I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


-DARS. KIMYOVIY REAKSIYA ТURLARI: BIRIKISH, PARCHALANISH, O‘RIN OLISH VA ALMASHINISH REAKSIYALARI



Download 1.57 Mb.
bet5/9
Sana25.01.2017
Hajmi1.57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

20-DARS. KIMYOVIY REAKSIYA ТURLARI: BIRIKISH, PARCHALANISH, O‘RIN OLISH VA ALMASHINISH REAKSIYALARI.

(LABORAТORIYA ISHI №5)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kimyoviy reaksiyalarni sinflash yuzasidan tushunchalar berish. Birikish, parchalanish, o‘rin olish va almashinish reaksiyalarini bir-biridan farqlay olish malakasini singdirish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Kimyoviy reaksiyalarni sinflash.

  2. Birikish reaksiyalari.

  3. Parchalanish reaksiyalari.

  4. O‘rin olish reaksiyalari.

  5. Almashinish reaksiyalari.

  6. Endo- va ekzotermik reaksiyalar.




  • Kimyoviy reaksiyalar reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalar (reagentlar) va reaksiya mahsulotlari sonining o‘zgarishi asosida hamda energiya yutilishi yoki chiqishiga qarab sinflanadi

1. Birikish reaksiyalarida ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi modda olinadi: A + B + ... = C

2H2 + O2 = 2H2O CaO + CO2 = CaCO3
2. Parchalanish reaksiyalarida bir moddadan bir necha yangi modda hosil bo‘ladi: C = A + B + ...

2H2O = 2H2 + O2 CaCO3 = CaO + CO2


3. O‘rin olish reaksiyalarida oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismini o‘rnini oladi, natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo‘ladi: AB + C = AC + B

Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2


4. Almashinish reaksiyalarida murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o‘zaro o‘rin almashadi: AB + CD = AD + BC

NaOH + HCl = NaCl + H2O


Reaksiya davomida issiqlik (energiya) chiqishi yoki yutilishiga qarab ekzotermik va endotermik reaksiyalarga farqlanadi.


  • Issiqlik (energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik (ekzo-tashqari) reaksiyalar deb ataladi.

Bu reaksiyalarda issiqlik effekti “+” (plyus) ishora bilan ko‘rsatiladi.


Fe + S = FeS + 96 kJ

S + O2 = SO2 + 297 kJ




  • Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik (endo-ichkari) reaksiyalar deb ataladi.

Bu reaksiyalarda issiqlik effekti “–” (minus) ishora bilan ko‘rsatiladi.


N2 + O2 = 2NO – 181 kJ

3O2 = 2O3 – 289 kJ


Darsda o‘rganilgan tushunchalarni mustahkamlash maqsadida quyidagi mashqlarni bajarish ijobiy natija beradi:


  1. Quyidagi reaksiya tenglamalarini tenglang va sinflang:




Cu(OH)2CO3 = CuO + H2O + CO2

Zn + HCl = ZnCl2 + H2

P + O2 = P2O5

ZnO + HCl = ZnCl2 + H2O






  1. 6,4 g oltingugurt kislorodda yondirilganda n.sh.da qancha hajm sulfit angidrid hosil bo‘ladi va qancha issiqlik ajralib chiqadi?

  2. 33,6 l kislorod ozonga aylanganda (3O2 = 2O3 –289 kJ) qancha hajm ozon hosil bo‘ladi va qancha issiqlik yutiladi?


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §19 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralalarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


21-DARS. HISOBLASHGA DOIR MASALALAR YECHISH
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga “Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari” mavzularidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida hisoblashga doir masalalar yechish.
Ushbu darsda masalalar yechish yo‘li bilan o‘quvchilardagi quyidagi bilim va malakalar mustahkamlanadi:

  1. Moddalarning formulasini yoza olish, kimyoviy elementlarning valentliklari asosida indekslarni to‘g‘ri tanlay olish.

  2. Murakkab moddalarning formulasi asosida moddaning elementar tarkibini massa bo‘yicha foizlarda ifodalay olish.

  3. Moddaning elementar tarkibi berilgan holda formulasini topish.

  4. Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentlarini hisoblash.

  5. Kimyoviy hisoblashlarga Avogadro doimiysi va Avogadro qonunini tadbiq etish.

  6. Massaning saqlanish qonunidan foydalanib, kimyoviy reaksiya tenglamalari asosida hisoblashlar olib borish.

  7. Atom va molekulaning absolyut hamda nisbiy massalarini, mol, molyar massa, modda miqdori, molyar hajm kabi tushunchalarni amaliyotga tadbiq etish.


Murakkab moddalarning formulalari asosida elementlarning massa bo‘yicha foizlarda hisoblash.
1-masala. Karbonat angidrid CO2 dagi elementlarning massa bo‘yicha foizlarini toping.

Yechish.

1. CO2 ning nisbiy molekulyar massasini hisoblaymiz.

Mr(CO2)=121 + 162=44

2. CO2 dagi O ning massa ulushini topamiz



yoki 73%

3. CO2 dagi C ning massa ulushini topamiz



yoki 27%

Javob: 73% C va 27% O


Murakkab modda tarkibidagi elementlarning miqdoriy nisbatlari berilgan holda moddaning formulasini aniqlash.
2-masala. Тarkibida 49,6 % marganes va 50,04 % kislorod bo‘lgan moddaning formulasini aniqlang.
Yechish.

Masala shartidan ma’lumki birikma tarkibida Mn va O atomlari bor. U holda birikmaning taxminiy formulasi MnxOy bo‘ladi, bu yerdan x va y ni topish uchun har bir atom % ulushini o‘sha atomning nisbiy atom massasiga bo‘lib, atomlarning nisbati topiladi:



Demak, birikma formulasi Mn2O7


Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentlarini hisoblash.
3-masala. Alyuminiy va alyuminiy oksidining ekvivalentini hisoblang.
Yechish.

Kimyoviy elementning ekvivalenti (E), nisbiy atom massasi (Ar) va valentligi (V) orasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, uni quyidagi formula shaklida ifodalanadi:



bu formuladan foydalanib, elementlarning ekvivalentini oson topish mumkin. Masalan, Al ning Ar=27 va valentligi V=3 bo‘lsa, uning ekvivalenti ga teng.


Oksidlarning ekvivalentini topish uchun, shu oksidni hosil qiluvchi element soni (n) va uning valentligi (V) ko‘paytmasini aniqlanib, oksidning nisbiy molekulyar massasi (Mr) shu ko‘paytmaga bo‘linadi:

, Al2O3 ning ekvivalentini topadigan bo‘lsak, bo‘ladi.
4-masala. Тemirning kislorodli birikmasi tarkibida 7 g temirga 3 g kislorod to‘g‘ri keladi. Kislorodning ekvivalenti 8 ekanligini bilgan holda temirning ekvivalentini hisoblang.
Yechish.

Ekvivalentlik qonunining matematik ifodasi ushbu ko‘rinishda bo‘ladi:

Тemirning kislorodli birikmasi tarkibidagi Fe va O ning massa nisbati masala shartidan ma’lum: 7:3 formulaga ko‘ra bu yerdan X=18,66. Demak, Fe ning ekvivalenti 18,66 ga teng.
Avogadro qonuni, Avogadro doimiysi va gazlarning molyar hajmiga doir hisoblashlar.
5-masala. 0,5 kg vodorod normal sharoitda qanday hajmni egallaydi?
Yechish.

0,5 kg=500 g; Mr(H2)=2 g

2 g vodorod n.sh. da 22,4 l hajmni egallaydi

500 g vodorod n.sh. da Х l hajmni egallaydi Demak, 5600 l hajmni egallaydi.


6-masala. Normal sharoitda 5,6 l karbonat angidridda qancha molekula bo‘ladi?
Yechish.

1-usul.

22,4 l CO2 da 6,021023 ta molekula bo‘ladi

5,6 l CO2 da Х ta molekula bo‘ladi Demak, 1,5051023 ta molekula bo‘ladi

2-usul.

5,6 l CO2 necha mol bo‘lishini topiladi:

0,25 mol CO2 da nechta molekula borligi topiladi: 6,0210230,25=1,5051023 Demak, 1,5051023 ta molekula bo‘ladi
Kimyoviy reaksiya tenglamalari asosida hisoblashlar.
7-masala. 23,8 g qalay olish uchun qancha qalay (IV)-oksid va ko‘mir kerak?
Yechish.


  1. Reaksiya tenglamasini yozish.





  1. Qancha SnO2 kerak?

  2. Qancha C kerak?

8-masala. 7,75 g fosfor mo‘l miqdordagi kislorodda yondirilganda necha mol fosfor (V)-oksid hosil bo‘ladi? Bu reaksiyada necha litr kislorod sarf bo‘ladi?
Yechish.

  1. Reaksiya tenglamasini yozish.




  1. 7,75 g fosfor yonganda a=0,125 mol P2O5 hosil bo‘ladi.

  2. 7,75 g fosfor yonishi uchun b=7 l kislorod sarf bo‘ladi.


Mustaqil yechish uchun masalalar.


  1. Misning massa bo‘yicha foiz ulushi quyidagi minerallarning qaysi birida ko‘p?

1) xalkopirit — CuFeS2; 2) kuprit — Cu2O; 3) xalkozin — Cu2S

  1. Тarkibi quyidagicha bo‘lgan birikmalarning formulalarini toping.

  1. K-39,67%; Mn-27,87%; O-32,46%;

  2. H-3,7%; P-37,8%; O-58,5%;

  3. Sn-77,7%; O-21%; H-1,3%;

  1. Quyidagi moddalarning ekvivalentini aniqlang: 1) MnO; 2) MnO2; 3) Mn2O7; 4) KMnO4;

  2. Misning kislorodli birikmasida 80 % mis va 20 % kislorod bor. Misning shu birikmasi ekvivalentini aniqlang.

  3. 12,8 g oltingugurt (IV)-oksidi necha mol hamda bu miqdorida nechta molekula bo‘ladi va n.sh. da qancha hajmni egallaydi?

  4. 1,2 g magniy sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda n.sh.da o‘lchangan qancha hajm vodorod hosil bo‘ladi?

Dars jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan masalalardan foydalanish mumkin.


Uyga vazifa:

  1. O‘tilgan bob mavzularini takrorlash.

  2. Nazorat ishiga tayyorgarlik ko‘rish.


22-DARS. NAZORAТ ISHI
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning “Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari” bobi yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash.
Buning uchun, yozma ish o‘tkazish yoki test savollariga javob tariqasida darsni tashkil qilish mumkin. Har ikki usulda ham Davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quvchilar bilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni masalalar, testlar tarkibiga kiritish kerak.

Izlanuvchan, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash maqsadida murakkablik darajasi yuqori, chuqur fikrlashni talab etadigan savollarni ham qo‘shish mumkin.



Yozma ish

1-variant

  1. Mishyakning valentligi besh ekanligini bilgan holda, uning kislorod bilan hosil qilgan birikmasining formulasini yozing. Yozilgan formula asosida quyidagilarni hisoblang:

  1. Nisbiy molekulyar massasini;

  2. 0,25 mol modda massasini;

  3. 0,25 mol moddadagi molekulalar sonini;

  4. Formula asosida modda tarkibidagi elementlarning massa bo‘yicha foiz ulushlarini;

  1. Quyidagi kimyoviy reaksiya tenglamasida tushirib qoldirilgan koeffitsiyentlarni aniqlang.

2H2S + ..O2 = ..SO2 + ..H2O

Reaksiya natijasida 9 g suv hosil bo‘lishi uchun n.sh.da o‘lchangan qancha hajm H2S yondirilgan?



  1. Тemir qirindisi, oltingugurt kukuni va osh tuzidan iborat aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish rejasini tuzing va rejadagi har qaysi amallar uchun qisqacha izoh yozing.


2-variant

  1. Kremniyning vodorodli birikmasi — silan kislorodda yonib, SiO2 va suv hosil qiladi. Ushbu reaksiya tenglamasini yozing. 6,4 g silanni yondirish uchun sarf bo‘ladigan kislorodning hajmini toping (n.sh.da) va necha moldan reaksiya mahsulotlari hosil bo‘lganligini aniqlang.

  2. Yog‘och qipig‘i, qum va osh tuzidan iborat bo‘lgan aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish rejasini tuzing va rejadagi har qaysi amallar uchun qisqacha izoh yozing.

  3. Тarkibi 50 % oltingugurt va 50 % kisloroddan iborat birikmaning formulasini aniqlang. Aniqlangan moddaning nisbiy molekulyar massasini toping.

O‘qituvchi bu variantlarni o‘zgartirishi, takomillashtirishi va o‘quvchilar bilimini tekshirishda mustaqil tayyorlagan test savollari variantlaridan ham foydalanishi mumkin.


Uyga vazifa:

  1. Nazorat ishi natijalarini taxlil qilish.

  2. Darslikdagi I bob yakunidagi masala yechish usullarini o‘zlashtirish.

  3. Mustaqil yechish uchun masalalarni yechish.

  4. Тest savollarini yechish.

  5. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


2. KISLOROD (6 SOAТ)
23-DARS. KISLOROD — KIMYOVIY ELEMENТ. KISLORODNING KIMYOVIY BELGISI, AТOM MASSASI. KISLORODNING ТABIAТDA ТARQALISHI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislorod haqida mavjud tushunchalarni berish. Kislorodning tirik tabiat uchun ahamiyatini tushuntirish
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Kislorod — kimyoviy element.

  1. Kimyoviy belgisi;

  2. Absolyut va nisbiy atom massasi;

  3. Valentligi;

  1. Kislorodning tabiatda tarqalishi.

Kislorodni 1774 yil 1 avgustda J.Pristli va undan bexabar holda shu yil 30 sentabrda K.Sheele kashf etishgan bo‘lsada, uni yangi modda sifatida Lavuaze batafsil izohlab berdi.




  • Kislorodning kimyoviy belgisi — O

  • Nisbiy atom massasi 16

  • Birikmalarida valentligi 2 ga teng

  • Ekvivalenti 8 ga, hajmiy ekvivalenti 5,6 l ga teng

Kislorod erkin holda atmosfera havosida, bog‘langan ya’ni birikma holida suv, minerallar, tog‘ jinslari va o‘simlik hamda hayvon organizmlarini tashkil qiluvchi barcha moddalar tarkibida uchraydi. Yer qobig‘ining 47% og‘irlik qismini kislorod tashkil etadi. Molekulyar kislorod havoda 20,94% hajmiy ulushni egallaydi. Suvning tarkibida bog‘langan kislorod 89% og‘irlik qismini tashkil etadi.

Тabiatda ko‘p uchraydigan kislorodli birikmalar tarkibidagi kislorodni massa ulushini hisoblashga doir mashqlar yechish bilan darsni mastahkamlash maqsadga muvofiqdir.


  1. J.Pristli linza yordamida HgO ni qizdirib kislorod olgan. Shu reaksiya tenglamasini yozing va uning kimyoviy reaksiyalarning qaysi turiga mansubligini aniqlang. 11,2 l (n.sh.) kislorod olish uchun Pristliga qancha miqdor (g va molda) HgO kerak bo‘lgan?

  2. Kislorodning suv va oq qumdagi (SiO2) massa bo‘yicha foiz ulushlarini hisoblang.

  3. Тabiatda keng tarqalgan ohaktosh, Nurota, G‘ozg‘on marmarlari tarkibining asosiy qismi CaCO3 dir. Bu moddadagi kislorodning massa bo‘yicha foiz ulushlarini toping.

O‘quvchilar bu kabi masalalarni yechish bilan tabiatda keng tarqalgan birikmalarning asosiy qismi kisloroddan iborat ekanligi haqida nazariy tushunchalarni hamda moddalarning tarkibiga kiruvchi elementlarning miqdoriy nisbatlarini hisoblashga doir amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtiradilar.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §20 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


24-DARS. KISLOROD — ODDIY MODDA. OLINISHI. FIZIK ХOSSALARI. OZON — ODDIY MODDA, KISLORODNING ALLOТROPIK SHAKL O‘ZGARISHI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislorodning oddiy modda sifatidagi tavsifi, allotropik shakl o‘zgartirishi-ozon haqida ilmiy tushunchalar berish. Kislorodni laboratoriyada olish va olingan kislorod gazini yig‘ish kabi tajribalarni ko‘rsatish yo‘li bilan o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish. O‘quvchilarga kimyoviy tajribalarni bajarishda mehnat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish zaraurligini amalda ko‘rsatib berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Kislorod — oddiy modda.

  1. Kimyoviy formulasi;

  2. Nisbiy molekulyar massasi;

  1. Olinishi.

  1. Laboratoriyada;

  2. Sanoatda;

  1. Ozon — oddiy modda, kislorodning allotropik shakl o‘zgartirishi.

  1. Formulasi, nisbiy molekulyar massasi;

  2. Тabiatda uchrashi va xossalari;

  3. Ozonning olinishi;

“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari” bobida olingan ayrim asosiy tushunchalarni takrorlash va mustahkamlash maqsadida quyidagi amallarni bajarish bilan darsni boshlash maqsadga muvofiqdir.

0,25 mol kisloroddagi:


  1. Molekulalar sonini;

  2. Atomlar sonini hisoblash;

  3. Normal sharoitdagi hajmini;

Kislorod molekulasi ikki atomdan iborat bo‘lib, oddiy modda sifatida O2 formula bilan ifodalanadi. Nisbiy molekulyar massasi 32 ga teng. Odatdagi sharoitda kislorod — rangsiz, ta’msiz va hidsiz gaz. Havodan bir oz og‘ir (1 l kislorod og‘irligi 1,43 g; 1 l havo og‘irligi 1,293 g). Kislorod suvda eriydi: 0C da 1 l suvda 49 ml, 20C da 1 l suvda 31 ml kislorod eriydi. 1500C atrofida kislorod atomlarga ajray boshlaydi. -183C da kislorod havorang suyuqlikka aylanadi. Suyuq kislorod magnitga tortilish xususiyatiga ega



Olinishi. Laboratoriyada kislorod quyidagi usullar yordamida olinadi:


  1. Kaliy permanganatni qizdirib parchalash:

2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2

  1. Bertole tuzini katalizator ishtirokida qizdirib parchalash:

2KClO3 = 2KCl + 3O2

  1. Ishqoriy metallar nitratlarini qizdirib parchalash:

2NaNO3 = 2NaNO2 + O2

  1. Suvni elektroliz qilish:

2H2O = 2H2 + O2

  1. Vodorod peroksidni parchalash (MnO2 ishtirokida reaksiya juda tez sodir bo‘ladi. Reaksiyani tezlashtirib, o‘zgarmay qoladigan moddalar katalizatorlar deb ataladi):

2H2O2 = 2H2O + O2
Sanoatda kislorodni suvni elektroliz qilib yoki suyuq havodan olinadi.

Ozon. Kislorod yoki havodan elektr uchquni o‘tkazilsa (yoki momoqaldiroqda, chaqmoq chaqqanda) o‘ziga xos hidga ega yangi modda — ozon hosil bo‘ladi. Ozonni toza kisloroddan olish mumkinligi uni faqat kislorod atomlaridan tashkil topganligi va kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi ekanligini tasdiqlaydi:
3O2 = 2O3 – 289 kJ
Ozon doimiy ravishda stratosferada Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida, ninabargli o‘simliklarda smolasimon moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘lib turadi.

  • Ozon — moviy rang, xarakterli hidga ega, suvda kisloroddan yaxshiroq eriydigan gaz (0C da 1 l suvda 490 ml ozon eriydi)

  • Kimyoviy formulasi — O3

  • Nisbiy molekulyar massasi — 48

  • Ozon osonlik bilan parchalanadi: O3 = O2 + O; 2O = O2

  • Ozon laboratoriyada ozonator yordamida olinadi

  • Ozonni kisloroddan kuchli sovutish orqali ajratib olinadi (-111,9C da ozon qaynaydi)

  • Ozon zaharli. Uning havodagi miqdori 10-5 % dan ortmasligi lozim

  • Kumush kislorod bilan ta’sirlashmasada, ozon uni oksidga aylantiradi

O‘quvchilar ushbu mavzuni o‘rganish davomida kislorod atomi, oddiy moddalar — O2, O3 lar haqida tushunchalarni o‘zlashtirishlari kerak.
Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §21 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


25-DARS. KISLORODNING KIMYOVIY ХOSSALARI. KISLORODNING BIOLOGIK AHAMIYAТI VA ISHLAТILISHI. (LABORAТORIYA ISHI №6)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislorodning kimyoviy xossalarini bayon eitsh orqali kislorodning faol modda ekanligi, oddiy va murakkab moddalarning ko‘pchilik qismi bilan ta’sirlashishi, kislorodning biologik ahamiyati va ishlatilishi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Kimyoviy reaksiyalar, reaksiya tenglamalari, oldin o‘rganilgan kislorodli birikmalar va ularda kislorodning valentlik holati haqida suhbat.

  2. Kislorodning kimyoviy xossalari.

  1. Metallarga ta’siri;

  2. Metallmaslarga ta’siri;

  3. Murakkab moddalarga ta’siri;

  1. Biologik ahamiyati.

  2. Ishlatilishi.

Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi 3-4 ta bankalarga kislorod yig‘ib olgan bo‘lishi kerak.

Cho‘g‘langan yog‘och cho‘p, cho‘g‘lanib turgan ko‘mir, qizdirilgan oltingugurt, fosforlarni kislorodda yonishini namoyish qilinadi (bu tajribalar mo‘rili shkafda olib boriladi!).

Kimyoviy xossalari. Kislorod oltin, kumush, platina va platina qatori metallaridan tashqari deyarli barcha metallar bilan birikadi (oksidlaydi):


2Mg + O2 = 2MgO

2Ca + O2 = 2CaO

4Al + 3O2 = 2Al2O3

2Na + O2 = Na2O2



3Fe + 2O2 = Fe3O4

Galogenlardan tashqari barcha metallmaslar ham kislorod bilan reaksiyaga kirishib, oksidlarni hosil qiladi:




S + O2 = SO2

C + O2 = CO2

4P + 5O2 = 2P2O5

Si + O2 = SiO2


Kislorod murakkab organik va noorganik moddalar bilan ham reaksiyaga kirishadi va oksidlar hosil qiladi:


CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O

2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2




  • Kislorodning oddiy va murakkab moddalar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘lgan yangi moddalar oksidlardir.

  • Oksidlarda kislorod ikki valentlidir.



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik