Iqtisodiyot fakulteti Kadrlar manedjmenti yo`nalishi talabasi Bo`riboyev Sherali



Download 16,77 Kb.
Sana27.03.2021
Hajmi16,77 Kb.
#62034
Bog'liq
8-mavzu


Iqtisodiyot fakulteti Kadrlar manedjmenti yo`nalishi talabasi Bo`riboyev Sherali

Mavzu: Globallashuv va din . Dinda korrupsiya va tam`agirlikning qoralanishi.


Din va globallashuv tushunchasiga ta`rif berish uchun avvalo bizga notanish bo`lgan globallashuv so`ziga ta`rif berish kerak. Globallashuv- bu jahondagi mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy , siyosiy va madaniy sohadi o`zaro birlashuvidir. Shuningdek globallashuv jarayonida voqea-hodisalarning bir mamlakat doirasidan chiqib, umuminsoniy miqyosga ega bo`lishi, butun yer sharini qamrab olishi kuzatiladi. Misol qilib aytadigan bo`lsak yer yuzidagi chuchik suv zaxirasini kamayib borishi global muammoga sabab bo`lmoqda. Ya`ni yer yuzidagi chuchik suv zavirasini kamayishi muayyan bir davlat uchun emas , balki barcha insoniyat uchun birdek muammo hisoblanadi. Shundan kelib chiqgan holda din va globallashuv tushunchasi ham umuminsoniy darajada qamrab olgan din bilan bog`liq barcha jarayon va hodisalardir. Islom , Xristianlik va Buddaviylik dinida ro`y beradigan barcha ahamiyatga molik hodisalar umuminsoniy , ya`ni global darajadagi ahamiyatga egadir. Islom dini O`zbekiston tarixida , XX asrning 20-30-yillarida sovet hujumiga uchragan edi. Shunday bo`lsada mustaqillikning ilk kunlaridan dinga bo`lgan e`tibor yana qaytadi . Xalqimiz uchun Islom dini katta ahamiyatga egadir. Vaqt o`tishi bilan ham mamlakat fuqorolari uchun din o`z ro`lini yo`qatmasligi uchun qilinayotgan hatti-harakatlar ham din globallashuviga misol bo`ladi. Yil sayin yangidan yangi masjidlar qurilishi va boshqa din vakillari shuningdek Xristian, Buddaviylik va Yaxudiylik dini vakillari uchun ibodatxonalar va maxsus maktablarning ochilishi , ularning marosimlariga hech qanday qarshiliklarning yo`ligi sababi ham umuminsoniy darajada qadr-qimmatga egaligidir.

Islom dini hozirgi davrda insonlar hayotida ijobiy ro`l o`ynab kelmoqda. Bunga asosiy sabab islom mafkurachilarining ko`pchiligi hozirgi kunda kunda islom fanga qarshi emas, diniy va ilmiy qoidalar orasida umumiylik mavjud , zamonaviy fan g`oyalarining ko`p qismini Qur`on va hadislarda yoki islom ilohiyotchilari asarlarida uchratish mumkin deb hisoblaydilar. Malasan, Qur`oni karimdagi sayyoralarning holati ta`rifi hozirgi fandagi Quyosh atrofidagi planetalar harakati ta`rifiga to`g`ri keladi. Yoki fanda qabul qilingan evolutsion ta`limot asli islom iloxiyotchilari tomonidan IX asrda ta`riflab berilgan. Hatto buyuk kashfiyotchi olimlar Bor va Eynshteyning ba`zi fikrlaridan foydalangan islom ilohiyotchilari o`zlarining ratsional bilimlarining diniy e`tiqod oldida cheklanganligi to`g`risidagi g`ayriimiy g`oyalarini asoslashga intildilar. Ba`zi ruhoniylar Qur`onni ilmiy bilimlarning majmuasi , adolat va tenglik goyalarining manbasi, madaniyat va madaniyatning asosi degan fikrni targ`ib qilmoqdalar. Ayrim musulmon davlatlari keng tarqalgan “islom sotsializmi” nazariyasiga bioan sotsialistik tamoyillarining asosiy qoidalarini go`yo dastlabki islomda mavjud bo`lgan , Muhammad (s.a.v) payg`ambar ilk musulmon jamoasidayoq sotsialistik tuzum qoidlari amalga oshirila boshlagan. Islom dinining mafkuraviy jihatdan yirik markazi hisoblangan Misrda 1978 –yilda paydo bo`lgan “Xalqaro matbuot va axborot erkinligi tashkiloti “ yangi nazariya va g`oyalarni kashf etishda va targ`ib qilishda , ayniqsa , aktiv faoliyat ko`rsatmoqda. Asli uch mamlakat Amerika-Misr-Saudiya Arabistoni tomonidan tashkil topgan klerikal harakterdagi mazkur umumiy muassasani Saudiya Arabistoni mablag` bilan ta`minlangan, unga tegishli g`oyalarni asosan AQSh yetkazib bergan , bevosita targ`ibot bilan esa Misr shug`ullan edi. Mafkuraviy jihatdan barcha tadbirlarning katta dasturi ishlab chiqilib, bu dasturni amalga oshirish uchun dastlab 500 million dollar ajartilgan. Saudiya Arabistonining Makka shahridagi “Musulmon birodarlar” tashkiloti va Jahon Islom uyushmasi , Pokistondagi “Islom taraqqiyot institute”, Parijdagi islom “Targ`ibot markazi” , Rabot shaxrida tuzilgan Islom Konferensiyasi Tashkiloti va shu kabi boshqa xalqaro musulmon birlashmalari islom olamini har tomonlama qo`llab-quvatlab kelgan. Indoneziya , Turkiya va boshqa islom dini hukmron bo`lgan mamlakatlardagi turli musulmon uyushmalari va tashkilotlari ham bu yo`lda faol harakat qilmoqdadir. Bu kabi harakatlar islom dinining globallashuviga misol bo`ladi.

Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keldi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi XXIV asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, lekin taassufki, barcha sa’y-harakatlar zoe ketgan. Keyingi zamonlarda ham korrupsiyaga qarshi qancha-qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun topdi. Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari Hindistonda yaratildi. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” kitobi davlatni boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha davrning siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga davlatni tuzish, boshqarish va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash ham mumkin. Kitob muallifi sifatida brahman Kautile nomi (u Chanakya ismi bilan ham mashhur) zikr etiladi. “Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan. Bo‘limda korrupsiya “o‘zlashtirish” iborasi orqali izohlanadi: “Shohning shaxsiy yoki boshqa mulklariga qo‘l cho‘zish o‘zlashtirishdir. Bu holatda narxi yuqori bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun o‘lim jazosini qo‘llash, narxi o‘rtacha bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun ularni undirib olish, narxi past bo‘lgan mulklarni o‘zlashtirganlik uchun ularni qaytarib olish jazolarini tayinlamoq lozim”. “Artxashastra”da poraxo‘rlikning qirqta turi tasnif etiladi. Korrupsiyaning oldini olishga javobgar mansabdor shaxs vaqti-vaqti bilan xalq to‘planadigan joylar va bozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi aytiladi: “Biron bir boshliqdan zarar ko‘rganlar bo‘lsa, shu haqda bizga xabar bersinlar”.

Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan biri Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!". Alloh taolo aytadi: «Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq - harom yo‘llar bilan yemangiz! (Ya'ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!) Va (gunoh qilayotganingizni) bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh - harom yo‘llar bilan yeyish uchun (mollaringizni pora qilib) hokimlarga uzatmang!»(Baqara surasi, 188). Ya'ni, boshqalarning haqqini sizlarga o‘zlashtirib berishlari uchun hokimlarga pora bermanglar. Ulamolar aytganlarki: «Pora beruvchining maqsadi musulmonga ozor yetkazish yoki haqi bo‘lmagan narsani qo‘lga kiritish bo‘lsa, u mal'undir. Bordi-yu, o‘zining haqqini qo‘lga kiritishi yoki o‘zidan zulmni daf qilish uchun pora bersa, u mal'un bo‘lmaydi. Hokim esa biron bir haqni bekor qiladimi yoki zulmni daf qiladimi farqi yo‘q, uning pora olishi haromdir. O‘rtasidagi kishi esa pora beruvchi kabi maqsadiga qarab baholanadi. Agar niyati yaxshi bo‘lsa, mal'un bo‘lmaydi. Bordi-yu niyati yomon bo‘lsa, u mal'undir».

Topshiriqlarga javob

1. mashq



Bilaman

Bilib oldim

Bilishni istayman

Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keldi.

Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan biri Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!".

Islom dinining mafkuraviy jihatdan yirik markazi hisoblangan Misrda 1978 –yilda paydo bo`lgan “Xalqaro matbuot va axborot erkinligi tashkiloti “ yangi nazariya va g`oyalarni kashf etishda va targ`ib qilishda , ayniqsa , aktiv faoliyat ko`rsatmoqda.




“Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan.

Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” kitobi davlatni boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha davrning siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi.

2. mashq

1. Misrdagi “Xalqaro matbuot va axborot erkinligi tashkiloti” nechinchi yilda tashkil etildi ?

A. 1978-yilda B. 1975-yilda C. 1980-yilda D. 1981-yilda

2. “Artxashastra”ning nechinchi bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan ?

A. 21 B. 22 C. 26 D.27

3. Globallashuv so`ziga sinonim so`zni toping



A. Olamshumul B. Umumbashariy C. Umuminsoniy D. Barcha javoblar to`g`ri
Download 16,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish