Investitsiya va innovatsiya



Download 103,3 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi103,3 Kb.
#258443
Bog'liq
mustaqil ish




FARG’ONA POLITEXNIKA

INSTITUTI

ISHLAB CHIQARISHDA

BOSHQARUV FAKULTETI

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO’NALISHI

64-18 GURUH TALABASI QODIROV MUHAMMADSODIQNING “ INVESTITSIYA VA INNOVATSIYA “ FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha asosiy vazifalar belgilandi





Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 yanvar kuni joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Unda hukumat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi. 

Faol investitsiya siyosati barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishishning eng muhim shartlaridan biridir. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019 yil mamlakatimizda "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili", deb eʼlon qilindi. 

2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

Videoselektor yigʻilishida ushbu yirik va muhim loyihalarni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Qayd etilganidek, xorijiy davlatlar va investorlar bilan faol ish olib borilayotgani natijasida jami investitsiyalarning 25 foizini toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari tashkil etmoqda. Xususan, joriy yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 320 ta loyiha doirasida 4,2 milliard dollar oʻzlashtirilishi koʻzda tutilgan. 

Prezident toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni soʻzsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Investitsiyalarning asosiy qismini oʻzlashtirishni yilning oxirgi oylariga surish amaliyotiga chek qoʻyib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda kamida 35 foizga, toʻqqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi. 

Bu boradagi vazifalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari boʻyicha tahlil qilindi. Xorijiy investitsiyalar ulushi oʻtgan yilgiga nisbatan kamaygan soha va tarmoqlar koʻrsatib oʻtildi. Yil oxiriga qadar qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish, ularni toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarga talab yuqori boʻlgan soha va hududlarga yoʻnaltirish, ushbu resurslarning oʻzlashtirilishini nazoratga olish boʻyicha topshiriqlar berildi. 

Yigʻilishda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga hududiy loyihalarni amalga oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. 

Shu boradagi ishlar natijasida oʻtgan yili 1 milliard dollardan ziyod investitsiyalar oʻzlashtirilgan, 133 ta yangi korxona ishga tushirilgan. Biroq hokimlar va ularning investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari ishni tashkil etishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygani oqibatida Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida ayrim obyektlar foydalanishga topshirilmay qolgan. 

Davlatimiz rahbari bunday loyihalarda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tarmoq jadvallari ishlab chiqish va ijrosini nazoratga olish yuzasidan topshiriq berdi. 

Joriy yilda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokida 209 ta hududiy loyiha amalga oshirilib, 1,9 milliard dollar yoki oʻtgan yilga nisbatan 2 barobar koʻp mablagʻ oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan. Yigʻilishda shu va mamlakatimiz elchilari koʻmagida shakllantirilgan qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish uchun har bir hududga respublika idoralari rahbarlari masʼul etib biriktirildi. 

Endilikda hududlar va tarmoqlarda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar koʻlamini kengaytirish, ularni amalga oshirishda qatʼiy nazorat mexanizmini oʻrnatish uchun yangi tizim tashkil etilishi maʼlum qilindi. Unga muvofiq: 

birinchi – viloyat hokimlari har haftada bittadan tuman yoki shaharga borib, elchilar bilan aloqa oʻrnatgan holda, u yerga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish choralarini koʻradi. Xuddi shunday tarmoq rahbarlari ham har haftada bitta viloyatga borib, oʻsha joydagi korxonalari bilan birga amaldagi loyihalarni bajarishni jadallashtirish va qoʻshimcha investitsiya loyihalari boʻyicha ishni tashkil etadi. Zarur hollarda mahalliy rahbarlar va tadbirkorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni oʻrgatadi. Bosh vazir va uning oʻrinbosari elchilar ishtirokida hududlar va tarmoqlarga jalb qilingan xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish holatini muntazam muhokama qilib boradi. Natijalariga qarab, hokimlar va tarmoqlar rahbarlari ragʻbatlantiriladi yoki ularga nisbatan ish haqining 50 foizi miqdorida jarima qoʻllanadi. 

Hududlarga biriktirilgan respublika idoralari rahbarlari viloyat hokimlari va elchilar bilan birgalikda har bir tuman (shahar)da toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish holatini oʻrganib, ularning ijrosini jadallashtirish boʻyicha aniq choralar koʻradi. Shuningdek, qoʻshimcha loyihalar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va xorijiy investorlarni jalb qiladi. 

Ikkinchi – Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hududlar va tarmoqlarning investitsiya loyihalari boʻyicha takliflarini umumlashtirib, samaradorligini baholaydi va yagona elektron "onlayn" bazani shakllantiradi. 

Uchinchi – Tashqi ishlar vazirligi hamda hududlarga biriktirilgan elchilar yagona elektron bazaga kiritilgan loyihalarga xorijiy investorlarni jalb qiladi. 

Toʻrtinchi – Vazirlar Mahkamasi saralab olingan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlar bilan tegishli kelishuvlarni rasmiylashtirish choralarini koʻradi va ijrosini nazoratga olish boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni tasdiqlaydi. 

Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalarga investorlarni jalb qilishni yanada faollashtirish uchun har yili barcha hududlarda kamida bir marta xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida investitsiya forumlari oʻtkazish, shuningdek, xorijdagi yirik xalqaro investitsiya forumlarida yurtimiz tadbirkorlari ishtirokini taʼminlash zarurligini taʼkidladi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligiga joriy yilda hududlarda tashkil etiladigan investitsiya forumlari reja-jadvallarini shakllantirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. 

Eng muhimi, investitsiya loyihalarini toʻgʻri joylashtirish kerak. Bu borada investorlarning yagona talabi – loyiha moʻljallangan joy zarur infratuzilma tarmoqlariga ega boʻlishidir. Shuning uchun yaqinda urbanizatsiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha Prezident qarorini qabul qildik. Bundan asosiy maqsad – infratuzilma mavjud va rivojlanishi qulay boʻlgan joylarga investorlar jalb qilinsa, sanoatning tizimli rivojlanishiga erisha olamiz. Sanoat bor joyda ish oʻrinlari va daromad boʻladi, uy-joylar, ijtimoiy obyektlar, shaharchalar barpo etiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Videoselektor yigʻilishida yana bir muhim masala – xorijiy investorlar loyihasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, xorijiy investorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish vazifasi qoʻyildi. 

Joriy yilda tijorat banklari xorijiy banklarning jami 740 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlarini jalb qilishi belgilangan. Yigʻilishda uzoq muddatli, past foizli toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kredit resurslarini jalb qilish ishlarini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi. 

Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokida ishonchli loyihalar portfelini shakllantirib borish tizimini yaratish masalasi ham muhokama qilindi. 

Joriy yilda 84 ta loyiha doirasida xalqaro moliya institutlari va donorlarning 2,7 milliard dollar mablagʻini oʻzlashtirish koʻzda tutilgan. Yigʻilishda bu loyihalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari kesimida tahlil qilinib, ularni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab berildi. 



Bundan tashqari, 2 ming 800 ta ijtimoiy soha va infratuzilma obyektini qurish va taʼmirlash rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari xalqimizning hayot sifatiga daxldor bu masalaga alohida eʼtibor qaratib, maktabgacha taʼlim muassasalari, maktablar, sogʻliqni saqlash obyektlari, yoʻllar, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha belgilangan ishlarni jadallashtirish zarurligini taʼkidladi. 

Videoselektor yigʻilishida Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosini tashkil etish yuzasidan koʻrilayotgan choralar haqida hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va viloyat hokimlarining hisobotlari tinglandi. 
Download 103,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish