Ishlab chiqarishda boshqaruv



Download 0.73 Mb.
bet4/10
Sana15.05.2021
Hajmi0.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Kirish


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida Oʻzbekiston iqtisodiyoti ham turli mulkchilik (davlat, jamoa, fuqarolar mulki va xususiy mulk)ka va xoʻjalik shakllariga tayanadi. Oʻzbekistondagi koʻp ukladli iqtisodiyot tarkibida davlat sektori, jamoa-kooperativ sektor, individual sektor, xususiy sektor, aralash sektor va xorijiy sektorlar bor. Davlat sektoriga davlat korxonalari, jamoa sektoriga har xil kooperativlar va shirkat xoʻjaliklari, individual sektorga tomorqa xoʻjaligi, yakka tartibda ishlovchilar, yakka dehqon xoʻjaliklari kiradi. Xususiy sektorga ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga fonda beruvchi korxonalar karaydi. Aralash sektor davlat-aksiyadorlik, qoʻshma korxonalar, xorijiy sektor chet mamlakatlarga qarashli boʻlib, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarni oʻz ichiga oladi Mulkchilik tizimiga oid tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek: ―O‘tgan 2018-yil bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor. Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriyhuquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma‘lum, albatta‖1.

Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lmda amalga oshirilayotgan islohatlar samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor yurtboshimizning ma‘ruzalarida o‘z tasdig’ini topdi: ―Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Masalan, 506 ta mulk kompleksi tanlov asosida, investitsiya kiritish sharti bilan «nol» qiymatida yangi mulkdorlarga sotildi. Bu borada ana shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim. Xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi er maydoni bo‘shadi. Bu erlarning qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatish obektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi. Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obekt inventarizatsiya qilinib, xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun savdoga qo‘yildi va o‘tgan yili ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qo‘yildi‖2. Mulkchilik tizimi munosablarni tavsiflash iqtisodiy faoliyat kimning manfatini ko‘zlab olib borilayapti?- degan savoga javob beradi. Agarda u shaxsiy manfaatni ko‘zlab olib borilayotgan bo‘lsa, unda xususiy shaxsiy o‘zlashtirish (xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o‘zlashtirish jamoa manfaatnni ko‘zlab olib borilsa, unda jamoa mulk to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Agarda u yoki bu ijtimoiy guruh manfaatlari ustivor hisoblansa, unda biz ijtimoiy o‘zlashtirish shakli bilan to‘qnash kelamiz.

Kurs ishining ob’ekti bo’lib, O‘zbekistonda ko’p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi.

Kurs ishining predmeti. O‘zbekistondagi mulkdorlar sinfi hisoblanadi.

Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda ko’p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining shakllanishining mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

Kurs ishining vazifalari:

-O‘zbekistonda ko’p ukladli iqtisodiyotni amalga oshirishning fundamental asoslarini o‘rganish;

-O‘zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasini yoritib berish;

-O‘zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishining bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish.



-Davlat mulkini xususiylashtirish me’zonlari.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat