Ii jahon urushining boshlanishi. Mamlakat hayotining harbiy izga o‘tkazilishi



Download 15,19 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi15,19 Kb.
#310

Aim.Uz

II - Jahon urushining boshlanishi. Mamlakat hayotining harbiy izga o‘tkazilishi.

Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. O‘zbekistonning kuchlar vositalarini urushga safarbar etilishi. Insoniyat boshidan kechirgan urushlar ichida har tomonlama eng dahshatlisi bo‘lmish ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrda boshlandi. Bu urushning asosiy aybdori Adolf Gitler boshliq Germaniya fashistlar davlati edi.

Urush Gitler Germaniyasining Polsha davlati ustiga yurishi bilan boshlanib juda qisqa vaqt ichida dunyoning ko‘gina davlatlarini o‘z domiga tortdi.

1941 yilning 22 iyunida fashistlar Germaniyasi sobiq SSSRga juda katta kuch bilan xiyonatkorona xujum qilib, Sovet Ittifoqining G‘arbiy hududlaridagi shahar va qishloqlarini birin-ketin bosib ola boshladi.

Sovet xalqining nemis-fashist bosqinchilariga qarshi muqaddas urushi boshlandi. Ma’lumki, 1939 yil 23 avgustda fashistlar Germaniyasi bilan SSSR o‘rtasida bu har ikkala davlatning tashqi ishlar vazirlari V.Molotov va Ribbentron imzosi bilan 10 yil bir-biriga hujum qilmaslik tug‘rsid bitim tuzilgan edi. Bu bitimni SSSRni o‘sha vaqtdagi rahbari A.Gitler dunyoni o‘zaro bo‘lib olish maqsdlarini ko‘zlab tuzgan edilar. Bitimga ko‘ra Germaniya o‘z hududlarini Polsha hisobiga kengaytirishga kirishgan bo‘lsa, SSSR 1939 yil sentyabr oyining ikkinchi yarmida G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belorussiya yerlarini egallab olb Finlandiyaga qarshi urush olib bordi (1939 yil 30 noyabrdan 1940 yil 12 martgacha). Tez orada SSSR bilan gitlerchilar Germaniyasi o‘rtasidagi bu shunchaki bitim yuqorida aytib o‘tganimizdek Germaniya tomonidan buzilib SSSR urushga tortildi.

Nemis fashist qo‘shinlari urushning dastlabki oyidayoq mamlakatning Shimoliy-G‘arbiy yo‘nalishida 400 kmdan. 600 kmgacha uning ichkarisiga kirib borib shiddat bilan oldinga tashlanmoqda edi. Dushman Latviya, Litva, Belorussiyaning katta qismini va Ukrainaning o‘ng sohilini egallab olgan Leningral, Smolensk, Kiyev kabi shaharlarga xavf solayotgan edi.

Urushgacha aholining 45 foizi istiqomat qilib yalpi sanoat mahsulotlarining 33 fozini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 54 foizin ishlab chiqargan hududlar dushman qo‘liga tushib qolgan edi. Dushman qo‘shinlarining urushning dastlabki oylarida qo‘lini bunday baland kelishining qator obyektiv va subyektiv sabablari bo‘lib bular I.V. Stalinning mamlakat kuch va vositalarini urushga yetarli tayyorlanmagan, gitlerchilar Germaniyasi tomonidan mamlakatga solinayotgan harbiy xavfga hududiy e’tibor bermagani 1939-1941 yillarda SSSR bilan Germaniya o‘rtasidagi tuzilgan savdo shartnomalari sovet ittifoqiga katta zarar yetkazgani va nihoyat urush arafasida 40 000 dan ortiq harbiy sarkardalar va mutaxassislarni shaxsan Stalin tomonidan qatag‘on qilingani va boshqalar edi.

Bunday sharoitda mamalkat uning aholisi shu jumladan qurolli kuchlari uchun jiddiy hayot mamot xavfi vujudga keldi.

Butun mamlakat singari uning o‘sha vaqtdagi bir tarkibiy qismi sifatida O‘zbekiston uning xalqi uchun ham jiddiy xavf paydo bo‘ldi.

Shu tufayli O‘zbekistonda ham umumiy safarbarlik e’lon qilinib Respublikaning butun imkoniyatlari, kuch va vositalari urush manfaatlariga safarbar etildi.

Avvalo Respublikaning hamma yerida kommunistik partiya va sho‘rolar rahbariyati tashabbusi bilan mitinglar o‘tkazildi. Bu mitinglarda fashistlar Germaniyasining mamlakatlarga xiyonatkorona hujumi, dushmanning yovuz maqsadlari haqida gapirilib bunday sharoitda barchani Vatanni yovuz va makkor dushmandan himoya qilish uchun bir jon bir tan bo‘lib kurashga da’vat qilindi.

Shunday mitinglardan biri urushning ertasi kuni 23 iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Ko‘p ming kishilik bu mitingda qatnashgan ishchilar, ziyolilar, talabalarning vakillari yovuz dushmanning mamlakatimizga qilgan xiyonatkorona hujumiga qarshi o‘z nafratlarini izhor qilib, o‘z Vatanini front maydonlarida va uning orqasida ko‘kragi bilan himoya qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

O‘zbekistonning barcha shahar va qishloqlaridan frontga, yovuz dushmanga qarshi jang qilish istagini bildirib ko‘ngililardan joylardagi harbiy komissiariatlarga arizalar tusha boshladi.

Urushning dastlabki oylaridayoq bunday ariza berganlar soni 32 000 ortgan edi. Urushning dastlabki kunlaridayoq o‘n minglab O‘zbekistonliklar qalb amri bilan frontga, Vatan himoyasiga ketdilar.

1941 yilning 8 iyuliga qadar Samarqand viloyatida 1316 kishi Xorazm viloyatidan 1156 kishi, Toshkent viloyati buyicha 932 kishi, Farg‘ona viloyati bo‘yicha 1735, Andijon viloyati bo‘yicha 798, Namangan viloyati bo‘yicha 267 kishi frontga ketdi.

Respublikamizdan yoshi, sog‘lig‘i jihatdan frontga yaroqli kishilar doimiy ravishda vatan himoyasi uchun jo‘natib turildi.

Urush boshlangan O‘zbekiston SSSR deb atalmish davlatning front orqasidagi muhim tayanchlaridan biri deb qarala boshladi.

Respublika frontga lashkarlar, vatan himoyachilarini yetkazib berish bilan birga qurol-aslaha, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur nasalarni yetkazib berishi kerak edi.



� kelgan ko‘pgina xalq odatlari va rasm rusumlarini qoralash, dinga qarshi tashviqot va targ‘ibot ham qishloq yoshlariga salbiy ta’sirini o‘tkaza boshladi.
Download 15,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish