Iii bob. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya



Download 91,12 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2022
Hajmi91,12 Kb.
#595520
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Diplom ishi


III BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA
3.1. Yong’in va undan himoyalanish.
Mustaqillik qo`lga kiritilgan ilk kunlardanoq mamlakat xavfsizligi, aholining tinch va osuda hayot kechirishi, iqtisodiyot ob’yektlarining barqaror ishlashini ta’minlash hukumatimiz tomonidan eng muhim vazifalardan biri qilib qo`yildi va bu sohada qator ishlar amalga oshirildi. Shu yillar mobaynida mamlakat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiy zararlar miqdorini hamda insonlar hayotiga xavf solishi mumkin bo`lgan holatlarning oldini olish masalasida muhim islohotlar amalga oshirildi.Hozirgi kunda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizning muhim vazifalari qatorida tashkilot, korxona va muassasalardagi, aholi va hududlarni turli tusdagi yong`inlardan muhofaza qilish masalasi alohida o`rin olgan bo`lib, bu borada qator qonunlar, xukumat qarorlari, nizomlar va me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.Yong`in va yong`inni xavfidan ximoyalanish usulli.Yong`in - bu nazorat qilib bo`lmaydigan hodisa bo`lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo`q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favquloddagi vaziyatdir.Yong`inning kelib chiqishi uch omilning bir vaqtda, bir joyda duch kelishining oqibatidir, ya’ni:
-yonuvchan moddani (neft, qog`oz, yog`och va boshqalar);
- havo harorati (issiqlik);
- uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).
Xalq xo`jaligida yong`in chiqishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
a) chekish paytida yong`ingarchilikka ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo`lish, yonuvchan moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritish va boshqalar. Bunday yong`in umumiy yong`inning 26 foizini tashkil qiladi;
b) bolalarning o`t bilan o`ynashi - 14 %; v) elektr jihozlarini boshqarish qoidalarini buzish natijasida -3,5 g) pechka va tutun quvurlarining noto`g`ri o`rnatilishi oqibatida-8,5 %;
d) isitkich jihozlaridan noto`g`ri foydalanishda - 8,3 %;
e) elektr moslamalarini montaj qilish qoidalarining buzilishi- 5%;
f) payvandlash ishlarini bajarishda yong`in xavfsizlik qoidalarining buzilishi-2,3 %;
g) texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarining buzilishi - 1,2 % ni tashkil etadi.
Demak, yong`inning birlamchi sabablari kichik yong`in manbalari turtkilari bo`lishi mumkin - bular sigaret qoldiqlari, uchqunlar va o`chirilmagan gugurt qoldiqlari; yuqori haroratli issiqlik manbalari - alanga, pechka va tutun chiqadigan quvurlarning qizigan konstruksiyalari va boshqalar bo`lishi mumkin.Yong`in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bo`ladi: ochiq alanga va uchqunlar; havo va predmetlardagi yuqori harorat; yong`indan paydo bo`lgan o`tkir zararli mahsulotlar; tutun; kislorod miqdorining pasayishi, bino va inshootlarning yemirilishi va buzilishi; portlashlar sodir bo`lishi; yong`in bo`lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi, yong`inni suv bilan o`chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar yuz berishi va boshqalar. Ma’lumotlarga ko`ra, yong`indan nobud bo`lganlarning 60 - 80 %i nafas olish yo`llarining zaharlanishi yoki toza havoning yetishmasligi oqibatida halok bo`lar ekan. Yonishda yonuvchi mahsulotlar bilan oksidlovchilar orasida o`zaro ta’sir natijasida bo`ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayondir, bunda issiqlik, zaxarli gazlar va yorug`lik nurlarining ajralishi kuzatiladi. Demak, yonish jarayonining paydo bo`lishi uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba va oksidlovchilar bo`lishi zarurdir. Havoning tarkibidagi kislorod miqdori 14-16 % bo`lganda yonish to`xtaydi va tutash boshlanadi. Agarda kislorod miqdori 8-10 % ga kamayganda tutash ham to`xtaydi. Yong`in sodir bo`lganda manbalar ochiq (uchqun, yorug`lik kuchlari, alanga va cho`g`langan predmetlar) va berk holatda (ishqalanish, katta kuch bilan urish, kimyoviy reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va hokazo) bo`lishi mumkin.
Yonuvchi materiallarga - qattiq, suyuq va gazsimon bo`lishi mumkin, masalan, taxta, kinoplyonka, nitrotselluloza, kimyoviy erituvchi suyuqliklar, vodorod, metan, propan, ko`mir va hokazolar. Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi. Yonish paytida hosil bo`ladigan “max” harorat miqdori yonuvchi material Xturiga bog`liq bo`ladi. Masalan, qog`ozda - 5100C, suyuq yoqilg`i - 110 -13000C, taxtada - 10000C, gazli yoqilg`i - 1200-13000C issiq hosil bo`ladi. Bunday issiqqa xechqaysi inson bardosh beraolmaydi yong`in chiqqanda yuqori qavvatda qolgan fuqaro kuyib yonishdan kura o`zinitashlab xalok bulishini avzal kuradi. Bunday fojiyaliy xodisani Rossiyani Rgion25 kanalini kursatuvi orqaliy kurganmiz, prospekt Krasnogo znameni, 59 dagi promstroy proyektdagi bankning pul momila bo`limidagi yongin soat 1110 da bo`lib kundizgi vakitda sodir bulgan bunda binecha 10-lab odamlar 6 qavvatdan o`zini tashlab xalok bulgan yong`in uchirish mashinalari 40 daqiqadan kegin kelgan lekin narvoni bulmaganligi uchun ular xam xech narsa qilolmagan. Yong`inda odamlarni qutqarish va qutqaruv ishlari quyidagi holatlar yuzaga kelganda tashkil qilinadi va o`tkaziladi, agar: odamlarga olov, yuqori harorat, portlash xavfi yoki binoning qulashi xavfi bo`lganda, ular turgan xonalar tutun yoki zaharli gazlar bilan to`lgan bo`lsa; odamlar o`zlari xavfli joydan chiqolmay qolsa. Yong`inda odamlarni qutqarish yong`inni bartaraf etish bilan bir vaqtda o`tkaziladi.
Agar bir vaqtning o`zida odamlarni qutqarish va yong`inni bartaraf etishga kuch va vositalar kamlik qilsa, odamlarni qutqarish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong`in-qutqaruv bo`linmalarining barcha shaxsiy tarkibidan foydalaniladi hamda qo`shimcha kuch va vositalar chaqiriladi.Odamlarni qutqarish uchun: binolarning asosiy kirish va chiqish hamda zaxira yo`llaridan; derazalar, ayvonchalar, yong`in o`chirish narvonlari, avtonarvonlar, avtoko`targichlar va boshqa qutqarish qurilmalaridan; yong`in o`chiruvchilar tomonidan ochilgan to`siq va devor tuynuklaridan foydalaniladi. Odamlarni qutqarish va xavfsiz joyga olib chiqish quyidagilardan iborat: odamlarni xavfsiz yo`nalish bo`ylab o`zlari yoki yong`in o`chiruvchilar kuzatuvida chiqarish; harakat qilolmaydigan odamlarni olib chiqish; qutqaruv yo`llarining olov yoki tutun bilan to`silib qolib, chiqib ketishning iloji bo`lmasa, odamlarni narvonlar, avtonarvonlar, avtoko`targichlar va texnik qutqaruv qurilmalari yordamida qutqarish. Qutqaruv ishlari o`tkazilayotganda: xabar berish va boshqa texnik vositalardan foydalangan holda sarosimaga tushmaslikning oldini olish chorasini ko`rish; qutqaruv ishlariga tashkilotlarning xodimlarini va ko`ngilli yong`in o`chirish drujinalarini (bundan keyingi o`rinlarda KYOO`D deb yuritiladi) jalb etish; tez tibbiy yordam chaqirish hamda yong`indan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish zarur. Yong`in sodir bo`lgan binoda odamlarning qolganligi haqida ma’lumot bo`lsa, binodagi barcha yonayotgan va tutunga to`lgan xonalar sinchiklab tekshiriladi. Qutqarishga muhtojlarning yo`qligi aniqlangandan so`ng odamlarni qidirish ishlari to`xtatiladi.
Xozirgi vaqitda Andijon shaxarida 7 qavvatli uylar qurilmoqda bu binolarda yong`in xavfi bo`lganda qutilish choralari urganilgan lekin bizni tavfsiya qilayotgan usul bunday ilojsizlikdan insonlarni qutqarishda qo`l keladi. Ikkinchi qavvatdan yuqori qavvatlarga o`ramdagi arg`omchi nuqtalari o`rnatiladi. Bunday arg`omchilardan xarqanday odam osilib tushishi mumkin. Bu qurilmani xozirgi kunda xomaki nusxasi yaratilgan uylaymizki bu qurilma insonlar xalok bo`lishini oldini oladi.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari tomonidan berilayotgan voqealar ruknidagi ma’lumotlarning ma’lum qismi u yoki bu mamlakatda yuz bergan tabiiy yoki texnogen tusdagi yong`inlar, ular keltirgan iqtisodiy zararlar, odamlarning qurbon bo`layotganligi, chekayotgan aziyatlaridan iborat bo`lmoqda. Yong`inlarni yuz bermasligidan hech qaysi mamlakat yoki hudud kafolatlangan emas, faqatgina uning oqibatlari miqdorini kamaytirish, ularni oldini olish mumkin.
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha harakatlar strategiyasining beshinchi yo`nalishi – Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasida atrof-tabiiy muhit, aholi sog`lig`i va genofondiga putur yetkazuvchi ekologik muammolarni oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish ustuvor yo`nalishlar qilib belgilab olindi.
Shu boisdan, yong`in xavfsizligini ta’minlashda, yong`inni kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash, uning rivojlanishi va tarqalib ketishining oldini olish, yong`inlarni bartaraf etish, inson hayoti va salomatligini hamda moddiy boyliklarni saqlab qolishga qaratilgan profilaktik ishlarni amalga oshirishda axoliga bilim va ko`nikmalar berish nazarda tutilgan.


Download 91,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish