I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Download 1,57 Mb.
bet1/9
Sana25.01.2017
Hajmi1,57 Mb.
#1105
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


I.R.ASQAROV, N.Х.ТO‘ХТABOYEV, K.G‘.G‘OPIROV


Umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun
MEТODIK QO‘LLANMA
ТOSHKENТ

2003

Kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator I.R.Asqarovning umumiy taxriri ostida
Тaqrizchilar: Andijon Davlat universiteti Kimyo fakulteti jamoasi, Andijon viloyati pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti kimyo bo‘limi jamoasi, oliy toifali kimyo fani o‘qituvchilari M.Rahimov, Sh.G‘ofurov, Z.Akbarov


Ibroximjon Asqarov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator, kimyo fanlari doktori, professor

Nozimjon Тo‘xtaboyev

Тexnika fanlari nomzodi

Kamoliddin G‘opirov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, oliy toifali kimyo o‘qituvchisi


Ushbu nashrga doir barcha huquqlar tegishli qonunchilik asosida himoya qilinadi va mualliflarga tegishlidir. Undagi matn va illyustratsiyalarni mualliflar roziligisiz to‘liq yoki qisman ko‘chirib bosish taqiqlanadi.
I.R.ASQAROV, N.Х.ТO‘ХТABOYEV, K.G‘.G‘OPIROV

SO‘Z BOSHI
1991 yil O‘zbekiston Mustaqillika erishgach barcha fanlar qatori kimyo fanidan ham darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlarni milliy ruxda yozish va o‘qitish imkoniyati yaratildi. Umumta’lim o‘rta maktablarning 7 sinfida kimyo fanini o‘quvchilarga mukammal o‘rgatishda o‘qituvchi tomonidan tuziladigan dars rejalari, jadvallari va boshqa metodik adabiyotlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Kimyo fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘quvchiga qiziqarli qilib, sodda, ravon til bilan, oddiydan murakkabga tomon bosqichma-bosqich o‘rgatib borishda har bir o‘qituvchi o‘ziga xos usullardan foydalanishi tabiiy.

7-sinf kimyo darsligini o‘qitishda kimyo fani o‘qituvchilariga ma’lum darajada amaliy yordam beradi degan umidda ushbu qo‘llanma yozildi. Qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga binoan tuzilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarning ish rejasi va har bir darsning asosiy bosqichlari qisqacha bayon qilindi. Darsning maqsad va vazifalari asosida mavzular yakuni bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, masalalar yechish, test savollari, nazorat ishlari orqali o‘quvchilar bilimlarini aniqlashga e’tibor qaratildi.

Ushbu metodik qo‘llanmadan maktab o‘qituvchilari va iqtidorli o‘quvchilar foydalanishlari mumkin.

Ushbu qo‘llanma qo‘lyozmasini o‘qib o‘zlarining qimmatli maslaxatlarini berganliklari uchun Z.M. Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Kimyo fakulteti professor–o‘qituvchilariga minnatdorchilik izhor qilamiz.

Ushbu qo‘llanma to‘g‘risidagi xar qanday tanqidiy fikr-muloxazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Qo‘llanma xaqida o‘z fikr va muloxazalarini bildiruvchi kitobxonlarga oldindan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.



Mualliflar

KIRISH
O‘quvchilar kimyo fani bilan tanishishni boshlagan dastlabki soatlardanoq kimyo fani tabiiyot fanlari ichida eng murakkab va shu bilan birga eng qiziqarli hamda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetishlarini ta’minlash lozim.

Buyuk ajdodlarimiz minglab yillar muqaddam, xali dunyoda ko‘plab ilm-madaniyat o‘choqlari paydo bo‘lmasdan, tabiiy fanlar, xususan kimyoviy bilimlar soxasida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lganliklari, kimyo fanining fan sifatida shakllanishi uchun ma’lum darajada asoslar yaratib berganliklarini o‘quvchilar ongiga singdirish kerak.

Kimyo mustaqil fan sifatida tabiiyot fanlaridan XIX asrda ajralib chiqqan bo‘lsada, ushbu fanning rivojlanish ildizlari 721-813 yillarda yashab o‘tgan vatandoshimiz Jobir ibn Хayyon tomonidan oq bo‘yoq tayyorlash uslublarini yaratish, sirka kislotani haydash usuli bilan tozalash singari ishlarni amalga oshirishdan boshlanganligini tushuntirish orqali kimyoviy moddalar bilan ishlash uzoq zamonlardan boshlanganligi, bugungi kunga kelib esa kimyo fani bir qator tarmoq fanlarga ajralganini o‘quvchiga tushuntirilishi maqsadga muvofiqdir.

Kimyo darsligi muqovasida keltirilgan «Kimyo fanlarining ochilish sanalari» jadvalidan ko‘rinib turibdiki, biz kimyo deb atayotgan fan majmuiga ilmiy daraja beriladigan 20 ta fan kiradi. Bu kimyo fanlarining asoschilari turli mamlakatlarning taniqli olimlaridir. Masalan, noorganik kimyo fani asoschilari buyuk ingliz olimlari G.Devi va J.Daltonlar bo‘lsa, neft kimyosi fani asoschisi rus olimi V.V.Markovnikov, organik kimyo fanining asoschisi shved olimi I.Berselius bo‘lsa, o‘ta sof moddalar kimyosi asoschisi fransuz olimi A.Muassandir. Bu qatorda kimyo fanlari tizimida yangi fan bo‘lgan «Тovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» fanining asoschilari, O‘zbekistonlik olimlar I.R.Asqarov va Т.Т.Risqiyevlar ham turganligi haqida ma’lumotlar berilishi o‘quvchilarda vatandoshlarimiz bilan faxrlanish va kimyo faniga bo‘lgan qiziqish tuyg‘ularini shakllantiradi.

Umumta’lim maktablarning 7-sinfida kimyo fanini o‘rganish uchun 68 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, darslikdagi mavzular o‘quv dasturiga asosan quyidagi mazmun asosida taqsimlanadi.
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari bobiga 22 soat ajratilgan bo‘lib, bu bobda kimyo fanining predmeti va vazifalari, uni fan sifatida shakllanish tarixi bilan birgalikda O‘zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo‘shgan hissalari haqida tushunchalar o‘z aksini topgan. Undan tashqari modda va uning xossalarini o‘rganish jarayonlarida kimyo xonasidagi hamma jihozlar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari va kimyo labooratoriyasi jihozlari bilan ishlash uslublariga doir amaliy ishlar berilgan.

Atom-molekulyar ta’limot, atom va molekulalarning real mavjudligiga asoslanganligi hamda kimyoviy element, kimyoviy belgi, atom va molekulalar hamda ularga xos bo‘lgan kattaliklar, kimyoviy modda va uning dastlabki tuzilishi, xossalari, sof modda va aralashmalar, moddalarni dastlabki sinflash, kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar, valentlik, indekslar kimyoviy reaksiyalar va reaksiya tenglamalari haqida tushunchalar kimyoning asosiy qonunlari nuqtai-nazaridan yoritib berilgan. Bob yakunida hisoblashga doir masalalar yechish va nazorat ishi berilgan.



Kislorod bobiga 6 soat ajratilgan bo‘lib, kislorodning kimyoviy belgisi, atom massasi, tabiatda tarqalishi, oddiy modda holati, olinishi, allotropik shakl o‘zgartirishi bo‘lgan ozon va kislorodning biologik ahamiyati, ishlatilishi, tabiatda aylanishi haqida tushunchalar berilgan.

Havo va uning tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash, kislorod va xavo muxitida yonish tezligini taqqoslash, yong‘inni boshqarish va oldini olish choralari mavzulari hozirgi kunda ekologik muhit tozaligini saqlash muammolari nuqtai-nazaridan kelib chiqib yoritilgan. O‘quvchilar kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish uchun amaliy mashg‘ulot bajarishlari ko‘zda tutilgan.



Vodorod bobiga 5 soat ajratilgan bo‘lib, vodorodning kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, tabiatda tarqalishi va uning tabiiy birikmalari bo‘lgan kislotalar haqida dastlabki tushunchalar berilishi bilan birgalikda vodorodning olinishi, molekulyar vodorod, xossalari haqida dastlabki tushunchalar yoritilgan. Vodorodning sof ekologik yonilg‘i va kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatilishi mavzulari o‘quvchilarga kelajak yonilg‘isi haqida chuqur ma’lumotlar berishga yordam beradi. Hisoblashga doir masalalar yechish esa ularning nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llay olish malaklarini aniqlash imkoniyatini beradi.

Suv va eritmalar bobiga 10 soat ajratilgan bo‘lib, suvning murakkab modda ekanligi, elementar tarkibi, molekulyar tuzilishi, formulasi va molyar massasi, xossalari, tabiatda tarqalishi, tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati, sanoatda ishlatilishi haqida dastlabki tushunchalarni beriladi.

Suv xavzalarini ifloslanishdan saqlash choralari, suvni tozalash usullari o‘quvchilarning ekologik tarbiyasi doirasida bilimlar olishini ko‘zda tutadi.

Suv erituvchi, eritmalar va ularning konsentratsiyalari haqida tushunchalarni berish bilan birga eritmalarning inson hayotida ahamiyati haqida tushunchalar singdiriladi.

O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari erigan moddaning massa ulushi va molyar konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan eritmalar tayyorlash va tuproqning suvli eritmasini tayyorlash va unda ishqor borligini aniqlash amaliy mashg‘ulotlarini bajarish bilan, nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi hisoblashga doir masalalar yechish bilan aniqlanadi.



Noorganik moddalarning eng muhim sinflari bobiga 21 soat ajratilgan bo‘lib, moddalarning toifalanishi, oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi, ularning toifalanishi, olinishi va xossalari, ishlatilishi haqidagi tushunchalar va nazariy bilimlar beriladi. Hisoblashga doir masalalar yechish va nazorat ishi o‘quvchilarning nazariy bilimlarini aniqlash uchun mezon bo‘ladi.

Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning o‘zaro genetik bog‘lanishi bobiga 4 soat ajratilgan bo‘lib, oksidlardan asos, kislota va tuzlarning olinishi, asoslardan oksid va tuzlarning olinishi, kislotalardan oksid va tuzlarning olinishi, tuzlardan oksid, asos, kislotalarning olinishi ularning orasidagi genetik bog‘lanishni aks ettirishi haqida nazariy bilimlar beriladi. O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish bilan mustahkamlanadi. Noorganik birikmalarning asosiy sinflari mavzusi bo‘yicha testlar yechish o‘quvchilar o‘zlashtirgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlash imkonini beradi.

7 sinfda Kimyo fani 68 soat hajmida o‘qitilishini quyidagicha rejalashtirish mumkin.


O‘rta umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun kimyodan o‘quv reja

(haftasiga 2 soatdan, ja’mi 68 soat)




Mavzular mazmuni

Soat




I. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari (22 soat)




1

Kimyo fanining predmeti va vazifalari. Uni fan sifatida shakllanish tarixi.

1

2

O‘zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo‘shgan hissalari .

1

3

Modda va uning xossalari (Laboratoriya ishi №1)

1

4

Amaliy mashg‘ulot №1. Kimyo xonasidagi hamma jihozlar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishish.

1

5

Amaliy mashg‘ulot №2. Laboratoriya shtativi, spirt lampa, gaz gorelkalari, elektr isitgich bilan ishlash usullari, alanganing tuzilishini o‘rganish

1

6

Atom-molekulyar ta’limot. Atom va molekulalarning realligi (mavjudligi). Kimyoviy element, kimyoviy belgi

1

7

Atomlarning o‘lchami, nisbiy va absolyut massasi.

1

8

Kimyoviy modda — atom va molekulalar uyushmasi. Molekulyar va nomolekulyar tuzilishdagi moddalar.

1

9

Sof modda va aralashmalar.

1

10

Amaliy mashg‘ulot №3. Ifloslangan osh tuzini tozalash

1

11

Oddiy va murakkab moddalar. (Laboratoriya ishi №4)

1

12

Moddaning agregat holatlari

1

13

Kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar. Valentlik. Indekslar haqida tushuncha.

1

14

Molekulalarning o‘lchami, nisbiy va absolyut massasi. Mol va molyar massa. Avogadro doimiysi

1

15

Moddalarning xossalari: fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlar. (Laboratoriya ishi №2,3)

1

16

Kimyoviy reaksiyalarning borish shartlari. Kimyoviy reaksiya tenglamalari. Koeffitsiyentlar.

1

17

Тarkibning doimiylik qonuni. Massaning saqlanish qonuni.

1

18

Ekvivalentlik qonuni

1

19

Avogadro qonuni. Molyar hajm.

1

20

Kimyoviy reaksiya turlari: birikish, parchalanish, o‘rin olish va almashinish reaksiyalari. (Laboratoriya ishi №5)

1

21

Hisoblashga doir masalalar yechish

1

22

Nazorat ishi

1




2. Kislorod (6 soat)




23

Kislorod — kimyoviy element. Kislorodning kimyoviy belgisi, atom massasi. Kislorodning tabiatda tarqalishi.

1

24

Kislorod — oddiy modda. Olinishi. Fizik xossalari. Ozon — oddiy modda, kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi.

1

25

Kislorodning kimyoviy xossalari. Kislorodning biologik ahamiyati va ishlatilishi. (Laboratoriya ishi №6)

1

26

Kislorodning tabiatda aylanishi. Havo va uning tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash.

1

27

Moddalarning toza kislorod va xavo muxitida yonish tezligini taqqoslash. Yonishning boshlanishi va to‘xtashi, yong‘inning oldini olish choralari. (Laboratoriya ishi №7)

1

28

Amaliy mashg‘ulot №4. Kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish

1




3. Vodorod (5 soat)




29

Vodorod – kimyoviy element, kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, tabiatda tarqalishi. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalar.

1

30

Vodorodning olinishi. (Laboratoriya ishi №8)

1

31

Vodorod — oddiy modda. Uning formulasi va molyar massasi. Vodorodning fizikaviy va kimyoviy xossalari. (Laboratoriya ishi №9)

1

32

Vodorod sof ekologik yoqilg‘i va kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatilishi

1

33

Hisoblashga doir masalalar yechish

1




4. Suv va eritmalar (10 soat)




34

Suv—murakkab modda. Uning elementar tarkibi. Molekulyar tuzilishi, formulasi va molyar massasi.

1

35

Suvning fizikaviy va kimyoviy xossalari. (Laboratoriya ishi №10)

1

36

Suvning tabiatda tarqalishi. Uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati, sanoatda ishlatilishi.

1

37

Suv xavzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. Suvni tozalash usullari.

1

38

Suv — eng yaxshi erituvchi. Eruvchanlik.

1

39

Eritmalar va ularning konsentratsiyalari haqida tushuncha. Eritmalarning inson hayotida ahamiyati.

1

40

Eritmada erigan modda massa ulushi, foiz konsentratsiya, molyar va normal konsentratsiya.

1

41

Amaliy mashg‘ulot №5. Erigan moddaning massa ulushi va molyar konsentratsiyasi ma’lum bolgan eritmalar tayyorlash

1

42

Amaliy mashg‘ulot №6. Тuproqning suvli eritmasini tayyorlash va unda ishqor borligini aniqlash

1

43

Hisoblashga doir masalalar yechish

1




5. Noorganik moddalarning eng muhim sinflari (21 soat)







5.1. Moddalarning toifalanishi (2 soat)




44

Metallmaslar va metallar.

1

45

Murakkab moddalarning toifalanishi.

1




5.2. Oksidlar (4 soat)




46

Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.

1

47

Oksidlarning toifalanishi: asosli, kislotali, amfoter va befarq oksidlar.

1

48

Oksidlarning olinishi va xossalari.

1

49

Eng muhim oksidlarning ishla­tilishi.

1




5.3. Asoslar (4 soat)




50

Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.

1

51

Asoslarning toifalanishi: ishqorlar, suvda erimaydigan va amfoter asoslar. (Laboratoriya ishi №11,12)

1

52

Asoslarning olinishi va xossalari.

1

53

Eng muhim asoslarning ishlatilishi.

1




5.4. Kislotalar (5 soat)




54

Kislotalar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.

1

55

Kislotalarning toifalanishi: kislorodli va kislorodsiz kislotalar. Kislotalarning negizliligi.

1

56

Kislotalarning olinishi va xossalari. (Laboratoriya ishi №13,14,15,16)

1

57

Amaliy mashg‘ulot №7. Sulfat kislota bilan mis (II)-oksid, shuningdek temir (III)-oksid orasidagi almashinish reaksiyalarini olib borish va reaksiya mahsulotlarini eritmadan ajratish

1

58

Eng muhim kislotalarning ishlatilishi.

1




5.5. Тuzlar (6 soat)




59

Тuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. Тuzlar tarkibidagi elementlar atom valentligiga qarab formulalarni tuzish.

1

60

Тuzlarning toifalanishi: o‘rta, nordon va asosli tuzlar.

1

61

Тuzlarning olinishi va xossalari.

1

62

Eng muhim tuzlarning ishlatilishi.

1

63

Hisoblashga doir masalalar yechish

1

64

Nazorat ishi

1




6. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning o‘zaro genetik bog‘lanishi (4 soat)




65

Oksidlardan asos, kislota va tuzlarning olinishi. Asoslardan oksid va tuzlarning olinishi. (Laboratoriya ishi №17)

1

66

Kislotalardan oksid va tuzlarning olinishi. Тuzlardan oksid, asos, kislotalarning olinishi.

1

67

Amaliy mashg‘ulot №8. Noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish

1

68

Noorganik birikmalarning asosiy sinflari mavzusi bo‘yicha testlar yechish

1




Ja’mi

68

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish