I bob. O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0.51 Mb.
bet8/8
Sana26.01.2017
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni:XV asrda Samarqand va Hirotda olimlar-u fuzarolar, shoirlar-u bastakorlarning kattagina guruhi to‘plangan edi. Ilm-fan va san’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy doiralari muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan Ulug’bekning roli va hissasi nihoyatda buyukdir. Ulug’bek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa uning ma’naviy kamolotida ilm-fanning va san’atning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. Ulug’bek mamlakatni boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug’ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. Ulug’bek o’tmishdoshlari Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Мuhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o’rganadi. Bu buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali u qadimgi yunon olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolemeylarning mumtoz asarlari bilan ham tanishadi. Ulug’bek farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G’ijduvonda madrasalar qad ko’taradi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga "Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir" degan kalima o’yib yozib qo’yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan Samarqand madrasasi zamonasining dorilfununi edi. Ushbu madrasalarda ilohiyat ilmlari: Qur’on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun va qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot, (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay’at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, jo‘g‘rofiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi (kofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham o’qitilardi. 1420-yilda ochilgan Samarqand madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo’lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo’lingan. Madrasada yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta’lim olgan. Madrasada o’sha zamonning iqtidorli olimlaridan mavlono Shamsiddin Muhammad Havofiy yetakchi mudarris bo’lgan. O’rta asrlarning mashhur olimlari Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshoniy, Mirzo Ulug’bek va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars berganlar. Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni Shamsiddin Мuhammad Нavofiy o’qigan, darsda tolibi ilmlardan 90 nafari qatnashgan. Madrasada ilmi hay’at (astronomiya)dan darsni Qozizoda Rumiy bergan. Madrasada kamida 15-16 yil tahsil ko’rib, uning dasturi bo’yicha fanlarni to’la o’zlashtirgan va imtihonli saboqlarda o’z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga sanad yozib berilgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Madaniy hayot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XV asrda kitobat san’ati, ya’ni qo’lyozma asarlarni ko’chirib yozish va u bilan bog’liq bo’lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi. Bu davr nafis kitob va xattotlik san’ati taraqqiyotida yangi bir bosqich bo’lib, mohir san’atkorlarni yaratdi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko’paytirish og’ir mehnat va ko’p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish bo’lgan. Har bir kitob qog’ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan tortib to bo’yoqlari-yu zarhaligacha ma’lum qoida asosida tayyorlanar edi. Xattot bo’lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland, ijodkor kishi bo’lishi lozim edi. Mohir xattotlar o’z usuli va uslubini shogirdlariga o’rgatardi. Shu tariqa xattotlik an’analari davom ettirilar va rivojlantirilar edi. Bir necha kasb-hunar sohibining uzoq va mashaqqatli mehnati bilan bunyod etilgan nafis kitob oz nusxada bo’lib, bahosi qimmat bo’lar edi. Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432-1520) edi. U Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa’diy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqa shoirlarning asarlarini ko’chiradi. Sultonali tomonidan ko’chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko’pgina qit’alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o’ymakorlik san’atida ham mohir bo’lgan. Husayn Boyqaroning "Bog‘i Jahonoro" bog’idagi saroy devorlaridagi bitiklar, Husayn Boyqaro qabr toshidagi lavha Sultonali tomonidan o’yib bitilgan. U xattotlik san’ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy "Qiblat ul-quttob" (Kotiblar qiblasi) va "Sulton ul-xattotin" (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi. Samarqand va Hirotda maxsus saroy kitobxonalari tashkil etilgandi. Kitobxona ishlariga kitobxona dorug‘asi yoki Kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo’l ostida xattotlar, naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurtmalarni bajarganlar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 6.

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Ulug’bek nechinchi yilda Farg’ona va Qoshg’arni egalladi?

a) 1409 yilda s) 1413 yilda

b) 1412 yilda d) 1414 yilda

2. 1448 yilning bahorida Ulug’bek va Abdulatifning 90 minglik qo’shini bilan Alouddavla o’rtasidagi jang qayerda bo’lib o’tdi?

a) Kalifda s) Iloto’tti darasida

b) Tarnob yaqinida d0 Konigul mavzeyida

3. 1457 yilda Hitor taxtini egallab, sltanatning har ikkala qismini birlashtirgan hukmdor kim?

a) Abulqosim Bobur s) Husayn Bayqaro

b) Ulug’bek d) Abu Said

4. Husayn Bayqaro Alisher Navoiyni dastlab qanday lavozimga tayinlaydi?

a) muhrdorlik s) vazir

b) mirzaboshi d) dodhoh

5. Temuriylar davarida bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga yaxshi xizmati uchun qanday yorliq berilgan?

a) suyurg’ol s) tarxon

b) iqto d) muzoriy

6. kimning davrida Marviriddin yangi kanali chiqarilib, katta yer sug’orilib, obod etiladi?

a) Ulug’bek s) Hasayn Bayqaro

b) Shoxrux d) Abu Said

7. XV asrda qaysi shaharda shishasozlik mahallasi bo’lgan?

a) Buxoro s) Toshkent

b) Hirot d) Samarqand

8. Shoxruhning 1418 yilda Xitoyga yuborgan elchilar rahbari kim edi?

a) Mirxond s) Ardasher

b) Abdurazzoq Samarqandiy d0 Navro’zbek

9. 1428 yilda kkim pul islohati o’tkazdi?

a) Shoxruh s)Husayn Bayqaro

b) Abu Said d) Ulug’bek

10. Ulug’bek qurdirgan qayerdagi madrasa darvozasiga “bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir” deb yozib qo’yilgan?

a) G’ijduvon s) Buxoro

b) Samarqand d) hamma javob to’g’ri



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Umumlashtiruvchi dars

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: З05-yil – Xorazm davlati poytaxtining Tuproqqal’adan Katga ko‘chirilishi.

353-yil – Xioniylarning Sug’d viloyatiga kirib kelishi.

IV asrning 70-yillari – O’rta Osiyoda xioniylar hukmronligining o’rnatilishi.

V asrning 20- yillari – Toxarlarning Amudaryo havzasiga kirib kelishi.

V asrning o’rtalari ­– Eftaliylarning O’rta Osiyoga kirib kelishi.

V asrning ikkinchi yarmi – Eftaliylar davlatining tashkil topishi.

552-yil – Bumin boshliq Turk xoqonligining tashkil topishi.

­585-586-yillar - Abruy boshchiligida Buxoroda ko‘tarilgan xalq qo’zg’oloni.

588-yil – Turk xoqonligining Sharqiy va G’arbiy qismlarga bo’linib ketishi.

622-yil, 16 iyul – Xijriy qamariy yil hisobini boshlanishi.

­632-yil – Arab xalifaligining tashkil topishi.

­651-yil – Marv shahrining xalifalik tomonidan egallanishi va Xurosonda maxsus noiblikning tashkil

etilishi.



667-yil – Arablarning Chag’oniyonga yurishi.

­673-yil – Ubaydulloh ibn Ziyodning Buxoroga bostirib kirishi.

676-yil – Said ibn Usmonning Buxoroga yurishi.

­707-yil - Qutayba ibn Muslimning Movarounnahrga bostirib kirishi.

710-yil – Naxshab va Keshning bosib olinishi.

­711-yil – Qutaybaning Xorazmga yurishi.

­712-yil – Sug’d va Samarqandning bosib olinishi.

­713-yil – Arablarning Shosh viloyatiga yurishi.

715-yil – Xalifalik tomonidan Farg’ona vodiysining bosib olinishi.

720-yil - ­ G’urak va Divashtichning qo’zg’olonlari.

747-750-yillar – Abu Muslim qo’zg’oloni va hokimiyatning Abbosiylar qo‘liga o’tishi.

769-783-yillar – Muqanna va "Oq kiyimliklar" qo’zg’oloni.

­VIII asr o’rtasi – Qarluqlar davlatining tashkil topishi.

­806-810-yillar – Rofe ibn Lays boshliq Movarounnahr va Xuroson aholisining qo’zg’oloni.

873-yil ­– Safforiylar davlatining tashkil topishi.

888-yil – Movarounnahrda Ismoil Somoniy hukmronligining boshlanishi.

IX asr oxiri ­– O’g’uzlar davlatining tashkil topishi.

X asr o’rtalari - ­ Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi.

X asr oxiri – G’aznaviylar davlatining tashkil topishi.

­999-yil – Somoniylar hukmronligining barham topishi.

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Yakuniy dars

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Bu davrda zamonasining iste’dodli shoirlari va adiblari Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qiladilar. Durbek tomonidan qayta ishlangan "Yusuf va Zulayho" dostoni, toshkentlik shoir Atoiyning devoni shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridir. Bu davr o’zbek shoirlari ichida Lutfiy (1366-1465) alohida o’rin tutadi. Navoiyga qadar o’zbek she’riyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir bo’lmagan. U birgina o’zbek tilida asarlar yaratib qolmadi, balki tojik tilida ham qasidalar yozdi. Lutfiy ijodida haqiqat va adolatni sevish, shafqat va muruvvatli bo’lishni targ’ib qilish, ilm va san’atni sevish kabi fikrlar katta joy olgan. XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida buyuk davlat arbobi, ulug’ shoir, olim, mutafakkir Alisher Navoiy va buyuk tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning hissalari g’oyat buyukdir. Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o’zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag’ishladi. U o’zbek adabiy tili, o’zbek mumtoz adabiyotini yangi pog’onaga ko’tardi. Navoiy 30 dan ortiq yirik badiiy asar yozdi. "Xamsa", "Xazoyin ul-maoniy", "Mahbub ul-qulub", "Lison ut-tayr" shular jumlasidandir. Navoiy tarixni bilishning ahamiyati katta ekanini ta’riflab, odamlarni tarixni o’rganishga da’vat etadi. Uning fikricha, tarix fani shohlar, hukmdorlarning tarjimai holini emas, balki mamlakat tarixini o’rganishi kerak. Navoiy mamlakatni nimalar tanazzulga va nimalar farovonlikka olib kelishini, qanday ishlar tufayli mamlakat obod bo’lishini, xalqqa farog’at va baxt keltirishini tarix ko’rsatib berishi lozim deb hisoblaydi. Navoiy adolat yordamida mamlakatni obod qilish mumkinligini, har bir kishi o’zining xulqi va odobi bilan odamlarni xursand qilishi lozimligini uqtirib o’tadi. Xullas, o’zbek xalqining ulug’ shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o’zining faoliyati va ijodiyoti hamda bebaho asarlarida ko’targan o’ta insonparvar g’oyalari bilan jahon adabiyotining buyuk san’atkorlari qatoridan munosib o’rnini egalladi. Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi, ustozi va do’sti edi. Ularning do’stligi va hamkorligi o’zbek va tojik xalqlari do’stligi va hamkorligining yorqin timsolidir.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO




Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti