I bob. 1-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yuz bergan tub o`zgarishlar



Download 1,28 Mb.
bet1/20
Sana27.08.2021
Hajmi1,28 Mb.
#156920
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
9-jahon tarixi



I BOB. 1-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yuz bergan tub o`zgarishlar

  1. 9-sinf jahon tarixi darsligi qaysi davr tarixini o’z ichiga oladi?

  1. XIX asr 70-yillaridan 1918-yilgacha

  2. XIX asr 60-yillaridan 1914-yilgacha

  3. XIX asr 50-yillaridan 1918-yilgacha

  4. XIX asr 70-yillaridan 1914-yilgacha

  1. Kapitalizm taraqqiyotida yangi - “monopolistik kapitalizm” deb ataluvchi bosqich qachon qaror topdi?

    1. XIX asr oxiri -XX asr boshlarida

    2. XIX asr o’rtalarida

    3. XIX asr 70-yillarida

    4. XIX asr I choragida

  2. Monopolistik kapitalizm bu —…

1)kapitalizmning iqtisodiy hayotida monopoliyalar vujudga kelgan davr; 2)moliya oligarxiyasi shakllangan bosqich; 3)mashinalarni mashina yordamida ishlab chiqarish boshlangan bosqich; 4)buyuk davlatlar tomonidan dunyoni hududiy jihatdan bo’lib olish boshlangan bosqich; 5)siyosiy hayotida monopoliyalarning davlat va xalq ustidagi hukmronligi o`rnatilgan bosqich.

    1. 1, 2, 4

    2. 1, 2, 5

    3. 1, 3, 5

    4. 2, 3, 4

  1. Monopolistik kapitalizm bosqichi erkin kapitalizmdan qanday asosiy belgilari bilan ajralib turadi?

1)ishlab chiqarish sohasida monopoliyalarning vujudga kelganligi; 2)moliya oligarxiyasining vujudga kelganligi; 3)chetga kapital chiqarishning muhim ahamiyat kasb etishi; 4)xalqaro monopoliyalarning dunyoni bo`lib olishi; 5)buyuk davlatlar tomonidan dunyoni hududiy jihatdan bo’lib olishning boshlanishi; 6)dunyoni industrial davlatlar tomonidan hududiy jihatdan taqsimlab olishning tugallanishi; 7)Yevropa davlatlarida burjua inqiloblarining yuz berishi.

  1. 1, 2, 3, 4, 5

  2. 1, 3, 4, 6, 7

  3. 1, 2, 3, 4, 6

  4. 2, 3, 4, 5, 7

  1. Monopoliya — bu…

  1. bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi

  2. ishlab chiqarish yoki savdoning bir sohasida yakka hukmronligi egallab olingan ulkan korxona yoki shunday korxonalar birlashmasi

  3. maqsadli pul jamg’armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq munosabatlar

  4. bir tarmoqdagi mustaqil kompaniyalar, firmalarning ishlab chiqarish va sotishning umumiy hajmlari, narhlari, sotish bozorlari, har bir ishtirokchilar to’g’risidagi bitim asosida tashkil etilgan tuzilma

  1. Reyn-Vestfaliya ko`mir sindikati qachon tashkil topgan?

  1. 1888-yilda

  2. 1893-yilda

  3. 1897-yilda

  4. 1907-yilda

  1. Reyn-Vestfaliya ko`mir sindikati qaysi davlatda tuzilgan?

  1. AQSHda

  2. Fransiyada

  3. Germaniyada

  4. Italiyada

  1. Reyn-Vestfaliya ko`mir sindikati mamlakatda qazib olinadigan va sotiladigan ko`mirning qancha qismini o`z qo`lida to`plagan?

  1. 54,9%

  2. 72,9%

  3. 86,7%

  4. 87,9%

  1. 1896-yilda Germaniyada monopoliyalar soni qancha edi?

  1. 60 ta

  2. 185 ta

  3. 200 ta

  4. 250 tadan ortiq

  1. 1900-yilda AQShda nechta monopoliya faoliyat ko`rsatgan?

  1. 60 ta

  2. 185 ta

  3. 200 ta

  4. 250 tadan ortiq

  1. Moliya oligarxiyasi nimaning natijasida vujudga kelgan?

  1. sanoat va savdo tarmoqlarining qo`shilishi natijasida

  2. burjuaziya va aristokratiya kapitalining qo`shilishi natijasida

  3. sanoat va bank kapitalining qo`shilishi natijasida

  4. mayda banklarning yirik banklarga qo’shilishi natijasida

  1. Qaysi omillar banklar faoliyatida kapitalning markazlashuviga olib keldi?

  1. mayda banklarning yirik banklarga qo’shilishi

  2. ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va sanoatning monopoliyalashuvi

  3. banklarning mustamlakalardan kelayotgan boyliklarni qo’lga kiritishi

  4. yirik savdo kompaniyalarining banklarga omonat qo’yishining ko’payishi

  1. Fransiyada XX asr boshlarida juda katta moliyaviy qudratga va ulkan siyosiy ta’sirga ega bo’lgan bank gigantlar soni nechta edi?

  1. ikkita

  2. uchta

  3. to’rtta

  4. beshta

  1. XX asr boshlarida AQShda gigant banklar soni nechta edi?

  1. ikkita

  2. uchta

  3. to’rtta

  4. beshta

  1. AQShda mamlakatning iqtisodiy hayotini nazorat qilib turgan nechta oila mavjud edi?

  1. 60 ta

  2. 80 ta

  3. 180 ta

  4. 200 ta

  1. XIX asrning oxirida AQSHda Rokfeller qaysi sohaning “qiroli” edi?

  1. po’lat

  2. moliya

  3. neft

  4. ko’mir

  1. XIX asrning oxirida AQSHda Morgan oilasi qaysi sohaga egalik qilar edi?

  1. po’lat

  2. moliya

  3. neft

  4. ko’mir

  1. XIX asrning oxirida AQSHda Karnegi qaysi sohaga egalik qilar edi?

  1. po’lat

  2. moliya

  3. neft

  4. ko’mir

  1. Morganning po`lat tresti mamlakatdagi po`latning necha foizini berardi?

  1. 54,9 foizini

  2. 66 foizini

  3. 86 foizini

  4. 86,7 foizini

  1. XIX asr oxirida Fransiyada moliyaviy qudratning timsoli fransuz bankining yirik omonatchilari bo`lgan nechta oila bor edi?

  1. 90 ta

  2. 180 ta

  3. 200 ta

  4. 250 ta

  1. Moliya oligarxiyasi foydani ko`paytirishga harakat qilib, chetga endi tovarlar o’rniga nimani chiqarishga alohida ahamiyat bera boshladilar?

  1. mashinalarni

  2. texnologiyalarni

  3. kapitalni

  4. sanoat ishchilarini

  1. 1900-1913-yillarda industrial(rivojlangan) davlatlar chetga chiqargan kapitalning hajmi necha barobar oshgan?

  1. 1,5 barobar

  2. 2 barobar

  3. 2,2 barobar

  4. 2,5 barobar

  1. 1875-1900-yillarda industrial davlatlarning chet ellarda joylashtirgan kapitalining oshishi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

  1. Buyuk Britaniya-3; Fransiya-4,5; Germaniya-7,5 barobar

  2. Buyuk Britaniya-2,25; Fransiya-2,5; Germaniya-7,5 barobar

  3. Buyuk Britaniya-2; Fransiya-2,25; Germaniya-7,5 barobar

  4. Buyuk Britaniya-4,5; Fransiya-7,5; Germaniya-2,25 barobar

  1. 1910-yilda xalqaro monopoliyalar soni qanchaga yetgan?

  1. 100 taga

  2. 180 taga

  3. 200 taga

  4. 250 taga

  1. XX asr boshida qaysi monopoliyalar jahonning kerosin bozorini bo`lib olganlar?

  1. Anakonda va Prodmet

  2. Rokfeller va Rotshildlar

  3. Rokfeller va Karnegi

  4. Standart Oil va Anakonda

  1. Qachon “Umumiy elektr kompaniyasi” bilan “Umumiy elektr jamiyati” o`rtasida jahon elektr bozorini bo`lib olish va o`zaro hamkorlik qilish to`g`risida shartnoma tuzilgan?

  1. 1893-yilda

  2. 1896-yilda

  3. 1907-yilda

  4. 1914-yilda

  1. XX asr boshlarigacha industrial davlatlar o`rtasida … o`zga xalqlar hududlari bo`lib olingan.

  1. 52,6 mln. kv.km

  2. 54,9 mln. kv.km

  3. 72,9 mln. kv.km

  4. 89,4 mln. kv.km

  1. 1862-yilda Buyuk Britaniya chetga qancha miqdorda kapital chiqargan?

  1. 1,4 mlrd. so’m

  2. 5,8 mlrd. so’m

  3. 3,9 mlrd. so’m

  4. 7,7 mlrd. so’m

  1. Qaysi javobda 1914-yilda industrial davlatlar tomonidan chet elga chiqarilgan kapital miqdori to’g’ri berilgan?

1)Buyuk Britaniya, 2)Fransiya, 3)Germaniya, 4)AQSH, 5)Rossiya, 6)Yaponiya.

a)36,7 mlrd. so’m, b)16,6 mlrd. so’m, c) 0,5 mlrd. so’m, d)22,1 mlrd. so’m, e)5,3 mlrd. so’m, f)0,4 mlrd. so’m



  1. 1-a, 2-f, 3-d, 4-e, 5-c, 6-b

  2. 1-a, 2-d, 3-b, 4-e, 5-c, 6-f

  3. 1-a, 2-d, 3-c, 4-b, 5-e, 6-f

  4. 1-b, 2-a, 3-b, 4-e, 5-f, 6-c

  1. 1899-1902-yillarda Fransiya chetga qancha miqdorda kapital chiqargan?

  1. 4,8 mlrd. so’m

  2. 7,7 mlrd. so’m

  3. 12,3 mlrd. so’m

  4. 23,9 mlrd. so’m

  1. XX asr boshlarigacha qudratli industrial davlatlar tomonidan butun yer yuzining necha foizi bo’lib olingan?

  1. 52,6 %

  2. 54,9 %

  3. 72,9 %

  4. 75,4 %

  1. Quyidagi qaysi davlatlar juda katta mustamlakalariga ega bo`lib oldilar?

  1. Buyuk Britaniya, Rossiya, Yaponiya

  2. Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya

  3. Buyuk Britaniya, AQSH va Germaniya

  4. Buyuk Britaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya

  1. XX asr boshida qaysi davlat iqtisodiy taraqqiyotda dunyoda 2-o’ringa, Yevropada esa 1-o’ringa chiqib olgan?

  1. Germaniya

  2. Italiya

  3. Fransiya

  4. Avstriya-Vengriya

  1. Quyidagi qaysi davlat juda katta hudud, boy xomashyo zaxiralari, keng ichki bozorga ega bo`lganligi uchun mustamlakalar zabt etishga ishtiyoq bildirmadi?

  1. Germaniya

  2. Rossiya

  3. AQSH

  4. Italiya

  1. XIX asrning oxiriga kelib, AQSh qayerni anneksiya qildi(qo’shib oldi)?

  1. Gavayi orollarini

  2. Tunisni

  3. Samoa orollarini

  4. Namibiyani

  1. XX asr boshlarida quyidagi davlatlardan qaysi biri eng katta mustamlakalarga ega edi?

  1. Germaniya

  2. Italiya

  3. Rossiya

  4. Yaponiya

  1. XIX asrning oxiriga kelib, qaysi davlat Puerto-Riko va Guam orollarini o’zining yarim mustamlakasiga aylantirgan?

  1. Avstriya-Vengriya

  2. Fransiya

  3. AQSh

  4. Buyuk Britaniya

  1. XIX asr oxirida Buyuk Britaniyaning mustamlakalari maydoni va ulardagi aholi soni qaysi javobda to’g’ri keltirilgan?

  1. 10, 6 mln. kv. km, 183,5 mln. kishi

  2. 2, 9 kv. km, 293,5 mln. kishi

  3. 33,5 mln. kv. km, 393,5 mln. kishi

  4. 39, mln. kv. km, 293,5 mln. kishi

  1. Mustamlakachilik siyosati natijasida qaysi davrga kelib “egallanmagan yerlarni” bosib olish yakunlandi?

  1. XIX asr boshida

  2. XIX asrning o’rtalarida

  3. XIX asrning oxirida

  4. XX asrning 20-yilllarida

  1. Qaysi omillar 1914 yili buyuk davlatlar o`rtasida I jahon urushining boshlanib ketishiga olib kelgan?

  1. dunyoning rivojlangan buyuk davlatlar o`rtasida bo`lib olinishi

  2. buyuk davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy raqobat

  3. harbiy-strategik ziddiyat va qurollanish poygasi

  4. barcha javob to’g’ri

  1. Monopoliyalarning vujudga kelishi qanday oqibatlarga olib keldi?

1)ishlab chiqarishga yangi texnika va texnoligiyalarni yanada kengroq joriy etishga;

2)mehnat unumdorligining keskin oshishiga;

3)davlatlar o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarning rivojlanishiga va mustamlakachilik urushlarning barham topishiga;

4)jamiyatning juda ozchilik guruhi qo`lida ulkan hokimiyat to`planishiga;

5)davlatning iqtisodiy va siyosiy hayotida burjuaziya ta’sirining pasayishiga;

6)qirg`inbarot mustamlakachilik urushlarini kuchayishiga.



  1. 1, 2, 3, 4

  2. 1, 2, 4, 6

  3. 1, 3, 5, 6

  4. 2, 3, 4, 5

  1. Quyidagi qaysi atama dastlab industrial davlatlarning mustamlakachilikdan iborat tashqi siyosatlariga nisbatan ishlatilgan?

  1. imperializm

  2. anneksiya

  3. oligarxiya

  4. monopoliya

  1. Iqtisodiy va siyosiy hukmronlikning bir hovuch ulkan sarmoya egalari qo`lida to`planishi nima deb ataladi?

  1. imperializm

  2. kartel

  3. oligarxiya

  4. monopoliya

  1. Quyidagi atamalardan qaysi biri italyancha “qog’oz”, “hujjat” degan ma’nolarni bildiradi?

  1. trest

  2. konsern

  3. sindikat

  4. kartel

  1. Quyidagi atamalardan qaysi biri iqtisodiyotning bir sohasidagi tanho hukmronlikni anglatadi?

  1. konsern

  2. trest

  3. monopoliya

  4. oligarxiya

  1. Maqsadli pul jamg`armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog`liq munosabatlarni anglatuvchi atamani aniqlang.

  1. moliya

  2. monopoliya

  3. oligarxiya

  4. birja

  1. Quyidagi atamalardan qaysi biri yunonchada “ozchilik hokimiyati” degan ma’noni bildiradi?

  1. monarxiya

  2. demokratiya

  3. oligarxiya

  4. monopoliya

  1. Bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi nima deb ataladi?

  1. kartel

  2. trest

  3. sindikat

  4. konsern

  1. Quyidagi qaysi atama yunonchada “birgalikda ishlash” degan ma’noni bildiradi?

  1. kartel

  2. trest

  3. sindikat

  4. konsern

  1. Quyidagi qaysi atamalar ayni bir xil ma’noni anglatadi?

  1. monopoliya - oligarxiya

  2. imperializm - monopolistik kapitalizm

  3. konsern - trest

  4. monopoliya - konsern

2-§. Industrial sivilizatsiya


  1. G`arbiy Yevropa va AQShda industrial sivilizatsiya qachon uzil-kesil qaror topdi?

  1. XIX asr 40-50 yillarida

  2. XIX asr 50-60 yillarida

  3. XIX asr 70-80 yillarida

  4. XX asr boshida

  1. Industrial sivilizatsiyaning asosiy qadriyati nima edi?

  1. siyosiy hokimiyat

  2. texnika taraqqiyoti

  3. kapital

  4. jamiyatdagi ijtimoiy maqom

  1. Industrial sivilizatsiyaning belgilaridan biri – bu …

  1. transportdagi o’zgarishlar, temiryo’llar qurilishi

  2. migratsiyaning kuchayishi

  3. shaharlarning juda tez o`sishi

  4. kichik shaharlarda mayday savdogarlar va hunarmandchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi

  1. XIX asrning o`rtalariga kelib, industrial davlatlarda aholining qariyb necha foizi shaharlarda to`plandi?

  1. 30 foizi

  2. 40 foizi

  3. 50 foizi

  4. 60 foizi

  1. Industrial davlatlarda shaharlarning juda tez o`sishi quyidagi qaysi omillarning hisobiga yuz berdi?

1)kichik shaharchalarda mayda savdogarlar va hunarmandchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi; 2)qishloq xo`jaligida texnikani qo`llash natijasida bir qism qishloq aholisining oshiqcha kuch bo`lib, ishsiz qolishi, ularning ish izlab shaharlarga kelishi; 3)aholining tabiiy ko’payishi; 4)kichik shaharchalarda mayda savdogarlar va hunarmandchilik ishlab chiqarishining pasayib ketishi; 5)transportdagi o`zgarishlar, temir yo`llar qurilishi; 6)sanoat markazlarining yirik shaharlarga ko`chishi hisobiga.

  1. 1, 2, 3, 5

  2. 1, 3, 4, 6

  3. 2, 4, 5, 6

  4. 2, 3, 4, 5

  1. Ma’lumki, shaharlarning shitob bilan rivojlanishi industrlashning asosini yaratgan sanoat to`ntarishi, fabrika-zavod ishlab chiqarishi oqibati edi. Quyidagi qaysi davlatda bu jarayon ertaroq boshlandi?

  1. Buyuk Britaniyada

  2. AQSHda

  3. Germaniyada

  4. Fransiyada

  1. Shaharlarning shitob bilan rivojlanishi Germaniyada qachon avj oldi?

  1. XIX asrning 50-yillarida

  2. XIX asrning 60-yillarida

  3. XIX asrning 70-yillarida

  4. XX asrning 20-yillarida

  1. Quyidagi qaysi davlatlarda jadal urbanizatsiya jarayoni qariyb bir davrda yuz berdi?

  1. Buyuk Britaniya va AQSHda

  2. Fransiya va AQSHda

  3. AQSH va Germaniyada

  4. Fransiya va Rossiyada

  1. 1850-yilda Parij aholisi qanchani tashkil etar edi?

  1. 800 ming

  2. 1 mln.

  3. 1,5 mln.

  4. 2 mln.

  1. 1850-1880-yillarda Parij aholisi qanchaga ko’paydi?

  1. 500 mingga

  2. 600 mingga

  3. 800 mingga

  4. 1 mlnga

  1. Parij qachondan boshlab boshlab 20 yil davomida qurilish maydoniga aylandi va zamonaviy qilib qayta qurildi?

  1. 1853-yildan

  2. 1872-yildan

  3. 1875-yildan

  4. 1880-yildan

  1. XIX asrda ham aristokratiya jamiyatda o`z mavqeyini saqlab qolgan bo’lib, ular boyligining asosini nima tashkil etar edi?

  1. sanoat korxonalari daromadidan olinadigan ulush

  2. yer mulklaridan keladigan daromad

  3. davlat ma’muriyatidagi faoliyati uchun olinadigan haq

  4. xalqaro savdodan keladigan daromad

  1. XIX asr o`rtalarida Buyuk Britaniya parlamenti jamoa palatasining … a’zosidan …tasi yer mulkdorlari edilar.

  1. 652; 489

  2. 607; 456

  3. 625; 452

  4. 635; 487

  1. 1906-1916-yillarda Buyuk Britaniya vazirlarining qancha qismi elita bilim yurtlari bitiruvchilari edi?

  1. 1/3 qismi

  2. 2/3 qismi

  3. qariyb yarmi

  4. 3/4 qismi

  1. XIX asrda shakllangan “o’rta qatlam”ga kimlar kirar edi?

  1. injenerlar, ixtirochilar, vrachlar

  2. o`qituvchilar, ofitserlar, huquqshunoslar

  3. sanoat ishchilari, dehqonlar, yer egalari

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. XIX asrda sanoat to`ntarishi yuz bergan uchta yirik mamlakat – Angliya, Fransiya va AQShda 70-yillarga kelib sanoat ishchilari necha kishini tashkil qilardi?

  1. 10-11 mln.

  2. 12-13 mln.

  3. 15-16 mln.

  4. 20-30 mln.

  1. XX asr boshlarida “ishchi aristokratiyasi” Angliyada umumiy ishchilar sonining qancha qismini tashkil qilib, juda yaxshi yashashardi?

  1. 1/4 qismi

  2. 1/3 qismi

  3. 1/2 qismi

  4. 2/3 qismi

  1. XX asr boshida qaysi davlat sanoat ishchilarining soni jihatidan birinchi o`rinni egalladi?

  1. AQSh

  2. Germaniya

  3. Angliya

  4. Rossiya

  1. XX asr boshida AQShda qancha sanoat ishchilari mavjud edi?

  1. 8,4 mln.

  2. 10,4 mln.

  3. 11 mln.

  4. 12,5 mln.

  1. 1907-yil Germaniyada sanoat ishchilarining soni qanchaga yetdi?

  1. 5,6 mln.

  2. 8,6 mln.

  3. 10,6 mln.

  4. 11,4 mln.

  1. 1907-yilda Yevropa va Shimoliy Amerikadagi ishchilar soni qanchani tashkil tashkil qildi?

  1. 40 mln.

  2. 55 mln.

  3. 60 mln.

  4. 80 mln.

  1. XX asr boshida malakali ishchilarning salmog`i Buyuk Britaniya mashinasozligida ishchilar umumiy sonining qancha qismini tashkil etgan?

  1. 40-50%ini

  2. 60-65%ini

  3. 70-75%ini

  4. 80-85%ini

  1. Malakali ishchilarning salmog`i Buyuk Britaniya kemasozligida ishchilar umumiy sonining qancha qismini tashkil etgan?

  1. 40-50%ini

  2. 50-60%ini

  3. 70-75%ini

  4. 80-85%ini

  1. AQShda umumiy sanoat ishchilarining qancha qismi malakali ishchilar edi?

  1. 1/3 qismi

  2. 1/4 qismi

  3. 2/3 qismi

  4. 3/4 qismi

  1. XIX asr boshida Germaniyada umumiy sanoat ichchilarining qancha qismi malakali ishchilar edi?

  1. 40 foizi

  2. 46 foizi

  3. 56 foizi

  4. 76 foizi

  1. XIX asrning 70-yillarigacha ish kunining uzunligi Buyuk Britaniya va AQShda qanchani tashkil qilardi?

  1. 8-9 soatni

  2. 10 soatni

  3. 11-12 soatni

  4. 12-14 soatni

  1. XIX asrning 70-yillarigacha quyidagi qaysi mamlakatlarda ish kunining uzunligi 10-16 soatni tashkil qilardi?

  1. Germaniya va Fransiyada

  2. Buyuk Britaniya va AQSHda

  3. Rossiya va Yaponiyada

  4. Italiya va Fransiyada

  1. XIX asrning 70-yillarigacha ish kunining uzunligi Germaniya va Fransiyada qanchani tashkil qilardi?

  1. 8-9 soatni

  2. 10 soatni

  3. 10-12 soatni

  4. 12-14 soatni

  1. “Immigrant” so’zining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri berilgan?

  1. ko`chib keluvchi

  2. ko`chib ketuvchi

  3. ko’chaman

  4. shaharga mansub

  1. Qaysi javobda “industriya” so’zining ma’nosi to’g’ri berilgan?

  1. faoliyat

  2. shaharga mansub

  3. ishlab chiqarish

  4. mablag’

3-§. Fransiya-Prussiya urushi va uning yakunlari


  1. Qachondan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yeta boshladi?

  1. XIX asr 50-yillari birinchi yarmidan

  2. XIX asr 50-yillari ikkinchi yarmidan

  3. XIX asr 60-yillari birinchi yarmidan

  4. XIX asr 60-yillari ikkinchi yarmidan

  1. Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetishining asosiy sababi nima edi?

  1. mamlakatda ishsizlik, qashshoqlik, qimmatchilikning avj olishi

  2. ishchilar orasida demokratik g’oyalarning tarqalishi

  3. Fransiyaning o`z qo`shnilari bo`lgan Angliya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi

  4. aholining ingliz-fransuz savdo shartnomasidan noroziligi

  1. Angliya-Fransiya savdo shartnomasi qachon imzolangan?

  1. 1856-yilda

  2. 1860-yilda

  3. 1864-yilda

  4. 1868-yilda

  1. Qaysi voqea Fransiya-Prussiya boshlanishi uchun bahona bo`ldi?

  1. Rrussiya kansleri Bismarkning fransuz elchilariga qo’pol muomalada bo’lishi

  2. Ispaniya taxtiga kimni o`tqazish masalasi

  3. Germaniya taxtiga kimni o`tqazish masalasi

  4. Fransiya imperatori Napoleon III ning nemis elchilarini qamoqqa olishi

  1. Ispaniyada qachon inqilob yuz berdi?

  1. 1865-yilda

  2. 1868-yilda

  3. 1869-yilda

  4. 1870-yilda

  1. Ispaniyadagi inqilob natijasida Fransiyaga qochib ketishga majbur bo`lgan qirolicha kim edi?

  1. Izabella I

  2. Izabella II

  3. Yelizaveta I

  4. Eleanora

  1. Imperator Vilgelm I va Fransiya elchisi o`rtasidagi suhbat tafsilotini kim gazetada atayin buzib talqin etdi?

  1. Prussiya kansleri Bismark

  2. Fransiya imperatorining xotini

  3. Ispaniya qirolichasi Izabella II

  4. Imperator Napoleon III

  1. Qaysi voqea tarixga “Ems depeshasi” nomi bilan kirgan?

  1. Gazetadagi xabarga ko`ra, go`yo imperator Fransiya elchisi bilan gaplashishni xohlamay elchiga orqasini o`girib olgani

  2. Imperator Vilgelm I ning fransuz elchilarini qamoqqa olish haqida buyruq berishi

  3. Imperator Vilgelm I ning ispan taxtiga nomzod ko’rsatmaslikka rozi bo’lganligi

  4. Imperator Vilgelm I ning ispan taxtiga nomzod ko’rsatmaslikka rozi bo’lmaganligi

  1. Fransiya qachon Prussiyaga urush e’lon qildi?

  1. 1870- yil 17-mayda

  2. 1870- yil 17-iyulda

  3. 1870- yil 1-avgustda

  4. 1870- yil 2-sentabrda

  1. Ma’lumki, Fransiya armiyasining Napoleon III boshchiligida qurshab olinganligi Fransiya harbiy kuchlarining urushga tayyor emasligini ko’rsatdi. Napoleon III qachon oq bayroq ko`tarishga buyruq berishga, o`zining qilichini Prussiya qiroliga jo`natishga majbur bo`ldi?

  1. 27-avgustda

  2. 1-sentabrda

  3. 2-sentabrda

  4. 3-sentabrda

  1. Sedan qal`asi yonida Napoleon boshchiligida taslim bo`lgan fransuz armiyasi necha kishidan iborat edi?

  1. 80 ming

  2. 100 ming

  3. 120 ming

  4. 140 ming

  1. Fransiyaning necha kishilik ikkinchi armiyasi Mets qal’asida qurshovga tushib qoldi?

  1. 80 ming

  2. 100 ming

  3. 120 ming

  4. 140 ming

  1. Parij aholisi qachon qo`zg`alon ko`tarib, Respublika e’lon qilinishini va Vatanni himoya qilishni talab qildilar?

  1. 1-sentabrda

  2. 2-sentabrda

  3. 3-sentabrda

  4. 4-sentabrda

  1. Fransiyada 1870-yil 4-sentabr kuni xalq talabi bilan kim boshchiligida Muvaqqat milliy - mudofaa hukumati tuzildi?

  1. Tyer

  2. Troshyu

  3. Emil Zolya

  4. J.Klemanso

  1. Depesha – bu …

  1. shoshilinch xabar

  2. yolg’on xabar

  3. norozilik

  4. kurort shahar nomi

  1. Vaterloo qishlog’ida qachon Napoleon I armiyasi tormor etilgan jang bo`lib o`tgan?

  1. 1813-yil okrabrda

  2. 1812-yil 24-iyunda

  3. 1815-yil 18-iyunida

  4. 1815-yil martda

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish