Iat qobulov Doston Seminar bo’yicha topshiriq №1 Globallashuv, axborot makoni, axborotlashgan jamiyat tushunchalarining mazmun- mohiyati


Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri



Download 65,37 Kb.
bet3/4
Sana11.11.2020
Hajmi65,37 Kb.
#52133
1   2   3   4
Bog'liq
3 IAT 2 Qobulov Doston

2. Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri.

Falsafiy adabiyotlarda axborot va axloqning metodologik xarakteriga alohida e’tibor beriladi. Chunki ular haqiqatni ratsional bilishga qaratilgan tadqiqot usuli va vositalarini izlab topishga yordam beradigan faoliyat mezonlaridir. Lekin ular o‘z holicha insonning bilish darajasini to‘liq o‘zgartira olmaydi. Buning uchun mavjud axborotlarning gnoseologik va epistemologik chegarasini aniqlashga to‘g‘ri keladi, ya’ni axborot va axloqni tadqiqot doirasi ma’lum obyektlarni haddan tashqari tor yoki keng ma’noda tahlil qilishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham bunday ilmiy demarkatsiyalar buzilishining oldini olish muhim metodologik ahamiyatga ega.

Shu jihatdan qaraganda, «biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berishimiz tabiiydir» (I. Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chug‘urlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2010. — 3-b.).

Tarixiy taraqqiyot tajribasidan ma’lumki, inson o‘zi yashayotgan ijtimoiy-axloqiy muhitni, o‘zini-o‘zi o‘zgartirishni bilishi uchun hamisha yangi axborotlarga ehtiyoj sezadi. Boshqacha aytganda, inson o‘zining tabiiy ijtimoiy-axloqiy ehtiyojlarini qondirish uchun unga yangi axborot zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham inson axloqi doimo o‘zgarib turuvchi dinamik xarakterga ega. Axborot va axloq jamiyat rivojining barcha davrlarida muhim rol o‘ynagan va o‘ynaydi. Jamiyat hayotida axborot va axloqning o‘zaro aloqasini tushunish muhim ahamiyatga ega. Axloq va axborot hozirgi kunda jamiyat rivojining asosiy manbai hisoblanadi. Ommaviy axborot inson ongi va hissiyotlariga ta’sir o‘tkazishning ikki yo‘li orqali amalga oshiriladi:



Ratsional model — demokratik davlatlarda ommaviy muloqotning ratsional usuli ustunlik qilib, u odamlarni axborot tarqatish, dalillarni keltirish, ularni mantiq qoidalari bilan asoslash orqali ishontiradi.

2. Hissiy ta’sir usuli — psixologik ishontirish usuli bo‘lib, fanatizm, siyosiy raqiblarga, boshqa millat vakillariga ishonchsizlik, nafrat uyg‘otish uchun qo‘llaniladi. Bu hissiy ta’sir ko‘pincha aqliy dalillar va asoslardan ham kuchli bo‘lishi mumkin. Bunda totalitar, avtoritar va ayniqsa, etnografik targ‘ibotlardan keng foydalanilib, siyosiy tashviqotlar inson ongini egallab oladigan hissiy mazmun bilan to‘ldiriladi. Hissiy ta’sir qanchalik kuchli bo‘lmasin, OAVlarining siyosatga ta’siri axborot tarqatish orqali ro‘y beradi. Axborot olish, saralash, sharhlash, va tarqatish bu jarayonning asosiy bosqichlaridir.

Jamiyat o‘z rivojining barcha bosqichlarida axloqiy qoidalar ishlab chiqqan va ulardan foydalanib kelgan. Ma’lumki, insonning rivojlanishi uchun axborot juda zarur. Axborot axloqqa bo‘ysunuvchi tushuncha hisoblanadi, ya’ni, axborot axloqni boyitadi, uni o‘zgartiradi. Inson ijtimoiy-axloqiy turmushining taraqqiyoti asosida axloq yotadi. «Axborot tevarak-atrofdagi turli xil manbalardan to‘plangan omillar bo‘lib, bu bilimlarni qayta bayon etish» (Davronov Z. Ilmiy ijod metodologiyasi. — Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007. 180-b.) shakli hamdir. Axloqning ma’no va mohiyatini anglab yetmasdan turib, uni tushunib bo‘lmaydi. Xuddi shuning uchun ham anglab olingan axloq keyingi bosqichda tushunish holatiga kiradi. Inson, axloqning ma’no va mohiyatini tushunib yetgach, uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradi. Inson tomonidan o‘zlashtirib olingan bilimlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlariga, xohish-istaklariga, bir so‘z bilan aytganda, hayotiy manfaatlariga mos tushsa, ana o‘shanda kishida o‘zlashtirib olingan bilimlarini turmushga tatbiq etish istagi hosil bo‘ladi.

Axloq epistemologik nuqtai nazardan, obyektiv ma’noga ega va u haqiqatning mohiyatini aglashda yordam beradi. Axloq to‘g‘ri tanlansa, ezgu maqsad va faoliyatga yo‘naltirilsagina, obyektiv ma’no-mazmun kasb etadi. G‘azzoliy bu xususda shunday degan edi: «Axloq — ildizlarning ildizidir, chunki nima qilmoq kerakligi haqida bilim olgandan so‘nggina faoliyat o‘z shaklini oladi». Axloqsiz hech qanday harakat bo‘lishi mumkin emas. Biroq ongli harakatni yuzaga chiqarib, umumjamoaga manfaat keltiradigan axloqgina foydalidir. Jamiyatni axborotlashtirish odamlarga ijodiy yaratuvchilik qobiliyatining yuksalishiga imkoniyat yaratadi. Axborot axloqqa asoslanadi, axloq esa berilayotgan axborot va axloqiy me’yorlarga asoslanadi. Inson axloqli bo‘lib tug‘ilmaydi. Axloq hayot jarayonida, ya’ni amaliy faoliyat natijasi sifatida hosil bo‘ladi. Insonning yangi axborotlarni bilishi va o‘rganishi natijasida hosil bo‘lgan bilimlari uzoq davom etadigan murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, u bilmaslikdan bilishga qarab boradi.

Hozirgi kunda axborotlarning ko‘payib borishi bilan birga, axloqiylik muammosi ham birinchi o‘ringa chiqmoqda. Axborotlashtirish jarayonlari, ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi davrida axborot va axloq munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Axborot inson va jamiyat axloqini yoki tanazzul sari yetaklaydi yoki, uni o‘zgartirib, to‘ldirib yuksaltiradi. Ijtimoiy-axloqiy turmushi asosida axloq yotadi, ya’ni u ijtimoiy-axloqiy tajribani harakatlantiradi. Shuningdek, «sezgi deprivatsiyasi» degan axborotning yo‘qligi kishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (Чирчeнко О. Н. Информaционныe аспeкты компьютeризации. М., 1989. — c. 8.). Jahon siyosatchilari axborotlashgan jamiyatning bir qator muhim ko‘rsatkichlarini sanab o‘tganlar. Axborot mahsulotlari (ommaviy axborot vositalari mahsulotlari, madaniyatning turli ko‘rinishlari va hokazo) bora-bora yalpi ichki mahsulotlar (ishlab chiqarish sanoati, agrosanoat, neft va metallurgiya) keltirayotgan umumiy daromaddan ortib ketadi (Xolov Z. Dunyoni axborot boshqaradi // Ma’rifat, 2008-yil 19-noyabr.).

Demak, yangi axborotlashgan jamiyatda ishlab chiqarishning manbai axborotni to‘plash texnologiyalari, uni qayta ishlash va ramziy kommunikatsiyalarga bog‘liq. Jamiyat rivojida axloq va axborot doimo muhim ahamiyatga ega, lekin mazkur jamiyatda axloqning rivojlanishi, axborotning axloqqa ta’siri ishlab chiqarish manbai sifatida tadqiq etiladi. «Shu ma’noda, axborot olamidagi ustunlik ko‘p narsani hal etadigan bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash masalasi nafaqat ma’naviy, kerak bo‘lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi» (Karimov I. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash — bizning oliy maqsadimiz. 17-jild. Toshkent: O‘zbekiston, 2009. 134-bet.). «Axborot», «axloq» tushunchalari ko‘pincha bir-biriga o‘xshatiladi. Bu qisman shu bilan izohlanadiki, bir darajada axborot sifatida amal qiluvchi dalillar boshqa darajada ma’lumot sifatida amal qilishi mumkin. Masalan, radio yoki televideniye muxbiri intervyu olish jarayonida axborot, ya’ni yangilik oladi. Bu axborot jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Bu axborotdan, o‘z navbatida, tashkilotlar, muassasalar ma’lumot sifatida foydalanishi mumkin.



Ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda axborot va axloq aynanlashtiriladi. Vaholanki, axloq — axborotlar yig‘indisi, tushunchalar, tasavvurlar, g‘oyalar majmuasidir. Aloqa kanalida, muloqot jarayonida axloq axborotning mazmuniga aylanadi. Axloqning ma’nosi axborot signallarini ketma-ketligida, tartiblashida kodlashtiriladi. Muloqotning birinchi subyekti axloqni kodlashtirish orqali axborotga (so‘z, gap, matn, aloqa to‘lqini, belgilar) aylantiradi. Bu subyekt ijtimoiy-axloqiy guruh, tashkilot bo‘lishi mumkin. Muloqotning ikkinchi subyekti yana bir marta kodlashtirish amalini bajarib, axborotni axloqqa aylantiradi. Axloqni egallash voqelikni subyektiv o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, san’at, axloq, din bilish nazariyasi tomonidan o‘rganiladigan predmetlar sirasiga kirmaydi. Axloq subyekt tomonidan, o‘z navbatida, shaxsiy mulohaza asosida shakllantiriladi.

3. Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy taxdidlar, axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat”, diniy fundamentalism, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi va boshqa yot mafkuralardan ximoyalashning shart- sharoitlari va omillari.

XX asrning ikkinchi yarmida aloqa va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi, elektron hisoblash texnikasining vujudga kelishi va hayotning turli sohalariga kirib borishi axborotning kengroq tushunchasini ishlab chiqishni talab etdi. Axborot ehtimolli-statistik yondashuv asosida amalga oshiriladi va biron-bir obyekt, tizim, jarayon va hodisa haqidagi axloqiy noaniqlik darajasining pasayishi yoki obyekt, tizim, hodisa va jarayon holatlari aniqligining o‘zgarishidir. Axborotning idrok qiluvchi tizim haqidagi axloq hajmi va tuzilishining o‘zgarishi sifatidagi falsafiy, aniqrog‘i, umumilmiy talqini ham ishlatib kelinmoqda. Qabul qiluvchi bo‘lib, har qanday tizim, masalan, inson, biologik hujayra va boshqalar hisoblanishi mumkin. Biologik tashkilot darajasida axborot va uning moddiy tashuvchisi o‘rtasida funksional aloqa shakllanadi. Material kodlar orasida neyrodinamik kodni, DNK va RNK axborot mavjud bo‘lishining biopsixik shaklini ta’kidlab o‘tish mumkin. Ushbu axborotlarni ehtirosli hayotda, ongning ishlashi va ehtirosli reaksiyalarida, ong harakatida, insonning xulq-atvori va faoliyatida ifodalanadigan sezgi-perseptiv tizimlar tufayli olish mumkin bo‘lgan atrof-muhit haqidagi axborotni qabul qilgan holda, tirik organizmlar ularga nisbatan turli usullar bilan munosabat bildiradi. Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan turt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor buladi, odamlar unga chippachin ishonadilar". BMT Bosh assambleyasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilingan “BMTning global aksilterror strategiyasi”da yangi uslublar qatorida bioterrorizm hamda internetdan terror maqsadida foydalanishning oldini olish choralarini kuchaytirish alohida qayd etilgan. 2007 yil noyabrda AQSH Davlat departamenti “Tashqi raqamli aloqalar guruhi” nomli maxsus axborot dasturini joriy qilgan. Dastur maqsadi – arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat va bloglarda AQSH siyosati haqidagi dezinformatsiya (noto‘g‘ri ma’lumotlar)ga qarshi kurash hisoblanadi. Dasturga ko‘ra, zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma’lumot keltirishi ko‘zda tutilgan.So‘nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ibtashviq qilishga qaratilgan vebsaytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo‘lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to‘satdan paydo bo‘ladi, vaqt o‘tgach yo‘qoladi, mazmunini o‘zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va domenini o‘zgartirib turadi.

Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:

Internetga kirishning osonligi;

Foydalanuvchilar sonining ko‘pligi;

Aloqaning anonimligi;

Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani; Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi;  Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi.

Terroristlar internetdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:

Targ‘ibot va tashviqot maqsadida ma’lumot tarqatish;

Yangi a’zolarni yollash (verbovka);

A’zolik va xayriya badallarini yig‘ish hamda ulardan foydalanish;

Tarmoq va shahobchalar tashkil etish;

Terroristlarni o‘qitish, ko‘rsatmalar berish;

Razvedka va ma’lumot qidirish;

Jamiyat yuksak darajada rivojlanmasin uning ehtiyojlari ham shunchalik oshib boradi. U bugun kechagiga qaraganda, ertaga esa undan-da ko‘proq yaxshi yashashga, moddiy-ma'naviy barkomollikka ershishga va farovon hayot kechirishga intiladi. Lekin insoniyatning yuksak darajada to‘kin, farovon yashashini ta'min etuvchi tabiiy-geografik omillar inson xohish istagicha emas, balki o‘z holicha mavjud. Bu omillar farovon turmushning o‘ziga xos muhim sharti bo‘lib, yer yuzida davlatlar, saltanatlar tashkil topganidan beri bu borada ustunlik qilish uchun, o‘ziga xos qulayliklarga erishish uchun kurashlar muttasil davom etib kelmoqda. Aslida bu insoniyat taraqqiyotining mazmuni, uning hayot kechirish qonuniyati va falsafasi hisoblanadi. Bir qaraganda bunday intilish tabiiy hisoblanadi.

Muammo, ana shu intilishlarda moddiy manfaatdorlikka bo‘lgan intilish bilan ma'naviyatni unga mos ravishda rivojlantirishga bo‘lgan zaruriyat o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qolib borishida namoyon bo‘lmoqda. Buni yuksak darajada taraqqiy qilgan mamlakatlar o‘zlarining ulkan intellektual salohiyatlari bilan fan, texnika va texnologiyaning eng zamonaviy turlarini yaratib, ular vositasida mintaqalarda mavjud bo‘lgan xom-ashyo resurslarini qo‘lga kiritishning eng jirkanch uslublaridan foydalanib, ana shu mintaqa xalqlarini avvalo moddiy jihatdan qaram qilish, hamda bu omil vositasida ularni o‘ziga xos ma'naviyatini ham barbod qilish yo‘li bilan uning o‘rniga o‘zlarining ma'naviyatini ommaviylashtirishga bo‘lgan urinishlarida namoyon bo‘layotganligida ko‘rish mumkin.

Albatta, ana shu yaratilayotgan fan, texnika va texnologiya bir tomondan butun insoniyatning aql -zakovatining mevasi va yer kurrasida yashayotgan barcha xalqlar manfaatlariga xizmat qilmoqda, ikkinchi tomondan esa, ulardan foydalanishdagi tengsizlik, ya'ni unga ega bo‘lmaganlarning ustidan hukmron bo‘lishga intilishlari, insonlar, millatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarda kim moddiy jihatdan baquvvat bo‘lsa, boshqalar unga “itoatkor” uning ma'naviyatini “qabul qilishga” “majbur” degan tamoyilining yuzaga kelayotganligi insoniyat aql- zakovati yuksak darajasiga ko‘tarilgan sharoitdagi ma'naviy qashshoqlashuvning jirkanch ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Albatta, rivojlangan mamlakatlar tomonidan yaratilayotgan yuksak texnologiyalar, ta'lim-tarbiya tizimi, fan sohasidagi kashfiyotlar o‘zi yaratilgan joydagi tub xalq ma'naviyati zaminiga qurilgan bo‘lib, o‘ziga xos mentalitetni aks ettiradi. Ushbu jihatlar bu texnologiyalarning ommalashuvida ham o‘z ta'sirini saqlab qoladi. Bu jarayonning yuzaga kelishiga va avj olishiga jahon miqyosida sodir bo‘layotgan globallashuv o‘zining ta'sirini o‘tkazmoqda. Uning insonlar, millatlar, xalqlar va mamlakatlar hayotiga o‘tkazayotgan salbiy ta'sirlari bugunning o‘zida turli sohaning ko‘pchilik mutaxassislarini tashvishga solmoqda. Ular hech bo‘lmaganda insonlar va millatlarning sofligini saqlab qolishning imkoniyatlarini izlab topish dolzarb muammolardan biriga aylanayotganligini ta'kidlamoqdalar. Millat keng ma'nodagi ma'naviyati, ruhiyati va mentaliteti bir xil bo‘lgan insonlar uyushmasidan iborat bo‘lgan ijtimoiy borliq hisoblanadi. Ayni paytda u jahonda mavjud bo‘lgan go‘zalliklarning gul toji va ma'naviy boyligidir. Uning o‘zligidan mahrum bo‘lishi oxir oqibatda butun insoniyatning manqurtlashuviga olib keladi. Istiqbolda bu jarayonning oldi olinmas ekan u insoniyat taraqqiyotni yana chuqur inqirozga olib boradi -deganidir. Shuning uchun ham, ayniqsa keyingi paytga kelib globallashuv tushunchasi va uning jamiyat hayotining turli sohalaridagi ijobiy va salbiy tomonlari haqida turli yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib borilmoqda.

Globallashuvning davlatlarning, turli millatning mustaqil subyekt sifatida saqlanib qolish jarayoniga o‘tkazayotgan salbiy ta'siri bugunning o‘zida sezila boshladi. U ijtimoiy-siyosiy tizimlarning, ularning iqtisodiy hayotini, milliy- ma'naviy qadriyatlarini yemirmoqda va shu yo‘l bilan millatni o‘z domiga tortmoqda. Bu jarayonning oldini olish, hech bo‘lmaganda uning oldiga to‘siq qo‘yish yo‘llari, imkoniyatlari va vositalarini izlab topish hamda ulardan samarali foydalanish strategiyasini ishlab chiqish barcha fan yo‘nalishidagi tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb vazifalardan birini tashkil qiladi. Buning uchun eng avvalo, “Globallashuv” tushunchasi uning ma'no-mazmunini tushunib yetish zarur bo‘ladi.

XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi o‘zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan chetda qola olgan birorta ham davlat yo‘q, deb to‘la ishonch bilan aytish mumkin. Xattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a'zo bo‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta'siriga ko‘proq uchrab qolishi mumkin. “Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obyektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”1.

Globallashuvning jahon mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim. Bu hodisani chuqur o‘rganmay turib unga moslashish, uning yo‘nalishini tegishli tarzda o‘zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma'naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo‘yish bilan baravar bo‘ladi.

Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o‘tkazgan va o‘tkazayotgan tadqiqotlarga e'tibor beriladigan bo‘lsa bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganini guvohi bo‘lamiz. Albatta, bu jarayon xususida, uning mohiyati to‘g‘risida, undan ko‘zlangan maqsadlar to‘g‘risida, bu rayonni amalga oshuvini ta'minlaydigan vositalar, usullar xususida chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Va bu ilmiy - nazariy asoslardan olib borilayotgan ma'naviy ma'rifiy sohadagi siyosatning yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanish zarur. Har qanday siyosat, jumladan iqtisodiy siyosat va ma'naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo‘lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga yetarli ko‘mak berishlarini e'tirof etishga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko‘proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yo‘nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning to‘g‘ri yo‘l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin.

Globallashuv - turli mamlakatlarning, xalqlarning jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalaridagi o‘zaro ta'siri va bog‘liqligining keskin kuchayishidir.

Yuqoridagi tahlilar asosida globallashuv jarayonining asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

Birinchidan, globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon ekanligi;

Ikkinchidan, globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;

Uchinchidan, globallashuv-milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni yuz berishi;

Beshinchidan, Ishlab chiqarishda ishlab chiqarishning xalqaro formalariga o‘tilishi, ishlab chiqarish omillari harakatining jadallashuvi;

Oltinchidan, jahon mamlakatlari iqtisodiyotida yagona xalqaro standartlarining joriy etilishi;

Yettinchidan, ko‘pchilik mamlakat xalqlarining madaniyatida, kundalik hayotida yevropacha turmush tarzining (vesternizatsiya), amerikacha turmush tarzining namoyon bo‘lishi.

Globallashuv jarayonlari, ma'naviy tahdidlar, dunyoni tez sur'atlar bilan o‘zgartirayotgan “globallashuv” hodisasining ko‘lami va ta'siri bugungi kunda kengayib, kuchayib borayotgani ta'kidlanadi. “Shu ma'noda, - deb ta'kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, - globallashuv - bu avvalo hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir”5.

Har qanday ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov globallashuv jarayonining ayni paytda mafkuraviy ta'sir o‘tkazish vositasi sifatida turli siyosiy kuchlar manfaatlariga xizmat qilayotganini, ushbu jarayon orqali milliy qadriyatlarimizga yot g‘oya va qarashlar yopirilib kirib kelayotganini, bularning barchasi qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini hayotiy misollar asosida yoritib beradi. Xususan, bugungi kunda inson ma'naviyatiga yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyulgan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkinligi uqtiriladi. Asosan harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiqni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab olish qiyin. Shu ma'noda, Prezident Islom Karimovning tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash, loqaydlik va beparvolikka barham berish haqidagi da'vatlari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Albatta globallashuv va integratsiya jarayonlarining talay ijobiy imkoniyatlari mavjud. Ularni umumlashtirib aytiladigan bo‘lsa, birinchi navbatda turli sohalarda davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishiga xizmat qilishi mumkin, va darhaqiqat, bunday hamkorlik munosabatlari kundan-kunga kengayib va rang baranglashib borayotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz.

Bugun xalqimiz yangi sharoitda va yangi zamonda, globallashuvning kuchli bosimi ostida yashashga majbur bo‘lmoqda. Yuqorida aytib o‘tilganidek davr ma'naviy qadriyatlarga, milliy merosga yangicha munosabatda bo‘lishni, yoshlarni millatparvarlik ruhida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni talab etmoqda. Ularda milliy ong, milliy o‘zlikni anglash har qachongidan yuqori va ta'sirchan kuchga ega bo‘lishini talab etmoqda. Shunday ekan milliy o‘zlikni anglash millat abadiyligini ta'minlaydigan omillardan biri sifatida ana shu sabab va zaruriyatga mos ravishda takomillashib borishi ta'lim tarbiya tizimi oldidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Bu jarayonda uning ilgari mavjud bo‘lgan qirralari baquvvatlashadi va yangilari vujudga keladi. Ammo, ularning hammasi faqat millatning ehtiyoji va manfaatlari o‘sib borishi doirasi bilan cheklanmasdan, shuning bilan birga har bir tarixiy bosqichda milliy hayotga nisbatan amaldagi hokimiyatning olib boradigan siyosati va millatlararo yuzaga keladigan munosabatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ta'lim -tarbiya ishlarimizda bu borada asosiy e'tibor qaratishimiz zarur bo‘lgan jihatlarga iborat bo‘lishi lozim?

Birinchi navbatda ta'lim -tarbiya ishlarida milliy madaniyatimiz, xalq ma'naviy boyligining ildizlariga e'tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damlarda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash, yoshlarga yetkazish va yanada boyitish.

Masalaning ikkinchi bir tomoni - ma'rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Insonning to‘laqonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo‘lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o‘choqlarini ko‘paytirish, ularning sharoitini yaxshilash. Biz ko‘p yillar davomida ma'rifat va madaniyatga noto‘g‘ri munosabatda bo‘ldik. Unga sarflanayotgan mablag‘lar doim boshqa sohalardan kam bo‘ldi. Natijada biz bu masalada orqada qolib ketdik.


Download 65,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish