I bob. O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0.51 Mb.
bet7/8
Sana26.01.2017
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Muttasil olib borilgan jang-u jadallar, qo’shni mamlakatlarni fath etish bilan nihoyatda kengayib ketgan Amir Temur davlatining tashqi qiyofasi kuchli ko’rinsa-da, ammo u siyosiy jihatdan mustahkam emas edi. Davlatning barqarorligi tadbirkor Amir Temuming irodasi va qilich zarbi bilan saqlanib turilgan edi. Mamlakat hayotida hukm surgan suyurg’ol tartibi va rasmi Amir Temur asos solgan bu ulkan davlatning ko’p vaqt o’tmay nurab, parchalanib ketishiga sabab bo’ladi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn etilishi va marhumning motam marosimlari tugar-tugamas, vorislar o’rtasida toj-taxt talashuvi boshlanadi. O’sha paytlarda Samarqand saroy doirasida qarorsizlik va parokandalik hukm surar edi. Garchi Amir Temurning o’rtancha o’g’li Mironshoh hamda Xuroson noibi oqil va tadbirkor kenja o’g’li Shohruh Mirzolar barhayot bo’lsalar-da, Sohibqiron hayotlik chog’idayoq o’ziga valiahd etib qahramonligiga qattiq ishongan nabirasi o’sha vaqtlardagi Hindiston va Kobul viloyatlarining hukmdori Pirmuhammadni tayinlagan edi. Amir Temurning vasiyatiga muvofiq Pirmuhammadni taxtga o’tqizish tarafdorlari kuchli bo’lsa-da, biroq Mironshohning o’g’li Xalil Sulton Mirzo 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab, o’zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi. Pirmuhammadning yo’lini to’sib, uning rejalarini buzib yuborish niyatida hatto u Amudaryoning o’ng tomonidagi yerlarni o’z hokimiyatiga qo’shib ham oladi. Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida Sohibqironning nufuzli a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini o’z tarafiga og’dirib Movarounnahr taxtini egallab olgan bo’lsa­da, ammo ko’p vaqt o’tmay u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi va isyoniga duch keladi. Birinchi bo’lib, Turkiston hamda Farg’onaning hokimi amir Xudaydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi isyon ko’taradilar. Hatto uning o’z ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryoning chap sohili viloyatlarida o’z hokimiyatini o’rnatmoq niyatida akasiga qarshi bosh ko’taradi. O’z navbatida Amir Temur taxtining asosiy valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o’tib, Xalil Sultonga qarshi Nasafga tomon askar tortadi. Movarounnahrda boshlangan o’zaro va sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadi. Oqibatda bu davrda Xurosonda Shohruh, Balx, G’azna va Kandahorda Pirmuhammad, G’arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o’g’illari Umarshayx Mirzo bilan Abubakr Mirzolar hokimi mutlaq bo’lib oladilar. Sirdaryodan shimolda joylashgan viloyatlar: Turkiston, Sabron, O’tror, Sayram amir Berdibekning tasarrufida qoladi. O’ratepa bilan Farg’onani amir Xudaydod Husayniy egallab oladi. Xorazmni esa Oltin O’rdaning nufuzli amirlaridan Idiku o’zbek bosib oladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 5

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Qaysi mo’g’ullar xoni 1360-1361 yillari Movarounnahrga 2 marta bostirib kiradi?

a) Dog’uxon s) Tug’luq Temur

b) Ilyosxo’ja d) Mizro Abdullo

2. sarbadorlar harakatining qaysi rahbarini amir Temur o’rtaga tushib qutqarib qoladi?

a) Abu Bakr Kuluiy s) Mavlonzoda samarqandiy

b) xurdakiy Buxoriy d) Sayfuddinbek

3. Balx shahri qachon Amir Temurga taslim bo’ldi?

a) 1366 yil 18 mart s) 1370 yil 10 aprel

b) 1365 yil 22 may d) 1371 yil 5 avgust

4. Amir Temur Xorazmga necha marta yurish harbiy yurish qildi?

a) 3 marta s) 7 marta

b) 5 marta d) 11 marta

5. Amir Temur qaysi jangda dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o’qqa tutish usulini qo’llaydi?

a) Anqara jangida s) “Loy jangi”da

b) Qunduzcha jangida d) Tarak daryosi bo’yidagi jangda

6. Anqara jangi qachon bo’lgan?

a) 1400 yil 22 may s) 1402 yil 20 iyul

b) 1401 yil 18 iyun d) 1402 yil 5 avgust

7. Amir Temur qo’shinida o’nlikni boshqargan harbiy mansab qabday nomlangan/

a) tuman og’asi s) qo’shunboshi

b) mirihazora d) aylboshi

8. Amir Temur saltanatida tavochi qanday lavozim edi?

a) shikoyatlarni ko’uvchi s) vaqf mulklarini boshqaruvchi

b) hukmdro huzurida ovqat tortish sihlarini boshqargan d) qo’shin to’plovchi

9. qaysi inshoatga “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarga boq” degan xitobnoma bitilgan?

a) Ko’ksaroy s) Go’ri Amir maqbarasi

b) Oqsaroy d) Shohizinda

10. Pimuhammad 1407 yil 22 fevralda kim tomonidan o’ldirildi?

a) turkman qabila boshlig’I Qora Yusuf s) vaziri Pir Ali Toz

b) Oltin O’rda xoni Idiku d) vaziri Berdibek



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Takrorlash

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XV asrning 20-yillariga kelib, Amir Temur merosining Suriya va Arabistondan tashqari asosiy qismini o’z tasarrufiga oladi ham. Shu bilan birga Shohruh mamlakatni boshqarishda temuriyzoda va amirlardan iborat hokimlarning aksariyatini o’zi uchun ishonchsiz deb hisoblaydi. Ularning o’rniga deyarli hamma viloyatlarda o’z o’g’illari va nabiralarini hamda o’ziga yaqin tutgan qon-qarindoshlarini noiblikka tayinlaydi, u yerlarni ularga suyurg’ol qiladi. Shu yo’l bilan mamlakatni boshqarish yengil bo’ladi deb o’ylaydi. Biroq, oqibat Shohruh kutgandek bo’lib chiqmaydi. Bunga Shohruh keyinroq nevarasi Sulton Muhammadning (Boysunqur Mirzoning o’g’li) qilmishlaridan so’ng ishonch hosil qiladi. Sulton Muhammad Eronga hokim qilib tayinlangach, bobosiga noiblik qilishdan bo’yin tovlab, o’zboshimchalik bilan o’z yerlarini kengaytirishga kirishadi. Shohruh itoatsiz nabirasiga qarshi qo’shin tortishga majbur bo’ladi. Shohruhning uzoq hukmronlik davrida Amir Temur saltanatining asosiy qismi uning qo’li ostida saqlanib qolsa-da, ammo bu ulkan mamlakat ikki davlatga bo’lingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohruh davlati bo’lib, uning markazi Hirot shahri edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shimolda Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelgan Ulug’bek davlati bo’lib, Samarqand uning poytaxti edi.

. Valiahd – toju-taxt vorisi. Hukmdor tirikligi davrida har ehtimolga qarshi voris tayinlab qo’yardi.

. Muxolifat – mavjud hokimiyat siyosatiga qarshi kuchlar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Ulug’bek – ma’rifatparvar davlat arbobi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 1409-yilda Shohruh Samarqanddan Hirotga qaytish oldida Mirzo Ulug’bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. Ulug’bek, Samarqand taxtiga o’tirgan vaqtida 15 yoshdagi o’spirin edi. Mamlakatni idora etish tabiiy uning uchun mushkul edi. Shahzoda balog’atga yetgunga qadar davlatni boshqarishni Shohruh o’zining sodiq amaldorlaridan biri Shohmalikning ixtiyoriga topshiradi. Ulug’bekning asli ismi Muhammad Tarag’ay bo’lib, u Amir Temurning Yaqin Sharqda 5 yillik yurishlari vaqtida 1394-yilda Sultoniya shahrida tavallud topadi. Amir Temur o’rdugohi va saroyida katta onasi Saroy Mulkxonim va onasi Gavharshodbegimlarning bevosita panohipa tarbiyalanadi. Sohibqironning boshqa nabiralari qatorida u Temurning harbiy yurishlari va saroy an’analarida ishtirok etadi. 5 yoshidan boshlab Ulug’bek Shayx Ozariy nomi bilan keyinchalik shuhrat topgan mashhur olim Shayx Orif murabbiyligida tarbiyalanadi. Undan xat-savod va hisob bo’yicha ilk saboqlarini oladi. So’ngra Ulug’bekka otaliq etib Amir Shohmalik tayinlanadi. Otaliqdan u tabiiy, davlatni idora qilish san’ati - lavozimlarga mansabdor shaxslarni tayinlash, soliq to’plash, ruhoniylar, amaldorlar va o’zga yurtlardan tashrif buyurgan elchilarni qabul qilish, xayr-sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ladi; Ulug’bek 10 yoshga to’lganda uni Muhammad Sultonning qizi Og’obegimga unashtiradilar. Ona tomonidan Og’obegimning nasl-u nasabi Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1342) xonadoniga mansub bo’lgani tufayli, Ulug’bek ham bobosi kabi «ko’ragon» unvoniga sazovor bo’ladi. Ulug’bek davlati janubda Amudaryo, g’arbda Buxoro vohasiga tutashib ketgan Urganjiy dashti (Markaziy Qizilqum)ning sharqiy hududlari, shimolda Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig‘noq va O’tror shaharlari, sharq va shimoli-sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegaralanardi. Ulug’bek garchi Movarounnahr bilan Turkistonning hokimi deb e’lon qilinsa-da, aslida uning hokimiyati dastavval faqat Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilangina cheklanadi. Chunki Shohruh avval boshdan Farg’onani to O’zgangacha Amirak Ahmadga, Hisori Shodmonni Muhammad Jahongirga in’om qilib, Ulug’bekni birmuncha cheklab qo’yadi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Temuriylar saltanatining inqirozga uchrashi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Ulug’bek qatl etilib, oradan bir neсha kun o’tgach, Abdullatif taxt da’vogaridan qutulish maqsadida o’z inisi Abdulazizni hamda otasiga sodiq bo’lgan amirlarni o’ldirtirib, temuriylarning Movarounnahrdagi toj-u taxtini batamom egallab oldi. Mamlakat fuqarolari tomonidan "padarkush" ("ota qotili") deb la’natlangan Abdullatif va uning tarafdorlari taxtda uzoq vaqt o’tirolmadi. Oradan olti yarim oy o’tar-o’tmas Abdullatifga qarshi saroyda fitna uyushtirilib, u o’ldirildi. Uning kallasi tanasidan judo qilinib, Registon maydonida Ulug’bek madrasasining peshtoqiga osib qo‘yildi. Muxolifatchi kuchlar Samarqandda Shohruhning nabirasi Mirzo Abdulloni, Buxoroda Mironshohning nabirasi Abu Saidni hukmdor qilib ko‘tarishadi. Oqibatda ular o’rtasida hokimiyat uchun yana kurash boshlanadi. Movarounnahr va Xurosonda muttasil davom etib turgan o’zaro kurashlar Dashti Qipchoqdagi hukmdorlar uchun juda qo‘l keladi. 1451-yilda Abulxayrxon katta qo’shin bilan Abu Said yordami va ishtirokida Toshkent, Chinos va Jizzax orqali Samarqandga Mirzo Abdulloga qarshi yurish qiladi. Sheroz qishlog’i yaqinida Bulung’ur anhori yoqasida jang bo’ladi. Muhorabada Mirzo Abdullo yengiladi va jangda halok bo’ladi. Shunday qilib, Abulxayrxonning yordamida Abu Said Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim bo’lib oladi. Xuroson bu davrda Shohruhning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi. Xurosonda siyosiy tarqoqlik juda avj olib ketadi. Temuriylar davri muarrixlarining yozishicha, bu davrda Xuroson 11 bo’lakka ajralib ketadi. Ular o’rtasida urush-talashlar to‘xtovsiz davom etardi. 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot qilgach, vaziyat yana mushkullashadi. Xurosonda ham, Hirotda ham hokimiyatni da’vo qiluvchilar ko’p bo’lsa-da, lekin ularning birortasi ham davlatni idora qila oladigan kuchga ega emas edi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan Abu Said 1457-yilda Hirot taxtini egallaydi va saltanatning har ikki qismini birlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Biroq viloyat hokimlarining mustaqil hukmronlikka intilishlariga, tarqoqlikka barham bera olmaydi. Ayniqsa uni Abulqosim Bobur vafotidan keyin Xorazmni egallab olgan Umarshayx Mirzo avlodi Sulton Husaynning isyonlari hammadan ko‘proq tashvishlantiradi. 1469-yilning erta bahorida Abu Said Ozarbayjon, G’arbiy Eron va Iroqqacha bo’lgan viloyatlarni egallab turgan turkmanlarga qarshi jangda halok bo’ladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Dehqonchilik, yer egaligi munosabatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Mamlakatda tez-tez sodir Bo’lib turadigan o’zaro ichki urushlarga qaramasdan, XV asrda ham Movarounnahr va Xuroson qishloqlarida birmuncha obodonchilik ishlari amalgam oshiriladi. Xususiy sohibkorlarning dashtliklardan yangi yerlarni ochish, korizlar qazib, bog’ ko’kartirish va qarovsiz qolgan tashlandiq yerlarni sug’orib, obod etish uchun amalga oshirgan har qanday faoliyati temuriylar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Hatto bunday sohibkorlar 1-2 yil davomida hamma soliq va to’lovlardan ozod etiladi. Yirik sug’orish inshootlari barpo etilib, dehqonchilik viloyatlarining suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Eng yirik sug’orish ishlaridan biri Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan, Darg’om anhoridan chiqarilgan qadimgi Angor kanalining qayta tiklanishi bo’ldi. Bu kanal orqali kam suvli Qashqadaryo vohasiga qo’shimcha suv chiqariladi. Ulug’bek hukmronlik qilgan sharqiy chegarasiga yondoshgan yangi yerlar o’zlashtiriladi. Murg’ob daryosining bosh to’g’oni - Sultonbandning Shohruh tomonidan tiklanishi va sug’orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv shahri va Murg’ob vohasining suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Sulton Husayn Mirzo hukmronlik qilgan davrda esa uning tashabbusi bilan Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug’orilib obod etiladi. Alisher Navoiyning tashabbusi bilan Tus viloyatining yuqori qismida Turuqband suv ombori qurdiriladi. 10 farsax (70-80 km) uzunlikda maxsus kanal qazdirilib, Turuqband suv omborida jamg’arilgan suv Mashhadga olib kelinadi. Natijada Mashhad suv bilan ta’min etilib, shahar atrofidagi yerlarga suv chiqariladi va obod etiladi. Bu davrda qishloq xo’jaligida, xususan g’allakorlik, sabzavotchilik va polizkorlikda ziroatlarning deyarli hamma navlari yetishtirilgan. Bog’dorchilikka zo’r ahamiyat berilgan. Мevali daraxtlarning ko’pdan-ko’p xillari ko’kartirilib, mamlakat aholisi yozda ho’l meva, qish va bahor mavsumlarida esa quruq mevalar bilan ta’minlangan. Xo’jalikning iqtisodiy hayotida ayniqsa yaylov chorvachiligi: yilqichilik, tuyachilik hamda podachilik muhim o’rin tutgan. Butun XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda avvalgidek yer va mulkchilikning asosan 4 shakldagi "mulki devoniy" - davlat yerlari, “mulk" – xususiy yerlar; mulki vaqf - madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va nihoyat "jamoa yerlari" bo’lgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Hunarmandchilik va savdo aloqalari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

b) davomadni aniqlash

  1. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko‘pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga aylanadi. Hunarmandchilikning rivoj topib, uning turli-tuman tarmoqlar bo’yicha ixtisoslanishining kuchayishi shaharlarni ham o’zgartirib yuboradi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bog’liq bo’lgan yangi-yangi guzarlar, ko’cha-ko’ylar, bozor rastalari, timlar va toqilar (usti gumbazli bozor) paydo bo’ladi. Ko’pgina shaharlarda zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik, toshtarashlovchilar, shishasozlar, ko’nchilik kabi hunarmandchilik mahallalari bo’lgan. Hunarmandchilik sohasida to’qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik yetakchi o’rinni egallagan edi. Shaharlarda ip, ipak, jun va kanop tolasidan turli xildagi rangdor guldor hamda nafis va dag’al gazmollar ko’plab to’qib chiqarilar edi. Ipakdan to’qilgan nafis futadan salla, belbog’ va aslzoda yoshlar kiyim-kechaklari tikilgan. Mahalliy va chetdan keltirilgan ipakdan turli nav shoyi gazlamalar, duxoba to’qish keng yo’lga qo’yilgan edi. XV asrda temir buyum, qurol-yarog’ va asboblar yasash yuqori darajaga ko’tariladi. Metall buyum yasovchilarining aksariyati uy-ro’zg’or buyumlari, qurol-yarog’lar va asbob-uskunalar yasovchi temirchilardan iborat edi. Ular orasida mix yasovchilar, taqachilar, sim cho‘zuvchilar, pichoqchilar kabi turli xil buyumlar yasovchi ustalar bo’lgan. Shaharlarda, xususan Samarqand va Hirotda zargarlik rivoj topadi. Shahar zargarlari orasida oltin, kumush va jez qotishmalaridan turli xil zeb-ziynatlar va qimmatbaho buyumlar yasaydigan va ularga nozik did bilan nafis badiiy ishlov beruvchi mohir ustalar soni ko’payadi. Odatda naqshinkor badiiy buyumlar boylik hashamlari hisoblanib, ular faqat mulkdor tabaqalargagina mansub edi. O’rta asr hunarmandchiligida kulolchilik eng rivoj topgan sertarmoq sohaga aylanadi. U kosagarlar, xum va xumchasozlar va tandirsozlar kabi bir nechta tarmoqlarga bo’linadi. Bu davrda tosh yo’nish, unga sayqallar berib, o’ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitish san’ati kamolotga yetadi. Samarqandda Bibixonim jome masjidida Qur’onni qo‘yish uchun o’rnatilgan ulkan tosh lavh, Go’ri Amirdagi nefrit qabr toshi, Shohizinda va boshqa joylardagi sag’analarga jimjimador naqshlar chizilgan, o’ymakor oyatlar, marsiyalar va tarixlar yozilgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Ilm-fan ravnaqi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik