Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Download 458.79 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi458.79 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

OLMALIQ FILIALI

“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fanidan

MUSTAQIL ISH

Bajardi: 39-16 a guruh talabasi Muhammadjonov F.

Qabul qidi: Mamatkulov N.

Olmaliq 2019 yil.

Aglomeratsiya, o‘txona va yonilg‘i gazlari

  • Reja:
  • Aglomeratsiya
  • O‘txona va yonilg‘i gazlari

Qora metallurgiyaning yirik korxonalarida temir rudasi domna pechiga berilishdan oldin maxsus fabrikalarda aglomeratsiyalanadi (ruda shixtalarini metallurgik xossalarini yaxshilash uchun havo purkash orqali ularni yiriklashtirishning termik usuli amalga oshiriladi). Bunda ruda tarkibidagi oltingugurt oksidlanib sulfit angidridga aylanadi va aglomeratsiya gazlari tarkibiga o‘tadi.

Aglomeratsiya gazlari.

Temir rudasida oltingugurt miqdori ko‘p bo‘lganda aglomeratsiya gazi tarkibida 0,5-1,5% gacha SO2 bo‘ladi. Ayrim yirik aglomeratsiya fabrikalarida atmosferaga chiqarib yuboriladigan gazlar 5 mln m3/s dan ortadi, ular bilan chiqib ketadigan oltingugurt miqdori yiliga bir necha yuz ming tonnani tashkil qiladi. Bunday gazlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri atmosferaga chiqarib yuborish ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan katta zararga olib keladi.

Qora metallurgiyaning aglomeratsiya gazlarini ulardagi SO2 ni turli xil yuttiriuvchi materiallar yordamida ushlab qolish va so‘ngra undan konsentrlangan sulfit angidridni ajratib olish yo‘li bilan yoki aglomeratsiya gazlarini rudadan bir necha bor o‘tkazish orqali uni tarkibidagi SO2 konsentratsiyasini oshirish va konsentrlangan aglomeratsiya gazidan SO2 ni ajratib olishni yo‘lga qo‘yish ham ekologik, ham iqtisodiy samara olinishi mumkin.

O‘choqlarda ko‘mir yoqilganda ko‘mirdagi oltingugurt ham yonadi va atmosferaga chiqarib yuboriladigan o‘txona gazlari tarkibida anchagin SO2 ham bo‘ladi. U atmosfera havosini ifloslantirib, ekologik vaziyatni yomonlashishiga olib keladi. Shuning uchun o‘txona gazlari ham tozalanadi. Bunday tozalash natijasida ko‘p miqdordagi sulfit angidrid ushlab qolinadi va uni sulfat kislota ishlab chiqarishda ishlatiladi. Lekin o‘txona gazlaridan SO2 ni tozalash katta sarf -arajatlar talab etadi, shuning uchun o‘txona gazlarining ma’lum qismigina tozalashga yuboriladi.

O‘txona va yonilg‘i gazlari.

O‘txona gazlarini tozalashning arzon usullarini o‘ylab topish va uni ishlab chiqarishga joriy etish bir tomondan tabiiy manbaalardan oqilona foydalanish imkoniyatini ochsa, ikkinchidan, tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlab qolish kabi muhim muammolardan birining yechimi topiladi. Bunay ishlarni amalga oshirish albatta hozirgi paytda yetishib chiqayotgan «Kimyoviy texnologiya» mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar zimmasiga

yuklanadi.

Ko‘pgina yoqilg‘i gazlari (koks gazi, generator gazi, yo‘ldosh gazlar, tabiiy gaz, neftni qayta ishlash gazlari) tarkibida anchagina miqdorda vodorod sulfid bo‘ladi va u doimo gaz tarkibidagi zararli keraksiz qo‘shimcha hisoblanadi. Neftni qayta ishlash gazlari, yo‘ldosh va tabiiy gazlar asosan turli hil mahsulotlar sintez qilishda, shuningdek turmushda ishlatiladi.

Masalan, marten pechlarida vodorod sulfid suyuq metallarga yutiladi va unda oltingugurt holida qoladi, bu esa po‘latning sifatini yomonlashtiradi

Har ikki holatda ham gazlardagi H2S miqdori Davlat Standartlari talabiga muvofiq 20 mg/m3 dan ortmasligi lozimdir. Shuning uchun tarkibida vodorod sulfid miqdori me’yoridan ko‘p bo‘lgan yoqilg‘i gazlari, tarkibida yutuvchi moddalar (monoetanolamin, soda va b.) bo‘lgan eritmalar bilan qayta ishlanadi (yuviladi). Yutuvchi eritmadan vodorod sulfidni qizdirish orqali ajratiladi va bunda yuqori konsentratsiyali (90% gacha H2S bo‘lgan) vodorod sulfid olinadi. Vodorod sulfidli gazdan sulfat kislota yoki elementar oltingugurt ishlab chiqarishda foydalaniladi.



Фойданилган адабиётлар.
  • “Xomashyo materiallari va ularni boyitish’’ Shamshidinov I.T., MamadjanovZ.N., QodirovaG.Q. Toshkent — 2018
  • “NOORGANIK MODDALAR VA MINERAL O‘G‘ITLAR TEXNOLOGIYASI” Shamshidinov I.T. Toshkent — «ILM ZIYO» — 2015

Download 458.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat