Ilk va rivojlangan o`rta asr O`zbekiston tangalari



Download 52 Kb.
Sana26.01.2017
Hajmi52 Kb.

Aim.uz

Ilk va rivojlangan o`rta asr O`zbekiston tangalari.

1)Abbosiy (arabcha) –kumush pulning bir misqolligi XVII asrda kumush pullarning og`irligi bir misqolga teng bo`lganligi. Aqcha yarim misqolga teng bo`lgani esa shohiy deb atalgan. Balx va Movaunnahrda yarim misqollik kumush tangalar muomalada bo`lgan.Bir misqollik tangalarning aqcha deb atalishi safaviylar sulolasi AbbosI nomi bilan bog`liq.

2)Avers (fr adversus-yuzi bilan qaragan) –tangayoki medalning old tomoni.Tarixiy adabiyotlarda tanganing yuz tomonini belgilash borasida yagona fikr yo`q.Lekin aversni hisoblash quyidagicha qabul qilingan: a)davlat rahbari,monarxning portreti tasviri b)davlatgerbi,emblemalarning aks etishi v)davlat yoki joy nomi bilan bog`liq afsona.

3)Avorijina (arabcha)-soliq olinadigan joylarning ro`yxati.Bu atama ayniqsa sosoniylar davrida nihoyatda mashhur bo`lgan.XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligida soliq to`lananadigan joylarning ro`yxati ham shunday atalgan.

3)Avorizot (arabcha)-XIII asrdan boshlab O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan yer egasi yoki hokimning xo`jaligida ishlab berish majburiyati.

4)Angusht(forscha)qadimgi uzunlik o`lchov birligi O`rta osiyo xalqlari orasida qo`llanilgan.Aynan barmoqning o`zi.

5)Aruzza (arabcha)dinorning 1\240 bo`lagiga teng og`irlik.

6)Ashrafiy (arabcha)XIV asrda Eronda zaeb etilgan oltin pul. Choponiy Malik Ashraf(1344-1556) shaniga shunday deb nomlangan. Vazni 1misqoldan ortiqbo`lib XVII asrda 4donakka ya`ni 3.2 gr.ga teng bo`lgan. Ashrafiy 19ta kumush tangaga teng kelgan.

7)Aqcha (Turkcha) o`tmishda Turkistonda savdo sotiq to`lov muomalarida narx,qiymat o`lchovi bo`lgan pul birligi. Aksariyat hollarda aqcha kumushdan zarb qilingan. Kumushning rangi oq bo`lganligi uchun ham mazkur pul birligi aqcha deb nomlangan.Ilk marta Ba

riq daryosi bo`yidan topilgan.

8)Bimetallizm (metal)-qiymat o`lchovini 2 nodir metal-oltin kumush bajaradigan pul tizimi hamda shu ikki metaldanzarb qilingan tangalarning mamlakatda muomalada yurishi. XVI-XVII asrlarda G`arbiy Yevropada keng tarqaladi.Bimetallizm sharoitida qog`oz pullaremissiya muassasalari xoxishi bilan yo oltinga yo kumushga maydalangan, shuning uchun mamlakatning valyuta zaxirasi 2 metalldan iborat bo`lgan.

9)Boj(forscha-o`lpon)1)arablar davrida undiriladigan soliq;2)Buxoro amirligi hududidan o`tadigan karvonlar,chorva mollari uchun olinadigan soliq.

10)Bonistika(fr yaxshi,qulay)-yordamchi tarixsohasi,muomaladan chiqqan qog`oz pullar va bonlarni jamiyatning iqtisodiy hamda siyosiy tarixi manbasi sifatida o`rganadi.XX asrda fan sifatida shakllandi.

11)Boqi puli-Turkiston xonliklarida ariq kanal qazish,tozalash,tamirlash yoki yangilarini qurish vaqtida hasharga chiqmaganlardan olingan jarima.M:SHohrud kanali mirobi Mirzo Asomiddinto`qsabo bahor va kuzgi hasharlardan to`plangan boqi pulidan davlat xazinasiga 14812 tanga topshirgan.

12)Buxor-Buxoro amirligida zarb etilgan 15 tiyinlik tanga.

13)Bo`ta(turk,forscha)-oltin,kumush,mis,ruh kqbilarni eritish uchun ishlatilgan qadimiy asbob.O`tga chidamli gilbo`ta loyidan yasalgan. Zargar va rintgarlar madanlarni eritishda foydalanganlar.

14)Veksha(rus) Qadimgi RusningIX-XIIIasrlardagi eng kichik pul birligi Ilk bor “Muvaqqat yillar qissasida” tilga olinadi.

15)Grevinnik(rus)-10 tiyinli rus mayda tangasi. 1701 yildan 1930 yilgacha kumushdan, 1931 yildan nikeldan so`qilgan.

16)Grivna (ruscha)qadimgi rusda pul va og`irlik birligi 1\2 funtlik kumush yonbisi.XV asrda Rubl tomonidan siqib chiqarilgan.10 tiynga teng.

17)Grosh(Nemischa lotincha og`ir tanga )turli mamalakaylarda turli davrlarda zarb etilgan tanga .1172-yolda Genuyada 1.76gr.lik kumushdan so`qilgan .


18)Dang (hindcha)1)og`irlik yoki pul birligi G`iyosiddin Jamshid Al-KOshiy ozining ‘Arifmetika kaliti’asarida kelyirgan.Bunda dinor 1ga teng deb olinsa dang 1\6 gateng deyilgan . 2)Rus tilidagi (denga) so`zidan olingan dastlab pul birligi bo`lib ,1\2 yoki 1\16 oltinni bildirgan .


19)Darik – qadimgi eron tangasi .Darikning paydo bo`lishi ahamoniylar podshosi DoroI nomi bilan bog`liq . 1Darik (og`irligi 8.4 gr) 5.6gr og`irlikdagi 20ta kumush tanga qiymatiga teng bo`lgan.

20)Devon puli – Xiva xonligida soliqlarni yig`uvchi devonlarning o`z xizmatlari uchun soliq to`lovchilaedan oladaigan puli . uning miqdori xonlik tomonidan belgilangan.

21)Dinor(lotincha 10 dan iborat) qadimda musulmon mamlakatlarining oltin tangasi. Sharqda VII asrda birinchi bor zarb qilina boshlangan va 2/4 gramm oltindan iborat bo`lgan.

22)Diram(forscha)-Buxoro xonligi, Iroq, Eronda pul birligi. O`rtacha vazni 3.235 grammga teng bo`lgan.

23)Dirham(yunon.droshme) 1)VII asrdan XIV asrgacha Osiyoning musulmon mamlakatlarida muomalada bo`lgan pul birligi-kumush tanga.2)dirham shariatda ham o`z manosiga ega bo`lib najosat o`lchovida alohida (4.8 gramm) ,zakot belgilashda alohida (3.365) og`irlik manosini ifodalaydi.

24)Dong(hindcha)-1)dinor yoki dirhamning 1/6 ga teng og`irlik o`lchovi va shu vazndagi aqcha 2)yuza o`lchov birligi.

25)Drahma(yunon)-yunon og`irlik va pul birligi; mil.avv VIasrdan boshlab kumush tanga shaklida zarb qilingan, dastlabki vazni 4.25 gramm keyinchalik 4032 gramm bo`lgan.

26)yombi(xitoy-boylik to`plashning boshlanishi)-quyma oltin va quyma kumush bo`lagi. BUning qiymati juda past bo`lgan,bir misqol (3.7 gramm) kumushga 1000 yoki 2000 dona mis pul bilan almashtirilgan.Yombining vazni 5grammdan 2000 grammgacha bo`lgan.

27)Zarbxona-tangalar zarb qilish orden,medallar, ko`krak nishonlari,zarhallash ,zargarlik va metaldan o`yma va bosma mahsulotlar tayyorlanadigan davlat korxonasi.Eng qadimgilari Yunoniston va Rimda tashkil etilgan. Dastlabki tangalar metallning eng oddiy bo`lagidan iborat bo`lgan. Keyinchalik rasmli va yozuvli tangalar zarb qilingan.O`rta Osiyoda davlat pullari zarb etadigan zarbxonalar VIII-X asrlarda paydo bo`lgan.

28)Kepaki –chig`atoylarda Kepakxon (1318-1327)chiqargan kumush tanga. 1 dinor kepaki 2 misqol kumushga yoki 6 dirhamga teng bo`lgan . dastlab Buxoro , Balx shaharlarida zarb etilgan.

29)Kumush pul- XVII asrda sharqda muomalada bo`lgan pul. Kumush pullarning 1 misqolligi abbosiy ,yarim misqolligi shoxiy deb atalgan. Rupiyaning og`irligi 4-6 misqol bo`lgan.

30)Kuna(ruscha) qadimgi rus pul birligi.1\25 grivnaga va 1\50 grivna –kunaga teng. XIV o`rtalari XV asrda muomalada bo`lgan .

31)Ko`prik puli o`rta osiyo xonliklari xududida mahalliy va hukumatga qarashli bo`lgan ko`priklardan mol olib o`tuvchilardan olinadigan o`tish haqi,boj.

32) Letta (yunoncha)-qadaimgi yunonistonda 1\7 xalkunt,1\2 kotrant yoki 1\56 obolga teng bo`lgan mis tanga.

33)Mis tangalar –misdan zarb qilingan qadimiy tanga pullar. Shahrqda misdan turli narsalar yasash mil.avv IV ming yillikdan mavjud.Mill.avv. VIII-VII asrda qadimgi Liviya davlatida paydo bo`lgan .o`rta osiyoda mil. av. IV asrda muomalaga kirgan. Afrosiyobda Salavkiylar podshosi Antiox I nomi yozilgan,Buxoro vohasida kamonchi tasviri tushirilgan mayda tangalar topilgan. VII asr o`rtalarida Sug`diyonada 1kg misdan o`rtacha 425 tanga VIII asrda 1kg misdan o`rtacha 963ta tanga zarb qilingan.

34) Numizmatika(lot- tanga) tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og`irligi, qanday metaldan yasalganligi,pul muomalajasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o`rganadi.XIX asrda fan sifatida shakllandi. Numizmatika rivojiga I.I Ekker,I.Mader,G.Grotelar kata hissa qo`shgan.

35)Osiyo puli(fors tegirmon) Buxoro amirligida XIX asrda suv tegirmonlaridan olinadigan soliq turi.Buxoro anirligida har bir suv tegirmonlaridan yiliga 20tangadan 100 tangacha olingan.

36)Revers(lot-orqaga qaytaraman) medal yoki tanganing ters tomoni.Numizmatika uchun tanganing revers tomoni eng qiziqarli hisoblanadi.Chunki unda tanga chiqarishga sabab bo`lgan voqea yoki qahramonlar aks etadi.

37)Sarrof(arab pul almashtiruvchi) shahar ko`chalarida o`tirib, kishilarning yirik pullarini maydalab,qimmatbaho buyumlarni pulga almashtirib foyda ko`ruvchi shaxs. Sarroflar xorijdan kelgan savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib bergan.Sarroflar sudxo`rlik bilan ham shug`ullangan. Xizmat evaziga malum bir haq olgan.

38)So`m-qadimgi atamalardan biri.Firdavsiyning “Shohnoma “ asarida so`m pul solingan qopcha manosida qo`llangan.XIV asrdan Oltin O`r da xonligida og`irlik o`lchovi bo`lgan, muayyan og`irlikdan kumush quymasini ifodalagan.

39)Talant(yunon-og`irlik ) Qadimgi Yunoniston, Misr, Bobil, Fors, Kichik Osiyoning bir qancha hududlarida eng yirk og`irlik va pul-hisob birligi bo`lgan.

40)Tangalar(turkcha tamg`a)-metal(oltin,kumush,mis; misning turli qotishmalari) dan yasalgan pul birligi,muomala va to`lov vositasi. Tuxumsimon yoki dumaloq shakli foydalanish uchun qulay.Tangalar aversi (yuzi), reverse(orqa tomoni0 va gurti(cheti) orqali bir-biridan farqlanadi.Tangalar mil.avv VIII-VII asrlarda Lidiya davlatida va Egina orolida paydo bo`lgan.Tanga tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan yuzaga kelgan.

41)Tanob puli-Buxoro amirligida har bir tanob uchun yiliga 40 tanga miqdorida undirilgan soliq.

42)Fuls(arab) –oltin va kumushdan boshqa madanlaridan zarb qilingan tanga.

43)Xazinachi-hukmdorning pullari va boshqa narsalarini saqlovchi shaxs. Somoniylar davrida Buxoro registoni atrofida 10 ta devon bo`lib, shundan ikkinchi devon xazina devoni bo`lgan.XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyo davlatlarida xazina uchun mas’ul bo`lgan shaxslar “xozin”,”xazinador” deb atalgan.
44)Shabaka(arab) metal buyumlarda panjarasimon bezak barish usuli. Zargarlik kandakorlikda keng tarqalgan.

45)Epikrafika(yunoncha bitik)qattiq jismlar,tosh,metal,tangalardagi qadimgi va o`rta asrlardagi yozuvlarni to`plash nashr etish bilan shug`ullanuvchi fan.

46)Yanbu(turkcha) pul birligi,kumush aqcha og`irligi 1.8 gr bo`lgan.

47)O`lpon-yerdan foydalanganligi uchun olinadigan soliq turi.Yiliga bir marta undirilib, muqdori ekin maydoni va olingan hosilga qarab belgilangan.

48)O`rta asrlar(lotincha ) tarix fanida jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi bilan yangi tarix oralig`idagi davrni ifodalash uchun qabul qilingan atama.O`rta asr tushunchasi XV-XVI asrlarda italyan tarixchilari asarlarida vujudga kelgan. Ilk bor italyan gumanisti Flaviyo Bondo (1453)tomonidan qo`llanilgan.

49)Qo`shpuli(turkcha ) buxoro amirligida XIX asr boshlarida harbir juft hayvon hisobidan olinadigan soliq turi.



50)Qalaqchi-aholidan yig`ilgan hosildan xiroj miqdorini belgilovchi mansabdor.


Aim.uz


Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik