I bob. O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0.51 Mb.
bet5/8
Sana26.01.2017
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Jahondagi boshqa xalqlar kabi o’zbek xalqining shakllanishi ham uzoq yillar davomida sodir bo’lgan etnik jarayonlar mahsulidir. O’zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo’lib, O’rta Osiyoning markaziy viloyatlari - Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalarida shakllangan. O’zbek xalqining asosini hozirgi O’zbekiston hududida qadimdan o’troq yashab, sug’orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan mahalliy sug’diylar, baxtariylar, xorazmiylar, farg’onaliklar, yarim chorvador qang’lilar, ko’chmanchi sak-massaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo’ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham o’zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar. Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar asosan turkiy va sharqiy eroniy tillarda so’zlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida yuqorida nomlari qayd etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuv jarayoni natijasida o’troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, o’zbek xalqiga xos antropologik tip(qiyofa) shakllanadi. Мil. av. III asrda Sirdaryoning o’rta oqimida turkiy va sug’diylar ittifoqi asosida tashkil topgan Qang’ davlati davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, o’ziga xos uyg’unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Antropolog olimlarning ta’kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, O’rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi qiyofalarida hozirgi o’zbek va voha tojiklariga xos O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i antropologik tipi (qiyofasi) to’liq shakllanadi. O’zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda IV-V asrlarda O’rta Osiyoning markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jung’oriyadan, Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniylar, kidariylar va eftaliylardir. Shuningdek, o’zbeklar etnogeneziga Turk xoqonligi davrida O’rta Osiyoning markaziy mintaqalari (Farg’ona vodiysi, Toshkent, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari) va Xorazmga kelib o’troqlashgan turkiy etnik komponentlar faol ta’sir ko’rsatadi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 3

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni:1. O’g’uzlar davlatiga qachon asos solingan?

a) VIII asr o’rtalari s) IX asr oxiri va X asr boshida

b) IX asr boshida d) X asr oxiri va XI asr boshida

2. Qaysi Somoniy hukmdor 888 yilda butun Movarounnahrni o’z qo’l ostida birlashtirdi?

a) Nuh s) Nasr

b) Ahmad d) Ismoil

3. Somoniylar davrida qaysi shahar kumush va qo’rg’oshin konlari hamda zarbxonasi bilan mashhur edi?

a) Samarqand s) Eloq

b) Shosh d) Xorazm

4. somoniylar davarida 942 yilda…..

a) yirk qo’zg’olon ko’tarildi s) aholidan ikki marta soliq umdirib olindi

b) harbiylar isyoni qonli bostirildi d) Somoniylar hokimiyati tugatildi

5. 992 yilda qoraxoniylar kim boshchiligida Movarounnahrga bostirib kirdi?

a) Nasr Eloqxon s) Horun Bug’roxon

b) Ibrohim Bo’ritegin d) Nuh ibn Mansur

6. qachon dehqon degan tushuncha o’zining qishloq hokimini anglatuvchi asl ma’nosini yo’qotdi?

a) XI-XII asrlar s) XIV-XV asrlar

b) XII-XIII asrlar d) XVI-XVII asrlar

7. 1017 yilda Xorazmni kim zabt etdi?

a) Qutbiddin Muhammad s) Elarslon

b) Otsiz d) Takash

8. Ahmad al-Farg’oniy qaysi shaharda tavallud topgan?

a) Qo’qon s) Andijon

b) Marg’ilon d) Quva

9. “Arastuning “Metafizika” asrariga sharh”, va “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarlari muallifi kim?

a) Forobiy s) Ibn Sino

b) Farg’oniy d) Beruniy

10. Tasavvuf ta’limoti qachon va qayerda vujudga kelgan?

a) VII asr oxirida Eronda s) VIII asr o’rtalarida Iroqda

b) VIII asr boshlarida Arabistonda d) VIII asr oxirida Movarounnahrda



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Xorazmshohlar saltanati bilan Mo’g’ullar davlati o’rtasidagi munosabatlar

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XI asrda mo’g’ul qabilalari hayotida hali urug’-aymoqchilik munosabatlari nihoyatda kuchli edi. Ular asosan ko‘сhmanсhi chorvachilik, ovchilik va o’zaro mahsulot ayirbosh qilish bilan shug’ullanar edi. Bu davrda mo’g’ul urug’ va qabilalari o’rtasida o’zaro kurash avj olib bormoqda edi. Mo’g’ul urug’ boshliqlari orasidagi ichki kurashlarda Temuchin (1155-1227) g’olib chiqadi. 1206-­yilda Onon daryosi bo’yida chaqirilgan mo’g’ul urug’ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuсhin ulug’ xon (qoon) deb e’lon qilindi, unga "Chingiz" laqabi beriladi va Mo’g’ullar davlatiga asos solinadi. Chingizxon ko’p sonli yaxshi qurollangan, intizomli va uyushgan qo’shin tuzadi. Endi u istilochilik urushlari olib borishga kirishadi. 1206-yilda dastlab naymanlar bo’ysundirildi. 1207-1208-yillarda Enasoy havzasi, so’ngra Yettisuv viloyatining shimoliy qismi zabt etildi va uyg’urlar taslim bo’ldi. 1211-1215-yillarda Chingizxon bir neсha bor Xitoyga hujum qilib, Shimoliy Xitoyning markazi Szindi shahrini ishg’ol qilib, Szin sulolasini taxtdan qulatdi. Shimoliy Xitoy yerlari Mo’g’uliston davlatiga qo’shib olindi. Chingizxon Xitoydan ko’p o’ljalar, сho’rilar bilan harbiy qurol yasaydigan va ularni ishlata biladigan mohir hunarmandlarni ham Mo’g’ulistonga olib ketadi. Shu tufayli u o’z qo’shinini zamonasining eng yaxshi harbiy qurol-aslahalari bilan ta’minlaydi. Chingizxon 1218-1219-yillarda Sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talafotsiz qo’lga kiritib, bu yerdagi Kuchluk davlatini tugatdi. Shunday qilib, Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog’ (Tyanshan) tizmasining g’arbiy etaklarigacha bo’lgan viloyatlar Mo’g’ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi. Endilikda Mo’g’ullar davlatining g’arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgan edi.Chingizxon va Xorazmshoh o’rtasida bir­ birining kuch-qudratini bilib olishga va bu haqda ma’lumotlar to’plashga harakat qilinadi. Ikki o’rtada hatto elchilik aloqalari o’rnatiladi. Bunday ishni amalga oshirishda Chingizxon o’z huzuridagi musulmon savdogarlaridan foydalanadi. Har ikki tomondan savdo karvonlari safida yuborilgan elchi va vakillar o’z navbatida ayg’oqchilik vazifasini ham bajaradilar. Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o’z elchilarini yuboradi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Chingizxon istilosi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: O’tror voqeasi va Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bug’roning o’ldirilishi Movarounnahrning obod dehqonchilik viloyatlariga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona bo’ldi. Yurishni Chingizxon Sharqiy Turkiston va Yettisuv o’lkalarini zabt etishdan boshladi. Chingizxon Movarounnahr yurishiga katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko’rgan edi. Hali harbiy yurish boshlanmasdanoq u o’z dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarlik to’g’risida savdogarlar orqali to’plagan ma’lumotlarni sinchiklab o’rgangan. Chingizxon Xorazmshohlar davlatining ichki ahvolidan to’la xabardor edi. Askarlarning umumiy soni jihatdan Xorazmshoh birmuncha ustunroq ham edi. Afsuski, shoh bilan sarkardalar o’rtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Urush boshlanishi arafasida bo’lgan harbiy kengashda ular o’rtasidagi ixtilof ayniqsa yaqqol namoyon bo’ldi. Kengashda dushmanga zarba berishning yagona rejasini yakdillik bilan belgilab olish o’rniga fikrlar bo’linib ketdi. Sulton katta qo’shinni bir joyga to’plashdan qo’rqar edi. Sulton nazarida bir joyga to’plangan qo’shin uni taxtdan ag’darib tashlashi mumkin edi. Shuning uchun ham harbiy kengashda sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishga, urushda mudofaa taktikasini qo’llashga qaror qiladi. Shu tariqa mamlakat mudofaaga tayyor bo’lmagan sharoitda mudofaachilikdan iborat xato yo’l tutildi. 1219-yilning kuzida Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshladi. Uning jami askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon qo’shini Sirdaryo bo’yida joylashgan O’tror shahri ustiga yurish qildi. Chingizxon bu shahar yaqinida Movarounnahrni qisqa muddat ichida zabt etish uchun Butun harbiy kuchlarini 4 qismga bo’ldi. Uning bir qismini o’g’illari Chig’atoy va O’qtoy boshchiligida O’trorni qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Jo’ji boshliq etilib, u Sirdaryo etagi tomon yuborildi. Unga Sig’noq, O’zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni buyurdi. 5 ming kishilik uchinchi qo’shin Oloqno’yon hamda Suketu Cherbi qo‘mondonligida Sirdaryoning o’rta sohili bo’ylab, uning yuqori oqimiga joylashgan Binokat va Xo’jand shaharlari tomon yuborildi. Chingizxonning o’zi asosiy kuchlari bilan Buxoroga tomon askar tortdi. O’tror mustahkam qal’ali chegara shahar edi. Mo’g’ullar shaharni qamalga olishi bilan o’trorliklar sarosimaga tushmaganlar. O’trorliklar shaharni mudofaa qilib, uni besh oy davomida o’z qo’llarida ushlab turadilar. Va nihoyat, qurshovga olingan Inolchuq asirga tushiriladi va Samarqandga olib borilib, Ko’ksaroyda qiynab o’ldiriladi. 1220-yilning fevralida Chingizxon Buxoroga yetib boradi. Biroq Buxoro dushman kuchini qaytarishga tayyor emas edi. Buxoroliklar dushmanga taslim bo’lishdan o’zga сhoralari qolmaydi. Buxoro qozisi Badriddin Qozixon o’z oqsoqollarini Chingizxon oldiga shafqat so’rab yuboradi. 1220-yilning 16-fevralida mo’g’ullar Buxoroni egallaydilar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Xorazmshohlar davlatining halokati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 1221- yilning boshlarida Chingizxon qo’shinlarining Urganchga yurishi boshlandi. Endigina Xorazm davlatining Sultoni deb e’lon qilingan Jaloliddin Manguberdi Urgancnga yetib kelib mudofaaga kirishsa-da, ammo Turkon Xotun Jaloliddin hokimiyatini tan olmadi. Unga qarshi sobiq Jand noibi qochqin Qutlug’xon boshliq qipchoq lashkarboshilari tomonidan uyushtirilgan suiqasddan xabar topgan Sulton Jaloliddin Temur Malik bilan Xurosonga jo’nashga majbur bo’ladi. Chunki bunday yaziyatda poytaxtga tomon bostirib kelayotgan yovuz dushmanga qarshi Urganch mudofaasini sira ham tashkil qilib bo’lmas edi. Tez vaqt ichida shahzodalar O’zloqshoh va Oqshohlar ham Urganchni tark etib, qochib ketadilar. Poytaxt taqdiri o’ta qo’rqoq va amalparast amir Xumortegin qo’lida qoladi. U o’zini Sulton deb e’lon qilib, Urganchni mo’g’ullardan himoya qilishga va’da ham qiladi. Urganchdek katta shaharni qamal qilish uchun shimoldan Jo’ji, Buxoro tomondan Chig’atoy va O’qtoy askarlari bostirib keladi. 1221-yilning qishida 50 ming kishilik mo’g’ul askarlari hujum boshlab, Urganchni qamal qiladi. Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining ustunligiga qaramay o’z ona shahrini mudofaa qiladilar. Mo’g’ul askarlari ichiga neft to’lg’azilib, piligi yonib turgan ko’zachalarni irg’itib tursa-da, erksevar Urganch aholisi bunday og’ir damlarda ham dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. Poytaxt ichida olib borilgan ko’cha janglarida zamonining buyuk allomasi Shayx Najmiddin Kubro nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy o’z do’st-u shogirdlari va izdoshlari bilan ishtirok etadi. Najmiddin Kubroning iltijo bilan "Yo Vatan, yo sharofatli o’lim" deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir mahalla, ko’cha-ko’y, guzar-u rasta, masjid-u madrasa va har bir xonadon janggohga aylanadi. Mudofaachilar qadrdon shaharning har bir qarich yerini mardona himoya qilib, mardlik va fidokorlik namunalarini ko’rsatadilar. Uzoq davom etgan ko’cha janglarida minglab mo’g’ul askarlari halok bo’ladi. Mo’g’ullar to shu paytgacha Movarounnahrning hech bir shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar. Bu qonli kurash 5 oy davom etgan. Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a’yonlari, barcha yor-u do’stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni taklif etgan. Ammo shayx Chingizxon taklifini rad qilgan. Oqibat son jihatidan teng bo’lmagan dushman bilan olib borilgan shiddatli jangda og’ir yaralangan Najmiddin Kubro o’lim oldida tug’ tutgan mo’g’ul sarboziga tashlanib, qahramonlarcha shahid bo’ladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Chig’atoy ulusining tashkil etilishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni Zabt etilgan o’lka va viloyatlarni Chingizxon hali hayotlik chog‘idayoq o’g’illariga taqsimlab berdi. Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil bo’yi, Xorazm va Darbandgacha to’ng’ich o’g’li Jo’ji va uning vafotidan keyin esa nabirasi Botuga topshirildi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning ikkinchi o’g’li Chig’htoy ega bo’ldi. Chingizxon G’arbiy Mo’g’ulistonni, shuningdek, Tarbag’atoyni, uchinchi o’g’li va vorisi O’qtoyga berdi. Kenja o’g’li Tuluga esa Mo’g’uliston, Xitoy va Qirg’izlar yeri tegdi. Shunday qilib, mo’g’ullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlash asosida boshqarishga kirishdi. Chingizxon vafotidan so’ng (1227) O’qtoy mo’g’ullar davlatining ulug’ xoqoni qilib tayinlandi. Uluslarning hukmdorlari "xon" deb yuritilardi. Ulug’ xoqonning qarorgohi Qoraqurum shahrida bo’lib, u yerdan turib xonlarning xatti-harakatini qattiq nazorat qilib borar edi. Chingizxon vafotidan keyin ham mo’g’ullarning G’arbga tomon yurishi davom etdi. 1236-1241-yillarda Rusiya zabt etilib, Oltin O’rda davlati tashkil topadi. 1256-yilda Eron batamom bosib olinib, Hulokuiylar davlati vujudga keladi. 1258-yilda Huloku abbosiylar sulolasiga xotima beradi. Mo’g’ullar Osiyo va Yevropaning katta qismida o’z hukmronligini o’rnata olgan bo’lsalar-da, yagona markazlashgan davlat tuza olmadilar. Ulus xonlari ulug’ xoqonga nomigagina bo’ysunsalar-da, amalda o’z bilganlaricha ish yuritardilar. Ulus xonlari o’rtasida yo ulug’ xoqon bo’lish uchun, yo boshqa ulus tasarrufidagi hududlarni egallab olish uchun o’zaro keskin ichki kurash, ziddiyatlar avj olib turardi. XIII asrning 20-yillarida Chig’atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig’atoy ulusi tashkil topdi. Chig’atoyxonning ulusni boshqaradigan o’rdasi Ili daryosi bo’yida edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig’atoy o’ziga bo’ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi. Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari hali Movarounnahr zabt etilmasdan ilgari Chingizxon huzurida xizmat qilgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochga beriladi. U Xo’jand shahrini o’ziga qarorgoh qilib oladi va shu yerda turib, Movarounnahrni idora qila boshlaydi. Harbiy hokimiyat, aholini ro’yxatdan o’tkazish, soliq yig’ish ishlari dorug’achi va tamg’ach deb ataluvchi mo’g’ul amaldorlari qo’lida bo’lardi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XIII asr o’rtalarida Chig’atoy ulusining mo’g’ul amaldorlari doirasida o’troqlikka ko‘chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o’troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. Mo’g’ulistonning ulug’ xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish to’g’risida maxsus farmon - yorliq chiqaradi. Yomlar bo’ylab pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi. Shuningdek, elchilarga, qo’llarida bevosita topshiriqlari bo’lmasa, shahar yoki qishloqlarga kirmasligi va aholidan ular uchun belgilanadigan ortiqcha yem-xashak hamda oziq-ovqat olmasligi uqtiriladi. Shu tariqa aholi o’zboshimchalik bilan yig’ib olinadigan hisobsiz to’lovlardan ozod bo’ladi. Movarounnahrda asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, shahar hayoti, xususan hunarmandchilik va savdo munosabatlari jonlana boshlaydi. Shaharlarning ichki hayoti, ayniqsa tovar va pul munosabatlarining tiklanishida Mas’udbek tomonidan 1271-yilda amalga oshirilgan pul islohoti muhim ahamiyatga ega edi. U Movarounnahrning 16 ta shahar va viloyatlarida, jumladan, Samarqand, Buxoro, Taroz, O’tror, Xo’jand va boshqa shaharlarda bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ettirib, mamlakatda ularni muomalaga chiqaradi. Bu borada shuni qayd qilish joizki, yarim asr mobaynida Movarounnahrda kumush tangalar muntazam zarb etilmagani nazarga olinsa, Mas’udbekning pul islohoti tufayli mamlakatda tovar va pul munosabatlari tiklanib, shaharlar hayotining jonlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. XIV asrning birinchi yarmida Chig’atoy ulusida mo’g’ullarning o’troqlikka o’tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’la boshlaydi. Movarounnahrdek madaniy o’lka bilan mustahkam aloqa o’rnatishga va o’troq hayot kechirishga intilgan Chig’atoy xonlaridan biri Kebek (1318-1326) edi. U hokimiyatni bevosita o’z qo’liga olib, Qashqadaryo vohasidagi qadimgi Nasaf shahri yonida o’ziga saroy qurdiradi. Saroy mo’g’ul tilida "Qarshi" deb yuritiladi. Kebekxon o’z qarorgohini mo’g’ul hukmdorlari orasida birinchi bo’lib Movarounnahrga ko’chiradi. Shu saroyda turib u mamlakatni idora qiladi. Keyinchalik bu saroy atrofida yangi binolar qad ko’taradi va eski Nasaf shahri bilan qo’shilib ketadi. Shundan e’tiboran bu shahar "Qarshi" deb atala boshlanadi. Kebek davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy hayotini tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul islohoti o’tkazadi. Kebekning islohoti Bo’yicha davlat yurtlarga, Movarounnahr hududlari tumanlarga bo’linadi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 4

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. 1216 yilda Xorazmshoh Chingizxon huzuriga yuborgan elchilariga kim boshchilik qiladi?

a) Mahmud Yalovoch s) Ibn Kafroj Bug’ro

b) Bahouddin Roziy d) Qoracha Xojib

2. 1218 yilda Chingizxon tomonidan Urganchga yuborilgan karvonda nechta musulmon savdogarlari bos edi?

a) 400 s) 500

b) 450 d) 600

3. Chingizxon Movarounnahrni bosib olishda qo’shinini 4 qismga bo’ladi. O’shanda uning o’zi asosiy kuchlari bilan qayerga hujuma qildi?

a) O’tror s) Urganch

b) Samarqand d) Buxoro

4. Mo’g’ullar qaysi shaharga hujum chog’ida bosh suv inshoati – Qo’rg’oshin novasini buzib tashlab shahrni subsiz qoldiradilar?

a) Buxoro s) Urganch

b) Samarqand d) O’tror

5. Jaloliddin mo’g’ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g’alabasi…….

a) Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo’g’ullarni tor-mor etishi

b) Parvona dashtidagi g’alabasi

s) Sind daryosi qirg’oqlaridagi jang

d) Eronda edi.

6. “Jaloliddin Manguberdi” tavalludining 800 yilligi qachon nishonlandi?

a) 1997 yilda s) 2001 yilda

b) 1999 yilda d0 2002 yilda

7. Mahmud Yalovoch Chig’atoy ulusini boshqarishda qaysi shaharni o’ziga qarorgoh qilib oladi.

a) O’tror s) Sig’noq

b) Xo’jand d) Yangikent

8. Chig’atoy ulusida hunarmandlar va savdogarlardan mahsulot yoki sotilgan molning o’ttizdan bir qismi hajmida undirilgan soliq qanday nomlangan?

a) kalon s) shulen

b) qopchur d) targ’u

9. Nasaf shahri yonidagi Qarshi saroyiga kim asos slogan?

a) Chingizxon s) Kebek

b) Munke d) Mas’udbek

10. mo’g’ullar davriga oid sayfuddin Baxarziy va Bayonqulixon maqbaralari qayerda qurilgan?

a) Buxoro s) Samarqand

b) Ko’hna Urganch d) Kat



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik