Ii -laboratoriya mashg’uloti texnikasi bilan tanishtirish



Download 235.12 Kb.
bet39/77
Sana15.07.2021
Hajmi235.12 Kb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
2- tajriba. Kazeinning izoelektrik nuktasini
vnqlash.

7 ta probirkaga 0,02 M SN3SOOH va distillangan suv (P-jadvalda ko’rsatilgan miqdorda) quyiladi.



Hamma probirkaga 0,2 ml dan natriy aqyetatning 0,2 M eritmasida eritilgan 0,4% li kazeindan quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu vaqtda xamma (chekkalaridagidan tashqari) probirkalarda cho’kma hosil bo’ladi. Qaysi probirkaning rN ko’rsatkichi kazeinning izoelektrik nuhtasiga to’g’ri kelsa, shu probirkada loyqa ko’p bo’ladi.






11- mashg’ulot. Qog’oz xromotagrafiya usuli bilan aminokislotalarni ajratish
Kerakliasbob va reaktivlar:eni 1,5 sm, uzunligi 12—15 sm bo’lgan filtr kog’oz, ip, qora grafit qalam, kapillyar yoki mikropipetka, diametri 2—2,65 sm, uzunligi 18—20 sm li probirka, pipetkalar, termostat, quritkich shkaf, pulverizator, diametri 12 sm li filtr qog’oz. Ulchov probirkasi, filtr qog’oz, qaychi, pinsqyet, lineyka, Petri kosachasi, glyutamin kislota, alanin, leysin, to’yingan fenol yoki butanol eritmasi, o’simlik yoki hayvon to’qimasidav ajratib olingan ekstrakt.

Hozirgi vaqtda oqsillar, aminokislotalar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar va boshqa metabolitlarni (moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlarini) bir-biridan ajratish uchun xromatografik usuldan foydalaniladi.

Moddalarni ajratish mexanizmiga qarab xromatografiyaning bir necha turlari bor chunonchi adsorbsion, tarqatuvchi, diffuzion xromatografiya, ion almashinuv xromatografiyasi, gaz xromatografiyasi, affin xromatografiyasi va boshqalar.

Hozirgi zamon xromatografik usullari oz mikdordagi murakkab aralashmalardan alohida komponentlarni juda tez ajratib olishga imkon beradi.

Aminokislotalarni ajratish uchun eng qulayi va nisbatan anigi qog’ozda taqsimlovchi va yupqa qavatli xromatografiya hisoblanadi. Buning uchun yaxshi sifatli oddiy filtr qog’ozidan foydalanish mumkin. Bu usul turli xildagi aminokislotalarning qisman aralashadigan ikki xil suyuqliklarda, masalan, biri suvda, ikkanchisi suv bilan to’yintirilgan organik erituvchi (fenol, butun spirtning sirka kislota bilan aralashmasi va boshqalar)da har xil eruvchanligiga asoslangan. Suv fazasi harakatsiz bo’lib, u inert material sellyulozaga xromatografiya kamerasidagi nam bilan, to’yingan atmosferadagi suv bo’g’lari ko’rinishida shimilgan bo’lib, qog’oz tashqi kurinishidan quruq bo’ladi. Organik erituvchi esa harakatdagi faza hisoblanadi. Aminokislotaning eruvchanligi suvda qancha yuqori bo’lsa, organik erituvchida shuncha kam yoki aksincha bo’lishi mumkin.

Bu usulning mohiyati shundaki, xromatografik qog’ozning bir nukdasiga yoki bitta chiziq bo’ylab tekshirilayotgan aminokislotalar aralashmasi yoki oqsil gidrolizati tomizilib quritiladi, so’ng qog’ozning shu chekkasi erituvchilar aralashmasiga tushiriladi. Erituvchi kapillyar kuchlar yordamida qog’oz bo’ylab harakatlanadi va o’z yo’lida uchragan moddalarni, xususan aminokislotalarni eritib harakatlanadi. Aminokislotalarning qog’oz bo’ylab harakati eruvchanligi ularning ximiyaviy tuzilishi va xossalariga bog’liq. Erituvchi qog’ozning ikkinchi chekkasiga yaqinlashganda prosess tuxtatiladi, xromatografik qog’oz erituvchi to’la bug’lanib ketguncha quritiladi. Shundan keyin xromatogrammaga aminokislota bilan rang beruvchi reagent ningidrin eritmasi po’rkaladi. Natijada qog’ozning har xil zonalarida rangli dog’ aminokislota dog’lari paydo bo’ladi, bu esa aminokislotalarning bir biridan ajralganidan darak beradi.

Alohida aminokislotalarning siljish tezligi taqsimlanish koeffiqiyenti (Rf) bilan ifodalanishi mumkin. Taqsimlanish koeffisiyenti deb aminokislota tomizilgan joydan (start) aminokislota dog’ining markazigacha bo’lgan masofa (millimetrlarda) (a) ning start nuqtadan erituvchi frontigacha bo’lgan masofaga (b) nisbatiga aytiladi:
Taqsimlash koeffensenti har bir aminokislota uchun o’ziga xos kattalik bo’lib, bir xil tajriba sharoitida (erituvchi, tempratura, qog’oz sorti va boshqalar) o’zgarmasdiri.

Xromotogrammada aminokislotalarning taqsimlanish joyini aniqlash uchun «guvoh» moddalardan foydalanish qulaydir, yani shu xromotogrammaning o’ziga aniq, toza individual aminokislotalar –«guvoh» moddalar tomizib ko’riladi.

Xromotografiya jips yopiladigan kameralarda olib borilish kerak, chunki bu erituvchini bo’g’lanib ketishidan saqlaydi, kameraning erituvchi bo’g’lari bilan to’yinishini ta’minlaydi. Bu maqsadlarda maxsus xromotografik kameralar yoki oddiy proberka, Petriy kosachasidan foydalanish mumkin.

Biz quyida xromotografiyaning 2 ta oddiy usuliga: a) yuqoriga ko’tariluvchi xromotografiya, b) radial xromotografiyaga tuxtalib o’tamiz.




  1. Download 235.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
fizika matematika
nomidagi samarqand
fanlar fakulteti
moliya instituti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
таълим вазирлиги
respublikasi axborot
Toshkent axborot
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat