1
I BOB QATTIQ JISMLAR
1.1-§.Qattiq jismlarning fizikasida asosiy tushunchalar
Qattiq jism – aniq shaklga ega bo‘lgan va uni tashkil etgan atomlar o‘zining
muvozanat holati atrofida mavjud haroratga mos doim tebranishga ega bo‘lgan
modda holatiga aytiladi.
Qattiq jismlar atom tuzulishiga qarab 3 turga bo‘linadi:
1. Monokristallar – qattiq jismni tashkil etgan atomlar o‘zaro tartibli va davriy
joylashgan holatda bo‘lib, bunda qattiq jism qanday o‘lchovda bo‘lishidan qat‘iy
nazar undagi har qanday atom o‘zining yaqin va uzoq atomlar bilan bir xil tartib va
davriy tuzulishga ega bo‘ladi. Tabiatda monokristallar (olmos, kvars) kam
uchraydi. Odatda ular su‘niy usulda olinadi.
2. Polikristallar – o‘lchovlari 1’ 100 mkm li monokristall donachalardan tashkil
topgan qattiq jismdir. Bunda monokristall atomlarning tartibli va davriy tuzulishi
buzulishdan tashqari ular o‘rtasida ma‘lum bo‘shliq hosil bo‘ladi.