I. kirish psixodiagnostik testlarda standartlashtirish tushunchasi



Download 136 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi136 Kb.
#15861
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FALSAFA FAKULTETI PSIXOLOGIYA YO’NALISHI

Mavzu: PSIXODIAGNOSTIK TESTLARNI STANDARTLASHTIRISH


Tekshirdi : p.f.n. Mullaboyeva N.

Tayorladi: Dolimova K.
TOSHKENT 2013

REJA:
I.KIRISH

1. Psixodiagnostik testlarda standartlashtirish tushunchasi

2. Testlarni standartlashtirish bosqichlari va me’yorlari

3. Standartlashtirishda validlik va ishonchlilik tushunchasi
II. XULOSA

III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH

Bugungi kunda jahon psixologiyasida keng tadbiq etilayotgan psixodiagnostik testlar o’ziga yarasha standartga solinib kelinmoqda. Testlar va so’rovnomalarni yaratish, ularni bir muhitdan ikkinchi muhitga moslashtirish yo yangi modifikatsiyalarni yaratish, testlar va so’rovnomalardagi ishonchlilik va validlikni belgilovchi standartlarga talab ortib bormoqda. Bugungi kunda bizning sharoyitimizda psixodiagnostik testlarni standartlashtirishga oid muammolar ko’rib chiqilmoqda. Mening maqsadim ham ana shu izlanishlarga hissa qo’shishdan iboratdir.

Standartlashtirish testlarni mahalliy muhit uchun axamiyatli ekanligini va ilmiy tadbiqiy asoslar bo’yicha xulosalarga kelinishiga zamin yaratadi. Bu mavzuni yoritib berishim test va ularning standartlari, ishonchlilik darajalari qanday ekanligi, testlarning muhit uchun va sinaluvchilardan olingan natijalar mutaxasislar uchun o’ziga yarasha bir asos bo’ladi deb o’ylayman. Yuqoridagi fikrlarimdan kelib chiqqan holda Respublikamizda o’tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar sifatini yaxshilash imkoniyatini yaratilishiga va yangi g’oyalarni tug’ilishiga, ilmiy izlanishlarni yanada kengroq bo'lishiga psixodiagnostika sohasiga yangi bilimlarni kirib kelishiga bir omil bo’lib xizmat qilishiga ishonaman.

Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganlaridek “kishilarning dunyoqarashini boshqarish emas balki biz odamlarning tafakkurini boyitish uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish tarafdorimiz1”, bu so’zlar ham mening izlanishlarimning tasdig’idir. Zero bugungi jamiyat talabi ham ana shundan iboratdir. Ilmiy izlanishlarga mamlaktimizda keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Xususan psixodiagnostika faniga ham e’tibor ortib bormoqda.


1. PSIXODIAGNOSTIK TESTLARDA STANDARTLASHTIRISH TUSHUNCHASI

Psixodiagnostika shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o’lchash va aniqlash usullarini o’rganadigan sohadir. Psixodiagnostik natijalarni o’lchash orqali psixologiyaning yo’nalishlarida ilgari surilayotgan nazariy muloxazalar to’g’riligini tekshirish mumkin bo’ladi.

Psixodiagnostikada metodlardan foydalanish qulay, to’g’ri va o’sha natijalarni aniq bilish uchun, PSIXOMETRIK (olingan natijalarni obektivligi, ishonchliligini, natijalarning aniqligini o’lchov ishlarini amalga oshiradi) omillardan foydalanamiz. Bu omillardan biri standartlashtirish hisoblanadi.

STANDARTLASTIRISH- testni unifikatsiyalash jarayonini va baholarini yagona me’yorlarga keltirishdir. Metodikani standartlashtirish tufayli turli sinovdan o’tayotganlarning olingan natijalarini solishtirishga erishiladi va test baholarini standartlashtirish ko’rsatkichlari tanlovga nisbatan aks ettirish imkoniyati paydo bo’ladi. Diagnostik metodika har qanday tadqiqotchilikdan shunisi bilan farq qiladiki, bu farq standartlashtirishdir2.

Standartlashtirish (A.Anastazi bo’yicha) bu xatti xarakat jaroyonining va testni bajarishni baholashning bir xilligidir. Shu tariqa standartlashtirish ikki o’rinda ko’rinadi. Eksperiment jarayoniga yagona talablarni ishlab chiqish sifatida va diagnostik sinovlar natijalarini baholashning mezonini aniqlash sifatida ko’riladi3. Eksperiment jarayonini standartlashtirish qo’llanmani, tekshiruv blanklarini, natijalarni qayd etish usullarini, tekshiruvni o’tkazish sharoyitlarini unifikatsiyalashni taqozo etadi.

Eksperimentni o’tkazishdagi qo’yiladigan talablar quyidagilar4:

1. Qoidalarni sinaluvchilarga bir hilda, odatda yozma yetkazish kerak;

Og’zaki ko’rsatmalar berishda ular turli guruhlarda hammaga tushunarli bir hil ohangda bir hil so’zlar bilan yetkazilishi kerak.

2. Biror bir sinovdan o’tayotgan shaxsga boshqalardan ko’ra hech qanday imtiyoz berilishi kerak emas.

3. Eksperiment jarayonlarida yana alohida kishilarga qo’shimcha tushintirishlar berish kerak emas.

4. Turli guruhlar bilan eksperimentlarni imkoniyat darajasida kunning bir paytida o’xshash o’tkazish zarur.

5. Berilgan vazifalarni yechishning vaqt chegarasi barcha sinovdan o’tayotganlar uchun bir hil bo’lishi lozim va h.k.

Psixodiagnostik testlarni standartlashtirish test baholarini chiziqli yoki nochiziqli qayta tashkil etishdan iborat. Boshlang’ich test baholarini qayta ishlab chiqish mazmunini, ularni taqsimlash xarakterini o’zgartirish va shu bilan test natijalarini tushinishni va talqin etishni yengillashtirishdan iborat. Odatda qayta tashkil etishning uch asosiy turi qo’llaniladi:

1. Normal ko’rinishga keltirish.

2. Standart shaklga keltirish.

3. Kvantill standartlashtirish.

Psixodiagnostik testlarni standartlashtirish normallik aksiomasi deb nomlanadigan ko’rinishga asoslanadi. Ya’ni barcha psixik xarakteristikalar populyatsiyada GAUSS ning “normal qonuni” bo’yicha degan mulohazaga tayanadi. Test natijalarini normal taqsimlash haqidagi mulohazalar biroz ideal hisoblanadi. Amaliyotda ko’plab testlar beradigan natijalar taqsimoti normaldan farq qiladi. Shuning uchun ko’p hollarda malumotlarni normal ko’rinishga keltirishning usullarini topishning qo’shimcha vazifasi yuzaga keladi. Bu keltirishning usullarini izlab topishing eng avvalida gistogrammalar qurish va taqsimlash poligonini yaratish katta yordam berishi mumkin. Ular normallikdan chap yoki o’ng tomonga assimetiryani, og’ishni oson aniqlash imkonini beradi.

Psixologik tadqiqotlarda logarifmik tasdiqlashdan ko’p foydalaniladiki ularning xususiyati poligonning qattiy chap tarmog’i va o’ng ( yani chastota test baholarning o’sishi bilan keskin tushub ketadi ) hisoblanadi. Boshlang’ich test ma’lumotlarni logarifimlashda egri taqsimlashning chap tarmog’i cho’ziladi, xamda taqsimlash biroz normal ko’rinish kasb etadi. O’ng tomonli assimetiryali taqsimlashni normallshtirish uchun ma’lumotlarni tirigonametrik va darajaviy qayta tashkil etishdan foydalinadi. Shu tariqa normal taqsimlash qonuniga bo’ysunmaydigan test baholarini qayta tuzish imkoni tug’uladi.


Test natijalarini standart natijaga keltirish

Normal taqsimlash musbat va manfiy yo’nalishda cheksizlik tomon yo’nalishlarda cheksizlik tomon cho’zilgan simmetirik qo’ng’iroq sifat egrilik ko’rinishga ega. Normal taqsimlash ikki o’lchamda: General-bosh o’rtacha (T) va standart og’ish (S) ko’rsatkichlarga bog’liq holda belgilanadi. Egri taqsimlashning koordinatalari sistemasidagi holati (o’rni) T ko’rsatkich tomonidan uning cho’zilganlik darajasi esa S-kattalik bilan belgilanadi. Boshlang’ich test baholarining kamchiliklaridan biri bu turli testlardan olingan natijalarni solishtirish imkoni yo’qligi hisoblanadi. Ma’lumki turli testlar turli o’rtacha “m” va “s” standart o’gishga ega shuning uchun ularning natijalari farqli hisoblanadi. Natijalarni solishtirib bo’ladigan farqni yo’qotish uchun barcha baholar uchun bir masshtabni kiritib normallashtirish lozim. Bu maqsadda maksimum taqsimlash egriligi koordinata o’qi bilan bir hil joylashadi. Bu operatsiya tasodifiy kattalikni markazlashtirish deyiladi hamda boshlang’ich test baholaridan uning o’rtacha ko’rsatkichini ayirish orqali (“x”-“X”) bajariladi. Shu tarzida normallashgan test natijalari shunday ko’rinishga ega bo’ladiki: bunda ? - i - sinovdan o’tayotganning ? - standart test natijasi individual natijani o’rta sinfiydan disspersiya nisbatida og’ish darajasini ko’rsatadi; x^ - i sinovdan o’tayotganning boshlang’ich test bahosi; X – o’rtacha arifmetik kattalik; O - o’rta kvadrat og’ish ( o2 – disspersiya ). Bulardan tashqari yana kvartil standartlashtirish ham bor.

Shu tariqa testlarni qo’llashga tayyorgarlikda test natijalari 3 hil turdagi qayta tashkillashtirishdan o’tadi:

---- Normal ko’rinishga keltirish;

---- Normal shaklga keltirish;

---- Kvantill guruhlarga ajratish;

Bu 3 hil turdagi qayta tashkillanishlarni mustaqil va bir biriga bog’liq bo’lmagan jarayonlar sifatida qarab bo’lmaydi, balki test natijalarini tushinish va talqin qilish qulay bo’ladigan ko’rinishga keltirish tomon ketma ket qadamlar sifatida qarash kerak.
2. STANDARTLASHTIRISH BOSQICHLARI VA MEYORLARI

Standartlashtirish bosqichlari quyidagilardan iborat.

1- bosqich:

Test o’tkazishning bir hildagi jarayonini yaratish. U quyidagilardan iborat. Diagnostik (xolat) momentlarini aniqlashdan, test o’tkaish sharoitlaridan (joy, yorug’lik va boshqa tashqi omillar).

- Qo’llanma (insturuktsiya) mazmuni va taqdim etish xususiyatlari (ovoz toni, pausa; nutq tezligi va h.k).

-Standart stimul materialning mavjudligi (masalan RORSHAX kartalari.)

Maskur testni ochishning vaqt chegarasi, maskur testni ochish uchun standart blankasi, holatlardagi omillarning test jarayoniga va natijalariga tasirni hisobga olish, tashxis qo’yilayotgan shaxsning xatti harakatlarini test jarayoni va natijalariga ta’sirini hisobga olish, sinovdan o’tayotganlarning testdan o’tishlaridagi tajribasini ta’sirini hisobga olishdan iborat.

2-bosqich:

Testni yechishning bir xildagi baholash mezonini yaratish, olingan natijalarning standart talqinini (interpretatsiya) va olindan standart qayta ishlab chiqish. Bu bosqichda olingan ko’rsatkich shu yoshdagilar uchun maskur testni yechish me’yorlari bilan qiyoslanadi.

3-bosqich:

Testni yechish me’yorlarini aniqlash, me’yorlar turli yoshlar, kasblar, jinslar va h.k lar uchun ishlab chiqiladi. Z-standart ko’rsatkich.

Dastlabki baholarni o’rtacha kvadratik og’ishlar yordamida markazlshtirish va me’yorga keltirish eng keng tarqalgan qayta tashkillash hisoblanadi. Me’yorga keltirish jarayoni (pratsedura) o’lchovning boshqa birliklariga o’tishdan iborat.

Me’yorga keltirish funksiyasi sifatida odatda Z-ko’rsatkich (standart ko’rsatkich) namoyon bo’ladi. U individual natijalarni standart og’ishga propartsional birlikdagi “X” og’ishni namoyon etadi. Normal qonunga mos yoki yaqinligi bo’yicha taqsimlash dastlabki ko’rsatkichlarni chiziqli va nochiziqli qayta tashkillash asosida hisoblaydigan standart ko’rsatkichlar psixodiagnostikada juda keng tarqalgan. Bunday hisobda baholarni Z- qayta tashkillash o’tkaziladi. z-standart ko’rsatkichni aniqlash uchun individual dastlabki natijani normal guruh uchun o’rtacha darajasi o’rtasidagi farq aniqlanadi keyin esa bu farqni “б” me’yoriy tanlovga bo’lishadi.

X – xomaki ball, (bajarilgan vazifalar miqdori)

Mx – butun tanlov bo’yich bajarilgan vazifalarning o’rtacha kattaligi.

б – o’rtacha kvadratik og’ish (xorij psixalogiyasida SD.)

Ikkita sinovdan o’tayotganlarni hisobni chiqaramiz faraz=qilaylik; X – individual natija, Mx = 60, б=5, Z=(X-M) /б . Bunda agar individual natija 65 bo’lsa, Z – ko’rsatkich =(65-60)/ 5 = + 1,0. Agar individual ko’rsatkich 58ga teng bo’lsa, z-ko’rsatkich =(58-60)/ 5=-0.4 Matematik olim Karl Gauss normal taqsimlashni tasvirlovchi (ko’rsatuvchi) funksiyani taklif qilgan. Normal taqsimlash tenglamasining grafigi --- simmetrik uni modal qo’ng’iroq sifat egri ( yoki taqsimlash egriligi ). O’rtacha arifmetikni Mx deb, standart o’g’ishni б ( kichik sigma ) deb ataylik5. Normal taqsimlashda barcha o’rganilayotgan

kattaliklar Mx + - 5 б oralig’ida bo’ladi. Bu esa nechta holat o’rta arifmetikdan ( va standart o’g’ishga nisbatan ) ma’lum bir uzoqlikda joylashgan bo’lishini oldindan hisobini olish imkonini beradi. Mx + - б oralig’ida 68,26 % (foiz) yotadi, qolgan 31,74 % (foiz) 15,87 bo’yicha simmetrik joylashgan.

Mx + - 2 б oralig’ida 95,44 % yotadi.

Mx + - 3 б oralig’ida 99,72 % yotadi.



PROTSENTILLAR.

PROTSENTIL -- natijasi berilgan dastlabki ko’rsatkichdan past bo’lgan standartlashtirish tanlovidagi individlarning foiz nisbati. Protsentillar shkalasini 100 va eng past natijaga mos keladigan bir rangdagi rang ( daraja ) grodattsiyalari ( chegara ) uyg’unligi sifatida qarab chiqish mumkin. 50 – protsentil ( P 50 ) natijalarni taqsimlash medianasiga mos keladi, protsentillarni oddiy foiz ( prosent ) ko’satkichlari bilan aralashtirib bo’lmaydi. Foiz individual natijalarda testning umumiy topshiriqlaridan to’g’ri ishlanganliklari nisbatini aks ettiradi. P 1 va P 100 ranglarini ( darajalarini ) tanlovada kuzatilganlardan eng past va eng yuqori natija olganlari mos ravishda olishadi biroq bu ranglarga 0 ko’rsatkich ( birorta ham to’g’ri javob yo’q ) yoki mutloq ( barcha javoblar to’g’ri ) ko’astkichlarga mos keladi degani emas. Masalan jami 120 ta masaladan iborat vazifada birinchi rangga mos keladigan minimal natija 6 ta to’g’ri javobni tashkil etishi mumkin, ayni paytda P 100 rang mos keladigan maksimal natija 95 ta to’g’ri yechilgan masaladan iborat bo’ladi.

Bu kabi holatni misol uchun tezlik testlarini baholashda kuzatishimiz mumkin. Protsental shkalaning asosiy kamchiligi bu o’lchov birliklarining notengligi. Normal taqsimlashda alohida o’zgaruvchilar taqsimot markazida jins birikadi hamda chetga qarab uzoqlashib borishi bilan tarqaladi. Shuning uchun markaz yaqinidagi holatlar chastotalariga atrofda joylashgan baholar taqsimlanishining abtsistsa o’qi bo’yicha ancha qisqa intervallari teng tushadi. Protsentillar normal tanlashdagi har bir sinovdan o’tayotganning nisbiy holati ko’rsatadi, ammo natijalar o’rtasidagi farq kattaligini emas. Bu esa individual natijalarni talqin ( interpretatsiya ) qilishda ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Masalan P 70-80 intervalga mos birlamchi ko’rsatkichlarda farq 10 ballni tashkil etishi mumkin, P 50-P 60 ranglari intervalidagi to’g’ri javoblar miqdori farqi esa bor yo’g’i 1-3 ballni tashkil etishi mumkin shu bilan bir qatorda protsentllar qator afzalliklarga ega. Ular psixodiagnostik ma’lumotdan foydalanuvchilar tushinishlari uchun oson turli tipdagi metodikalar universal va oson hisoblanadi6.

1) Standartlashtirish test o’kazish jarayonini qayta ishlash va reglamentatsiyasi qo’llanma, tekshiruv blanklari, natijalarni ro’yhatga olish usullarini jarayonni o’tkazish sharoyitlarini unifikatsiyalash sinovdan o’tayotganlar kontingenti tavsifi. Tekshiruv o’tkazish jarayonini qat’iy davrligi – test ishonchliligini ta’minlovchi hamda tekshiruvdagi natijalarni baholash uchun test me’yorlarini belgilashning muhim sharti.

2) Standartlashtirish baholarning normal shkalasini o’rganilayotgan ko’rsatkichning miqdoriy ahamiyatiga asoslangan emas, balki sinovdan o’tayotganlarning tanlovida natijalarni taqsimlashdagi nisbiy o’ringa asoslangan yangi shkalaga o’zgartirishdir.



STAT NORMALAR ( Me’yorlar )

A) Statistik me’yorlar.

Test ballari shkalasidagi standartlashtirish tanlovida test ballarini chastotaviy taqsimlanishi asosida hosil bo’lgan chegaraviy ko’rsatkich. Odatda bu chegaraviy ko’rsatkichlar tanlovdan, sinovdan o’tayotganlarning aniqlangan foizini ajratadi: ( detsil ), 25 ( kvartill ), 50 ( mediyana ). Normal taqsimotda statistik norma parametrlar yordamida tasvirlanadi ( o’rtacha plus / minus sigma (б), yoki standart o’g’ish (S)). Statistik normalar << qiyosiy javob >> qabul qilishga xizmat qiladi va << me’yoriy javoblar >> qabul qilish uchun ma’lumot bermaydi.

B) Yosh me’yorlar.

Turli yoshdagi bolalar uchun yig’ilgan psixodiagnostik me’yorlarning juziy variyantlari hisoblanadi.

C) Mezon me’yorlar.

Bu diagnostik me’yor bo’lib, ularda o’lchanayotgan hossa shkalasi bo’yicha test ballari va mezon ko’rsatkichlari darajasi o’rtasidagi muofiqlik belgilangan bo’ladi. Mezon ( критериалъ ) xatti xarakatda mezon me’yorlari test ballining mazkur axamiyatida mezon hatti xarakatning paydo bo’lish ehtimolini ko’rsatadi.

D) Maktab me’yorlari.

Maktabda erishilgan natijalar testi yoki maktab qobiliyatlari testi asosida ishlab chiqiladi.

E) Kasbiy me’yorlar.

Turli kasb guruhlari uchun mo’ljallangan testlar asosida tuziladi.

F) Lokal me’yorlar.

Umumiy xususiyat -- yosh, jins, geografik muhit ( hudud ), ijtimoiy – iqtisodiy mavqeyi va h.k. larga ko’ra farqlanuvchi tor doiradagi insonlar uchun tuziladi.

G) Milliy me’yorlar.

Milliy me’yorlar berilgan millat yoki butun mamlakat vakillari uchun ishlab chiqiladi.

STANAYNLAR.

Standart shkalaga nochiziqli keltirishga stanaynlar shkalasi ( ang. Standart nine – standart 9 ) misol bo’ladi. Unda baholar 1 dan 9, M=5, б=2 ko’rsatkichga ega bo’ladi. Stanaynlar shkalasi o’zida standart shkala ko’rsatkichlarini, yutuqlarini va protsentillarning soddaligini mujassam etgani holda yanada keng yoyilmoqda dastlabki ko’rsatkichlar osongina stanaynlarga keltiriladi. Buning uchun sinovdan o’tayotganlarning natijalarini ortishi bo’yicha ajratishadi va ulardan test natijalarini normal taqsimlashdagi proporsional aniqlangan baholar chastotasidagi shaxslar sonini guruhlar tuzishadi.



STENLAR.

Baholarni stenlar shkalasiga ( ang. Standst ten - standart 10 ) keltirishda yuqoridagi jarayonga o’xshash ish bajariladi, faqat farqi bu shkala asosida 10 ta standart interval yotadi.

Metodikani standartlashtirishdagi yana bir muhim bosqich diagnostik sinovlar natijalarini taqqoslash o’tkaziladigan mezonni tanlash hisoblanadi; chunki diagnostik metodikalar ularni yechishda ijobiy yoki salbiy natijalarni oldindan belgilangan standartlarni bermaydi. Metodikani standartlashtirish uni mo’ljallangan tarzdagi katta tanlovada o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Sinovdan o’tayotgan guruhga nisbatan bajarishning nafaqat o’rtacha darajasi balki o’rtacha darajaga nisbatan yuqori va past variyantlarini ham ko’rsatuvchi me’yorlar ishlab chiqiladi. Statistik me’yorlarni bajarish uchun me’yorlarni matematik statistikaning X [] [] usulidan (X- o’rtacha arifmetik, []- standart og’ish ) foydalaniladi. X [] 5 []. Protsentill bu standartlashtirish tanlovidagi individlarning foiz (%) nisbati. Gurevich boshchiligida ishlab chiqiladigan testlarda hisob boshlash nuqtasi sifatida sinov natijalarida mustaqil bo’lgan obektiv keltirilgan ijtimoiy psixologik normativ yuzaga chiqadi. U testni tashkil etuvchi vazifalar uyg’unligida amalga oshiriladi. Testning o’zi hajmi bo’yicha bunday normativi hisoblanadi. Hisob boshlashning istalgan nuqtasini ishlab chiqish va qo’llashda sinovdan o’tayotganlarning tanloviga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. Matematik statistikada bosh uyg’unlik ( general ), ( populyatsiya) va farqlashadi. Biz xulosa chiqaradigan insonlarning har qanday katta uyg’unligi general – bosh uyg’unlik deyiladi. Tanlov bu uyg’unlikning qismi yoki ko’plik osti. Populyatsiya uchun tadqiqot o’tkazish qabul qilinmaydi.

Odatda undan insonlar guruhi ajratib olinadi, bu standartlashtirish tanlovi bo’lib, uning ustida test o’tkaziladi va uning yordamida general – bosh uyg’unlik baholanadi. Tanlov ishonchli xarakter kasb etgani baholash uchun ko’rsatilayotgan populyatsiya uchun tasavvur etib bo’ladiga bo’lish kerak. Ya’ni uning ehtimolli hossalari general – bosh uyg’unlik hossalariga mos tushish yoki yaqin kelish kerak. Tanlovni tasavvur qilib bo’ladiganligini ta’minlashni usullaridan biri bu populyatsiyani cheklash hisoblanadi ( jins, yosh, kasb, sog’liq, ijtimoiy – iqtisodiy mavqeyi va h.k. lar. ). Bunday populyatsiya spetsifik ( o’ziga hos ) sifatida ta’riflanadi.

1) Standartlashtirishni tanlashda sinovdan o’tayotganlarni tanlash.

2) Strukturasida o’zgaruvchan axamiyatli, kam axamiyatli ( yosh, jins ) larni aniqlangan, populyatsiyani belgilash.

3) Populyatsiya axamiyati o’zgartiruvchilarga bog’liq holda qismlarga bo;linadi.

4) Sinovdan o’tuvchilar tasodifiy tartibda va uyg’unlikni har bir axamiyatli qismi soniga nisbatan propoirtsional tanlab olinadi. Tanlovning minimal chegarasi - 200 kishi.



ISHONCHLILIK_TUSHUNCHALARI'>3. STANDARTLASHTIRISHDA VALIDLIK VA ISHONCHLILIK TUSHUNCHALARI

Psixodiagnostikaning standartlashtirish muammolari sarasiga kiruvchi muammolar bu testlardagi “validlik” va “ishonchlilik” muammolaridir. Bu ikki tamoyil metodika va testlarni standartlashtirishda asosiy omildir. Validlik mummosi baxsli muammolar sarasiga kirganligi bois u insonning xususiyatlarini, jamiyat oldidagi o’rni, kasbiy salohiyati qay darajada ekanligini yanada aniqroq ko’rsatib berishga qaratilgandir. Ishonchlilik testning validlik kabi asosiy darajasini belgilovchi tamoyil hisoblanadi. Ishonchlilik test natijalarining darajalar muofiqligini muhit uchun axamiyatli ekanligi va sinaluvchining psixologik xususiyatlarini darajasini belgilaydi7. Umuman test va metodikalarning vaqt asosida bo’lishlik va xaqqoniyligini ko’rsatuvchi omildir. Endi qisqacha validlik va ishonchlilik tushunchalariga to’xtalib o’tsak.



VALIDLIK – ( ing. “xaqiqiy deb tan olish”, “tasdiqlash” ) test natijalarini baholashdagi asosiy mezon. Validlik tushunchasi progmatik g’oyaning asosiy amali deb biladi, shaxsning psixologik xususiyatlarini tekshira oladi. Ilgari validlik so’zining ma’nosi << testing sifati >> tushinilgan bo’lsa hozirgi paytda << test natijalarini interpretatsiya qilmoq >> bo’lib, asosiy tushuncha borligi va test natijalarini qo’llash tushiniladi. Validlik tushunchasi testning sifatini emas, balki testning natijalari bilan o’xshash taraflarini ko’rsatadi.

Amerikalik olima A.Anastazining muloxazalariga qaraganda TEST ning VALIDLIGI – “testni o’lchovchi” va “ o’zgartiruvchi” degan ma’noni beradi. Validlik bizga metodikaning qo’llanishiga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlab beradi. Validlikni nazariy jihatlarini o’rganuvchi eng keng qo’’laniladigan usul bu konvergent validlik hisoblanadi. Boshqa metodikalar bilan taqqoslash diskreminant validlik hisoblanadi. Keyingi validlik bu progmatik validlik hisoblanadi. Bu metodikaning amaliy jihatdan qanchalik yaroqli ekanligini tekshiradi.



Validlikning bir necha turlari mavjud ular quyidagilardir.

1) Konkurent validlik.

2) Prognostik validlik.

3) Konseptual validlik.

4) Ichki validlik.

5) Differensial validlik.

1) Konkurent validlik – bu validlik turi baholash korrelyatsiyasi yig’indisini testlardagi boshqa validlik turlarini o’rganishni yanada soddalashtirib beradi.

2) Prognostik validlik – testlarning darajasini, axborotini, xarakter darjasini aniqlik ko’rsatkich asosida belgilab beradi. Bu validlik turida vaqtni o’lchanganligini ko’rsatadi.

3) Konseptual validlik – bunda operatsional validlik tushinaladi, interpretatsiya usulining adekvatliligi, u termin va atamalarning to’g’ri qo’llanishini ta’minlaydi. Konseptual validlik 1955 – yili L.Kronbax tomonidan tasdiqlangan, nazariy tuzilgan testni o’zgaruvchanligi bilan bog’liq. Bir mezonni topish qiyin bo’lganda gipotezaga nazar tashlanadi. Bu gipotezalarning tasdig’i nazariy asoslanish bilan ko’riladi. Konseptual validlik validliklarning ichida eng murakkab deb tan olinadi. Bunda bir natija o’rniga ko’plab natijalarni qayd etish lozim.

4) Ichki validlik – bu validlik turi ham boshqalarini bir biri bilan bog’lashni ta’minlaydi. Bu validlik turi alohida muolajadan iborat bo’lib belgilash, aniqlash bir necha ko’rinishlar asosida tajribada to’liq amalga oshadi.

5) Differensial validlik – validlikning bu turi testlardagi qiziqish darajalarining taqqoslanishiga sabab bo’ladi. Misol uchun ikkita masalaga doir yechimni olaylik bunda uning sababi aniqlanishga xarakat qilinadi. Yechimni topish usullari ko’riladi. Topilmaning yechimlari o’zaro solishtirilib bir biri bilan taqqoslanadi. Validlikning bu turi ham psixik umumiylikni o’zaro taqqoslaydi.

ISHONCHLILIK – metodikaning ishonchliligi haqida mo’ljallangan hossani aniq o’lchanganligini ko’rsatadi.

Ishonchlilik mezoni sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

Metodikaning avval o’tkazilgan sinaluvchilariga huddi o’sha sharoyitlarda ma’lum bir oraliqdagi vaqtdan keyin yana takroran qo’llanilsa har ikki testlarning natijalari bir biridan sezilarli farq qilmaydi. Bu ishonchlilikni ko’rsatadi. Tasodifiy tashqi omillar test natijalariga axamiyatli ta’sir ko’rsatmaydi. Tashqi omillar ( begona omillar ) sifatida quyidagilarni keltirish mumkin; emotsional holat va charchoq -- agar ular o’rganilayotgan xarakteristikalar doirasiga kirmasa, shuningdek xona harorati, yoritilganlik darajasi va boshqalar. Bunday tasodifiy tashqi omillarni boshqacha qilib o’lchov jarayonining “beqarorlik omillari” deb ham atashadi.

Bunday o’zgarishlardan keyin ekspremintator va respondent boshqacha holati kuzatiladi8.

Ishonchlilikni baholashning turli usullari mavjud:

--- RETEST USULI – sinovdan o’tayotganlarning ajratib olinganlarni huddi o’sha test bilan bir hil sharoyitda ma’lum vaqtdan keyin takroran testdan o’kazish tushinaladi. Vaqt oralig’I yoshga ( masalan yosh bolalarda o’zgarishlar 1 oy ichida sodir bo’lishi mumkin ) shuningdek sinovdan o’tayotgan shaxslarning hayotida sodir bo’layotgan turli hil hodisalar bilan bog’liq.

ORALIQ ( INTERVALL ) RETEST testi:

Bu tushincha turli vaqtlar oralig’ida olingan ikkita testning olingan natijalar o’rtasidagi korrelyatsiya koefsenti ishonchlilik indeksi sifatida qabul qilinadi. Olingan yuqori korrelyatsiya sinovdan o’tayotganlarni bu kabi masalalarda tayyorlanganligining natijasi bo’lishi mumkin. Past korrelyatsiya sinovdan o’tayo tga shaxslarda sodir bo’lgan o’zgarish natijasi bo’lishi mumkin yoki testning ishonchsiz ekanidan dalolat berishi mumkin. Bu usulda sinovdan o’tayotganlarni minimal vaqt oralig’ida huddi o’sha sharoyitlarda testning parallel shakli orqali takroriy testdan o’tkazish tushuniladi.

A” test interval A’ test.

Testing ikkita parallel shakllari asosida o’tkazilgan testlar natijalari o’rtasidagi korrelyatsiya koefsenti ishonchlilik indeksi sifatida qabul qilingan. Korrelyatsiya koefsentining yuqoriligi va ikkita sinov o’rtasidagi intervallning kattaligi testning yuqori ishonchliligidan dalolat beradi. Testlar o’rtasidagi oraliqda sinovdan o’tayotganlar bilan sodir bo’lgan hodisalar, ular tomonidan hissiyotlarga berilish, aldovlar testing ishonchlilik darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi ( huddi RETEST usulidagi kabi ).



XULOSA

Yuqorida keltirilgan fikrlarimdan asoslash maqsadida shuni takidlashim joizki psixodiagnostik testlarni avvalo maqsadini aniqlash, test uchun topshiqlarni umumlashtirish, testni sinab ko’rishgacha bo’lgan topshiriqlari va ularni qayta ko’tib chiqish, qabul qilish ulardan so’ng test shkalalarini shakllantirish, pilotaj testlashtirish va keying bosqich sifatida testlarni standartlashtirish, me’yoriy ko’rsatkichlarini aniqlashtirish va ulardagi validlashtirishni ta’minlash, madaniy muhitga mos validlashtirish kerakligi undan keyin esa testlarni amliyotga tadbiq etish uchun e’lon qilish so’ngi bosqichda esa testlarni vaqti vaqti bilan qayta ko’rib qichish va taxrirlash har tomonlama o’z ifodasini topadi.

Standartlashtirish ko’rib turganimizdek turli bosqichlarni o’z ichiga oladi buni yuqoridagi fikrim ham isbotlamoqda. Psixologik testlar o’zining qadr qimmatini anshu tamoyillar bilan ajralib turadi. Yana shuni aytish o’rinliki Respublikamizda testlarni mahalliy muhit uchun moslashtirish bugungi kungacha davom etmoqda. Har bir metodika va testlarni yaratilishi uni muhit uchun modifikatsiya qilish sanab o’tgan talablar asosida bo’ladi albatta. Biz Respublikamizda psixologik metodikalarning tadbiq etilishi va ularning psixilogik amaliyotida qo’llanishi, psixodiagnostik maqsadlarda testlarning o’rni borasidagi tarixiy manbalarga murojat qilishimiz anchagina samarali ma’lumotlarni keltirib chiqardi.

Psixologik testlarni qo’llash va yaratishning o’zi bilan yuqori natijalarga erishib bo’lmaydi, ammo ularning xarakteristikasi, ularning tadqiqotlarda qo’llanilishi aniq rejalar zarurligi va bu boradagi jahon psixologiyasi tajribalariga tayanib ish ko’rish lozim bo’ladi.


Standartlashtirish ham jahon miqyosi talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan nazriya va konsepsiyalarga asoslangan holda bo’ladi. Bu holatlar psixodiagnostikaning psixometrika sohasidagi yangi g’oyalarni yaratilishiga imkoniyatlarni keltirib chiqaradi.

Fikrimning so’ngida psixodiagnostika sohalari oldida hali ulkan muammolar va ularning yechimi turganligini ham takidlamoqchiman. Mening bu izlanishlarim kelajakda ana shunday muammolarni yechimni topilishiga xizmat qiladi deb o’ylayman.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


  1. I.A.Karimov “O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz”-1999

  2. I.A.Karimov “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari”-1998

  3. Rasulov A.I. “Psixodiagnostika”-2010

  4. Шванцара Й “Диагностика психического развития” Прага мед-из “Авиценум” 1978 г

  5. Анна Анастази “Психологическое тестирование” Москва Педагогика-1982 г

  6. Бодалев А.А. Столин В.В. Аванесов В.С. “Обшая Психодиагностика” М-2000 г.

  7. Л.Ф.Бурлачук “Психодиагностика” Санк Питербург-2009.

  8. Гуревич К М, Акимова А К, Козлова В Т “Статистическая норма или социалъно-психологический норматив?” Психологический журнал. 1986 г. Н-3.

  9. Жан Пиаже “Эксперименталъная психология” В-5 М-1975

  10. С.А. Маничева “Практикум по психодиагностики, Дифференциалънае психометрика”

1 I.A.Karimov O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. O’zbekiston. 1999.

2 Шванцара Й Диагностика психического развития. Прага мед-из “Авиценум” 1978 г

3 Анна Анастази Психологическое тестирование. Москва Педагогика-1982 г

4 Жан Пиаже Эксперименталъная психология. В 5 М-1975

5 Гуревич К М, Акимова А К, Козлова В Т Статистическая норма или социалъно-психологический норматив? Психологический журнал. 1986 г. Н-3.

6 Л.Ф.Бурлачук Психодиагностика. Санк Питербург-2009.

7 Rasulov A.I. “Psixodiagnostika”-2010


8 Бодалев А.А. Столин В.В. Аванесов В.С. Обшая Психодиагностика. М-2000 г.


Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish