Ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy kasalliklar



Download 32,21 Kb.
Sana27.09.2021
Hajmi32,21 Kb.
#187240
Bog'liq
Ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy k~


Aim.uz


Ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy kasalliklar.

Vaqti –

Talabalar soni:

O‘quv mashg‘ulotining shakli

vizual ma’ruzasi

O‘qitish texnologiyasi

Fan to‘g‘risida yaxlit tasavvur hamda ma’lum yo‘nalishlar bYeradi.

Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi

1. Jarohatlanish, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklari haqida tushuncha.

2. Baxtsiz xodisalarni tahlil etish.

3. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o‘rganish usullari.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Hayot faoliyati xavfsizligi fanining assosiy vazifalari talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar-fiziologik faoliyatining nazariy asoslarini o‘rgangan holda insonning yashash muhiti va ishlab chiqarish faoliyatini sog‘lom va xavfsiz ish sharoiti bilan ta’minlay olishi, texnik vositalardagi xavfli va zararli omillarni bartaraf etaolish va sodir bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish usullarini ishlab chiqa olishdan iborat.

Pedagogik vazifalar:

- O‘quvchini ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o‘rni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharhini bYerish, fanning yutuqlari va taniq-li olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izla-nishlarning yo‘na-lishini belgilash, tavsiya qilingan o‘quv-uslubiy ada-biyotlar tahlilini bYerish, hisobot va baholashning mud-datlari va shakl-larini belgilash;

1. Korxonalarda mehnatni sog‘lom va xavfsiz ish sharoit-larini ta’minlash

2. Korxonalarda mehnat sharoitini yaxshilashga qaratil-gan chora - tadbirlar

3. Mehnatni muho-faza qilish xiz-matlari.

4. Korxonalarda hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ish-larni boshqarish.

YUqorida qayd etil-gan mehnat xavfsiz-ligi bo‘yicha ishlar-ni tashkil etish va boshqarish to‘g‘risi-dagi mavzuni dol-zarbligi to‘g‘risida tushuntiradi.


O‘quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


- O‘quv fanining maqsadi va vazifalarini aytib bYeradi,

- Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga

qo‘yiladigan talablarni tavsiflaydi

- Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma - ketligini tavsiflaydi,

- Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rnini aytib beradi va izohlaydi,

1. Korxonalarda mehnatni sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash

2. Korxonalarda mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora - tadbirlar

3. Hayot faoliyati xavfsizligi xizmatlari.

4. Korxonalarda hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ishlarni boshqarish

Mehnat xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil etish va boshqarish to‘g‘risidagi mavzuni dolzarbligi to‘g‘risida so‘zlab beradi.





O‘qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, blits-so‘rov, bayon qilish, klaster, texnikasi

O‘qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

O‘qitish shakli

Jamoa va guruhda ishlash.

O‘qitish shart-sharoiti

Proektor, kompyuter bilan jihozlangan auditoriya.

Mavzularning tayanch iboralari nomi:

1. Korxonalarda mehnatni sog‘lom va xavfsiz ish sharoit-larini ta’minlash

2. Korxonalarda mehnat sharoitini yaxshilashga qara-tilgan chora – tad-birlar

3. Hayot faoliyati xavfsizligi xizmatlari.

4. Korxonalarda hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ishlarni boshqarish.


Tayanch iboralarning o‘quv maqsadlari:

Ma’sul shaxsga mehnatni muhofazasi bo‘yicha:

1. Korxonalarda mehnatni sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlashni o‘rganiladi.

2. Korxonalarda mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora – tadbirlar tuzishni o‘rganiladi.

3. Hayot faoliyati xavfsizligi xizmatlarini vazafalari o‘rganiladi.

4. Korxonalarda hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ishlarni boshqarish usullari o‘rganiladi.



O‘quv-ilmiy adabiyotlar

1. N.H. Avliyoqulov Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari Toshkent- 2001y.

2. N.H. Avliyoqulov O‘qitishning modul tizimi va pedogogik texnologiyasi amaliy asoslari Boxoro 2002y.

3. N.H. Avliyoqulov, N.N.Musaeva Pedagogik texnologiyalar. Fan va texnologiya nashriyoti, 2008y.

4. A.T. Murodov, S.N. SHodiev Mehnatni muhofaza qilish. Ma’ruzalar matni. B, 2003 y.

5. G‘. YOrmatov, YO. Isomuhamedov Mehnatni muhofaza qilish. T., «O‘zbekiston», 2002 y.

6. X. Azimov. Qurilishda mehnat havfsizligi Fan 1997y

7. O‘. Yo‘ldoshev, U. Usmonov, O. Qudratov Mehnatni muhofaza qilish mehnat 2001y.

8. P.V.Soluyanov Praktikum po Oxrane truda.

9. IntYernet ma’lumotlari:


Mustaqil ish:

-darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;



Talaba:

- Mehnat xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni o‘rganish.

- Mavzuga oid gazeta jurnallardan yangi matYeriallarni olib kelish.

- Mavzuga oid intYernet yangiliklari olib kelish.



B.Blum taksonomiyasi asosida o‘quv maqsadlarining toifalarini belgilash

Tayanch iboralar

O‘quv maqsadlari toifalari

Bilish

Tushunish

Qo‘llash

Analiz

Sintez

Baholash

1. Mehnatni sog‘lom va xavfsiz ish sha-roitlarini ta’min-lash.

+

+













2. Mehnat sharoiti-ni yaxshilashga qara-tilgan chora – tad-birlar

+

+













3. Mehnatni muho-faza qilish xizmat-lari

+

+













4. Mehnatni muho-faza qilish bo‘yicha ishlarni boshqarish

+

+













5. Tashkiliy-meto-dik organ

+

+

+

+







6. Axborot organi

+

+

+

+







7. Boshqaruv ob’ek-ti

+

+












Ma’ruza mashg‘ulotini texnologik kartasi (3-mashg‘ulot)



Bosqichlar vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich Kirish (10min)

4. Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi

1.1. Eshitadi, yozib oladi.

2-bosqich Asosiy

(60 min)


2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o‘tkazadi.

- Fanga doir qanday atamalarni bilasiz?

Mehnat xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil etish va boshqarish haqida nimalarni bilasiz?

2.2. O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi.

2.3. Quyidagi savollardan foydalangan holda mavzu yoritiladi:

1. Mehnat xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil etish va boshqarishni sharhlaydi.

2. Korxonalarda mehnatni sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

3. Korxonalarda mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora – tadbirlar nimalardan iborat?

4. Hayot faoliyati xavfsizligi xizmatlari xaqida qanday tasovvurga egasiz?

5. Korxonalarda hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ishlarni boshqarish usullari nimalardan iborat?

- O‘qitish texnologiyasi qanday asosiy elementlardan iborat?

- Tayanch ibora nima?

- O‘quv maqsadlarini toifalarini qanday belgilanadi?

- Har qaysi mavzu, bo‘lim, modulning maqsadlarni belgilash usullari qanday?

- Reyting nazorati nima?

- Reyting nazoratida qanday baholash usullari mavjud?

- Tayanch iboralarni o‘quv maqsadlari deganda nimani tushunasiz?

1. Korxonalarda mehnatni sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash to‘g‘risida nimalardan iborat?

2. Korxonalarda mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora – tadbirlar nimalardan iborat?

3. Hayot faoliyati xavfsizligi xizmatlari kimlardan tashkil topgan?

4. Korxonalarda hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ishlarni boshqarish qaysi usullar asosida tashkil topgan?

- O‘qitish texnologiyasi qanday asosiy elementlardan iborat?

2.4. Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qilishni va yozib olishlarini ta’kidlaydi.


2.1. Eshitadi, navbat bilan javob bYeradi.

2.2. Eshitadi, yozib oladi.

2.3. Eslab qoladi, yozadi.

Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

Ta’riflarni yozib oladi, misollar keltiradi.


3-bosqich

YAkuniy


(10min)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi.

Faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi.

Mustaqil ish uchun vazifa, tayanch ibo-ralarni izohli ta’riflarini o‘rganish vazifa qilib bYeradi va baholaydi.


3.1. Eshitadi, aniq-lashtiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.

1. Jarohatlanish, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklari haqida tushuncha.

Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishiga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jaroxatlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaharlanish va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. Jaroxatlanish tushunchasi baxtsiz hodisa deb ham yuritiladi.

Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi, ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish, ikkinchisi ish bilan bog‘liq, lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish va uchinchisi ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish.

Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jaroxatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod hududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan jaroxatlanishlar kiradi.

Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.

Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlaridagi jarohatlanishlar kiradi.

Agar baxtsiz xodisa u ma’muriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitni yaratish sohasida yo‘l qo‘yilgan xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatini muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda ishchi ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to‘lov miqdori ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to‘lanishi kYerak deb belgilangan.

Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaharlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish natijasida kelib chiqishi mumkin.

Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o‘tkir zaharlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig‘ilishi natijasida yuz bYersa, surunkali zaharlanish deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasaliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimining ortiq yoki kam bo‘lishi natijasida kesson yoki tog‘ kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig‘lanish va zaharli moddalar ta’siridan dermatit va yara kasalliklari kelib chiqadi.

Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish umumiy o‘rnatilgan qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l qo‘yilgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining qaytarilishining oldi olinadi.


2. Baxtsiz hodisalarni tahlil etish.
Korxona ma’muriyati ishlab chiqarishda baxtsiz hodislarni tekshirish va xisobga olish haqida Nizomga binoan mehnat faoliyatini yo‘qotishga sabab bo‘lgan har bir shikastlanish hollarini tekshirib chiqib, shu haqida N-1 namuna bo‘ycha 4 nusxada dalolatnoma tuziladi. Bosh muhandis dalolatnoma va ko‘riladigan chora-tadbirlar rejasini tayyorlaydi. Baxtsiz hodisa sababini bartaraf qilish haqida buyro‘q birinchi rahbar tomonidan tasdiqlanadi va uni bajarish uchun ma’sul kishi tayinlanadi, amalga oshirish muddati belgilanadi.

Guruhiy, og‘ir jarohat va o‘lim bilan tugagan shikastlanishlarda N-1 namunali dalolatnomani tuzish bilan bir vaqtda baxtsiz hodisalar maxsus jurnalga qayd qilib qo‘yiladi. N-1 namunasi bo‘ycha tuzilgan dalolatnomalarga asoslanib korxona ma’muriyati hisobot tayyorlaydi va yuqori tashkilotlarga yuboradi, bunda mehnat faoliyati faqat uch kundan ortiq yo‘qotilgan hodisalarnigina inobatga olinadi. N-1 namunali dalolatnomalar idora arxivida 45 yil saqlanishi kYerak.

Baxtsiz hodisani o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganish va hisobga olish, uning sabablarini puxta tahlil qilish hamda bunday xodisalar takrormasligi uchun butun javobgarlik hodisa sodir bo‘lgan idoraning birinchi rahbari zimmasiga yuklanadi. Hisobotlar ishi sanoat tarmoqlarida, xalq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish va transportda ro‘y bergan shikastlanishlar dinamikasini baholash va unga qarshi kurash yo‘llarini belgilashga imkon beradi. Shikastlanish ishlash qobiliyati yo‘qotilgan yoki yo‘qotilmaganligidan qat’iy nazar har bir hodisani to‘la hisobga olish uchun tibbiyot shaxobchalari va sanitariya qismlarida ro‘yxatga olib boriladi. Bu ma’lumotlarni tahlil etish N-1 namuna hisobotlari asosida aniqlanadi.

Shikastlanishlarning tahlilini mehnat gigienasi bo‘ycha shifokor va uning yordamchisi mehnat xavfsizligi bo‘limi hamda sog‘lomlashtirish shaxobchasi tibbiyot-sanitariya qismi shifokorlari bilan birgalikda olib boradi. SHikastlanishlarga qarshi tadbirlar ko‘rish rejasi tahlil asosida tuziladi.

Shikastlanishni har tomonlama to‘lduruvchi belgilarini nazarga olgan holda tahlil qilish, unga qarshi kurashning samarador rejasini tuzishga imkon bYeradi. Bunday rejani mehnat gigienasi bo‘ycha shifokor, mehnat muhofazasi muhandisi va tibbiyot-sanitariya qismining shifokori birgalikda tuzib, uning muddatida bajarilishini nazoratga oladi.

Shikastlanishning oldini olish ishini tashkil etishda signalizatsiya yo‘li bilan hisoblash va tahlil qilishning tezkor shakli mavjud bo‘lib, bu juda qisqa muddat ichida (hafta, oy) o‘tkaziladi. Unga qo‘ydagi ma’lumotlar kiritiladi:

sex;

asbob-uskunalar turkumi;



vaqti.

Shular asosida shikastlanish xavfi bo‘lgan joylar aniqlanadi va uning sabablari bartaraf etiladi.

Ishlab chiqarishda shikastlanish deb, korxona xududida bo‘lgan davrda kishi tanasining biror a’zosi tasodifan shikatslanishi natijasida salomatligiga putur etishiga aytiladi.

Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishining oldini olish, asosan, ma’muriyat rahbarlari javobgarligida bo‘lib, nazorat ishlari mehnat muhofazasi bo‘limi zimmasida bo‘ladi. Shikastlanishning sabablarini o‘rganish, muhandis-texnik sohasiga tegishli masalalar, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ishchilar salomatligini mustahkamlashga oid masalalarni hal etishda tibbiyot-sanitariya qismidagi shifokorlar ma’suldirlar.

Shikastlanishlar turiga qarab:

mexanik (yara toshishi, sinish);

termik (issiqlanish, kuyish, sovuq urish);

kimyoviy (kuyish, o‘tkir zaharlanish);

elektr quvvatidan shikastlanishlarga bo‘lanadi.

Shikastlanish joyiga qarab oyoq va bosh shikastlanishi (ko‘zdan boshqa), gavda, qo‘l, ko‘p joylarning shikastlanishiga bo‘linadi.

Shikastlanish og‘ir-engilligiga ko‘ra mehnat qobiliyati yo‘qolmaydigan engil shikastlanishga, mehnat qobiliyati bir necha kunlab, xaftalab va xatto oylab yo‘qotiladigan o‘rtacha va og‘ir shikastlanishlarga tafovut qilinadi. Shikastlanishning og‘ir turi mehnat qilish qobiliyatini mutlaqo yo‘qotishga sabab bo‘lishi va nogironlikka olib kelishi mumkin. Guruh holida va o‘limga olib boradigan turdagi shikastlanishlar alohida ko‘riladi.

Shikastlanishlar kelib chiqishining asosiy sabablari. Texnik jixozlarning nosozligi natijasida dastgohlarning to‘xtab qolishi, tasmalarning uzilib ketishi va shu kabi hodisalar shikastlanishga olib keladi. Bunga ularning o‘z vaqtida ehtiyot yuzasidan ta’mir qilinmaganligi, uzliksiz ishlashi natijasida ayrim qismlarning ishdan chiqishi sabab bo‘lishi mumkin. Shunday xodisalar ro‘y bYermasligi uchun mehnat xavfsizligi bo‘ycha javobgar shaxslarning doimiy nazorati talab etiladi.

Texnologik jarayonning buzilish natijasida tYermik, kimyoviy jarohatlanish va o‘tkir zaharlanishlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun reja asosida ishchilarning bilimini o‘z vaqtida tekshirib turish va yo‘riqlov o‘tkazib turish katta ahamiyatga egadir. Qo’l kuchi bilan boshqariladigan ishlar, transportlarga yuk ortish va tushirish jarayonlarining etarli darajada mexanizatsiyalashtirilmaganligi mehnat sharoitini yaxshi tashkil qilinmaganligini bildiradi.

Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ish korxonalarining kichiklik qilib qolishi, tayyor mahsulotlarni saqlash xonaning sharoiti qoniqarli bo‘lmasligi , mahsulotni tayyorlov joylaridan o‘z vaqtida olib ketilmasligi, yo‘llarining tor bo‘lishi shikastlanish xavfining ortishiga sabab bo‘ladi.

Korxonalarda sanitariya holati qoniqarsiz bo‘lishining asosiy sabablariga xonalar sathining sirpanchiqligi va tekis bo‘lmasligi, korxona hovlisidagi yo‘lakning o‘ydum-chuqurligi, yoritish qurilmalari quvvatining kamligi, deraza oynalarning chang bosib ketishi, chang va gazlar miqdorining me’yoridan ortiq bo‘lishi natijasida diqqat-e’tiborining kuchayishi, shovqin bosimining yuqori bo‘lishini misol qilib keltirish mumkin. Shikastlanishning ko‘p uchraydigan sabablaridan biri ishchilarning toliqib qolishidir, chunki bunda ishga diqqat-e’tibor pasayibgina qolmay, balki ishchilardagi harakat yo‘nalishi ham buziladi. Bunday hollarda shikastlanish mehnat kuning so‘nggi soatlarida yoki rejada ko‘rsatilgandan ortiqroq mehnat qilish natijasida yuz beradi.

Binobarin, ishlab chiqarish sharoitini sog‘lomlashtirish va ishchilarning toliqib qolmasliklariga sharoit yaratish, faqat kasbga aloqador kasalliklarning emas, balki shikastlanishning ham oldini oladi.

3. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o‘rganish usullari.

Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va ularni keltiirib chiqaruvchi xavfli holatlar baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan omillarni yo‘qotish maqsadida aniqlanadi. Bu ishlar asosan oqilona usullarni qullash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo‘ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amal oshiriladi.

Baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi.

1.Statistika usuli. Bu usul baxtsiz hodisalarning umumiy statistik hisobga olingan sanoat jarohatlanishi materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Mazkur usul sanoat jarohatlanishini tahlil qilish uchun asosiy materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Bu bu usul bilan sanoat jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsienti va jarohatning og‘irligi koefitsientining o‘rtacha ko‘rsatgichini olish mumkin.

Baxtsiz xodisalarning takrorlanish koefitsientini, 1000 ishchi hisobiga , ma’lum vaqt davomida sanoat korxonasida kelib chiqqan baxtsiz hodisalarning o‘rtacha miqdorini qo‘ydagi formula orqali aniqlash mumkin.

Bunda R-ma’lum vaqt ichidagi jarohatlanganlar soni; T- shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilar soni. Jarohatlanish koeffitsienti mashinosozlik sanoatining qaysi korxonasida baxtsiz xodisalar ko‘proq vujudga kelayotganligi haqida ma’lumot bYeradi.

Baxtsiz hodisaning og‘irlik koeffitsientini, ya’ni har bir jarohatlanishning o‘rtacha yo‘qotilgan ish kunlari hisobini ko‘rsatuvchi K ni qo‘ydagi formula bilan aniqlash mumkin.


Bunda P- hamma baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo‘qotilgan ish kunlari soni; R-shu darvda baxtsiz hodisaga uchraganlar soni.

SHuni aytib o‘tish kYerakki, bu ko‘rsatkich haqiqiy og‘ir jaroxatlanish belgilarini ko‘rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar kiritilmagan, ular alohida hisobga olinadi.

Statistika usulini ikkiga bo‘lib qarash qabul qilingan: bular guruh va topografik usullardir.

Guruh usuli. Statistik usulining tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz hodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan vaqti va sodir bo‘lgan joyi, baxtsiz hodisaning xususiyatini va h.q.) guruh holida takrorlanishini aniqlash imkoniyatini bYeradi.

Topografik usul. Bu usul ham guruh usulining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, qo‘yidagi hollarda qo‘llaniladi: guruh usulida keltirilgan baxtsiz hodisalar haqidagi ma’lumotlarni har xil shartli belgilar bilan belgilab (masalan, N-1), ish uchastkalarining rejasida baxtsiz xodisa yuz bergan joylarga qo‘yib chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarning takrorlanishi haqida ko‘rgazmali ma’lumot olinadi.

Har qanday statistik tekrish kabi, bu usul bilan baxtsiz hodisalarni tahlil qilishda ham olingan material, asosan baxtsiz hodisa haqida tuzilgan N-1 formadagi akt har tomonlama o‘rganiladi. Aktda baxtsiz hodisa yuz bergan joy, jarohatlanish tavsifi, og‘irlik darajasi, voqea sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi haqidagi ma’lumotlar aks etadi.

2. Monografik usul. Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz hodisa yuz bYergan ayrim sex, uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va har tomonlama o‘rganiladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitariyasi-gigienik mehnat sharoitiga qaratilishi kYerak. Bu usulda korxonalarda ro‘y bergan baxtsiz hodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.



Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo‘yicha ham o‘tkaziladi. Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan potensial baxtsiz hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Shuningdek qurilayotgan yoki loyihalanayotgan turdosh korxonalarda shunga o‘xshash baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasligini ta’minlashga harakat qilinadi.


Aim.uz


Download 32,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish