Iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


O‘zbekiston Respublikasida 2000–2010- yillar davomidagi



Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/86
Sana28.08.2021
Hajmi1.01 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86
O‘zbekiston Respublikasida 2000–2010- yillar davomidagi 
turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning rivojlanish dinamikasi (ming kishi)
 
 
O‘zbekistonga keluvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent–
Samarqand–Buxoro–Xiva  yo‘nalishi  bo‘yicha  sayohat  qiladilar. 
Chunki  O‘zbekiston  turizm  infratuzilmasi  aynan  shu  mintaqalarda 
yaxshiroq  rivojlangan  hamda  Buyuk  Ipak  yo‘liga  taalluqli  ko‘pgina 
obyektlar  aynan  shu  joylarda  saqlanib  qolingan  (O‘zbekistonga 
guruhlarda  tashrif  buyuruvchi  turistlarning  aksariyati  Buyuk  Ipak 
yo‘li 
yo‘nalishi 
bo‘yicha 
harakatlanadilar). 
Shuningdek, 
Surxondaryo,  Qashqadaryo  va  Farg‘ona  vodiysi  viloyatlarida  ham 
turistlarni  jalb  etishi  mumkin  bo‘lgan  ko‘plab  muhim  turistik 
jozibador  manzillar  mavjud  bo‘lsa-da,  turistik  infratuzilmaning 
rivojlanmaganligi  tufayli  turistlarning  bu  joylarga  kelishlariga 
to‘sqinlik  qiladi.  Bu  kabi  kamchilarni  bartaraf  etish  maqsadida 
hukumatimiz  tomonidan  Qamchiq  dovonidan  o‘tuvchi  yo‘l  qayta 
ta’mirlandi.  Samarqanddan  Surxondaryoga,  Toshkent  shahridan 
Buxoro  va  Samarqand  shaharlariga  turistlarni  tashish  uchun 
elektrlashtirilgan  yangi  temir  yo‘l  qurildi.  Toshkent–Samarqand 
yo‘nalishini  tashkil  etuvchi  344  kilometrli  masofani  atigi  2  soatda 
bosib o‘tadigan, yuqori tezlikda harakatladigan «Talgo–250» rusumli 
yo‘lovchi tashuvchi elektropoyazdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.  


Bu poyezdlardan foydalanish maqsadida temir o‘l infratuzilmasini 
modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi 
ishlar  amalga  oshirildi.  Jumladan,  600  kilometr  uzunlikdagi  yo‘llar 
qaytadan  tiklandi,  68  kilometrdan  iborat  yangi  temir  yo‘l  izlari 
yotqizildi.  Toshkent  va  Samarqand  shaharlaridagi  temiryo‘l 
vokzallari qaytadan to‘liq rekonstrutsiya qilindi. 
 Xorijiy  turistlarga  yuqori  servis  xizmatlarini  tashkil  qilish 
maqsadida  bu  shaharlarda  ko‘plab  turistik  mehmonxonalar  bunyod 
etilmoqda va yangi turistik yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda. 
Turizm  sohasi  rivojlangan  va  rivojlanayotgan  mamlakatlar 
iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori bo‘lib, chet el valutasi va 
sarmoyalari oqimini ta’minlaydi, unga yaqin bo‘lgan sohalarning tez 
o‘sishiga  ko‘mak  beradi,  aholi  bandligi  muammolarini  hal  etishga 
yordam  beradi  va  mamlakatning  dunyo  hamjamiyatidagi  obro‘sini 
oshiradi.  Boshqa  sohalar  bilan  qiyoslaganda  ancha  kam  sarf-xarajat 
bilan  turizm  sohasida  katta  miqdordagi  valuta  kelib  tushishini 
ta’minlash mumkin.  
Ko‘pgina  mamlakatlarda  turizm  uchta  yetakchi  sohalar  qatoriga 
kiradi, tez sur’atlarda rivojlanadi va muhim ijtimoiy hamda iqtisodiy 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki turizim:  
– mahalliy daromadni o‘stiradi; 
– yangi ish o‘rinlarini yaratadi; 
–  ishlab  chiqarishning  turistik  xizmatlar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
barcha sohalarini rivojlantiradi; 


–  turistik  markazlarida  ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish 
infrastrukturasini rivojlantiradi; 
–  xalq  hunarmandchiligi  markazlari  faoliyatining  rivojlanishini 
tezlashtiradi; 
– mahalliy aholi yashash darajasining o‘sishini ta’minlaydi; 
– valuta tushumlari miqdorining o‘sishiga yordam beradi.  

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat