Ilova Mavzu: Potensial turlari. Potensiometr qurilmasi. Reja



Download 28.07 Kb.
bet1/3
Sana07.09.2021
Hajmi28.07 Kb.
  1   2   3

  1. ilova

Mavzu: Potensial turlari. Potensiometr qurilmasi.

Reja:

  1. Normal potensial

  2. Real potensial

  3. Potensiometr qurilmasi.

Potensiometrik titrlashda eritmaga ikkita elektrod tushurilgan bo’lishi kerak, ulardan biri indikator elektrodi-aniqlanayotgan ionning konsentratsiyasi o’zgarishini ko’rsatadi, ikkinchisi esa titrlanayotgan ionga nisbatan indeferent (o’zgarmas) bo’lib, faqat birinchi elektrod potensialini aniqlaydi.

Indikator elektrodini tanlab, ko’pgina kimyoviy reaksiyalar ekvivalent nuqtasini aniqlash mumkin. Titrlash asosidagi reaksiyalarga ko’ra, indikator elektrodi sifatida turli xil elektrodlar ishlatiladi. Neytrallash reaksiyalarida indicator elektrodlari sifatida eritmaning pH ko’rsatkichining o’zgarishiga ta’sirla-nuvchi (vodorod, xingidrod) elektrodlar; oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari uchun platina, oltin va boshqa indifferent elektrodlar, cho’ktirish reaksiyasida agar cho’ktiruvchi AgNO3 bo’lsa kumush, Pb tuzlari bo’lsa qo’rg’oshin elektrodlari ishlatiladi.

Indikator elektrod potensial titrlash jarayonida aniqlanayotgan ion konsentratsiyasidan tashqari, ishchi eritma ioning konsentratsiyasi o’zgarishini ko’rsatadi. Taqqoslash elektrodi o’zgarmas potensialga ega bo’lishi kerak. Bunday elektrodlar sifatida ikkinchi tur elektrolitlari ishlatiladi. Karomel elektrod bunga misol bo’ladi.

Shunday qilib potensiometrik titrlasda bir meyordagi indicator va taqqoslash juflaridagi potensiallar farqi o’lchanadi, olingan natijalar bo’yicha E=f(V) koordinatasida titrlash egri chizig’i chiziladi.

Hajmi 100ml bo’lgan kolbaga 10ml 2n H2SO4 eritmasidan solinadi va chizig’igacha distillangan suv solib, yaxshilab aralashtiriladi. Titrlash yacheykasiga shu eritmadan 10ml solib ustiga distillangan suv, 10ml 2n H2SO4 eritmasidan quyib, elektrodlar tushiriladi.Magnit aralashtirgichni ishga tushirib 0,02n K2Cr2O7 eritmasi bilan titrlashni boshlanadi. Avval titrantni 1ml dan qo’shib, asbobdagi E.Y.K. ni yozib boriladi. Keyin aniq titrlashga o’tiladi. Potensialning keskin o’zgarishidan so’ng E.Y.K. uncha sezilarli o’zgarmagandan titrlash to’xtatiladi. Olingan natijalar asosida titrlash egri chizig’i chiziladi va ekvivalent nuqtani topib, temir (II) ning miqdori grammda hisoblanadi.

Titrlash egri chizig’ini chizishda bir necha usullardan foydalanish mumkin. Ulardan eng oddiysi egri chizig’ining E=f(V) ga bog’liqligidir.



a) egri chiziqlarga urinma o’tkaziladi va A,B nuqtalarining o’rtasidan ordinata o’qiga perpendikular tushiriladi. Topilgan nuqta ekvivalent nuqta deyiladi-Vekv n

b) agarda potensialni keskin o’zgarishi sodir bo’lmasa differensial titrlash egri chizig’i chiziladi.

Stakanda 3-6 ml 0,1n H2SO4 eritmasidan solib, unga distillangan suv quyiladi. Bunda eritmaning sathi elektrodlardan 3-5 ml yuqorida turishi kerak.

Byuretkadan stakanga 0,5 ml NaOH eritmasidan quyib, asbobni ko’rsatishi yozib olinadi va bu jarayonni bir necha marta takrorlanadi. Eng yuqori qiymat yozib olingandan keyin ham 5-8 ta qiymat o’lchanadi. Olingan natijalar asosida, ordinate o’qiga potensiometrning ko’rsatishini, abssisa o’qiga esa NaOH ning (ml) hajmi qiymatlarini qo’yib grafik chiziladi. Egri chiziqlarni kesishgan joyiga kislotani titrlashga ketgan ishqorning miqdorini topiladi.

Aniqlanadigan H2SO4 ning konsentratsiyasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Tekshirilayotgan eritmadagi H2SO4 ning miqdorini (g) topamiz:




Download 28.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat