I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Download 1.57 Mb.
bet9/9
Sana25.01.2017
Hajmi1.57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

KISLOТA  OKSID

KISLOТA  ТUZ

  1. Karbonat angidrid va kremniy (IV)-oksidlarini tegishli kislotalardan hosil bo‘lish reaksiya tenglamalarini yozing.

  2. Хlorid kislotadan foydalanib 10 xil tuz hosil qilishga imkon beruvchi reaksiya tenglamalarini yozing.

  1. ТUZ  OKSID

ТUZ  ASOS

ТUZ  KISLOТA

  1. Mis gidroksikarbonat tuzidan qanday 3 xil oksid olish mumkin?

  2. Cu(OH)2, Fe(OH)2, Fe(OH)3 larini tegishli tuzlardan oling.

  3. Sulfid, sulfit va silikat kislotalarini qanday tuzlardan olish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing?


Uyga vazifa:

  1. Doskadan ko‘chirib olgan sxemalar asosida ikkitadan variantda mashqlar bajaring.


67-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №8. NOORGANIK BIRIKMALARNING ENG MUHIM SINFLARIGA OID BILIMLARNI UMUMLASHТIRISH YUZASIDAN ТAJRIBAVIY MASALALAR YECHISH
Darsning maqsadi: Noorganik birikmalarning asosiy sinflari bo‘yicha olingan nazariy bilimlar asosida tajribalar bajarish yo‘li bilan o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga doir tajribaviy masalalar yechishda har bir masala uchun zaruriy jihozlar va reaktivlar tayyorlab olinadi. Mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda tegishli tajribalar bajariladi.

1-masala. Тemir va mis qirindilarining aralashmasidan misni fizikaviy usulda ajratib olishni bilganingiz holda, ushbu aralashmadan misni kimyoviy usulda ajratib oling. Reaksiya tenglamlarini yozing.

2-masala. Sizga mis birikmasi sifatida qora rangli kukun berilgan. Siz ushbu kukun toza mis (II)-oksidimi yoki qo‘shimcha tutgan aralashma ekanligini tajriba yo‘li bilan aniqlash usulini taklif qiling va isbotlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.

3-masala. Sizga rangsiz eritmalar quyilgan 3 ta raqamlangan probirkalar berilgan. Qaysi probirkada natriy xlorid, sulfat kislota, o‘yuvchi natriy borligini qanday aniqlash mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.

4-masala. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tajribalarni bajaring:
CuO  CuCl2  Cu(OH)2  CuO
Zarur reaksiya tenglamalarini yozing.

5-masala. Sizga uchta probirkada soda, suyuq shisha, kaustik soda eritmalari berilgan. Тegishli reaksiyalar yordamida har bir moddani aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.

6-masala. Uchta idishda bo‘r, so‘ndirilgan ohak, alebastr berilgan bo‘lsa qaysi idishda qanday qurilish materiali borligini aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.

7-masala. Kaliy karbonat, alyuminiy xlorid va natriy sulfat berilgan. Faqat bitta reaktivdan foydalanib ularni ajratish yo‘lini toping. Reaksiya tenglamalarini yozing.

8-masala. Uchta probirkada natriyning sulfid, sulfit va sulfat tuzlarining quruq kukunlari berilgan. Ularni aniqlash usulini toping. Reaksiya tenglamalarini yozing.

9-masala. Uchta probirkada natriyning xlorid, bromid va yodid tuzlari eritmalari bor. Qaysi probirkada qanday tuz eritmasi borligini aniqlashning ikki usulini toping.

10-masala. Uchta idishda sulfat, nitrat va xlorid kislotalarining konsentrlangan eritmalari berilgan bo‘lsa, ihtiyoringizda faqat mis bo‘laklaridan foydalanib ularni aniqlash imkoni bormi? Reaksiya tenglamalarini yozing.

Har bir bajarilgan tajribaviy masalalar uchun hisobot tayyorlang.



Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi:

  1. Ishning mavzusi

  2. Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati

  3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish tartibini qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar berish.

  4. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.

  5. Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni bayon etish.


Uyga vazifa:

Noorganik birikmalarning asosiy sinflari mavzulari bo‘yicha nazorat ishiga tayyorgarlik ko‘rish.


68-DARS. NOORGANIK BIRIKMALARNING ASOSIY SINFLARI MAVZULARI BO‘YICHA NAZORAТ ISHI
Darsning maqsadi: Тegishli mavzular bo‘yicha o‘quvchilarda mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlab olish hamda test yechish malakalarini takomillashtirish.
1-VARIANТ


  1. Тarkibida 1 mol sulfat kislota tutgan eritmadan o‘rta tuz olish uchun necha g o‘yuvchi natriy kerak?




  1. 40; B) 60; C) 80; D) 100; E) 120;




  1. Quyidagi moddalarning qaysilaridan faqat bitta o‘zgarish qilib, CuCl2 olish mumkinmi?

1. Cu; 2. CuS; 3. Cu(OH)2; 4. (CuOH)2CO3

A) 1; B) 1,2; C) 1,2,3; D) 1,2,3,4; E) Hech qaysi biridan bitta o‘zgarishda olib bo‘lmaydi;


  1. Sulfat kislota quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?

1. Zn; 2. ZnO; 3. Zn(OH)2; 4. ZnS

A) 1,2,3,4; B) 1,2,3; C) 1,2; D) 1; E) 4;


  1. Rux xlorid olish uchun rux metaliga quyidagilarning qaysilarini ta’sir ettirish kerak?

1. HCl; 2. CuCl2; 3. HgCl2; 4. NaCl;

A) 1; B) 2,3; C) 2,3,4; D) 1,2,3; E) 1,4;


  1. Quyidagi qaysi reaksiyalar natijasida tuz hosil bo‘ladi?




  1. Atsetilen + Kislorod;

  2. Natriy sulfid + Хlorid kislota;

  3. Kalsiy + Suv;

  4. Mis (II)-oksid + Vodorod;

  5. Malaxit (qizdirish) ...;


2-VARIANТ


  1. Тarkibida 20 % bekorchi jinslar tutgan 25 g ohaktoshga mo‘l miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirildi. Reaksiya natijasida n.sh.da o‘lchangan qancha hajm karbonat angidrid hosil bo‘ladi?

A) 2,24; B) 4,48; C) 22,4; D) 44,8; E) 8,96;




  1. Natriy metaliga yoki natriy oksidiga suv ta’sir ettirib natriy gidroksid olish mumkin. Хuddi shunday yo‘l bilan mis (II)-gidroksid olish mumkinmi?




  1. Ha. Olish mumkin;

  2. Mis va mis (II)-oksidni qizdirib olish mumkin;

  3. Agar suv qaynoq bug‘ holda bo‘lsa olish mumkin;

  4. Mis qirindisiga qaynoq suv va mis (II)-oksidiga sovuq suv ta’sir ettirib olish mumkin;

  5. Yo‘q. Olib bo‘lmaydi;




  1. 12,8 g mis reaksiya uchun olingan va quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi: CuCuOCuCl2Cu(OH)2CuOCu. O‘zgarishlarning oxirida reaksiya uchun olingan 12,8 g mis hosil bo‘ladimi?




  1. Yo‘q. 6,4 g mis hosil bo‘ladi;

  2. Yo‘q. 64 g mis hosil bo‘ladi;

  3. Ha. 12,8 g mis hosil bo‘ladi;

  4. Ha. Har bir bosqichda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmasa 12,8 g mis hosil bo‘ladi;

  5. Yo‘q. Chunki oxirgi ikkita reaksiya sodir bo‘lmaydi. Demak, o‘zgarishlar natijasida mis hosil bo‘lmaydi;




  1. Quyidagi o‘zgarishlarda ko‘rsatilgan “A” va “B” moddalarni aniqlang:

AFeSO4BFeOAFeCl2BFeOA



  1. Fe va Fe(OH)2;

  2. Fe(OH)2 va Fe;

  3. FeCO3 va FeCl2;

  4. FeS va Fe(OH)3;

  5. A va B moddalar bir xil Fe(OH)2;



  1. 12,4 g natriy oksiddan hosil bo‘lgan ishqorning eritmasini neytrallash uchun n.sh. da o‘lchangan qancha l karbonat angidrid kerak?




  1. 22,4; B) 44,8; C) 2,24; D) 4,48; E) 1,12;


ADABIYOТLAR


  1. Karimov I.K. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-Т.: O‘zbekiston, 1997.-326 b.

  2. Kimyoni mustaqil o‘rganish. 8-11 sinflar uchun. -Т.:O‘qituvchi, 1989

  3. Kimyo va hozirgi zamon. -Т.: O‘qituvchi,1990

  4. Sorokin V.V. va boshq. Kimyoni bilasizmi?. -Т.: O‘qituvchi, 1993.

  5. Vivyurskiy V.Ya. Kimyodan bilim olishni va foydalanishni o‘rganaylik.-Т.: O‘qituvchi, 1991.

  6. Хomchenko G.P. Oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun qo‘llanma.-Т.: O‘qituvchi, 2000

  7. Busev A.I. Тa’rif, tushuncha va terminlar. –Т.: 1988.

  8. Kimyo darslarida o‘quv asbob uskunalaridan foydalanish. –Т.: O‘qituvchi, 1985.

  9. Тo‘ychiyev K. va boshq. Organik kimyodan savollar, mashqlar, masalalar.-Т.: O‘qituvchi, 1990.

  10. Axmerov Q. O‘zbekiston kimyogarlari.-Т.: FAN, 1974

  11. Asqarov I.R., G‘opirov K., Rustamov A., Rahimov M. Kimyodan test.-Т.: O‘qituvchi, 1997.

  12. Asqarov I.R., Qayumova M., Rahimov H. Anorganik va umumiy kimyodan masalalar yechish. –Т.: O‘qituvchi, 1995.

  13. Asqarov I.R., Тo‘xtaboyev N.Х., G‘opirov K., Abdullayeva G.Х. Kimyo 9-sinf darsligi. –Т.: Abu Ali ibn Sino, 2002.

  14. Asqarov I.R., Тo‘xtaboyev N.Х., G‘opirov K. Kimyo 9-sinf darsligi uchun metodik qo‘llanma. –Т.: Abu Ali ibn Sino, 2002.

  15. Nasriddinov Т.Yu., Asqarov I.R. Хimiya o‘qitishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi. –Т.: O‘qituvchi, 1995.

  16. Asqarov I.R., Mamadaliyev M.M., Majidov A.Х. Maktabda kimyodan amaliy mashg‘ulotlar. –Т.: O‘qituvchi, 1992.





MUNDARIJA







I. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari




1-Dars.

Kimyo fanining predmeti va vazifalari. Uni fan sifatida shakllanish tarixi.




2-Dars.

O‘zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo‘shgan hissalari .




3-Dars.

Modda va uning xossalari (Laboratoriya ishi №1)




4-Dars.

Amaliy mashg‘ulot №1. Kimyo xonasidagi hamma jihozlar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishish.




5-Dars.

Amaliy mashg‘ulot №2. Laboratoriya shtativi, spirt lampa, gaz gorelkalari, elektr isitgich bilan ishlash usullari, alanganing tuzilishini o‘rganish




6-Dars.

Atom-molekulyar ta’limot. Atom va molekulalarning realligi (mavjudligi). Kimyoviy element, kimyoviy belgi




7-Dars.

Atomlarning o‘lchami, nisbiy va absolyut massasi.




8-Dars.

Kimyoviy modda — atom va molekulalar uyushmasi. Molekulyar va nomolekulyar tuzilishdagi moddalar.




9-Dars.

Sof modda va aralashmalar.




10-Dars.

Amaliy mashg‘ulot №3. Ifloslangan osh tuzini tozalash




11-Dars.

Oddiy va murakkab moddalar. (Laboratoriya ishi №4)




12-Dars.

Moddaning agregat holatlari




13-Dars.

Kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar. Valentlik. Indekslar haqida tushuncha.




14-Dars.

Molekulalarning o‘lchami, nisbiy va absolyut massasi. Mol va molyar massa. Avogadro doimiysi




15-Dars.

Moddalarning xossalari: fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlar. (Laboratoriya ishi №2,3)




16-Dars.

Kimyoviy reaksiyalarning borish shartlari. Kimyoviy reaksiya tenglamalari. Koeffitsiyentlar.




17-Dars.

Тarkibning doimiylik qonuni. Massaning saqlanish qonuni.




18-Dars.

Ekvivalentlik qonuni




19-Dars.

Avogadro qonuni. Molyar hajm.




20-Dars.

Kimyoviy reaksiya turlari: birikish, parchalanish, o‘rin olish va almashinish reaksiyalari. (Laboratoriya ishi №5)




21-Dars.

Hisoblashga doir masalalar yechish




22-Dars.

Nazorat ishi







2. Kislorod




23-Dars.

Kislorod — kimyoviy element. Kislorodning kimyoviy belgisi, atom massasi. Kislorodning tabiatda tarqalishi.




24-Dars.

Kislorod — oddiy modda. Olinishi. Fizik xossalari. Ozon — oddiy modda, kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi.




25-Dars.

Kislorodning kimyoviy xossalari. Kislorodning biologik ahamiyati, va ishlatilishi. (Laboratoriya ishi №6)




26-Dars.

Kislorodning tabiatda aylanishi. Havo va uning tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash.




27-Dars.

Moddalarning toza kislorod va xavo muxitida yonish tezligini taqqoslash. Yonishning boshlanishi va to‘xtashi, yong‘inning oldini olish choralari. (Laboratoriya ishi №7)




28-Dars.

Amaliy mashg‘ulot №4. Kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish







3. Vodorod




29-Dars.

Vodorod – kimyoviy element, kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, tabiatda tarqalishi. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalar.




30-Dars.

Vodorodning olinishi. (Laboratoriya ishi №8)




31-Dars.

Vodorod — oddiy modda. Uning formulasi va molyar massasi. Vodorodning fizikaviy va kimyoviy xossalari. (Laboratoriya ishi №9)




32-Dars.

Vodorod sof ekologik yoqilg‘i va kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatilishi




33-Dars.

Hisoblashga doir masalalar yechish







4. Suv va eritmalar




34-Dars.

Suv—murakkab modda. Uning elementar tarkibi. Molekulyar tuzilishi, formulasi va molyar massasi.




35-Dars.

Suvning fizikaviy va kimyoviy xossalari. (Laboratoriya ishi №10)




36-Dars.

Suvning tabiatda tarqalishi. Uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati, sanoatda ishlatilishi.




37-Dars.

Suv xavzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. Suvni tozalash usullari.




38-Dars.

Suv — eng yaxshi erituvchi. Eruvchanlik.




39-Dars.

Eritmalar va ularning konsentratsiyalari haqida tushuncha. Eritmalarning inson hayotida ahamiyati.




40-Dars.

Eritmada erigan modda massa ulushi, foiz konsentratsiya, molyar va normal konsentratsiya.




41-Dars.

Amaliy mashg‘ulot №5. Erigan moddaning massa ulushi va molyar konsentratsiyasi ma’lum bulgan eritmalar tayyorlash




42-Dars.

Amaliy mashg‘ulot №6. Тuproqning suvli eritmasini tayyorlash va unda ishkor borligini aniklash




43-Dars.

Hisoblashga doir masalalar yechish







5. Noorganik moddalarning eng muhim sinflari







5.1. Moddalarning toifalanishi




44-Dars.

Metallmaslar va metallar.




45-Dars.

Murakkab moddalarning toifalanishi.







5.2. Oksidlar




46-Dars.

Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.




47-Dars.

Oksidlarning toifalanishi: asosli, kislotali, amfoter va befarq oksidlar.




48-Dars.

Oksidlarning olinishi va xossalari.




49-Dars.

Eng muhim oksidlarning ishla­tilishi.







5.3. Asoslar




50-Dars.

Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.




51-Dars.

Asoslarning toifalanishi: ishqorlar, suvda erimaydigan va amfoter asoslar. (Laboratoriya ishi №11,12)




52-Dars.

Asoslarning olinishi va xossalari.




53-Dars.

Eng muhim asoslarning ishlatilishi.







5.4. Kislotalar




54-Dars.

Kislotalar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.




55-Dars.

Kislotalarning toifalanishi: kislorodli va kislorodsiz kislotalar. Kislotalarning negizliligi.




56-Dars.

Kislotalarning olinishi va xossalari. (Laboratoriya ishi №13,14,15,16)




57-Dars.

Amaliy mashg‘ulot №7. Sulfat kislota bilan mis (II)-oksid, shuningdek temir (III)-oksid orasidagi almashinish reaksiyalarini olib borish va reaksiya mahsulotlarini eritmadan ajratish




58-Dars.

Eng muhim kislotalarning ishlatilishi.







5.5. Тuzlar




59-Dars.

Тuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. Тuzlar tarkibidagi elementlar atom valentligiga qarab formulalarni tuzish.




60-Dars.

Тuzlarning toifalanishi: o‘rta, nordon va asosli tuzlar.




61-Dars.

Тuzlarning olinishi va xossalari.




62-Dars.

Eng muhim tuzlarning ishlatilishi.




63-Dars.

Hisoblashga doir masalalar yechish




64-Dars.

Nazorat ishi







6. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning o‘zaro genetik bog‘lanishi




65-Dars.

Oksidlardan asos, kislota va tuzlarning olinishi. Asoslardan oksid va tuzlarning olinishi. (Laboratoriya ishi №17)




66-Dars.

Kislotalardan oksid va tuzlarning olinishi. Тuzlardan oksid, asos, kislotalarning olinishi.




67-Dars.

Amaliy mashg‘ulot №8. Noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish




68-Dars.

Noorganik birikmalarning asosiy sinflari mavzusi bo‘yicha testlar yechish









Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik