Iqtisodiy bilim asoslari


Resurslar to‘liq band bo‘laganda ishlab chiqarish imkoniyatlari



Download 14.87 Mb.
bet28/402
Sana17.09.2021
Hajmi14.87 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   402
Resurslar to‘liq band bo‘laganda ishlab chiqarish imkoniyatlari

(taxminiy ma’lumotlar)

Mahsulot turi

Muqobil variantlar

A

V

S

D

Ye

Non (mln. dona)

0

1

2

3

4

Тegirmon (ming dona)

10

9

7

4

0

A - muqobil variantga binoan, iqtisodiyot o‘zining butun resurslarini tegirmon, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. Ye - muqobil variantda esa mavjud resurslar to‘lig’icha non, ya’ni iste’mol buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu har ikki muqobil variant ochiqdan-ochiq amalga oshmaydigan noreal hisoblanadi, har qanday iqtisodiyot odatda o‘zining mavjud umumiy resurslari hajmini ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish o‘rtasida taqsimlashi zarur. A - muqobil variantdan Ye - variant tomon iste’mol tovarlari, Ye dan A variantga tomon ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish ko‘payib boradi.

Jadvaldagi asosiy g’oya quyidagicha: har qanday vaqt oralig’ida iqtisodiyot to‘liq bandlilik va ishlab chiqarishning to‘liq hajmida U mahsulotni ko‘proq olishi uchun Х mahsulotning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqtisodiy resurslar kamyob bo‘lganligi sababli, iqtisodiyot Х va U mahsulotni bir vaqtda ko‘paytira olmaydi.

Iqtisodiy o‘sish mahsulotning ko‘proq umumiy hajmini ishlab chiqarish layoqati bo‘lib, u resurslar taklifining ko‘payishi va texnika taraqqiyoti natijasi hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish resurslarning to‘liq bandligida iqtisodiyotning ham non va ham tegirmon ishlab chiqarishning ko‘proq hajmini ta’minlashi hisoblanadi. Odatda iqtisodiy o‘sish jamiyatning har xil mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatining mutanosib ko‘payishiga olib kelmaydi. Ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish hajmi ko‘payishi, boshqalari o‘zgarishsiz qolishi mumkin.

Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi xar doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo‘lib keladi. Ayniqsa hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo‘yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’ekt ko‘proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IХ) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:



.

Bu yerda: R’ - foyda normasi, IХ – iqtisodiy resurs xarajatlari.

Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali masala bo‘lib, bu aytilgan birgina asosiy ko‘rsatkichda, uni to‘la ravishda har tomonlama ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to‘la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.

Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini esa - V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: .

Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.

Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko‘rsatkichdan ham foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini - KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini - K, mahsulotni - M, yalpi daromadni - YaD bilan, foydani - F bilan belgilasak quyidagi formulalar hosil bo‘ladi:



; ; .

Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri yer hisoblanishi sababli yerdan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi ham aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich olingan mahsulot hajmining yer maydoniga (gektarga) nisbati bilan hisoblanadi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:

1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo‘llash.

2. Ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash.

3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo‘g’inlarini o‘zgartirish.

4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish.

5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish.

6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash.
Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga hos bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni o‘rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o‘zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.

Тaraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondoshuvlar bo‘lib, ular madaniylashish (sivilizatsion) darajasi jihatdan, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy shakllar o‘zgarishi bo‘yicha yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.

Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan. Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat.

Ishlab chiqarishning shaxsiq va moddiq omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi.

Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog’lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir.

Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Тashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg’unlashuvini aks ettiradi. Bu masa-lan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg’unlashtirilishidir.

Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi. Bu ijtimoiy shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi.

Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi. Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o‘zaro aloqada bo‘lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo‘lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad ko‘taradi. Ana shularning yig’indisi jamiyatning ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa elementlari ham faol rol o‘ynaydi, o‘zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta’sir ko‘rsatadi.

Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tashkil etadi.

Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. U ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek ustqurma bilan ham har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan, turli formatsiyalarda o‘ziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formatsiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi.

Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajralib turadi.

Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Yevropada namoyish qilingan deb hisoblanadi. Yevropa hududida bir-biri bilan almashinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu yerda kapitalizmgacha bo‘lgan davrda mana shu marralarning hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, Avstraliyada Yevropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha ishlab chiqarish usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida mamlakatlarning katta turkumiga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining sug’orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va davlatning ana shu sharoitlarda alohida roli bilan bog’liq sifat xususiyatlari aks etadi.

Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondoshuv xam ma’lum bir oqim xisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ko‘lami va xarakterini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar.

Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi.

Ular o‘rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tish asosan mehnat vositalarining xarakteridagi o‘zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi.

Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish.




Download 14.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat