Ijrosining buxgalteriya hisobi ikkinchi bob. Moliya organlarida davlat budjeti ijrosining


MOLIYA ORGANLARI BOSH BUXGALTERLARINING



Download 31.08 Kb.
bet2/7
Sana12.05.2020
Hajmi31.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7
3. MOLIYA ORGANLARI BOSH BUXGALTERLARINING

HUQUQLARI VA MAS’ULIYATLARI

Moliya organlarining bosh buxgalterlari o‘z ishlarida 0‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijrosi qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy hujjatlarga rioya qiladi. Moliya organlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya organlari) ning bosh buxgalterlari quyi moliya organlarida, budjet mablag‘larini bosh tasarruf qiluvchilarida va markazlashtirilgan buxgalteriyalarda buxgalteriya hisobini yuritishni tashkil qilish tartibi va uslubi, hisobotni tuzish masalalari bo'yicha ko'rsatmalar beradi va nazorat olib boradi, tegishli budjetlarda turuvchi budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosini taftish qilishda xodimlar qatnashuvini ta’minlaydi. Moliya organi buxgalteriya xizmati budjet ijrosining va xarajatlar smetalarining hisobi va hisoboti tashkil qilinishining nazoratini joylarda tekshirish va ko‘zdan kechirish, topshiriladigan hisobotlarda xatolar aniqlangan hollarda, olinadigan davriy va yillik hisobotlami ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiradi.

Bosh buxgalter lavozimidan ozod qilinganda yangi tayinlangan bosh buxgalterga (oxirgi shaxs bo‘lm aganda-Moliya organi rahbarining buyrug'i bilan tayinlangan xodimga) buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlari topshiriladi.

Hududiy Moliya organlarida ishlami topshirish va qabul qilish yuqori moliya organining bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.

QoraqaIpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida, Toshkent shahar Bosh moliya boshqarmasida va viloyatlaming moliya boshqarmalarida bosh buxgalter tomonidan ishlami topshirish va qabul qilish ushbu moliya organining rahbari ishtirokida, 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

Buxgalteriya hujjatlarini qabul qilish-topshirish jarayonida buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’ lumotlarining realligi tekshiriladi va moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.

Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qiluvchi va topshiruvchining javobgarliklarini ajratish uchun tuziladi. Shu bilan birga, uning maqsadi buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish vaqtida buxgalteriya hisobining boshlang'ich hujjatlari, hisobotlar va, birinchi navbatda, pul mablag‘lari buxgalteriya hisobining holatini ko'rsatish hamda hisobni tashkil qilish va m oliyaviy nazoratni yaxshilash uchun zarur choratadbirlami ishlab chiqish uchun kerakli bo‘ladigan ma’ lumotlami yig ‘ishdir. Buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini bosh buxgalter(qabul qiluvchi va topshiruvchi) lar tomonidan qabul qilish-topshirish moliya organi rahbarining buyrug‘ iga asosan amalga oshiriladi. Buyruqda buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish muddatlari ko‘rsatiladi.

Agar, aw algi bosh buxgalter vafot etganligi yoki boshqa buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini topshirishda qatnashishi mumkin bo‘lmagan sabablar bo‘yicha lavozimidan ozod qilingan bo‘lsa, u holda yangi tayinlangan bosh buxgalter buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini qabul qilishi odatdagi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzish yo‘ li bilan amalga oshirilaveradi. Buxgalteriya hujjatlarining yig'm ajildlarini qabul qilish-topshirish oldidan kassaning holati tekshiriladi.

Kassani tekshirish dalolatnomasi buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini topshirayotgan tomonidan va qabul qilib oluvchi tomonidan imzolanadi va buxgalteriya hujjatlari yig‘m ajildlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Kassani tekshirish dalolatnomasi imzolangandan so‘ng buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini topshirayotgan bosh buxgalter, buxgalteriyaga rahbarlik qilishdan chetlatiladi. Bir vaqtning o‘zida yangi tayinlangan bosh buxgalteming to‘ lov topshiriqnomalariga, cheklarga va boshqa bank hujjatlariga imzo qo‘yish huquqi rasmiylashtiriladi. Bu imzo qo'yish huquqi rasmiylashtirilgunga qadar bank hujjatlariga aw algi bosh buxgalter yangi tayinlangan bosh buxgalter nazorati ostida imzo qo‘yaveradi. Bundan buyon buxgalteriya hujjatlari yig ‘majildlarini qabul qilayotgan bosh buxgalter buxgalteriya hisobi va hisobotining holatini tekshirish bilan birga buxgalteriyaning joriy ishiga rahbarlik qiladi. Buxgalteriya hujjatlari yig'm ajildlarini topshirish buxgalteriya tomonidan oxirgi marta topshirilgan balans asosida amalga oshiriladi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida qaysi sana holatiga buxgalteriya hujjatlari y ig ‘majildlarini topshirish amalga oshirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Buxgalteriya hisobi va hisobotining holati to‘la tekshirilgandan so‘ng qabul qiluvchi va topshiruvchi tomonidan imzolanadigan buxgalteriya hujjatlari yig'm ajildlarini qabul qilish topshirish dalolatnomasi tuziladi.

Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hujjatlar bilan asoslangan bo‘lishi kerak, ammo buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini qabul qilish topshirish taftish usullari bilan amalga oshirilishi mumkin emas. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida hisob, hisobot va arxivning holati aks ettirilgan bo‘ lishi kerak. Agar buxgalteriya hujjatlari yig'm ajildlarini topshirish jarayonida suiste’mol qilish hollari aniqlansa, u holda buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini qabul qilib oluvchi shaxs, Moliya organi rahbaridan hujjatli taftish tayinlanishini talab qilish huquqiga ega bo‘ ladi. Ammo, bu buxgalteriya hujjatlari yig ‘majildlarini qabul qilish topshirishni to‘xtatishga sabab bo‘lishi mumkin emas. Topshirayotgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasining biror-bir joyiga rozi bo‘lmagan hollarda, u qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga imzo chekishda tegishli dalil-isbotli izohlar qilishga haqlidir. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, uning birinchi nusxasi moliya organi rahbariga tasdiqlash uchun beriladi, ikkinchi nusxasi buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini topshirayotganda qoladi va uchinchi nusxasi esa yuqori moliya organiga yuboriladi.

Bosh buxgalterga uning hisob va hisobot bo‘yicha majburiyatlarini ijro qilish bilan bog‘liq bo'lmagan topshiriqlar berish mumkin emas. Bosh buxgalterga pul mablag‘lari va moddiy qiymatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik yuklatish mumkin emas. Unga banklar va boshqa tashkilotlardan bevosita pul mablag‘larini olish man qilinadi. Amaldagi qonunlarga yoki buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo‘yicha belgilangan tartibga to‘g‘ri kelmaydigan farmoyish olinganda bosh buxgalter bu haqda yuqori moliya organi rahbariga xabar qilishga majburdir.

Bosh buxgalterga yuklatilgan majburiyatlami amalga oshirish uchun unga buxgalteriya hisobi va nazorat uchun barcha kerakli hujjatlar: budjet daromadlari va xarajatlari yillik ro‘yxatining choraklarga bo‘lingan yoyilmasi yoki ro'yxatdan ko‘chirma, buyruqlar, farmoyishlar, moliyalashtirish hajmini o‘zgartirish haqidagi ma’lumotnomalar-bildirishnomalar va boshqa hujjatlar va budjet ijrosi bilan bog‘liq hujjatlar o‘z vaqtida berilishi kerak. Budjet daromadlari va xarajatlarining choraklar bo‘yicha taqsimlangan yillik yoyilmasi va moliyalashtirish rejasi ular tuzilgandan so‘ng 3 kun mobaynida buxgalteriyaga berilishi kerak. Budjet bo‘limi (inspeksiyasi) aybi bilan mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi va yillik moliyalashtirish rejasini taqdim qilish kechiksa, u holda budjetdan moliyalashtirish amalga oshirilmaydi va moliyalashtirish amalga oshirilmaganligi uchun javobgarlik budjet bo‘ limiga (inspeksiyasiga) yuklatiladi. Maktab ta’lim i sho‘basi xodimining aybi bilan maktab ta’lim fondi budjeti daromadlari va xarajatlarining parametrlarini taqdim qilish kechiksa, u holda moliyalashtirish amalga oshirilmaydi va moliyalashtirish amalga oshirilmaganligi uchun javobgarlik maktab ta’ limi sho‘basi xodimiga yuklatiladi (maktab ta’lim i sho‘basi bo‘ lmaganda esa maktab ta’lim i fondi budjeti ijrosining hisobiga doir ishlar yuklatilgan budjet bo‘ lim i (inspeksiyasi) xodimiga yuklatiladi).

Bosh buxgalteming buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha bergan farmoyishlari moliya organining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.

Moliya organi buxgalteriya xizmatida ishlovchi har bir xodim o‘z majburiyatlarini aniq bilishi va ulaming bajarilishiga javobgar ekanligini his qilishi uchun bosh buxgalter tomonidan buxgalteriya xizmatining barcha xodimlari uchun xizmat vazifalarini belgilanadi va Moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Mahalliy moliya organi buxgalteriya xizmati tegishli budjetlaming ijrosini buxgalteriya hisobini olib boradi va quyi moliya organlarida, shuningdek, bu budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobiga rahbarlikni amalga oshiradi.

Moliya organi buxgalteriya xizmati fiinksiyasiga muayyan moliya organi xarajatlar smetasi ijrosining buxgalteriya hisobini olib borish ham kiradi. Mahalliy moliya organlarini saqlash xarajatlari smetasi ijrosining buxgalteriya hisobi mahalliy budjet ijrosining buxgalteriya hisobidan alohida va budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda olib boriladi.

Moliya organlari muayyan ma’muriy-hududiy birlik doirasida umuman barcha boshqa budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi. Ular o‘zi ijro etayotgan budjet ijrosi to‘g‘risida oylik, chorak va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi va budjet ijrosi natijalarini aniqlaydi.


Download 31.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar