Ijtimoiy soha iqtisodiyotini rivojlantirishning davlat mexanizmi



Download 23,29 Kb.
Sana24.08.2021
Hajmi23,29 Kb.
#154608
Bog'liq
Topshiriq (ijtimoiy soha)


SAVOLLAR:

  1. Ijtimoiy soha iqtisodiyotini rivojlantirishning davlat mexanizmi.

  2. Davlat ijtimoiy siyosatining maqsad va vazifalari.

  3. Ijtimoiy siyosatning yo’nalishlari.

  4. Ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish davlat dasturlarining o’rni.

  5. Jamiyatning ratsional (unumli) ijtimoiy tarkibini shakllantirish.

  6. Aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy chora-tadbirlari. Respublikaning ichki iste'mol bozorini himoya qilish.


Javoblar:

1

Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.

Rivojlangan demokratik jamiyatda I.h. vazifalarini bajarishni davlat oʻz zimmasiga oladi. "I.h." tushunchasi birinchi marta 1935 y.da AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik boʻyicha qonun" ida qoʻllanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda I.h. ning koʻpgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda koʻp. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.

Turli mamlakatlarda aholini I.h. tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy taʼminot tizimi kabi omillarga bogʻliq holda amal qiladi.

Oʻzbekistonda Id. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga oʻtish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, oʻzlikni anglash, eʼtiqod va anʼanalarning tiklanishi I.h. tizimiga muhim yangilik boʻlib qoʻshildi.

Oʻzbekistonda aholini I.h. qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uz-luksiz ustuvor yoʻnalishlardan biriga, yaʼni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan va-zifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli I.H- siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat Oʻzbekistonning oʻz istikdol va taraqqiyot yoʻlining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Respublikada I. h.ning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. I.h. tamoyillari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda oʻz aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan taʼminlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik koʻrsatkichi — 0,5—0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va oʻrta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qoʻl kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar isteʼmolchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini taʼminlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, soʻmning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini oʻrnatish, marketing , savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish I.h. ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bogʻliq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda.

2

O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda.

Muxtasar aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida“Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassam topgan.

Biz nimalarni maqsad qilmoqdamiz? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirmoqdamiz.

Maqsadga ko‘ra, mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish, o‘zaro fikr almashishlari uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-shubhasiz,O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribalarini o‘rganish asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga tayyorligini ham namoyish etadi.

Shuni alohida aytish kerakki, mazkur g‘oya Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT), Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKK), Umumevropa kasaba uyushmalari mintaqaviy kengashi (UYEKUHK), Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Va uning ishida mazkur tashkilotlar mutasaddilari, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiyot va huquq sohasidagi milliy va chet ellik ekspertlar qatnashishi kutilayotir.

Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirilishini ham ko‘zda tutgan. Qolaversa, anjumanda yalpi majlislardan tashqari, aholining real daromadlari va bandligini izchil oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholining yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha munozaralari ham rejalashtirilgan.

Dasturda, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar faoliyati Byurosi (ACTRAV) shafeligida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari yetakchilari uchrashuvi ham o‘tkaziladi.

Keling, shu o‘rinda uchinchi ming yillikka kelib global dunyoda kasaba uyushmalarining oddiy insonlar hayotidagi o‘rni, uning maqsad hamda vazifalari aynan nimalarda ustuvor darajada namoyon bo‘layotganiga e’tibor qarataylik.

Eng avvalo, bu — to‘liq va mahsuldor bandlikni ta’minlash, mehnatga munosib haq to‘lanishiga, ijtimoiy himoya va muloqotga erishish, qashshoqlikni yo‘qotish, inson huquqlari va kasaba uyushmalari erkinligini kafolatlash, mehnat munosabatlaridagi har qanday kamsitishlarni bartaraf etish, ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash, bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay chek qo‘yishga erishish hamda atrof-muhitni himoya­lash kabi vazifalardan iboratdir.

Afsuski, bugun global mehnat bozori bu maqsadlarga erishish yo‘lida yangidan-yangi to‘siqlarga uchramoqda va ta’bir joiz bo‘lsa, ular ijtimoiy-mehnat sohasining zamonaviy qurilmasi poydevorini nuratmoqda.

Eng asosiy muammolar nimalarda ko‘rinadi? Birinchi muammo norasmiy bandlikning o‘sishi, norasmiy sektorning rivojlanishi va kengayishi bo‘lib, u soliq to‘lovlaridan tushadigan daromadlarning kamayishiga, rasmiy sektordagi raqobatbardoshlikning pasayishiga, eng yomoni, ijtimoiy dasturlarning qisqartirilishi va yetarlicha moliyalashtirilmasligiga olib kelmoqda.

Ikkinchi muammo masofaviy va ijara tariqasidagi mehnat, autsorsing va autstaffing kabi mehnat mohiyatini tubdan yangilovchi formatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bu esa, o‘z-o‘zidan, mehnat munosabatlari sohasining shakl-shamoyilini keskin o‘zgartirib, ijtimoiy himoyani juda past darajaga olib keluvchi nostandart bandlik shakllarida namoyon bo‘lmoqda.

Uchinchi global muammo raqamli texnologiyalarning ijtimoiy hayotda tobora faol qo‘llanilayotganiga borib taqaladi.E’tibor bering, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tezkor rivojlanishi hisobiga yaqin 25 yilda sayyoramiz miqyosida ish joylarining 47 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin 15 yildan so‘ng, deylik, buxgalteriya, sog‘liqni saqlash, advokatura, oliy ta’lim va xalq ta’limi sohalaridagi mavjud mansabdor xizmatchilar o‘rinlariga deyarli ehtiyoj qolmaydi… Demakki, bugungi dolg‘ali zamon bizning oldimizga asosi bundan 100 yil avval yaratilgan ijtimoiy himoyaning klassik tizimlarini qayta shakllantirishni taqozo etayotir.
3

Respublika Prezidentining "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoniga (1994 y. 23 avg .) koʻra, voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan koʻp bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yoʻqotganlarning oilalari, yolgʻiz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 y. 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi boʻlgan kam taʼminlangan oilalar davlatning alohida otaligʻiga olindi, 2002 y. 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida oʻqiyotgan 18 yoshgacha farzandi boʻlgan oilalar hisobiga kengaytirildi.

Bulardan tashqari Oʻzbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning oʻzaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam taʼminlangan koʻp bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi.

Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi. I.h. doirasida 1998 y. "Oila yili", 1999 y. "Ayollar yili", 2000 y. "Sogʻlom avlod yili", 2001 y. "Bolalar yili", 2002 y. "Qariyalarni qadrlash yili" deb eʼlon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud I.h. muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995 y.da byudjet harajatlarining 21,8%, 2000 y.da 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 y.dan boshlab YAIM oʻsishi aholi oʻsishi surʼatidan ustun boʻlishiga erishildi. Bu turmush darajasi oʻsishining va I.h. rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 y.) tashkil etdi.

"Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010 y.gacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud boʻlgan I.h. va ijtimoiy yordam, pensiya taʼmino-ti, bolalarga nafaqa toʻlash, yolgʻiz kek-salarga xizmat koʻrsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yoʻla (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.
4

O‘zbekiston bugun keng qamrovli islohotlar natijasida rivojlangan kuchli davlatlar qatoridan o‘rin olishni asosiy maqsad qilgan. Prezidentimiz parlamentga Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash zarur va shartligi, bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini berishi, zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib borayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish zaruriy infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishi, biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishishimiz zarurligi, shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qolishi ta’kidlandi. Chunki raqamli texnologiyalar mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, eng og‘ir illatlardan biri – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

2020 yilning Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb e’lon qilingani hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham yuqoridagi ustuvor yo‘nalishlar ro‘yobida salmoqli rol o‘ynamoqda. Chunonchi, raqamli iqtisodiyotga o‘tish vazifasi qat’iy maqsad sifatida belgilab qo‘yilgani nafaqat xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qizg‘in kutib olindi, balki bugungi pandemiya davrida ham nihoyatda ratsional qaror bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, yaqin yillarda biznes yuritish muhiti bo‘yicha dunyoning eng ilg‘or ellik davlati safiga kirsak, ajabmas.

Raqamli iqtisodiyotga o‘tish eng ustuvor maqsadimiz bo‘lishi barobarida bevosita ilm-ma’rifatni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Binobarin, bugungi tezkor zamonda raqamli iqtisodiyot ilg‘or davlatlar iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida keng joriy etilmoqda. Hatto, ayrim mamlakatlar sun’iy intellektdan faol foydalanishga o‘tganiga guvoh bo‘lyapmiz.

Nufuzli xalqaro tashkilotlar tahlillari natijalariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foiz oshirish, shuning barobarida, xufiyona iqtisodiyotga barham berish va korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini taqdim etadi. Ko‘rinib turibdiki, mazkur soha yurtimizda barcha tarmoqlarning yuksak rivojiga jiddiy turtki bo‘ladi, insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi.

Harakatlar strategiyasini Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida ijtimoiy soha ob’ektlari, umumta’lim maktablarini 80 foiz, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini yil oxirigacha 100 foiz tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi.

Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda internet tarmog‘iga keng polosali ulanish uchun 490 mingta port o‘rnatilib, ularning umumiy soni 2,5 millionga yetkazildi. Bundan tashqari, 9 ming kilometrga yaqin optik tolali aloqa liniyalari tortildi.



Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobar, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi. Xizmat miqyosini kengaytirish maqsadida 1375 ta mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning soni 27,4 mingtaga yetkazildi va aholi maskanlarida uning qamrovi 97 foizga hamda yuqori tezlikdagi yo‘nalishi 78 foizga yetkazildi. Aholining keng polosali mobil xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali tomonidan mavjud 1 000 dan ortiq baza stansiyasi modernizatsiya qilindi.
5

Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. J.da turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati J.dagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat).
6

Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi. I.h. doirasida 1998 y. "Oila yili", 1999 y. "Ayollar yili", 2000 y. "Sogʻlom avlod yili", 2001 y. "Bolalar yili", 2002 y. "Qariyalarni qadrlash yili" deb eʼlon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud I.h. muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995 y.da byudjet harajatlarining 21,8%, 2000 y.da 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 y.dan boshlab YAIM oʻsishi aholi oʻsishi surʼatidan ustun boʻlishiga erishildi. Bu turmush darajasi oʻsishining va I.h. rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 y.) tashkil etdi.

"Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010 y.gacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud boʻlgan I.h. va ijtimoiy yordam, pensiya taʼmino-ti, bolalarga nafaqa toʻlash, yolgʻiz kek-salarga xizmat koʻrsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yoʻla (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.
Download 23,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish