I bob. O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0.51 Mb.
bet2/8
Sana26.01.2017
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: G’arbiy turk xoqonligi tasarrufiga O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir qismi kirardi. Uning markazi Yettisuv edi. G’arbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. Sharqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko’chmanchilar edi. G’arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi esa o’troq dehqonchilik, hunarmandсhilik va savdo-sotiq bilan mashg’ul edi. VII asrning birinchi choragida G’arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind daryosi bo’ylariga borib taqaladi. Xoqon To’n yabg’u (618-630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. Viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog’lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning "yabg‘u" unvoni beriladi. Natijada ular xoqonning noibiga aylanadilar. Shu bilan birga O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari - tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash oqibatida G’arbiy turk xoqonligi zaiflashib boradi. Turk xoqonligiga birlashgan aholining hayoti ham, xo’jaligi ham turlicha edi. Ko’chmanchilarning asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo’lgan. Yilqichilik va tuyachilik muhim o’ringa ega edi. Chorvador ko’chmanchilar orasida mulkdorlar va ularning xizmatida esa ko’plab qul, cho’ri va xizmatkorlar bo’lardi. Mulkdorlarning eng yirik vakili xoqonning o’zi edi. Xoqonlikda shaharlar va qishloqlar ko’p bo’lgan. Aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanardi. Dehqonchilikda asosan don ekinlari: bug’doy, arpa, sholi va tariq ekilardi. Paxta, beda ekish, bog’dorchilik va tut ko’chatlari o’tqizish hamda uy hayvonlarini boqish bilan shug’ullanilar edi. Shahar hunarmandchiligida kulolchilik, to’qimachilik, sarrojlik, miskarlik, temirchilik va zargarlik anсha-munсha rivoj topgan edi. Shaharlarda hunarmandchilikning kengayishiga turklar katta ta’sir ko’rsatadilar. Сhunki qadimda ularda kasb-hunarning ko’pgina sohalari nihoyatda rivoj topgan edi. Turk hunarmandlari yasagan zeb-ziynatlar va qurol-yarog’lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ayniqsa ajralib turardi. Farg’ona va Sug’dda oltin, mis, temir va simob, Iloq (Eloq)da qo‘rg‘oshin, kumush va oltin qazib olinardi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 1

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Ilk o’rta asrlarda dehqon bu……

a) qishloq hokimi s) qishloqning qaram aholisi

b) ziroatchi oddiy qo’shchi d) to’g’ri javob a va s

2. III asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti qaysi shahar edi?

a) Tuproqqal’a s) Kat

b) Qal’aliqir d) Balx

3. Eftallar davrida qayerlar dehqonchilik va bog’dorchilikning rivoj topgan markazi hisoblangan?

a) Farg’ona va Turkiston s) Choch va Eloq

b) Toxariston va Sug’d d) toxariston va Farg’ona

4. Turk xoqonligining Shimoliy Kavkazni egallab, Qrim yarim oroliga kirib borishidan foydalangan qaysi davlat Toxariston va Chag’aniyonni eftallardan tortib oladi?

a) xunnlar s) sosoniylar

b) toxarlar d) saklar

5. Eftallar utsiga birinchi marta yurish qilgan Pero’z asir tushganda asirlikdan qanday ozod etildi?


  1. o’g’li Kubodni garovga qo’yib qutilgan

  2. Vizantiya imperatori Zenon yuborgan o’lpon evaziga

s) qizini eftallar hukmdorining o’g’liga bergan

d) yirik hajmda o’lpon to’lagan

6. Ilk o’rta asrlarda chokarlar kimlar edi?

a) mulkdor tabaqa s) dehqon mulkini qo’riqlovchi pospon

b) ziroatchi oddiy qo’shchilar ) dehqonlarga qaram aholi

7. Tuproqqal’aning qaysi qismida Xorazmshohlar qasri qurilgan?

a) janubi sharqiy qismida s) shimli sharqiy qismida

b) janubi g’arbiy qismida d) shimoli g’arbiy qismida

8. Eftallar davrida xvabu nima edi?

a) ko’tarma ko’prik s) urug’ oqsoqollari

b) etnik guruh d) hukmdor

9. Qachon Oltoy va janubiy Sibirda yashagan turkey qabilalarni birlashtirgan yangi davlat, Turk xoqonligi vujudga keldi?

a) V asr oxirida s) VI asr o’rtalarida

b) VI asr boshida d) VI asr oxirida

10. Eftallar ustiga ikkinchi marta yurish qilgan Pero’z asir tushganda asirlikdan qanday ozod etildi?


  1. o’g’li Kubodni garovga qo’yib qutilgan

  2. Vizantiya imperatori Zenon yuborgan o’lpon evaziga

s) qizini eftallar hukmdorining o’g’liga bergan

d) yirik hajmda o’lpon to’lagan



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: V – VII asrlarda mamlakat bir qancha mayda hokimliklarga bo’linib ketadi. Viloyat va uning yirik shaharlariga tayangan 15 dan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topadi. Bu mayda hokimliklar avval eftaliylar, so’ngra Turk xoqonligiga bo’ysundirilgan bo’lsa-da, ammo eftaliylar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki hayotiga aralashmaydilar. Markaziy hokimiyatga boj to’lab turish bilan ular o’z mustaqilliklarini ma’lum darajada saqlab qoladilar. Bunday nisbatan mustaqil viloyatlarning hukmdorlari o’z atrofidagi mulkdor dehqonlar va ularning harbiy chokarlariga tayanardilar. Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi Sug’d ixshidlari edi. Sug’dda aholi gavjum yashardi. Sug’diylar dehqonchilik va bog’dorchilik, ayniqsa uzumchilikda nihoyatda omilkor edilar. Chorvachilikda mayda va yirik shoxli hayvonlar bilan bir qatorda ot, xachir, eshak va tuyalar boqilardi. Ayniqsa, Sug’dning hisori qo’ylari va tulporlari juda mashhur edi. Sug’d shaharlari bu davrda hunarmandchilikning markaziga aylanadi. Ularda to’qimachilik, kulolchilik, ko’nchilik, chilangarlik, taqachilik, najjorlik, qurolsozlik va zargarlik yuqori darajada rivojlangan edi. Sug’d tog’laridan oltin, jez, novshadil va yalama tuzlar kovlab olinardi. Shaharlarda hunarmandchilikning yuksalishi o’z navbatida ichki va tashqi savdo aloqalarining kengayishiga imkon beradi. Sug’ddan Sharqiy Osiyo va Xitoyga qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan zeb-ziynatlardan tortib, turli-tuman matolar va dorivorlargacha olib chiqilardi. Nisbatan mustaqil hokimliklarning bir nechtasi Toxaristonda joylashgan edi. Balx shahri Toxariston poytaxti bo’lgan. Toxariston avval eftaliylar, so’ngra Turk xoqonligi tomonidan bo’ysundiriladi. Manbalarda ta’rif etilishicha, Toxariston aholisi budda diniga e’tiqod qilgan. Toxariston 25 harfli yozuviga ega bo’lgan. U ko’ndalangiga chapdan o’ngga qarab yozilgan. Aholisi ip va ipak matolardan kiyingan. Tog’liklari po’stin va jun chakmon kiyishgan.Toxariston aholisining asosiy qismi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullangan. Toxaristonda ayniqsa qurolsozlik yuksalgan. Chokarlari kamon, gurzi, cho’qmor, xanjar, shamshir va sovutlar bilan qurollanardi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: VI-VII asrlarda madaniy hayot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Yozuv bu davrda Sug’d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo’lib, sug’d va Xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida maydonga kelgan edi. Toxar yozuvi baxtar yozuvi asosida shakllangan edi. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog’och, sopolga va kamdan­ kam hollarda qog’ozga bitilardi. Chunki qog’ozning bahosi nihoyatda baland edi. Ayrim bitiklar esa hatto podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilardi. Ular orasida elchilik maktublari, xo’jalik kirim va chiqimlari, yuridik shartnomalar, astronomik hujjat, tarixiy yodnomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo’lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan Sug’d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Qal’ai Mug’da, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etilgan. Ularda Sug’dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari xususida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Sug’dda o’g’il bolalar 5 yoshga to’lgach, yozuv va hisobga o’rgatilar, so‘ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o’rganish uchun o’zga mamlakatlarga jo’natilar edi. Sug’d xati asosida uyg’ur va turk yozuvlari shakllangan, Uyg’ur yozuvidan esa o’z navbatida keyinchalik mo’g’il va manjur xatlari paydo bo’lgan. Sug’diylarning kattagina guruhi doimo turk xoqonlarining qarorgohida yashagan. Ularning ayrimlari saroy a’yonlari va ma’murlari qatoridan o’rin egallab, maslahatchi, elсhi, xat va savodga o’rgatuvchi ustoz vazifasini bajarganlar. Shuningdek, ko‘k turk xati ham qo‘llanilgan, Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harflardan iborat edi. U tosh va yog’ochlarga o’yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‘k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg’ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o’rganilgan. Ular qabr toshlari, sopol va metall buyumlar, yog’och hamda tanga pullarga bitilgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Islom dini va arab xalifaligi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Islom dini Qadimdan Arabiston yarim orolidagi arablar tarqoq holda yashardilar. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. Bu buyuk e’tiqod yakka xudolikka asoslangan islom dini edi. Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad (s.a.v. ­sallalohu alayhi vasallam) binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, rasulullohga ergashgan uning izdoshlari "muslim" (musulmonlar)deb atalgan. Ular insonlarning Xudo oldida teng ekani, rizq-ro’zini barchaga yaratguvchining o’zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ’ib etadilar. Islom bayrog’i ostida Makka shahrida boshlangan Islom dini targ’iboti Madinaga ko’chadi. Muhammad (s.a.v.) 630-yilda arablarni yagona davlatga birlashtiradi. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifa deb e’lon qilinadi. Arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida, islomning jahon dinlaridan biriga aylanishida islom aqidalari, huquqiy va axloqiy me’yorlarini o’z ichiga qamrab olgan Qur’oni Karimning ahamiyati buyuk bo’ldi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Eron kabi ko’p mamlakatlar bo’ysundirilib, behisob o’ljalarga ega bo’lgan Arab xalifaligi harbiy yurishlarni bizning o’lkamizga qaratdi. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. So’ngra hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. Arablar bu yerda o’rnashib olgach, Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya’ni "daryoning narigi totoni" deb atardilar. Arablar Movvorounnarga dastlab uni bosib olish uchun emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko’rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi. Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg’ va 667-yilda Chag’oniyondan boshlanadi. Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro hukmdori qo’shinlarini yengadi va o’z foydasiga sulh tuzib, bir lak (yuz ming) dirham hajmida boj undiradi. Bojdan tashqari arablar 4 ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko’p o’ljalar bilan Marvga qaytadilar. Yo’l-yo’lakay arablar Termiz shahrini egallaydilar. Shunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon qilgan dastlabki yurishlari boylik orttirish maqsadida amalga oshirgan talonchilikdan iborat edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Movarounnahr fath etilishining iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni Arablar o’lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini oyoqosti qilib, juda ko’p shahar va qishloqlarga o’t qo‘yib vayron etdilar. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi. Zabt etilgan shahar va qishloq aholisidan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar va ko’plab qurol-yarog’lar tortib olindi. Sulh tuzishga majbur bo’lgan Buxoro, Poykand, Sug’d hukmdorlaridan katta miqdorda boj tovonlar undirib olindi. Arablar o’z qo’shinlariga minglab nafar mahalliy yigitlarni jalb etdilar. Istilochilar Movarounnahr aholisidan ko’proq boylik undirib olishga harakat qildilar. Buning uchun avvalo ular faoliyatni Movarounnahrning barcha shahar va yirik qishloqlariga o’z harbiy qismlarini joylashtirishdan boshladilar. Bu harbiy kuchga tayanib, ular aholidan turli soliqlar undirib, aholini xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand shahriston yoki undagi zakot, jiz’ya soliqlarini xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlarga bo’shatib beriladi. Ayrim istilochi zodagonlar dehqonсhilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlarini va suv inshootlarini egallab oladilar. Kelgindilarning bir qismi bosib olingan qishloq atroflariga ko’chib kelib o’rnashadi va o’troqlashadi. Yerli aholi jamoat binolari, suv inshootlarini qurish, sug’orish tarmoqlarini loyqadan tozalash kabi ishlarga safarbar etiladi. "Xiroj", "ushr", "zakot", "jiz’ya" kabi soliqlar joriy etildi. Arablar Movarounnahrda o’rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlash uchun islom dinini da’vat etishga, aholi o’rtasida islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Movarounnahrning bir nechta mahalliy dinlarga topinuvchi taqvodor aholisini uzil-kesil bo’ysundirishda ularni islom diniga birlashtirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini arab istilochilari yaxshi tushunardilar. Shu boisdan ular Movarounnahr aholisining asosiy dini hisoblanadigan otashparastlik va boshqa dinlarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o’rniga jome masjidlari bino qilinadi. Islom dinini qabul qilib, musulmon bo’lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jiz’ya soliqlaridan ozod etilgan. Ularga ancha­-muncha imtiyozlar berilgan. Islomni qabul qilishdan bosh tortgan kimsalardan esa jon bosh solig’i - jiz’ya undirilib olingan. Soliqlarni o’z vaqtida to‘lamagan kishilar tutib olinib bo’yinlariga "qarzdor" deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilardi.:

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Xalifalik hukmronligiga qarshi xalq xarakatlari. Abu Muslim qo’zg’oloni

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Arab bosqinchilarining talonchilik siyosati yerli xalqni barcha haq-huquqlardan mahrum etdi. Madaniyatning oyoqosti qilinishi, zulm hamda arab tili, yozuvi va xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo’zg’olonlar ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719) murakkab vaziyatni hisobga olib, bo’ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo’ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to’xtatish hamda moliyaviy isloh o’tkazish to’g’risida f armon berdi. Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan yerli xalqlardan xiroj va jiz’ya soliqlarini olish bekor qilindi. Hatto Xuroson noiblari uni bajarishdan bosh tortadilar. Ular hatto aholi hali yuzaki musulmon, jiz’yadan ozod qilish uchun xatnaga e’tibor berish ham lozim, degan beandishalikka boradilar. Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko’pchiligi o’zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to’lamay qo’yadi. So’ngra xalifalik ma’muriyati bir yo’la hammadan jiz’ya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan arab ma’muriyati o’rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda bosqinchilarga qarshi xalq qo’zg’olonlari ko’tariladi Bunday qo’zg’olonlardan biri 720-yilda Sug’dda boshlandi. Qo’zg’olonga Samarqand ixshidi G’urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qiladilar.

Umaviylarga qarshi umumiy norozilik ayniqsa xalifa Marvon II (744-750) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi. Bunga, xiroj solig’i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo’ladi. Umaviylarga qarshi kurashga da’vat qilish uchun abbosiylar turli viloyatlarga ko’plab targ’ibotchilar yuboradilar. 746-yilda shunday targ’ibotchilardan biri Abu Muslim Xurosonga keladi. U Xuroson aholisiga murojaat qilib, payg’ambar avlodlarini quvvatlashga chaqiradi. Dastlab arab zodagonlari, so‘ngra mahalliy dehqonlar . Abu Muslimni qo’llab­ quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. Go’yo mamlakat aholisining barcha katta-kichigi arablarga qarshi qo’zg’algandek bo’ladi. Qo’shin avval Abu Muslim qarorgohi Moxuvon qal’asida to’planadi. Abu Muslim qo’shiniga kelib qo’shilgan kishilar ro’yxatga olinib, ularga avval 3 dirhamdan, so’ngra esa 5 dirhamdan maosh to’lanadi. Qizig’i shundaki, ro’yxatdan o’tgan kishilarning katta qismi har tomondan kelgan qullardan iborat edi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik