I bob. Umumiy qoidalar



Download 30,06 Kb.
Sana05.05.2017
Hajmi30,06 Kb.
#8282
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1.“Umumiy o`rta ta’lim maktab o`qtuvchilari va o`quvchilarinig odob-axloq qoidalari” O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi , “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida” gi , “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida” gi , “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida” gi , “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida” gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son “O’zbekiston Respublikasita’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlarito’g’risida ”gi qarori hamda umume’tirof etilgan ma’naviy –axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.

Mazkur “ Odob-axloq qoidalari” O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o’rta ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi.

2. Mazkur “ Odob-axloq qoidalari” ta’lim muassasalari jamoa a’zolarining ta’lim muasssasasidagi o’zaro munosabatlarida rioya etishlari rioya etishlari shart bo’lgan odob- axloq tamoyillari, xulq- atvor me’yorlari va majburiyatlarini belgilab beradi

3. Mazkur ” Odob-axloq qoidalari ”ga rioya qilish ta’lim muassasalari jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiy hisoblanadi.



II. bob . Maqsad va vazifalar
4. Mazkur ” Odob-axloq qoidalarining maqsadi umumiy o’rta ta’lim maktablarida sog’lom ijtimoiy- psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim- tarbiya berish, ta’lim muassasalarida o’quv- tarbiya jarayoning sifati va ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratishdan iboratdir.

5. Mazkur ” Odob-axloq qoidalarining asosiy vazifalari:

Umumiy o’rta ta’lim maktablari jamoasi a’zolarining ma’naviy immunitetini shakllantirish va mustahkamlash

O’quvchilar orasida odob- axloqni buzishni, zo’ravonlik, hayosizlik va shavqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday ha’tti harakatlarning oldini olishga, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, rast saviyali “ommaviy madaniyat”xurujlaridan himoya qilishga ko’maklashishdan iborat.


III bob Jamoa a’zolarining odob- axloqiga oid qoidalar
6.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida hamjihatlik, o’zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g’amxo’rlik qilish hamda ahil- inoqlik jamoa a’zolarining o’zaro munosibatlaridagi muhim shartlardir

7. Jamoa a’zolari umumiy o’rta ta’lim maktabida muassasasa Ustavida belgilangan kiyimda kelishi lozim


8. Ta’lim muassasasida har bir jamoa a’zosining sha’ni va qadr- qimmati o’zaro hurmat qilishi, jamoa a’zolari o’zaro munosibatlarida “Siz”deb murojaat qilishi odat tusiga kirishi lozim. Ularning bir- biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, o’zaro munosabatlarida behayo so’zlar ishlatishi qat’iyan taqiqlanadi.
9. Jamoa a’zolari umumiy o’rta ta’lim maktabi hududida yurganda bir- biriga o’zaro hurmat ko’rsatib, yo’lak yoki koridorning o’ng tomonidan yurishlari, bir- biriga duch kelganda albatta salomlashishlari lozim.
10. Ta’lim muassasalari binolariga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, o’quvchilar o’qituvchi va xodimlarga, o’g’il bolalar qizlarga, yuqori sinf o’quvchilari boshlang’ich sinf o’quvchilariga yo’l berishlari lozim.
11. milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo’lmagan yoki umumiy o’rta ta’lim maktabining ichki munosabatlariga taalluqli masalalarni internat tarmog’iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo’lida foydalanish taqiqlanadi.
12. komputerlarda Ta’lim muassasasiga tegishli bo’lmagan ma’lumotlarni, shuningdek turli kinofil’mlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy etnit,diniy adolatni targ’ib qiluvchi targ’ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash qat’iyan man etiladi.
13. O’qituvchilar va o’quvchilar tasdiqlangan mashg’ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o’z vaqtida kelishi, ish kuni va dars jarayonidan unumli foydalanishlari lozim.
IV bob. O’qituvchi va o’quvchilarning ta’lim- tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari.
O’qituvchi va o’quvchilarning ta’lim- tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari “Ustoz- shogird”an’anasiga asoslanishi lozim.
15. o’qituvchisinfga kirib kelishi bilan o’quvchilar hurmat yuzasidan o’rinlaridan turib kutib olishlari va baravariga “Assalomu- alaykum!”-deb salom berishlari, o’qituvchi ruxsatidan so’ng o’rinlariga o’tirishlari lozim. Bunda boshlang’ich sinf o’quvchilari o’quv kuninig birinchi dars soatida, yuqori sinf o’quvchilari har bir darsda sinfga kirgan fan o’qituvchisiga xuddi shunday tartibda munosabatda bo’ladilar.
16. O’quvcilarning dars mashg’ulotlari davomida o’zboshimchalik bilan maktabdan tashqariga chiqib ketishi taqiqlanadi.
17. maktabda dars mashg’ulotining boshlanishi va tugashi “Kirish” va “Chiqish’ QO’NG’IROQLARI BILAN TARTIBGA SOLINADI. “ Kirish”qo’ng’irog’i dars boshlanganligini bildirib, u chalingandan so’ng barcha o’quvchilar va dars jadvalida belgilangan fan o’qituvchilari zudlik bilan tegishli sinf xonalariga kirib, mashg’ulotni boshlashlari lozim.
Dars mashg’ulotini tugaganligini bildiruvchi “Chiqish ” qo’ng’irog’I o’qituvchi uchundir. O’qituvchi mashg’ulot yakunlanganligini e’lon qilgandan keyingina o’quvchilarning sinfdan chiqishlariga ruxsat beriladi. “Chiqish” qo’ng’irog’i chalingandan so’ng o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni uzoq vaqt sinf xonasida ushlab turishga yo’l qo’yilmaydi. O’qituvchi sinfdan chiqayotganda o’quvchilar o’rinlaridan turib “Xayr salomat bo’ling”- deb hurmat ko’rsatadilar.

18. Dars mashg’ulotlari va tadbirlar vaqtida mobil telefonlardan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi. Maktabda o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotlari va tadbirlarda boshlanishidan oldin o’qituvchi va o’quvchilar mobil telefonlarini o’chirib qo’yishlari lozim. Shuningdek maktab hududiga kirib kelishda har bir o’quvchi, o’qituvchi, xodimlar va boshqa tashrif buyuruvchi shaxslar o’z mobil telefoni abonentining chaqiruv ovozini ovozsiz rejimga o’tkazishi shart.


V. bob. O’qituvchilarning o’zaro munosabatlari
19. O’qituvchilarning o’zaro munosabatlarida- yagona jamoa, o’zaro hurmat, do’stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga amal qilishlari lozim.

20. O’qituvchilarning o’zaro munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish man etiladi.

21. maktab ma’muriyati va o’qituvchi- xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo’yicha hamkorlik qilishda bir tarafning boshqa tarafga taziyiq o’tkazishiga yoki shunga harakat qilishga, shuningdek adolat tamoyillariga yoki ta’lim muassasasi manfaaatlariga zid bo’lgan qarorlar tayyorlanishiga yo’l qo’yilmaydi.

22. Jamoada biror bir masala bilan ma’muriyatga murojaat qilish o’rnqtilgan tartibda tashkil etiladi.

23. O’qituvchi va boshqa xodimlarning ta’lim muassasasida ma’naviy- axloqiy muhitni yanada yaxshilash bo’yicha tashabbus va g’oyalari rag’batlantiriladi.

24. Ma’muriyat o’qituvcihilar va xodimlarning kasbiy va intelektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuter, internet tarmog’I, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek dam olishlari va jismonan chiniqishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish choralarini ko’radi.


VI bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob- axloqqa oid majburiyatlari

25.O’qituvchilarning odob- axloqqa oid majburiyatlari :


Mazkur odob- axloq qoidalariga rioya qilishda o’quvchilarga ibrat bo’lish;

Maktab manfaatlariga zid bo’lgan hatti- harakatlardan tiyilish;

Biror-bir noxush hodisa ro’y bersa, zudlik bilan ma’muriyatni xabardor qilish;

Umumiy o’rta ta’lim maktabining sha’ni va nufuziga dog’ tushuradigan har qanday holatlarning oldini olish;

Umumiy o’rta ta’lim maktabi to’g’risida axborotlardan uning manfaatlari va obro’siga ziyon yetkazish uchun yoki o’z manfaatlari yo’lida foydalanmaslik;

Dars jarayonida o’quvchilarga odob- axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf- odat qadriyatlarimizni keng tushuntirib boorish;

Yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish

26.O’quvchilarning odob- axloqqa oid majburiyatlari:



a) Ta’lim muassasasi hududida:

Maktabda mashg’ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o’quvchilar libosi (forma)sida kelish;

Toza va ozoda kiyinish, saramjom- sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (o’g’il bolalar sochlarining uzunligi me’yor 2-3 smdan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim.)

Chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;

Ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;

O’quv mashg’ulottlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;

Ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska . o’simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;

Maktab yo’laklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gapirmaslik;

Maktabda o’quv qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o’quvchilar uchun mo’ljallangan papka tutishi, kundalik daftarning bo’lishi,ma’naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi);

Narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga yo’l qo’ymaslik;



b) Dars vaqti (sinf xonalari)da:

Dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish;

Uyali aloqa vositalarini o’chirib qo’yish;

Dars vaqtida o’rinsiz gaplashmaslik;

Jihozlarni asrab- avaylash, partalarga va stol- stullarga chizmaslik;

Qog’oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;

Ovqatlanmaslik. Saqich chaynamaslik;

d) Tanaffusda:

Tanaffusdan unumli foydalanish;

O’z o’qish joyini ozoda saqlash va tartibga keltirish;

Navbatdagi dars bo’ladigan xonaga o’z vaqtida o’tish;

Fan o’qituvchisining ko’rsatmasi bo’yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;

Katta tanaffus vaqtida navbatchi o’quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta’minlash;



e) Maktab oshxonasida

ovqatlanishdan oldin va keyin qo’llarni yuvish;

umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib- qoidalarga rioya qilish;

taomlarni olishda “navbatga turish”, tartibiga rioya qilish;

tirbandlik holatida ustozlar, yosh bolalar va qizlarga hurmat ko’rsatish;

ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;

issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste’mol qilishda ehtiyotkorlik ko’rsatish;

oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o’zida iste’mol qilish;

ovqatlangandan so’ng idishlarni yig’ishtirib qo’yish;

f) Maktab kutubxonasi va axborot- resurs markazi (ARM)da

kutubxona va ARM xodimlari bilam xushmuomalada bo’lish;

kitoblare va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;

baland ovozda so’zlashmaslik va boshqa kitobxonlarga xalaqit bermaslik;

Qog’oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;

Kitoblarni olish va topshirish tartib- qoidalariga rioya qilish;



g) Sport majmualarida:

sport majmuasiga xos bo’lgan kiyim va poyabzallarda kelish;

sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;

mashg’ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;

sport majmuasining belgilangan tartib- qoidalariga to’liq rioya qilish;

Bundan tashqari, o’quvchilarga quyidagilar tavsiya etiladi:

O’zining namunali xulqi va bilimi bilan atrofdagilarga o’quvchilik odobi haqida ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;

Ko’cha- ko’yda bemaqsad yurmaslik, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lish, jamoat transportlarida keksa, nogiron va yosh bolalai yo’lovchilarga joy berish;


Doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
O’z maktabi manfaati, uning sha’ni va nufuzi to’g’risida qayg’urish, ularni saqlashda jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo’lish.
VII bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob- axloqida man etiladigan holatlar
27. Quyidagilar o’qituvchilarga man etiladi:

Jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatlarini va qadr- qimmatini kamsitish;

O’quvchilarni o’quv mashg’ulotlaridan assossiz chiqarib yuborish;

O’quv mashg’ulotlarida diniy tashviqot olib boorish;

O’quv mashg’ulotlariga spirtli ichimliklare iste’mol qilgan, soch- soqoli tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish;

Maktab hududida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;

28. Quyidagilar o’quvchilarga man etiladi

Mashg’ulotlar yakunlagunga qadar maktab hududidan o’qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;

O’qituvchilar va boshqa o’quvchilarga nisbatan hurmatsizlik qilish;

O’qituvchilarni chalg’itish bilan bog’liq har qanday xatti-harakatlarni amalgam oshirish;

Yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so’rash, o’zgalarga yordam ko’rsatish;

Boshqa o’quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o’z nomidan topshirish;

Mashg’ulotlarga kechikib kelish yoki qatnashmaslik;

Moddiy jihatdan yaxshi ta’minlaganligini turli yo’llar bilan namoyish qilish;


VIII bob Rag’batlantirish va chora ko’rish tartibi
29.O’quv yili davomida mazkur “Odob- axloq qoidalari”ga to’liq rioya qilgan , ta’lim muassasida yuksak ma’naviy- axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirilib boriladi:
O’qituvchilarga maktab buyrug’I bilan tashakkurnoma e’lon qilish , ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;

“Faxriy yorliq” bilan taqdirlash;

Qimmatbaho va estalik sovg’alar bialn taqdirlash;

Maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;

“Eng faol o’quvchi” maninatsiyasini berish;

O’quvchilar ota- onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig’iniga tashakurnoma xati yuborish;


30. Jamoa a’zolari mazkur Odob- axloq qoidalari”ni buzganlarida ularga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo’llaniladi:
O’qituvchilarga maktab buyrug’I bilan “Hayfsan” e’lon qilish;

O’quvchining kundaligiga tanbeh yozish;

Boshqa sinfga o’tkazish;

Sinf jamoasi orasida muhokama qilish.

Mazkur “Odob- axloq qoidalari”ga rioya etilmagan holatlari ta’lim muassasasidagi “Kamolot” YIH, xotin- qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkilotlari va ota- onalar kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.
IX bob Yakuniy qoidalar:
31. Mazkur “Odob- axloq qoidalari” har bir o’quvchiga va ularning ota- onalariga , hamda o’qituvchilarga imzo qo’ydirilgan holda yetkaziladi.

32.Mazkur “Odob- axloq qoidalari” maktabning foyesiga barchaga ko’rinarli tarzda joylashtirilib qo’yiladi.

33. Mazkur “Odob- axloq qoidalari” ning talablarini har bir o’qituvchi va o’quvchilar to’liq bilishi va unga qat’iy amal qilishi shart;

(O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2013 – yil 28 – fevraldagi 74 – son buyrug`i bilan tasdiqlangan.)

Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bilan bola zuvalasi shakillanar, eng muhimi, oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglar, his qilar ekan uning kamolot pillapoyalariga qadam qo`ya bilishi uchun ota-onalar quyidagilarga e’ribor qaratishi lozim :




  • Oilaviy bayramlarni nishonlash yoshlar tarbiyasida alla, ertak, xalq maqol va matallaridan, qo’shiqlaridan samarali foydalanish;

  • Birgalikda hordiq chiqarish, milliy sport o’yinlari va musobaqalar , tarixiy obida va qadamjolarga sayoxatlar uyushtirish;

  • Boshqa xalqlar, millatlar madaniyatiga hurmatda bo’lishga o’rgatish;

  • Oila kutubxonalarini tashkil etish ;

  • Oilada til muloqat, kiyinish madaniyatiga etibor berish;

  • Farzandda o’z ota-onasi, ajdodlari tarixini bilish, tug’ilib o’sgan o’lkasi, Vatani, millati , xalqi, tili, dini, an’ananalaridan g’ururlanish xissini shakillantirish;

  • Farzandni tejamkorlikka , tadbirkorlik , tashabbuskorlikka o’rgatish;

  • Kasb-xunar sirlarini qunt bilan egallash uchun shart-sharoit yaratish;

  • Foydali mehnat bilan shug’ullanishga o’rgatish, o’qishi, kunlik bajargan ishi , yurish- turishini nazorat qilib borish.

64-modda.

Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.



Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan muhrum bo’lgan bolalarni boqish , tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantiradi.

O’zbekiston Respublikasi Коnstitutsiyasi
Download 30,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish