Ing basket savat, ball toʻp sport turi, 3,05 m balanddagi



Download 242.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana28.08.2021
Hajmi242.8 Kb.
  1   2   3


Basketbol

Basketbol (ing . basket — savat, ball —

toʻp) — sport turi, 3,05 m balanddagi

savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab

oʻynaladigan jamoa oʻyini. B. mashgʻuloti

va musobaqalari uchun toʻrtburchak

maydoncha (oʻlchami 26x14 m) yoki zal

(balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir

jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib,

maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan

oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar

almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa

raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa,




oʻsha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga

tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima

belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1

ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3

ochko beriladi. Erkaklar 40 min., ayollar

36 min., 15 — 16 yashar oʻsmirlar va

qizlar 30 min., 13 — 14 yashar oʻgʻil va qiz

bolalar 24 min. oʻynashadi. Oʻyin 2

qismdan iborat, orada 10 min. dam

olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar

baravar ochko olsa, biror jamoa gʻolib

chiqquncha 5 min.dan qoʻshimcha vaqt

beriladi. B. vatani AQShdir (1891).

Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA;

1932 y. tuzilgan)ga 177 mamlakat aʼzo

(1991). B. 1936 y.dan Olimpiya uyinlari

dasturiga kiritilgan. 1950 y.dan B.



boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib

kelinadi. B. Oʻzbekistonda 1921 y.dan

oʻynala boshlagan. Oʻzbekistonlik R.

Salimova 2 marta jahon hamda olimpiya

oʻyinlari chempioni boʻlgan. B. boʻyicha

Oʻzbekiston respublika federaiiyasi oliy

liga jamoalari oʻrtasida musobaqalar

tashkil etib kelmoqda. Oliy ligada

Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyati,

Chirchiq shahri hamda Sirdaryo va Navoiy

viloyati basketbolchilari

musobaqalashadi. Oʻzbekiston terma

jamoasi 1997 y. II Markaziy Osiyo

oʻyinlari — „Sprayt chellenje“ xalqaro

turnirining gʻolibi boʻldi (terma jamoa

bosh ustozi A. Adisman, jamoa aʼzolari 3.

Xabibulin, M. Sha-fenkov, R. Karimov, S.



Demurin, B. Mirodilov, T. Abbosov, V.

Petrishchev).

[1]


Download 242.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat