Iqlim o’zgarishi XXI asrning asosiy muommolaridan biri. Butun jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olmoqda



Download 14,84 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi14,84 Kb.
#678817
Bog'liq
Iqlim o\'zgarishlari


Iqlim o’zgarishi - XXI asrning asosiy muommolaridan biri. Butun jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olmoqda. BMT iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi uni hal etishning ikkita asosiy yoʻnalishini belgiladi: atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish hamda kuzatilayotgan va kutilayotgan iqlim oʻzgarishlariga moslashish. Oʻz vaqtida choralar qabul qilmaslik va atmosferada issiqxona gazlari miqdorini bundan keyin ham koʻpayishi holatida mamlakatlar iqlim oʻzgarishi borasidagi harakatlar uchun katta mablagʻlarni mobilizatsiya qilishlariga toʻgʻri keladi.
Toʻgʻri siz iqlim oʻzgarishi tabiat landshaftiga va resurslariga nechogʻlik taʼsirini bilasiz, albatta. Lekin, keling, iqlimning birgina anomal isishi nimalarga olib kelishi mumkinligi haqida fikr qilib koʻraylik. Oddiydek koʻrinayotgan davriy muzliklarning erishi chuchuk suv zahirasining kamayishiga, suv toshqinlariga va dengiz sathining koʻtarilishiga olib keladi. Dengiz sathining koʻtarilishi pasttekisliklarada, ayniqsa Karib dengizida toshqinlar xavfini oshiradi. Iskandariya, Qohira, Lome, Logos va Massava kabi past qirgʻoq mintaqalarida joylashgan yirik shaharlar suv ostida qolishi mumkinligi haqida oʻylab koʻring. Bu shaharlardan misollar holos. Dengiz sathining koʻtarilishi ba'zi joylarda kutilganidan koʻp yogʻingarchilikka sabab boʻladi.Bu esa oʻz navbatida qishloq xoʻjaligida samaradorlikning yoʻqolishiga turtki boʻladi. Oziq-ovqat yetishmovchiligi jahonda dolzarb masalalardan biri boʻlib turgan vaqtda qishloq xoʻjaligiga talofat yetishi nimalarga olib kelishi haqida bir oʻylab ko’ring! Issiq toʻlqinlar, kuchli shamollar, qurgʻoqchilik, suv toshqinlari, havo tsiklining oʻzgarishi, tsunami, boʻronlar, ekologik tanglik va issiqxona gazlarining zarari va oqibatlari tabiatga misli ko’rilmagan hodisalarni keltirib chiqaradi…
Olimlarning taʼkidlashicha oxirgi oʻn yil metrologik kuzatuvlarga koʻra eng issiq yillar boʻldi. Aslida iqlim oʻzgarishlari bir yoki ikki yilda yuzaga keladigan hodisa emas. Zotan sayyoramiz tarixida uning tegrasidagi harorat muntazam ravishda oʻzgarib kelgan. Soʻngi 650 ming yil ichida sayyora 6 marta muzlik va isish davrlarini boshidan kechirgan. Bu sekin, ammo, keng miqyosli iqlim oʻzgarishlari koʻplab murakkab jarayonlarga bogʻliq. Bu jarayonga, misol uchun, “Milankovich davrlari” deb ataladigan yer orbitasining tebranishlarini aytish mumkin.Ushbu tebranishlar natijasida sayyoramizning turli mintaqalariga tushadigan quyosh nuri miqdori oʻzgaradi. Bu jarayonlar koʻplab jonivorlar yoki oʻsimliklarning yoʻqolib ketishi, oʻzgacha hayot tarzi, yangicha tiriklik belgilarining paydo boʻlishiga zamin yaratgan. Ammo, hozirgi davr iqlim oʻzgarishi tendensiyasi alohida ahamiyatga ega. Chunki harorat juda tez ko'tarlmoqda.1880-yildan buyon yerda harorat oʻrtacha 1.2 °C ga koʻtarildi. Agar hukumatlar atrof-muhit muhofazasi bilan jiddiy shug‘ullanmaydigan bo‘lsa, u holda 2100 yilga borib, sayyoramizda havo harorati 3,7-4,8 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Iqlimshunoslar harorat selsiy bo’yicha 2 darajadan oshganidan so‘ng ekologiya xavf ostida qolishidan ogohlantirib kelishadi.
Global isish tufayli Antarktida, Grelandiya va Shimoliy gutbdagi katta miqdordagi asriy muzliklarning erib, dunyo okeanining sathi koʻtarilishi va ekstremal ob-havo hodisalarining sodir boʻlishiga olib keladi. Sunʼiy yoʻldosh orqali olingan maʼlumotlarga koʻra olimlar soʻnggi 25 yil ichida dunyo okeanining sathi 7.7 smga koʻtarilgani haqidagi xulosaga kelishdi. Global isish natijasida 2019-yili Islandiya oroli oʻzining birinchi “Oyokdl” deb nomlanuvchi muzligini yo’qotdi.
Global isish yoki global iqlim oʻzgarishi atmosferadagi karbonat angidrid va metan kabi issiqxona gazlarining koʻpayishi hisobiga harorat koʻtarilyotgan klimatologik hodisadir.Global iqlim o‘zgarishi inson faoliyati oqibatida kelib chiqqanligi aniq dalillar bilan isbotlandi. 1958-yilda okeanograf Charles Devid Keeling bir kubometr havoda kamida 415 millilitr karbon dioksid gazi mavjudligini aniqlagan. Bu koʻrsatkich soʻnggi 800 ming yil ichida hatto 300ga ham yetmagan. Uglerod oksidi konsentratsiyasining atmosferada qisqa vaqt ichida oshishi sanoat davrining boshiga toʻgʻri keladi.Karbonat angidridning havoda toʻplanishiga tabiiy toʻsiq bu gidrosferadir.Uning yordamida vaqt oʻtishi bilan uglerod oksidi menirallarga aylanadi.
Harorat oshishi bilan quruqlikdagi hayvonlar, oʻsimliklar va boshqa jonzotlar balandliklar va qutblar sari harakat qila boshlaydilar. Bu esa o’z navbatida “Iqlim migrantlari”ning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Iqlimning insonlarga taʼsir haqida gap ketar ekan, oziq-ovqat taqchilligi eng katta xavotir uygʻotadi. Makkajoʻxori, guruch va bugʻdoy 2050-yilga borib 25 foizga kamayishi bashorat qilinadi.
Joriy yilning ma’lumotlaridan misollar keltirsak;
—13 iyul kuni Kaliforniya shimolida boshlangan va Diksi nomini olgan keng ko‘lamli yong‘inlar natijasida 200 ming gektardan ziyod maydonlar zararlandi..
—Shimoliy Makedoniya hukumati yirik o‘rmon yong‘inlari sababli bir oyga inqirozli vaziyat rejimini joriy etdi.
—Rossiya sharqidagi Yoqutiston Respublikasida o‘rmon yong‘inlari, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 6 mln gektar hududni qamrab olgan — bu Belgiya hududidan ikki barobar katta.
—Xitoyning Jyengjou shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshqinlari sodir bo‘ldi va bir qancha insonlarning hayotiga nuqta qo‘yildi.
—Belgiyada 14–16 iyul kunlari yuz bergan toshqinlar 10 mlrd yevrodan ko‘proq zarar yetkazgan.
—Kanadaning Britan Kolumbiyasi provinsiyasida anomal issiq havo sababli deyarli 500 kishi vafot etgan. Provinsiyada havo harorati rekord ko‘rsatkich — 49,6 darajaga yetgan. Bungacha Kanadada harorat 45 darajadan oshmagan.
Iqlim va demografik o‘zgarishlar tufayli 2030 yilga borib suv toshqinlari yana 25ta mamlakatda yuz bera boshlashi prognoz qilinmoqda. Bu hodisalarning har biridan iqlim o‘zgarishi insoniyatga qanchalik xavf tug‘dira boshlaganini ko‘rishimiz mumkin.
“Cloud to Street” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, XXI asr boshidan buyon suv toshqinidan jabr ko‘rgan odamlar soni 24 foizga ortgan. Bu ko‘rsatkich olimlarning prognozidan 10 barobar ko‘p.
Insoniyatga tahdid sifatida iqlim oʻzgarishlari olimlarning eʼtiborini tortmoqda. Buning asosiy sababchisi esa —insoniyat. Shuningdek, hozirgi kunda asosiy muammolar sifatida antropogen omillar ta'siri va qurg‘oqchilik natijasida uglerod gazini yutuvchi o‘rmon maydonlari keskin qisqarib ketishi, ozon qatlamining yemirilishi, yovvoyi tabiat maydonlarining qisqarib borayotganini ham keltirib o‘tish mumkin. Shuni e’tirof etish kerakki, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻsib borayotgan global tahdidlarga kompleks javob qaytarish maqsadida 2015-yil 12-dekabrda Parij Bitimi qabul qilingan. Ushbu hujjat 2016-yil 4-noyabrda kuchga kirgan. Bitimning maqsadi BMT Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy Konvensiyani amalga oshirilishini faollashtirish, global oʻrtacha haroratning industriallashtirishgacha (1750-y.) boʻlgan darajaga nisbatan 2 S ga saqlab turish hamda haroratning selsiy boʻyicha 1,5 darajagacha oʻsishini cheklashga harakat qilishdan iborat. Bu 2050-yilga kelib issiqxona gazlari global ajratmalarini 40-70 foizga kamaytirishni va 2100-yilga kelib uning 0 yoki manfiy koʻrsatkichga yetkazishni talab etadi.
Taʼkidlash joiz, 2017-yil 19-aprel kuni BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida Oʻzbekiston Parij Bitimini imzoladi. Mazkur bitim 2018-yil 3-oktyabr kuni ratifikatsiya qilindi. 2030-yilgacha uzoq muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash chora va harakatlarni kuchaytirishni – 2030-yilga kelib issiqxona gazlari solishtirma tashlanmalarini 2010-yildagi darajaga nisbatan (yalpi ichki mahsulotga) yalpi ichki mahsulot birligiga 10 foizga qisqartirishni moʻljallamoqda.
Global muomolarni hal etishda jamiyatning birdamligi asosiy qadam bo’lib qoladi.— Avvalo, ekologik madaniyat oiladan boshlanishi lozim;

— Ishlab chiqarish korxonalarida ekologik toza texnologiyalarni joriy etish orqali atmosferaga tashlanayotgan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish zarur;


— Ekologik toza transport vositalarini koʻpaytirish, shu jumladan keng jamoatchilik uchun qulay boʻlgan veloyoʻlakchalar tashkil etish kerak;


— Koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish. Koʻp yillik daraxtlarning ekilishi hududdagi mikroiqlimni yumshatishga sabab boʻladi. Shuningdek, shahar hududlari va avtomobil yoʻllari chetida yashil hududlarni kengaytirish darkor;


— Suv resurslaridan oqilona foydalanishda tejamkor texnologiyalardan unumli foydalanish lozim;


— Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, yaʼni chiqindisiz texnologiyalar. energiyatejamkor, resurstejamkor texnologiyalardan foydalanishni joriy etish yoki boshqacharoq qilib aytganda mamlakatda yashil iqtisodiyotni joriy etish zarur.


— Qayta tiklanuvchi quyosh va shamol energiya manbalaridan foydalanish. orqali iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini maʼlum bir darajada kamaytirish mumkin.


— Yirik sanoat kompaniyalarining tabiiy resurslardan foydalanishini kamaytirishini qo’lab- quvvatlagan holda, ularga chiqarayotgan is gaziga mutanosib soliqlar va to’lovlarni joriy etish.
Xulosa o’rnida, hukumat va bashariyat xavfsiz ekotizimga o’tmasligi ayanchli, tuzatib bo’lmas halokatlarga olib keladi. Agar iqlim isishiga qarshi kurashda global oʻzgarishlar boʻlmasa, yaqin oʻn yillikda Artika butunlay muzlarsiz qoladi. Sanoat inqilobidan buyon dunyo okeanining oksidlanishi 30 foizga oʻsdi. Suvning ishqoriyligi qanchalik kuchli boʻlsa marjon qoyalar, dengiz tipratikanlari va planktonlar uchun himoya qobigʻining yemirilishiga sabab boʻladi. Va ular nobud boʻla boshlaydi. Hayvonlarning ommaviy qirilishi dunyodagi ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari bu asriy muzliklarning ichida nihoyatda ulkan, gigant 1,672 trillion tonalik uglerod zahirasi yashiringan. Ularning atmosferaga koʻtarilishi inson fojiasining boshlanishi bo’ladi xolos.
Download 14,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish