HTML haqida tushuncha
Internetning WWW hizmati, asosan, web-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug’ulishi tabiiy. Web-sahifalar HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari “<” va “>” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg (inglizcha tag – yorliq, belgi, alomat) deb ataladi. Masalan, <HTML> yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglarni yuqori yoki quyi registrdagi lotin alifbosi harflari yordamida yozish mumkin, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo’linadi:
Juft teglar yoki konteyner-teglar: ko‘rinishdagi teg uchun tegi mavjud bo‘lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.
Juftmas teglar: ko‘rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o’zidan keyingi matnni yangi satrga o’tkazuvchi
tegi kabi.
HTML-hujjat – “html” yoki “htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi. HTML-hujjat hotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida web-sahifa ko‘rinishida aks etadi.
HTML-hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lim HEAD (bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Ikkinchi bo‘lim BODY (tana) bo‘limi bo‘lib, unda hujjatni mazmuni aks ettiradi va u tegi bilan boshlanib juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.
Web-sahifaga kiritilishi lozim bo‘lgan yana bir element – web-sahifa nomi bo‘lib, nom kiritish uchun tegi qo‘llaniladi. Web-sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Web-sahifa nomi web-brauzerning sarlavha satrida aks etib, web-sahifaning o‘zida ko‘rinmaydi. Shu sababli uni web-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Ammo web-sahifa nomini web-sahifa boshiga yozish maqsadga muvofiq. Web-sahifa nomi tegi bilan yakunlanadi. Web-sahifaga istalgan nom, masalan, o‘z ismingizni berishingiz mumkin.
H TML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida web-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini “eski” web-brauzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli web-brauzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli web-brauzerlarda biror farq bilan aks etishi mumkin.
Eng sodda web-sahifa faqat matndan iborat bo‘ladi. Biz ham web-sahifa tayyorlashni unga matn joylashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun Windowsning Bloknot matn muharririni ishga tushiramiz (boshqa matn muharriridan foydalansa ham bo‘ladi). Web-sahifa, odatda, matnlar kabi sarlavhadan boshlanadi. Bu bizning birinchi web-sahifamiz bo‘lgani uchun, unga “Bu mening birinchi web-sahifam” – deb, sarlavha yozamiz. Buning uchun Bloknot dasturining ishchi maydoniga 1-rasmdagi matn kiritiladi.
B u matnda , , , , , , , - ma’lumotlar bo‘limi boshlanishini,
Do'stlaringiz bilan baham: |