abu Ali ibn Sino O’rta Osiyo tuprog’idan yetishib chiqqan vatandosh allomalarimizdan biri hisoblanadi.

U 370 –hijriy yili safar oyining boshida (980 – yil avgust oyining ikkinchi yarmida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida dunyoga keladi, besh yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga ko’chib keladi va uni o’qishga beradilar. Ibn Sino avval Qur’on, til va adabiyot darslarini o’qiydi va o’n yoshga yetar –yetmas bu darslarni to’la o’zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u mantiq, hisob, aljabr, handasa va falakiyot bilan ham shug’ullanadi. Shu bilan birga Ibn Sino tabiiy fanlarni, xususan sevib o’rgnadi. U o’zining tug’ma iste’dodi va favqulotda mehnatsevarligi tufayli darslarini osonlik bilan o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum bo’lgan narsalarni ham kitobdan mustaqil o’qib o’rganardi. Ayniqsa tib ilmida u juda tez kamol topa boshlaydi. “Tib ilmi – deb yozadi Ibn Sino o’z tarjimai holida, — qiyin ilmlardan emas, shu sababdan qisqa muddat ichida bu (fanga juda) ilg’orlab ketdim, endi hatto bilimdon tabiblar ham kelib huzurimda tib ilmidan saboq oladigan bo’ldilar. Bemorlarni ham davolab turardim va (shu yo’sinda) orttirgan tajribalarim natijasida muomila eshiklari menga shu qadar (keng) ochilib ketdiki, uni ta’riflab berish qiyin”. Ibn Sino o’n yeti yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida dong chiqardi. O’sha kezlarda Somoniylar davlatining boshlig’iNuh ibn Mansur kasal bo’lib, saroy tabiblari uni davolashda ojiz edilar. Buxoroga yangi chiqqan yosh tabibning ovozasi saroga ham yetib borogan edi, uni amirni davolashga taklif qiladilar va uning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu kutubxona o’sha vaqtda butun ‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Bir necha yil davomida kecha-kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o’z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradiki, u davrda shu qadar bilimga ega bo’lgan boshqa bir kishini toppish mushkul edi. Ibn Sino o’z davridagi olimlar, jumladan, Abu Rayhon Beruniy bilan bo’lgan ilmiy munozaralari taxminan shu yillardan boshlanadi. U o’zining birinchi yirik asarlarini ham Buxoroda 1000 – 1001 yillarda yozgan. 999-yili Qoraxoniylar Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini yiqitadilar. Bundan tashqari, ayrim feudal hukmronlari orasida o’zaro urushlar hamon tinmay davom etar va bu voqealar Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirishda hech qanday sharoit qoldirmagan edi. Buning ustiga 1002-yili Ibn Sinoning otasi vafot etadi. Oqibatda Ibn Sino Buxoroni tark etib, Xorazm(Urganch)ga ketadi. Xorazm ham O’rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri bo’lib,,XI asrning boshlarida u yerda ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. O’sha vaqtda Urganchda ko’pgina zamonasining taniqli olimlari yashar va ijod etar edilar, buyuk Abu Rayhon Beruniy(973-1048) shular jumlasidandir. O’sha vaqtdagi g’aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud (998-1030) Xorazm yerlarini o’z davlatiga qo’shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo’lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010-1011 yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib, Xuroson tomon yo’l oladi va KAsbiy dengizining sharqi – janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi. Bu yerda u Abu Ubayd Juzjoniy bilan tanishadi, shundan boshlab u yigit Ibn Sinoga eng yaqin va sodiq shogird bo’lib qoladi hamda ustozining oxirgi nafasigacha undan ajralmaydi. Ko’p o’tmay Ibn Sino Gurgonda o’zining ilmiy ishlari va abiblik faoliyatini yana boshlab yuboradi. Tabobatga oid mashhur asari “Kitob al-qonun fi-tib” (“Tib qonunlari”)ning birinchi kitobini va ba’zi bir boshqa asarlarini yozishga kirishadi. 1014- yili Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Qazvin shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va buvahiylar hukmdori Shams ad-davla (997-1021) xizmatigakiradi- oldin saroy tabibi bo’lib ishlaydi, so’ngra vazirlik mansabiga ko’tariladi. Davlat ishlari bilan band bo’lishiga qaramay ilmiy ishlarni davom ettiradi va qator asarlar yaratadi, o’zining yirik falsafiy qomusi “Kitob ash-shifo”ni shu yerga yozishga kirishadi. Yuqoridagi nomi zikr etilgan Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda baquvvat kishi bo’lgan. Biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va bir necha bor ta’qib ostiga olinib, hatto hibsga yotishlar olimning salomatligiga ta’sir etmay qolmadi. U 28 hijriy yilning ramazon oyida (1037-yilning iyunida) 57 yoshida Hamadonda vafon etdi. Uning qabri hozirgacha saqlanib qolgan. Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning hammasi bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan va ularga oid asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo’lsa ham, zamonlar o’tishi bilan ularning ko’pi yo’qolib ketgan va bizgacha 242 tasi yetib kelgan. Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tabiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1tasi riyozotga, 1tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan. Olimning bizgacha yetib kelgan umumiy falsafaga oid eng yirik asari va muhim asari “Kitob ash-shifo” deb atalgan. Uni o’z davrining ilmiy qomusi desa bo’ladi.U 4 qismdan iborat: 1) Mantiq; 2)tabiiy fanlar; 3)riyoziyot; 4) ilohiyot. Bu asarni arabcha matni qsman bir necha marta nashr etilgan bo’lsa ham, u biror tilga hali to’la ravishda tarjima etilmagan, faqat ayrim bo’limlariginaturli g’arb va sharq tillarida chop etilgan. Falsafaga oid ikkinchi asari “Kitob an-najot” (“Najot kitobi”) bo’lib, unda “Kitob ash-shifo”ning mazmuni qisqartirilib bayon etilgan. Ibn Sinoning eng so’ngi yirik falsafiy asari “Al-ishorat va-t-tanbihot”(“Ishoralar va tanbehlar”) bo’lib, unda olim falsafaning asosiy masalalarini qisqa iboralarda bayon etgan. Ibn Sinoning eng so’ngi yirik falsafiy asarlaridan eng muhimi “Donishnoma”(“Bilim kitobi”) hisoblanadi. Bu asarning forscha matni va ruscha tarjimasi nashr etilgan. Ibn Sino bu asarlarida o’zidan oldingi va o’z davridagi tabiiy fanlar va falsafaning yutuqlaridan foydalangan holda shunday bir falsafa yaratdiki, bu falsafani o’rta asr Sharqidagi nazariy bilimlarning eng yuqori cho’qqilaridan biri deb ta’riflash mumkin.

Fanlarni ma’lum bir tartibda turkumlarga ajratish, ya’ni ularni tasniflash tabiatshunoslikning muhim va asosiy masalalaridan biri, uni hal qilish uchun ma’lum bir falsafiy nuqtai nazardan yondoshish talab etiladi. Shuning uchun ham bu masala bilan doimo o’z davrining buyuk mutafakkirlari bosh qotirib kelganlar. Ibn Sino ham bu muhim masala bilan shug’ullanib, ma’lum qoidalarga asoslangan o’ziga xos tasnif tuzgan. Ibn Sinoning falsafiy ta’limotlari faqat Sharqdagina emas, balki G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ham keng yoyildi va Uyg’onish davrida ilmiy dunyoqarashning vujudga kelishida katta ahamiyatkasb etdi. Ibn Sinoning tabobat fani sohasidagi xizmatlari ayniqsa buyukdir U o’z asarlarida eng qadimdagi fanlardan biri bo’lgan tibbiyotning o’zidan oldingi ming yillik taraqqiyotiga yakun yasabgina qolmay, uni yangi yuqori bosqichga ko’tardi, hatto bu fanning keyingi asrlarda erishgan bir qancha yutuqlarini oldindan ko’ra bildi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan tibbiy asarlari 30 dan oshadi. SHulardan asosiylari o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilgan. Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh asari “Kitob al qonun fi-t-tib” (“Tib qonunlari”) kitobi hisoblanadi. O’z davridagi tibbiyot faning mufassal qomusi hisoblanagan bu asarda inson sog’lig’i va kasalliklariga oid bo’lgan barcha masalalar mantiqiy tartibda to’la bayon etilgan. “Qonun” 1012-23 yillar mobaynida yozilgan bo’lib, uning qo’lyozma nusxalari tezlik bilan tarqaladi. Bu asar ko’p o’tmay Yevropaga ham yetib keladi. XII asrdayoq Kremonalik Gerard(1114-1187) “Qonun”ni arabchadan lotin tiliga tarjima qiladi va shundan keyin Yevropa dorulfununlarida tabobat faniIbn Sino asarlari bo’yicha o’qitila boshlaydi. “Qonun” o’zining asosiy qo’llanma va darslik sifatida qiymatini 500 yilldan ortiq vaqtgacha saqlanib qoldi. Birinchi bor u Uyg’onish davridagi insonparvarlik markazlaridan biri bo’lgan Strasburg shahrida 1473 yili bosilib chiqadi. Umuman “Qonun” 40 martadan ortiq to’la holda nashr etilgan. Ayrim qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir. Uning arabcha matni 1593 yiliyoq Rimda nashr etilgan edi. Keyinchalik XIX asrda bir necha bor qaytadan bosildi. “Qonun”ning ayrim qismlari ingliz, nemis va fransuz tillariga ham tarjima qilingan bo’lsada, bu munim asar keying vaqtlargacha hozirgi zamon tillaridan birortasiga to’la holda tarjima qilinmagan edi. Bu qiyin va ma’suliyatli ishni o’zbek sharqshunoslari tabiblar bilan hamkorlikda amalga oshirdilar: “Qonun”ning beshala kitobi o’zbek va rus tillarida 1954-61yillar mobaynida Toshkentda nashr etildi.
1980 yili Ibn Sino tug’ilganiga 1000 yil to’lishi munosabati bilan “Qonun”ning ikkinchi tuzatilgan nashri e’lon qilindi.

Hadis islomda Qur'ondan keyingi muqaddas manba hisoblanib, Muhammad alayhissalomning diniy va axloqiy ko'rsatmalari, hikmatli so'zlaridan iboratdir. Hadislar to'piami sunna deb norn olgan bo'lib. islom dunyosida eng nufuzii deb e'tirof etilgan 6 ta ishonchli hadislar to'piami mualliflarining ham aksariyati O'rta Osiyolikdir. Shular ichicla "Hadis ilmida amiralmo'minin" degan sharafli nomga sazovor bo'lgan buyuk muhaddis olim Imom al-Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" to'piami eng mo'tabari hisoblanadi.

Bu davrda ushbu zaminda islom huquqi - shariat ancha rivoj topgan bo'lib. bu sohada ham movarounnahrlik allomalar boy meros qoldirganlar. Ayniqsa, bu borada Burhoniddin al-Marg'inoniyning "Hidoya" asari islorn olamida mashhur bo'ldi. Shuningdek, islom diniga asoslanuvchi musulmon olamida keng tarqalgan buyuk ta'limot - tasavvuf jamiyat ma'naviy hayoti rivojlanishida muhirn ahamiyat kasb etdi. Bu yerda yassaviya, naqshbandiya, kubraviya kabi turli sutiyiik tariqatlari shakllandiki, ular orqali insoniyat islorn dinining ichki va tashqi go'zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Chunki, tasavvuf ta'limotining o'zagi - inson va uni ma'naviy jihatdan kamol toptirishdir.

Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ulug` ajdodlarimiz xotirasiga yuksak ehtirom ko`rsatilib, ular qoldirgan boy madaniy va ma`naviy merosni o`rganish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etishga katta e`tibor qaratilmoqda. Istiqlol yillarida xalqimizning ko`plab buyuk farzandlari nomlari bilan bog`liq qadamjolar obod etildi, yangi yodgorlik majmualari qad rostladi. ¨sh avlodni ajdodlarga munosib vorislar sifatida tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, bu xayrli ish davom etmoqda.

Ayni kunlarda diyorimizda jahon ilm-fani xazinasiga bemisl hissa qo`shgan ulug` bobomiz Abu Ali ibn Sinoning 1025 yillik yubileyini nishonlashga qizg`in hozirlik ko`rilmoqda. "Sihat-salomatlik yili" davlat dasturi doirasida o`tkazilayotgan mazkur tantanalarda "Ibn Sino" xalqaro jamg`armasi ham faol ishtirok etmoqda.

Jamg`arma raisi, tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Ergashev bilan O`zA muxbirining suhbati ana shu xususda bo`ldi.

- Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino Mashriqda e`zoz va ehtirom bilan Shayx ur-rais - Shayxlarning raisi deb atalsa, Mag`ribda Avitsenna nomi bilan mashhur, - deydi Sh.Ergashev. - Ul zot milodiy 980 yilning avgust oyida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida dunyoga kelgan.

Ibn Sino, umri murakkab va sertashvish vaziyatlarda o`tganiga qaramay, ilm-fanning o`n ikki sohasi bo`yicha mislsiz yutuqlarni qo`lga kiritgan.

O`sha davrdagi mavjud siyosiy vaziyat buyuk vatandoshimiz boshiga ko`p sarson-sargardonliklar solgan. U Buxorodan Xorazmga ko`chadi, undan keyin Isfahon va Hamadon shaharlarida yashaydi.

Alloma Xorazmda yashagan davrlarda Ma`mun akademiyasida ko`plab mashhur olimlar, ayniqsa, Abu Rayhon Beruniy bilan yaqin ilmiy-ijodiy hamkorlik qilgan. zining dunyoga mashhur "Tib qonunlari" va "Ash-Shifo" asarlari uchun zarur ma`lumotlar to`plagan.

1037 yilda 57 yoshda vafot etgan vatandoshimiz Hamadon shahriga dafn etilgan.

Ibn Sino faoliyati bilan shug`ullangan olimlar uning har lahzadan unumli foydalanganini alohida ta`kidlaydilar. Darhaqiqat, inson 57 yillik hayoti davomida 450 dan ortiq asar yozib, ilm-fanning ko`plab sohalarida o`chmas iz qoldirishi oson emas.

Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari dunyo mamlakatlarida hamon tabobat sohasidagi muhim qo`llanma sifatida o`qib-o`rganib kelinmoqda.

- Buyuk vatandoshimiz qoldirgan boy ma`naviy-ma`rifiy merosni o`rganish va targ`ib etish, uning 1025 yillik yubileyini munosib nishonlash borasida siz rahbarlik qilayotgan jamg`arma qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

- Ulug` vatandoshimiz merosini chuqur o`rganish va targ`ib qilish, bu yo`nalishda ilmiy izlanishlar olib borish Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan jamg`armamizning asosiy vazifalaridandir. Ibn Sino kutubxonasi va muzeyi tashkil etildi. Jamg`armamiz tomonidan chop qilinayotgan "Ibn Sino - Avicenna" deb nomlanuvchi xalqaro jurnal alloma qoldirgan boy ma`naviy meros hamda sog`lom turmush tarzi kontseptsiyasining faol targ`ibotchisi. Bu borada ulug` yurtdoshimiz asarlarini hamda ularning ahamiyatini ochib berishga yo`naltirilgan qator risolalar ham jamg`arma ko`magi bilan nashr etildi.

Joriy yilning Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Sihat-salomatlik yili deb e`lon qilinishi hamda shu munosabat bilan ishlab chiqilgan davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikamizdagi barcha akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlarida Ibn Sino nomi bilan ataluvchi salomatlik markazlari ochildi. Ular orqali jamg`armamiz vakillari doimiy ravishda yoshlarga sog`lom turmush tarzi falsafasini tushuntirmoqda, targ`ib qilayotir. Ana shu ezgu ishni amalga oshirish niyatida "Abu Ali ibn Sino" deb nomlangan gazetani chop etishni ham yo`lga qo`ydik.

Ayni paytda jamg`armamiz xodimlari sa`y-harakatlari bilan "Sog`lom turmush tarzi va kasalliklarning profilaktikasi", "Bolalar tarbiyasi", "Giyohvandlik va VICh/OITS profilaktikasi", "Ibn Sino gerontologiya markazi" kabi maslahat markazlari tashkil etildi. Jamg`armamiz huzurida YuNESKOning xalqaro bioetika dasturi bo`yicha milliy qo`mitasi ish boshlagani ham ahamiyatga molikdir. Mazkur qo`mita doirasida yurtimizda bioxilmaxillikni ta`minlash muammolari atroflicha tahlil etilmoqda.

Yurtimiz qishloq va shaharlarida, mahalla va guzarlarida, turli o`quv muassasalari va tashkilotlarda muntazam ravishda Ibn Sino ilmiy merosi va sog`lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish muammolariga bag`ishlangan turkum seminar va anjumanlarni o`tkazyapmiz. Jamg`armamizning, ayniqsa, asrimizning dolzarb muammolaridan hisoblangan giyohvandlik va OITSga qarshi kurash borasidagi samarali faoliyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan yuksak baholanib, Jonatan Menn mukofotiga munosib ko`rildi.

Turli xorijiy davlatlar olimlari bilan faol hamkorlikni yo`lga qo`yganmiz. Masalan, 2004 yilda Frantsiyada jamg`armamizning rasmiy vakolatxonasi ochildi.

Yaqinda Bel`giyaning L`ej shahri universiteti hamda Italiyaning Florentsiya shahrida Ibn Sinoning 1025 yillik yubileyi munosabati bilan xalqaro anjumanlar o`tkazildi. Florentsiyadagi qariyalar uylaridan biri endilikda ulug` yurtdoshimiz nomi bilan atalmoqda. Nomlari tilga olingan har ikki mamlakatda ham kelgusida Ibn Sino xalqaro jamg`armasining rasmiy vakolatxonalarini ochishga kelishib olindi.


Shu yil 21-22 noyabr` kunlari allomaning tug`ilgan yurti - Buxoro shahrida buyuk vatandoshimizning 1025 yilligi hamda Sihat-salomatlik yiliga bag`ishlab an`anaviy "V Ibn Sino xalqaro o`qishlari" ilmiy-amaliy anjumani o`tkaziladi. "Buyuk meros va millat salomatligi" mavzuida o`tadigan mazkur yirik anjumanda o`ttizdan ortiq xorijiy davlatdan kelgan olimlar bilan birga mamlakatimizning yuzdan ziyod olim va mutaxassislari ham ishtirok etadi.

Yubiley tantanalarini o`tkazish uchun qizg`in tayyorgarlik avj pallasiga kirdi. Jumladan, Afshona qishlog`idagi uning nomi bilan ataluvchi muzeyda keng ko`lamli ta`mirlash ishlari poyoniga etkazilmoqda.


Download 291.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat