I-qism 1-Ma’ruza. Mavzu



Download 27,73 Kb.
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi27,73 Kb.
#90723
  1   2   3
Bog'liq
1 mavzu “Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot” faninihg mazmuni, maqsadi 8fb16cc40bfffabdf698fe7b36f11061


I-QISM

1-Ma’ruza.
MAVZU:MIKROIQTISODIYOT FANINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI.
Reja:
1.1. Mikroiqtisodiyotni qо‘llash va uning chegaralari.

1.2. Kursning mazmuni, predmeti va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

1.3. Fanning axborot manbalari va о‘rganish uslublari.
Tayanch sо‘z va iboralar: ekonomiks, mikroiqtisodiyot, resurslar, imkoniyatlar, induksiya, deduksiya, dialektika, tahlil, sintez, iqtisodiy matematik uslublar.
1.1. Mikroiqtisodiyotni qо‘llash va uning chegaralari.
Iqtisodiyot - murakkab, kо‘p darajali tizim bо‘lib hisoblanadi. О‘z-о‘zidan ravshanki, uning barcha darajalari о‘zaro bog‘langandir. Shunday bо‘lsa-da, alohida firma, tarmoq yoki oilaviy xо‘jaliklarning faoliyat prinsiplari iqtisodiyotning yaxlit tizim sifatidagi rivojlanish qonunlaridan farq qilmaydi deb aytish mumkin emas. Shuning uchun nazariy iqtisodiyot makrodarajada va mikrodarajada cheksiz ehtiyojlarni qondirish maqsadida chegaralangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini о‘rganadi.

Har qanday jamiyatdagi kishilarning asosiy maqsadi о‘zining turmush sharoitini yaxshilash, erkin va baxtli hayot kechirishidan iborat. Ana shu buyuk maqsadni bajarish yо‘lida kishilar har doim tabiat va jamiyat bilan kurashib kelgan. Lekin ularning bu harakati doimo cheklangan doirada amal qilgan, chunki insoniyatning о‘zi cheklangan imkoniyatlar dunyosida yashab kelmoqda. Uning jismoniy va maonaviy qobiliyati, uning u yoki bu vazifalarni bajarishga ajratilgan. Vaqti, maqsadini amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan vositalari cheklangandir. Albatta, insoniyat taraqqiyoti bilan mavjud imkoniyatlar mislsiz darajada kengaydi. Bundan yuz yillar oldin kishilar uchun afsona hisoblangan orzular endilikda real haqiqatga aylandi va bundan keyin ham cheklangan imkonitlar doirasi kengayib borishi muqarrar, lekin shunday bо‘lsa ham, hozirda va kelgusida, kishilarning baxtli turmush darajasini belgilovchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan resurslarni cheklangandagi asosiy muammo bо‘lib qolaveradi. Chunki resurslar cheklangan bо‘lmaganda edi, ular turli xildagi mahsulotlarni bajarish uchun maqsadga muvofiq tarzda taqsimlashga, tejashga, ulardan unumli foydalanishga zaruriyat bо‘lmas edi.

Mavjud resurslarning cheklanganligi ulardan foydalanishdagi raqobatga sabab bо‘ladi. Bu raqobat odamlar о‘rtasidagi raqobat bо‘lmasdan, balki bu resurslardan foydalanish yо‘nalishlari о‘rtasidagi raqobat bо‘lib hisoblanadi. Chunki ayni bir xil resurslardan turli yо‘nalishlarda, turli maqsadlarda foydalaniladi.

Jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy vazifasi cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlaydigan yо‘nalishlarni tanlash va maksimum natijalarga erishishdan iborat. Odatda kishilar о‘z manfaati yо‘lida, korxonalar - foyda miqdorini kо‘paytirish yо‘lida harakat qiladi, davlat bо‘lsa ana shular faoliyatini yagona maqsad yо‘lida - jamiyatning farovonligini, kishilarning turmush sharoitini yuksaltirishga qaratishi lozim.

“Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xо‘jaligining quyi bо‘limida obyektlar faoliyatiga taaluqli fan bо‘lganligi uchun u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslarda maqsadga muvofiq tarzda foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bо‘lgan moddiy neomatlarni kо‘paytirishni tashkil etishda muhim rolp о‘ynaydi.


Download 27,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish