Ikkiga ajratilishi



Download 280.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.09.2021
Hajmi280.32 Kb.


19 – MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG KOREYANING 

IKKIGA AJRATILISHI 

 

Reja: 

 

1.  Yaponiya kapitulyatsiyasi. SSSR va AQSh Koreya yaromorolini 38 parallel 

bo’yicha bosib olishi. 

2.  KR va KXDR davlatlarining tashkil topishi. 

 

Tayanch  iboralar:  Yaponiya  kapitulyatsiyasi,  SSSR,  AQSh,  Yalta  va  Postdam 

konferensiyalari, 38 parallel,  Koreya Respublikasi, KXDR. 

 

Yaponiya kapitulyatsiyasi. SSSR va AQSh Koreya yaromorolini 38 parallel 

bo’yicha bosib olishi. 1945 yil 5 aprelda SSSR 1941 yilda Yaponiya bilan tuzilgan 

betaraflik  to'g'risidagi  shartnomani  bekor  qildi.  Fashistlar  Germaniyasi  taslim 

etilganidan so'ng, Moskvaga yapon shahzodasi Konoe Yaponiyaga xujum qilmaslik va 

Koreyani qayta mustamlaka etishdan voz kechish evaziga SSSRning Kuril va Janubiy 

Saxalinga ega bo‘lish taklifi bilan keldi. Biroq shahzoda qabul qilinmadi.  

1945  yil 8  avgustda Yalta  va  Potsdam  konferensiyalari  antifashist  kuchlarining 

qaroriga muvofiq SSSR Yaponiyaga qarshi urush e'lon qildi, 9 avgustda esa Manjuriya 

va Koreyada joylashgan Kvantun armiyasiga qarshi urush harakatlarini boshladi.  

11-22  avgustda  Ungi  va  Najin  portlari, Chxonjin  va  Vonsandagi  harbiy  dengiz 

bazasi  egallandi.  15  avgustda  yapon  imperatori  urush  harakatlarini  to'xtatish  haqida 

buyruq beradi, ammo Koreyaning yapon qismi yana bir muddat qarshilik ko'rsatdi.  

24 va 25 avgustda sovet qo'shinlari Xamxin va Pxenyanga tushirildi 25 avgustda 

Shimoliy  Koreyadagi  barcha  yapon  qo'shini  qurolsizlantirildi,  sentyabr  boshlarida 

sovet qismi 38-parallelga chiqdi.  

2  sentyabrda  Yaponiyaga  ittifoqchi  davlatlar  taslim  bo'lganlik  to'g'risidagi 

shartnomani imzoladilar.  

8 sentyabrda esa Amerika qo'shini Inchxonga tushirildi va 38-paralIelning janubiy 

qismini egalladi. 

 

KR va KXDR davlatlarining tashkil topishi. Koreya mustamlaka iskanjasidan 

ozod  etildi.  Biroq  yagona  mustaqil  davlat  haqidagi  orzu  amalga  oshmadi.  Qarama-

qarshi mafkuraviy va geosiyosiy qiziqishlar tufayli, Koreyaning Shimoli va Janubida 

tuzilgan Amerika va sovet ma’muriyati bosib olingan doiralarda o'zlarining tartiblarini 

o  'm  a  ta  boshladi,  bu  esa  ichki  siyosiy  nizolarni  kuchaytirdi  va  yangi  sotsial 

g'alayonlami qo'zg'atdi. 1945 yil 16-26 dekabrda Moskvada AQSh, SSSR va Angliya 

tashqi  ishlar  vazirlarining  kengashi  o'tkazildi.  Koreyada  5  yillik  vasiylik  tartibini 

o'rnatishga, uning doirasida mamlakatning muvaqqat hukumatini tuzishga kelishildi va 

bu bilan bog'liq holda 1946 yil 20 martdan 1947 yil 18 oktyabrga qadar ish olib borgan 

Sovet-Amerika qo'shma komissiyasi tuzildi.  

Ammo o'zaro qarama-qarshiliklar tufayli uning ishi natija bermadi.  



1947 yil noyabrda AQSh tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi Koreyaning 

har  ikki  qismida  umumiy  saylov  o'tkazish  va  BMTning  Koreyadagi  Vaqtinchalik 

komissiyasi nazorati ostida hukumat shakllantirilishi to'g'risida qaror qabul qildi.  

SSSR  ushbu  komissiyaning  Shimoliy  Koreyaga  kirishini  rad  etgach,  ushbu 

saylovlar faqat Janubda o'tkazildi (1948 yil 18 may) Saylov natijalariga ko’ra, Koreya 

Respublikasi  parlamenti  shakllantirildi,  u  mamlakat  konstitutsiyasini  qabul  qildi  va 

prezidentni sayladi, keyinchalik hukumat va sud hokimiyati shakllantirildi.  

1948  yil  15  avgustda,  yapon  hukmronligidan  ozod  etilganlikka  uch  yil  to'lgan 

kunda, Koreya Respublika deb rasman e'lon qilindi.  

1948  yil  9  sentyabrda  esa  Yuqori  xalq  kengashining  1-sessiyasida  yarim  orol 

shimolida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tashkil etilib, uning konstitutsiyasi 

qabul qilindi. 



 

Download 280.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat