Hozirgi zamon xalqaro huquqning subyektlari


 Mustaqillik uchun kurashayotga millatlar va xalqlar xalqaro huquq subyekti



Download 391.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/34
Sana15.07.2021
Hajmi391.79 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
 

2.2. Mustaqillik uchun kurashayotga millatlar va xalqlar xalqaro huquq subyekti 

sifatida 

O‘z  ozodligi  uchun  kurashayotgan  va  ma’lum  hokimiyat  tuzilmalarini  tuzgan,  yagona 

markaz  bilan  birlashgan  millat  yoki  xalqlar  millat  yoki  xalq  nomidan  xalqaro  munosabatlarda 

ishtirok etishi va xalqaro huquq subyekti maqomiga ega bo‘lishni talab qilishi mumkin. Amalda 

bunday  tuzilmalar  qatoriga  yagona  qo‘mondonlikka  ega  bo‘lgan  hamda  aksariyat  xollarda  bir 

vaqtning o‘zida siyosiy raxbarlikni amalga oshiruvchi qurolli otradlar kiradi. 

Millatlar  yoki  xalqlar  xalqaro  huquqning  alohida  va  maxsus  subyektlari  hisoblanadi. 

Imperativ  xarakterdagi  me’yor-tamoyilga  —  teng  huquqlilik  va  xalqlarning  o‘z  takdirini  o‘zi 

                                                 

6

  Малинин С.А. Мирное исользование атомной энергии. М.; 1971 С-116 




 

37 


belgilash  tamoyiliga  muvofiq  barcha  xalqlarning  o‘z  takdirini  o‘zi  belgilash  huquqi,  ya’ni 

tashkaridan  xech  qanday  aralashuvsiz  erkin  asoslarda  o‘zining  siyosiy  maqomini  belgilash  va 

iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  rivojlanishini  amalga  oshirish  huquqi  tan  olinadi.  1970  yidda 

qabul  qilingan  Xalqaro  huquq  tamoyillari  to‘g‘risidagi  deklaratsiyaga  muvofiq  har  bir  davlat 

ushbu  huquqni  xurmat  qilishi  lozim.  So‘z  xalqlar  va  davlatlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar 

(xalqaro huquqiy munosabatlar) to‘g‘risida bormokda. 

Xalqaro  huquq  tamoyillari  to‘g‘risidagi  deklaratsiyaga  muvofiq;  suveren  va  mustaqil 

davlatning paydo bo‘lishi, mustaqil davlatga erkin qo‘shilishi yoki u bilan birlashishi yoki xalq 

tomonidan  erkin  asoslarda  belgilangan  boshqa  siyosiy  maqomning  o‘rnatilishi  ushbu  xalqning 

o‘z takdirini o‘zi belgilashni amalga oshirishning usullari sanaladi. 

Xalqaro  huquqda  «xalq»  tushunchasi  aniqlanmagan.  Bizning  nazarimizda,  xalq  — 

hududiy  xarakter  kasb  etuvchi  tushunchadir.  Xalq  —  mazkur  hududda,  ular  o‘rtasidagi  irkiy, 

etnik,  diniy  yoki  boshqa  xarakterdagi  farqlardan  katyi  nazar,  doimiy  yashovchi  (balogat 

yoshidagi)  shaxslarning  yig‘indisidir.  Bunday  tarzda  o‘z  takdirini  o‘zi  belgilash  bir  vaqtning 

o‘zida ushbu hududning siyosiy maqomini ham belgilashdir. 

Yakin vaqtlarda ham o‘z takdirini o‘zi belgilash to‘g‘risida so‘z borganda birinchi galda 

tobe hududlarning xalqlari, ya’ni mustamlaka ostida bo‘lgan xalqlar ko‘zda tutilar edi. Va har bir 

davlatga ularning o‘z takdirini o‘zi belgilashda ko‘maklashish majburiyati yuklangan. 

Davlatlar  o‘zaro  munosabatlarida  ichki  huquq;  qonun  hujjatlarida  xorijiy  davlatlarning 

jismoniy  va  yuridik  shaxslari,  o‘z  hududidagi  barcha  individlar  hamda  nohukumat 

tashkilotlarning  asosiy  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlashga  o‘zaro  rioya  qilish  majburiyatini 

(avvalambor tegishli xaikaro shartnomadar asosida) oladilar. 

Jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  nohukumat  tashkilotlar  yoki  milliy  huquqning  o‘zga 

subyektlari  xalqaro  huquq;  subyektlari  emas,  chunki  ular  ichki  davlat  huquqiy  tartibiga 

buysunadilar.  Xalqaro  huquq;  subyekglarining  o‘ziga  hos  jihati  x.am  ularga  yuridik  majburiy 

xatgi-x.arakat  k;oidalarini  belgilab  beruvchi  kuch  yoki  hokimiyatning  mavjud  emasligi  bilan 

izoxlanadi. Xalqaro tashkilotlar — xalqaro huquq; subyekti sifatida xalqaro tashkilotlar tarkibiga 

hukumatlararo  tashkilotlar  hamda  a’zolari  shaxsiy  tartibda  harakat  qiluvchi  davlatlararo 

mexanizmlar va organlar (xalqaro arbitrajlar, komitetlar, ekspertlar guruhi va boshqalar) kiradi. 

Hukumatlararo konferensiyani vaqtinchalikxalqero muassasa deb hisoblash mumkin. 

Xalqaro tashkilot o‘zining xapkaro huquq; layokatiga ta’sis shartnomasiga muvofiq; ega 

bo‘ladi.  Shartnoma  xalqaro  tashkilotni  ma’lum  huquqda  ega  bula  olish,  ya’ni  davlatlar  va 

hukumatlararo  tashkilotlar  bilan  shartnomalar  tuzish,  o‘z  nomidan  qarorlar  qabul  qilish 

k;obiliyati bilan ta’minlaydi. 




 

38 


Xalqaro  huquqiy  hujjatlarda  xalqaro  tashkilot  —  bu  hukumatlararo  tashkilot  deb 

ko‘rsatilgan ta’rifdan boshqa «xalqaro tashkilot» tushunchasi mavjud emas. Biroq bunday ta’rif 

faqat hukumatlararo (xalqaro) tashkilotni nohukumatlararo tashkilotdan farqlaydi, xolos. Xalqaro 

tashkilot xalqaro tuzilma bo‘lib, uning ta’sis etilishi va faoliyati xalqaro huquq normalari bilan 

tartibga solinadi. Xalqaro tashkilotning ta’sis etilishi va faoliyati hozirgi davr xalqaro huquqining 

asosiy tamoyillariga muvofiq; kelishi lozim. Xalqaro huquqiy munosabatlarda xalqaro tashkilot 

a’zo-davlatlar  irodasidan  farqli  o‘laroq  o‘z  irodasini  ifodalab,  faqat  o‘z  nomidan  katnashishi 

mumkin.  

Xalqaro tashkilot a’zo-davlatlar, o‘zga tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa 

subyektlari  bilan  bo‘ladigan  huquqiy  munosabatlarda  uning  irodasini  belgilangan  qoidalarga 

muvofiq; shakllantiruvchi va ifodalab bera oluvchi organlarga ega bo‘lishi lozim. 

A’zolari  tarkibi  va  faoliyat  doirasi  bo‘yicha  xalqaro  tashkilotlar  universal  xalqaro 

tashkilotlar,  ya’ni  barcha  davlatlar  katnashishi  uchun  ochiq  bo‘lgan,  hududiy  (regional),  ya’ni 

qandaydir yirik region davlatlarini birlashtiruvchi va maxalliy — bir necha (odatda uchtadan oz 

bo‘lmagan) davlatlarni birlashtiruvchi turlarga bo‘linadi. 

O‘z tarkibi, faoliyat sohasi va xalqaro munosabatlardagi tutgan alohida o‘rniga ko‘ra eng 

universal tashkilot — Birlashgan Millatlar Tashkilotidir. 

Yana  xalqaro  organlar  deb  nomlanadigan  xalqaro  tuzilmalar  ham  xalqaro  huquq 

subyektlari  hisoblanadi.  Bular  xalqaro  arbitrajlar  va  sudlar  (doimiy  va  ad  hoc),  tergov, 

yarashtiruvchi va boshqa komissiyalar, chunki ular davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bitimlar asosida 

yaratiladi va o‘z faoliyatida xalqaro-huquqiy qoidalarga rioya qiladi.  


Download 391.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим