Iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


- o‘quv yillari davomida turizm sohasi uchun tayyorlangan



Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/86
Sana28.08.2021
Hajmi1.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
2011- o‘quv yillari davomida turizm sohasi uchun tayyorlangan 
bakalavrlar. 
 
Rasmdagi  ma’lumotlardan  ko‘rinib  turibdiki,  turizm  sohasidagi 
bakalavrlar soni yildan yilga oshib  bormoqda. Agar Toshkent davlat 
iqtisodiyot  universitetining  xalqaro  turizm  fakulteti  bitiruvchilarini 
ham qo‘shib hisoblaganda, katta miqdorni tashkil etadi. 
Bu  o‘quv  maskanlarida  qator  fanlar,  jumladan,  mutaxassislik 
fanlari  o‘qitilib,  ularda  kasbiy  bilimga  taalluqli  muammolar  o‘z 
yechimini  topmoqda.  Shunday  fanlar  qatorida  turizm  asoslari  fani 
ham o‘z o‘rniga ega.  
Tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  turizm  tarixi,  uning  asosiy 
yo‘nalishlari,  turlari,  kategoriyalari,  turistik  xizmatlar,  umuman, 
turizm  ilmi  bilan  bog‘liq  barcha  masalalar  haqida  bilim  berish, 
turizmga  oid  tushuncha  va  atamalarning  har  birini  atroflicha 
sharhlash  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  bu  alohida  predmet 
darajasidagi  masala  hisoblanadi.  Shularni  e’tiborga  olgan  holda 
turizmga oid barcha mutaxassislik fanlarining alifbosi bo‘lgan turizm 
asoslari fani ham aynan shunday vazifani bajaradi.  
Ushbu kursning asosiy maqsadi – turizmga oid fanlarni o‘qitishda 
va  amaliyotda  zarur  bo‘lgan  tushuncha  va  atamalar  hamda 
turizmning  iqtisodiy,  siyosiy,  ma’naviy  va  ijtimoiy  ahamiyatini 
yoritib berishdan iborat.  
Qo‘yilgan  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  quyidagi  vazifalar 


bajariladi:  turizm  xizmatlarining  tasniflanishi,  turoperator  va 
turagentlik  faoliyatining  xususiyatlari,  turizm  xizmatlari  va 
mahsulotlari,  turizm  industriyasi  va  infratuzilmasi,  turizmni 
rivojlantirishda  turistik  yo‘nalishlarni  shakllantirish  texnologiyasi, 
turistik  firmasini  ochish  va  litsenziya  olish  bosqichlari,turizmga  oid 
rasmiyatchilik va turizmda huquqiy asoslar.  
Amaliy  mashg‘ulotlarning  maqsadi  o‘quvchilarda  turistik 
mahsulotni  shakllantirish  va  turistlarga  xizmat  ko‘rsatish  bo‘yicha 
ko‘nikmalarni  shakllantirishdan  iborat.  Mustaqil  ishlash  jarayonida 
har  bir  talaba  o‘zining  bo‘lajak  turistik  firmasini  ochish  bo‘yicha 
tegishli ko‘nikmalar oladi.  
Mazkur  fan  turizm  menejmenti,  turizm  marketingi,  turizm 
faoliyatini  tashkil  etish,  turizm  geografiyasi,  xalqaro  turizm,  ish 
yuritish kabi fanlar bilan uzviy aloqador hisoblanadi.  
Kursni  o‘zlashtirish  jarayonida  va  o‘qitishda  turistik  ekskursiya, 
ekspeditsiya  va  maxsus  turlar  tashkil  etish;  turizm  xizmat  bozori, 
Xalqaro 
Toshkent 
turizm 
yarmarkasida 
ishtirok 
etish; 
mehmonxonalar  faoliyati,  turistik  firmalar  ishi  bilan  tanishish, 
ekologik, 
tarixiy-madaniy 
yodgorliklarni 
namoyish 
etuvchi 
multimedia,  slaydlardan,  buklet,  yo‘nalishlar  xaritalarini  ishlab 
chiqish,  internet  aloqa  tizimidan  turli  ma’lumotlar  olish  muhim 
ahamiyatga ega.  
 Turizm  asoslari  kursi  turizm  va  mehmonxona  xo‘jaligi  servisi 
tayyorlov  yo‘nalishi  bo‘yicha  ta’lim  olayotgan  kasb-hunar 


kollejlarining  1-  bosqich  talabalari  uchun  mo‘ljallangan.  Unda 
xorijiy  davlatlar  va  respublikamizda  nashr  etilgan  turizm  sohasiga 
oid  ilmiy,  o‘quv,  uslubiy  qo‘llanmalardan  hamda  jurnal  va 
gazetalardagi maqolalardan, internet saytlaridan, turistik firmalarning 
namunaviy  yo‘nalishlari,  bukletlari  va  yo‘l  ko‘rsatkichlardan 
foydalanish tavsiya etiladi.  

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
matematika fakulteti
tashkil etish
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi muhammad
fanining predmeti
pedagogika universiteti
bilan ishlash
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
nomidagi samarqand
fizika matematika
Ishdan maqsad
haqida umumiy
fanlar fakulteti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
moliya instituti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Toshkent axborot
Alisher navoiy
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
nazorat savollari
Samarqand davlat