Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi. (5-sinf misolida)



Download 1,1 Mb.
bet1/6
Sana23.11.2019
Hajmi1,1 Mb.
#26904
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi. (5-sinf misolida)



Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi. (5-sinf misolida)

Mundarija



Kirish. Mavzuning dolzarbligi…………………………………

3 – 6

I bob.Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi ……..............................

7– 27

1.1 Ifodali o’qish san’ati va vositalari ………….....................

7– 15

1.2. Ifodali o’qish saboqlari……………………………………


16-21

1.3.Ifodali o’qishda orfoepik va tinish belgilari qoidalari….. ..

22-26


II bob. Badiiy asarlarni ifodali o’qish…………...………….. …...


27–57

2.1. Nasriy asarlarni ifodali o’qish………………………… .


27-32

2.2.Dramatik asarlarni ifodali o’qish………………………...


33-38

2.3. She’riy asarlarni ifodali o’qish………………………….

39-45


Umumiy xulosalar.......................................................................

58-61

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.................................................


66-67













Kirish

Mavzuningdolzarbligi. O’zbekistonrespublikasio’zmustaqilliginiqo’lga kiritgandan so’ng barcha: ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sohalarda keng imkoniyatlar qo’lga kiritildi. Mustaqillik xalqimizning har tomonlama rivojlangan, kamol topgan,o’z tarixiy va an’analarimizni yangicha bir tarzda rivojlantirishga imkon beradigan, o’zbek millatni dunyodagi ma’naviyati eng yuksak xalq darajasiga ko’tarishga sharoit yaratadigan kelajagimizni barpo etishga zamin yaratdi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, uning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sohalarning rivojlanishi uchun bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan islohotlar hammaga ma’lum. “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustda bo’lib o’tgan sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Przedenti I.A.Karimov “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida so’zlagan nutqida istiqbolimiz, umidimiz bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash strategiyasini aniq va ravshan belgilab berdi. Binobarin, ijtimoiy hayotning ana shu murakkab jabhasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir ziyoli pedagog uni o’ziga dastur sifatida qabul qilinishi, o’z ish rejasini undagi g’oyalar, taklif va mulohazalar asosida tuzib, ish ko’rmog’i lozim bo’ladi.1

Maktabga ona tili ta’limining oldiga qo’yilgan bosh maqsad o’quvchining mustaqil fikrlash, og’zaki va yozma nutqni to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Darhaqiqat, bugungi ona tili ta’limi oldidagi maqsad va vazifalar doirasida ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnalogiyalarni joriy etish, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, o’qituvchilarning kasbiy mahorati, sohaviy bilimini oshira borib o’qitishning sifat-samaradorligini ko’tarish va eng muhimi ona tili darslarining sifat samaradorligini oshirish uchun dars mazmunini bugungi ilg’or pedagogik texnalogiyalar asosida ya’ni darsning mazmun mohiyatini tushuntirishni o’yinlar asosi tashkil etish kabi bir qator dolzarb vazifalar qo’yilgan.

Ta’limning muhim vazifalardan biri- bu yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezdenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek “… o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi”. Ona tiliga bergan bu yuksak ta’siri soha mutaxasislarigi ta’lim va tarbiya jarayonini davr talablari asosida, ijtimoiy iqtisodiy islohotlarga mos ravishda uzluksizlik va uzviylik tamoyillarga rioya qilgan holda yangi pedagogik texnalogiya darajasida, dars jarayonlarining mazmunli va sifatli bo’lishi uchun mavzuni o’yinlar vositasida o’qitish, shuningdek, o’qitishning boshqa bir qator texnalogiyalardan foydalanib tashkil etishning mazmunini, shakllari metod va usullarini izlab, ishlab chiqish yosh avlodni komil inson qilib tarbiaylashning muhim omillari ishning dolzarbligini belgilaydi.



Ishning asosiy maqsad va vazifalari : Ishning asosiy maqsadi zamonaviy pedagogik texnalogiyalar asosida o’quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, og’zaki va yozma nutqini shakllantirish, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish, ularning darsdagi faol ishtirokini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning samarali usullarini aniqlash hamda eng asosiysi ona tili ta’limini yosh avlod ongiga singdirishning oson yo’llaridan foydalanib mavzular,mazmunini o’yinlar asosida tushuntirish ta’lim jarayoniga tadbiq etish ko’zlangan asosiy maqsad va vazifalar hisoblanadi.

Ushbu maqsad asosida ish oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:

  • O’quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash sharoitiga xos ko’nikmalarini shakllantirish;

  • O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;

  • O’quvchilar uchun notanish bo’lgan mavzu haqida tasavvur hosil qilish;

  • O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish;

  • O’quvchi shaxsini aqliy jihatdan rivojlantirish;

  • O’quvchilarning darsdagi faolligini ta’minlash;

  • Dars samaradorligini oshirishda o’quvchilarni mavzuga mos o’yinlardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish;

  • O’quvchi shaxsini maqsadga muvofiq yo’naltirishning eng samarali usullarini tadqiq etish;

  • O’quvchilarda mantiqiy tafakkurni shakllantirishning ilg’or usullarini aniqlash.

Bitiruv malaka ishining obyekti va materiali - mavzu bo’yicha qilingan ilmiy tadqiqotlar, shuningdek, metodik qo’llanmalar ushbu ishning asosiy obyekti bo’lib xizmat qiladi.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari va tahlil uslubi taqazosiga ko’ra ishda quyidagi asosiy manbalarga tayandik:

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat” 2008.

2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., “Sharq” 1998

3. Karimov I. A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir. T., “O’zbekiston” 2015

4. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti. T., 1991. 1-son

5. Bobomurodova A. Ona tili jarayonida o’yin topshiriqlaridan foydalanish. T., “Musiqa” 2009. 192-bet

6. To’xliyev B. Ifodali o’qish. T., “Bayoz” 2015 10-18 betlar

7. Masharipova Z “Ifodali o’qish praktikumi” N. “O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti” 2011-yil

8. Mahmudov N. “O’qituvchi nutqi madaniyati” T., “O’zbekiston Milliy kutubxonasi” 2007-yil 164-bet

9. Matyakupov S. “Ifodali o’qish praktikumi” N. 2011-yil

10. Masharipova Z. “Ifodali o’qish praktikumi” N. “O’zbekiston milliy kutubxonasi” 2011



Tadqiqotning metodik asosi va ilmiy metodi:O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning milliy istiqlol mafkurasi va ma’naviy qadriyatlarini o’rganishga oid asarlari tadqiqotning asosini tashkil etadi.

Shuningdek, ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hozirgi ona tili o’qitishning ilmiy-nazariy yutuqlariga va yangicha o’qitish metodikasiga tayanildi.

Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati: Ushbu ishning nazariy qiymati “Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi” mavzusi tahlil qilinganligi bilan izohlanadi. Ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, u insonda tuyg’u va kayfiyatlar hosil qiladi, voqelikning his-tuyg’uli qiyofasini yaratadi. Ifodali o’qish jarayonida asar voqealari “jonlanadi”, qahramon “tilga kiradi”. O’quvchi bir vaqtning o’zida ham muallif, ham qiyofa, obraz yaratuvchi, ham ijrochi sifatida namoyon bo’ladi.Demak, ifodali o’qish ma’lum darajada aktyorlikni ham talab qiladi. Ifodali nutq san’atini o’rganishning muhim vositalardan biri badiiy asarlarni ko’proq mutolaa qilishdir.

Ifodali o’qish kursi mobaynida o’quvchilar ongiga tegishli mashqlar vositasida sindirib borilishi kerak.



Bitiruv malakaviy ishning tuzilish va hajmi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch faslni o’z ichiga olgan ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidaniborat. Ishning umumiy hajmi

1.1 Ifodali o’qish san’ati va vositalari.

Ifodali o’qish alohida san’atdir. U kishidagi nutqiy ko’nikma va malakalar bilan bog’liq holda rivojlanib boradi. Hech kim tug’ma notiq bo’lib tug’ilmaydi. Ifodali o’qishni hamma ham o’rganishi mumkin.Har bir matnda qanday mazmun aks etganini aniq bilish ifodali o’qishning bosh shartidir.Matnda qanday mazmun aks etgan bo’lsa, uningo’ziga xos ohangini ham ifodalash zarur bo’ladi. Bunda nafas olish, nafas chiqarish, tovushning rang-barangligi, baland-pastligi, talaffuzdagi o’ziga xosliklar, hatto to’xtam pauzalar o’z ta’sirini ko’rsatib turadi. Ifodali o’qilgan matnni tushunish ham oson bo’ladi.Undagi har bitta sonning ma’nosi, uning nima uchun qo’llanilayotgani o’qishda ochiq seziladi. Ifodali o’qish orqali muallif ko’zda tutgan maqsad,ruhiyat va kayfiyatni to’la darajada anglash imkoni paydo bo’ladi. Uning vositasida asar qahramonlarning ruhiyati kechinmalari ham to’laroq namoyon bo’ladi.Xursand yoki xafa bo’lgan, shodyoki qayg’urayotgan odamning o’ziga xos tuyg’ularini ifodali o’qish vositasida nozik darajada ilg’ash mumkin.

“Ifodali o’qish” mashg’ulotlari nihoyasida o’quvchilar :



  • O’zbek va jahon adabiyotining mumtoz va zamonaviy namunalarini, xalq og’zaki ijodiga oid asarlarni to’g’ri va ravon, ifodali o’qishni;

  • O’z fikr-mulohazalarni og’zaki va yozma shaklda to’g’ri va izchil ifodalashni ;

  • Badiiy asar tahlili bilan aloqador ijtimoiy ma’naviy hodisalarga mustaqil ijodiy baho bera olishni bilishlari nazarda tutiladi.

Ayni paytda 5-sinf o’quvchilarning o’qish texnikasiga oid ko’nikma va malakalarni rivojlantirish ustida ham ishlash ko’zda tutiladi. Bunda: o’qilayotgan materialning qahramonlariga muallif nuqtayi nazarini ajrata olish va boshqalardan iborat. Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi ham shu qadar uzoq zamonlarga borib taqaladi. Mazmundor va ifodali nutqhamma davrlarda ham kishilarni o’ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o’rin egallab kelgan. Ifodali o’qish, avvalo, xalq san’atidir. Chunki badiiy adabiyot dastavval xalq og’zaki ijodi shaklda paydo bo’lgan. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida esa og’zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan. Qo’shiq, ertak, doston, qissa kabi og’zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyondasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o’zida ham ijodkor, ham ijrochi edi. Ifodali o’qish san’ati o’tmish zamonlarda og’zaki ijodda qanday ahamiyat kasb etgan bo’lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o’rin tutadi. Zero, badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o’qish jarayonida yanada yaqinroq namoyon bo’ladi. Ifodali o’qish, ayniqsa, asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda kata ahamiyatga ega. Badiiy asarlarni ifodali o’qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg’ularini shakllantirishiga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.

To’g’ri,g’oyaviy-badiiy jihatdan mukammal yaratilgan har qanday asar og’zaki ifodali nutqsiz, ovoz chiqarmasdan mustaqil o’qilganda ham o’zining axloqiy-estetik jihatdan ta’sir kuchini yo’qotmaydi, insonni tarbiyalash vazifasi kamayib qolmaydi. Lekin ifodali o’qish jarayonidagi maftunkor ohang, xilma –xil ovoz tovlanishlari, jozibador intonatsiya kabi vositalar badiiy asarning emitsional ta’sir kuchini yanada oshiradi, eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag’ishlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so’z san’ati bilan shug’ullanuvchi kishilar, ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo’lgan muallimlar notiqlik san’atini ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bo’lishlari zarur. Bilamizki, o’qituvchining butun siymosi hatti- harakatlaridan tortib, gapirish uslubigacha, yosh va tajribasiz, taqlidchan o’quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan, Respublikamiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “O’z fikrini ravon, go’zal, lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxasisni avvalambor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin” “…Kishining martabasini so’zi bila bilurlar, ammo so’zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli o’z so’zining ostida pinhondur”-deydi unsurulmaoliy Kaykovus. Zotan har bir kishining kimekanligini uning bilim saviyasini, fikrlash qobiliyatini uning so’zlariga qarab bilib olishimiz mumkin. Donishmandlar nazdida, inson so’zi bilan taniladi, axloqi bilan esa maqtaladi. Binobarin, yosh avlodning shaxs sifatida kamol topishida muhim rol o’ynovchi muallimning ravon va ifodali nutqi, go’zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo’lib xizmat qiladi. Ajdodlarimiz so’z san’atining, ayniqsa, og’zaki ijrochilik san’atining inson ruhiga ko’rsatadigan ta’siriga qadim zamonlardan boshlab katta e’tibor bilan qaraganlar. Shuning uchun ham, o’rta asrlarda adabiy talaffuz normalarini o’rgatuv “ilmi tavjid” jonli nutq asoslarini o’rgatuvchi “ilmi munozara” kabi fanlar o’qitilgan. Natijada maxsus bilim olgan har bir savodli kishi ayni paytda ifodali o’qish asoslarini egallagan so’z ustasi ham bo’lib yetishgan. Shu sababdan ham,o’tmishda badiiy so’z ijrochiligining dostonxonlik kabi turlari keng tarqalgan. O’qimishli kishilar tomonidan o’tkazilgan she’rxonlik anjumanlarida so’z san’atining yuksak namunalari og’zaki ijro ifodali o’qish vositasida chuqur tahlil qilingan.Ifodali gapirish yoki ifodali o’qish bu o’z-o’zidan shakllanib qoladigan jarayon emas. Shuni bilishimiz kerakki, dastavval, insonning o’zida tug’ma iste’dod, iqtidor bo’lishi kerak. Afsuski, barcha insonlar ham ifodali nutq yoki ifodali o’qish qobiliyatiga ega emas. Ammo har bir kishi o’z nutqi ustida ishlashi, mashq qilib, uni chiniqtirishi buning natijasida ifodali o’qish qobiliyatini shakllantirishi mumkin. Taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov “O’qituvchi nutqi madaniyati” kitobida nutqning ifodaliligi haqida fikr-mulohaza yuritib shunday deydi: “Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyat juda ham ko’p xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha sathlarida mavjud. Tilning tovush qurulishi, so’z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonatsiya, uslub kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas –tuganmas manbalardir. Nutq tuzuvchi bu manbalarning mohiyati, tabiati va ularni ishga solish usullaridan yetarli xabardor bo’lsa, nutqning ifodalilik sifatini ham ta’minlaydi”. Shuni takidlash kerakki, ifodali nutq vositalarini puxta o’zlashtirish,o’zbek tilining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur o’rganish orqaligina, ifodali o’qishda ma’lum natijalarga erishish mumkin. Ifodali o’qish adabiy asarni tushunarli va ta’sirchan o’qish demakdir. Bu o’qish san’ati yod olingan matnni ifodali o’qishni fikrlarni yanada silliq aniq go’zal shaklda talqin etish uchun unumli emotsional vositalardan foydalaniladi. Ifodali o’qishning badiiy emotsional bo’lishi uchun o’quvchi asar mazmuni,g’oyaviy-badiiy jihatlari haqida tasavvurga ega bo’lishi lozim”.

Ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, u insonda tuyg’u va kayfiyatlar hosil qiladi, voqelikning his-tuyg’uli qiyofasini yaratadi. Ifodali o’qish jarayonida asar voqealari “jonlanadi”, qahramon “tilga kiradi”. O’quvchi bir vaqtning o’zida ham muallif, ham qiyofa, obraz yaratuvchi, ham ijrochi sifatida namoyon bo’ladi.Demak, ifodali o’qish ma’lum darajada aktyorlikni ham talab qiladi. Ifodali nutq san’atini o’rganishning muhim vositalardan biri badiiy asarlarni ko’proq mutolaa qilishdir. Asarning mazmun-mohiyati qahramonlar xususiyatini o’sha muhitni yaratish uchun ham ifodali o’qish muhim o’rin tutadi.Badiiy asarlarni ko’proq ifodali o’qish o’quvchining tushunish darajasini orttiradi, asarning mohiyatini juda tez tushunadi. Shuni aytish lozimki, adabiyot hayotni misli oyna kabi aksini olib beradi.O’sha ko’zgu bilan bizlar yaxwi va yomon tomonlarni ko’ramiz.O’qituvchi o’zining ifodali o’qib, o’quvchilarga qanday ta’sir etganini aynan shu oyna orqali ko’rishi mumkin. O’quvchi bir toza qog’oz deb tasavvur qilsak, uni qay tarzda to’ldirish o’qituvchi mahoratiga bog’liq. Aristotel talqiniga ko’ra, “forig’lanish yoki buni ruhan tozarish” ifodali o’qishning bosh maqsadidir. Ifodali o’qish o’qilayotgan badiiy asar yoki matnni tushunish uchun asosiy vosita hisoblanadi. Badiiy asardagi nafosat va go’zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg’ularini shakllantirish ifodali o’qish fanining asosiy vazifasidir. Adabiyotning barcha tur va janrlardagi badiiy asarlar ifodali o’qish fanining o’rganish ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Badiiy asar yoki matnlarni ifodali o’qish ijrochidan alohida iqtidor va mahorat talab qiladi. Zero, adabiy asarning badiiy xususiyatlari, unda ilgari surilgan g’oyalar, muallif dunyoqarashi kabi muhim masalalarni aniqlashga ifodali o’qish alohida ahamiyat kasb etadi.

Ifodali o’qish mohiyatan kishining his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim jarayon hisoblanadi. Badiiy adabiyot bilan og’zaki ijro- ifodali o’qish san’ati asrlar davomida yonma-yon yashab, insonning ma’naviy hamrohi bo’lib kelgan.Badiiy adabiyot va ifodali o’qish san’ati chambarchas bog’liq holda insonni axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalashda eng ta’sirchan vosita hisoblanadi. Zero, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshiraliyotgan xayrli ishlarning markazida ham yosh avlodni ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash vazifasi ustuvor masalalardan biri bo’lib turibdi. Shu maqsadni amalga oshirish chora tadbirlari ko’rilmoqda.O’quvchilarni shunga qarab tarbiyalash, ularga har bir asar yoki matnni mazmun-mohiyatini to’la yetkazish uchun biz albatta ifodali o’qish vositalarini to’g’ri o’z o’rnida qo’llashimiz zarurdir. Ifodali o’qishning asosiy vositalariga urg’u, pauza, intonatsiya, temp, ritm kabilargan tashkil etgan.

Urg’u ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri bo’lib, u takidlash alohida e’tibor qaratish uchun xizmat qiladi. Urg’u so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga, ma’noni to’g’ri va to’la anglashga yordam beradi. Ifodali o’qishga o’rgatish va ifodali o’qishning nazariy masalalari haqida ma’lumot olish osonlashishi uchun, avvalo, urg’uning ikki turi xususida to’xtalamiz.



  1. So’z urg’usi

  2. Ayiruv urg’u

  3. Sintagma urg’u

So’z urg’usi tushgan bo’gindagi unli shu so’zning boshqa bo’g’inlardagi unli tovushlariga qaraganda kuchliroq va cho’ziqroq talaffuz etiladi. So’z urg’usi lingvistik adabiyotlarda leksik urg’u nomi bilan ham tilga olinadi.So’z urg’usi, asosan, so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’zlarga qo’shimcha qo’shilishi natijasida urg’u ham ko’chib boraveradi.

Masalan : ishchi, ishchilar, ishchilarga

Bu hodisa ko’proq, turkiy tillarga, jumladan, o’zbek tiliga ham xosdir. Ammo, bunda o’zbek tilida urg’uning o’rni o’zgarmas ekan degan xulosa chiqmaydi. O’zbek tilida shunday so’zlar borki, so’z boshida kelgan urg’u so’nggi bo’g’inlarga tushmaydi.

Masalan: qaysi, qanday, qancha

Demak, o’zbek tilida urg’u so’zning boshida, oxirida, o’rtasida ham kelishi mumkin. Masalan:

So’z boshida: kimdir, allakim

So’z o’rtasida: albatta, mardlarcha

So’z oxirida: oqqush, otboqar

O’zbek tilida urg’u ma’no farqlash uchun ham muhim rol o’ynaydi. Masalan:

Olma (meva ), olma(fe’l), kesma(ovqat turi), kesma(fe’l)

Bulardan tashqari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlarda ham urg’u ma’noni farqlash uchun asosiy belgi bo’lib kelyapti. Shuning uchun ham o’quvchilarni matnni ifodali o’qishga o’rgatishdan oldin ularni matndagi so’zlarning ma’nosi bilan tanishtirish, so’zlarning urg’uli bo’g’inini aniqlashga o’rgatish lozim.

Ayiruv urg’usi. Gap bo’laklaridan birining alohida ta’kidlash uchun yoki so’zlovchining his – hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash uchun qo’llanadigan urg’u. U ikki turga bo’linadi: 1. Logik urg’u (mantiq urg’usi) 2. Emfatik urg’u (emotsional urg’u).

Mantiqiy urg’u.Mantiqiy urg’u matnda yashirin holatda keladi. Badiiy asarlarni ifodali o’qishdan oldin yashiringan mantiqiy urg’uni aniqlash uchun matnni avval bir necha marta o’qib, muallif maqsadini tushunish, so’ngra mantiqiy urg’uli so’zni aniqlash mumkin. Mantiqiy urg’uni aniqlab kelayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va ma’noni kuchaytirish uchun qo’llangan takror so’zlarni hamda ayrim gaplardagi ta’kidlovchi so’zlarga alohida e’tibor berish kerak. Odatda, mantiqiy urg’udan keyin qisqa pauza qilinadi. Masalan:

Ey Farg’ona!

Mushkul kunlar bolasini

Tishida tishlab,

Yuvib,

Tarab,

Sevib,

O’pib,

Quchib,

Opichlab,

Ey baxtlarni balog’atga yetkazgan ona! (Hamid Olimjon)

Emfatik urg’u (emotsional urg’u).Urg’uning bu turi ham biror gap bo’lagiga alohida ta’kidlashga asoslanadi, ammo logik urg’uda so’zning ma’no tomoni ta’kidlansa,emfatik urg’uda shu ma’no bilan birga so’zlovchining his-hayajoni, voqelikka bo’lgan sub’ektiv munosabatni ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg’u gapdagi so’zning ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Masalan: Eh, qanday go’zal tog’lardagi qip-qizil lola. Ushbu gapda qanday go’zal birikmasiga emfatik urg’u tushgan.



Sintagma urg’u. Sintagma urg’usi nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo’lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo’llanilgan urg’u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatik semantik jihatdan yaxlit, bir – butun konstruktsiya ekanligidan kelib chiqadi. Sintagma urg’usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun bo’lgan qismni maxsus ta’kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir”. Ifodali o’qishda sintagma urg’usining o’rnini to’g’ri belgilamaslik – gapning mazmuni va ifodali nutqqa jiddiy putur yetkazadi. Sintagma urg’usining ahamiyati shundaki, u pauza, so’z yoki jumlalarning bo’linib –bo’linib, tez yoki sekin o’qilishi ovozning ko’tarilishi yoki pasayishi kabi intonatsiya vositalarning reallashuviga imkon beradi.

Pauza. Pauza (pausis) yunoncha so’z bo’lib, to’xtash, tinish degan ma’noni bildiradi. Demak, nutq davomidagi to’xtamlar pauza deyiladi.Pauza ifodali o’qishda eng muhim vosita bo’lib, u nutqning yorqin va ta’sirchan chiqishini ta’minlaydi. Zero, to’xtovsiz, nafas olmay uzluksiz qilinadigan nutq qo’pol va nazokatsiz tuyuladi, chunki insonning eshitish qobiliyatida me’yor tuyg’usi mavjud. Har bir narsa yoki hodisada me’yor bo’lganidek, nutqning ham o’z me’yori va maromi mavjud. Nutq jarayonida so’zlarning ketma-ket oqimi davomida ma’lum bir bo’laklardan keyin to’xtab tin olish, nutqning bir me’yorda bo’lishiga, ravon va yoqimli kechishiga xizmat qiladi. Pauza she’riy asarlarda misralar orasidagi turoqlarning oxiriga tushadi, ayrim so’z yoki birikmalarni bo’rttiradi, ularning ma’no va ahamiyatini ta’kidlaydi. She’riy nutqqa his-hayajon bag’ishlaydi. Pauza asarning janr xususiyati, mazmuni va sintaktik qurulishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan hodisadir. She’rdagi bayt yoki bandlar she’riyatning tugallangan bir bo’lagi sifatida doimo pauza bilan bir-biridanajraladi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish