Hozirgi zamon xalqaro huquqning subyektlari



Download 391.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/34
Sana15.07.2021
Hajmi391.79 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
To’rtinchidan,  O’zbekiston  jahon  miqyosidagi  eng  nufuzli  xalqaro  anjumanlarning  faol 

ishtirokchisiga  aylandi,  dunyo  va  mintaqaviy  darajadagi  bir  qator  xalqaro  tashkilotlar  bilan 

aloqaga  kirishdi.  Xususan,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  BMT  Bosh  Assambleyasi  va 

YeXHTning  minbarlaridan  turib,  Markaziy  Osiyoda  tinchlik  va  xavfsizlikni  ta’minlashga, 

Markaziy  Osiyoni  yadrosiz  zonaga  aylantirishga,  Orol  dengizi  muammolarini  hal  qilishga 

qaratilgan tashabbuslar bilan chiqdi. SHunday qilib, O’zbekistonning ovozi xalqaro anjumanlar 

minbarlaridan baralla taralmoqda.  

Beshinchidan,  O’zbekiston  o’zining  xorijdagi  tashqi  siyosat  vakolatxonalarini,  ya’ni  40  ta 

davlatda  elchixona  va  konsulxonalarini,  jumladan  28  ta  elchixonasini  eng  asosiy  xalqaro 

tashkilotlarda,  xususan  BMT  va  YeXHTda  diplomatik  vakolatxonalarni  ochdi.  O’z  navbatida, 

Toshkentda  44  ta  xorijiy  davlatlarning  elchixonalari  va  20  ta  xalqaro  tashkilotlarning 

vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Buning samarasi o’laroq, xalqaro hamkorlikning eng oliy 

darajasi bo’lmish diplomatik aloqalar tizimi shakllandi.  



Oltinchidan,  O’zbekiston  jahon  hamjamiyatining  teng  huquqli  a’zosi  sifatida  o’zining 

xalqaro  majburiyatlarini  sodiqlik  bilan  bajarib  kelmoqda.  Bu  borada  BMTning  konventsiyaviy 

organlari  va  inson  huquqlari  bo’yicha  Bosh  komissari,  YeXHTni  Varshavadagi  demokratik 

instituti va inson huquqlari bo’yicha Byurosi bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.  



Ettinchidan,  O’zbekiston  xalqaro  huquqning  umume’trof  etilgan  qonunlari  va  normalarini 

izchillik  bilan  o’z  milliy  qonunchiligiga  impelimentatsiya  qilmoqda.  Bundan  tashqari,  tashqi 

siyosat  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  huquqiy  asoslarini  yaratishga  qaratilgan  qonunlar  qabul 

qilindi. Bunday qonunlar jumlasiga O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «O’zbekiston 

Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi instituttsiyaviy qonun, «O’zbekiston 

Respublikasi tashqi siyosatining asosiy printsiplari to’g’risida»gi qonun, «Xalqaro shartnomalar 




 

26 


to’g’risida»gi  qonun,  Konsullik  Ustavi  va  boshqalar  kiradi.  SHunday  qilib,  O’zbekiston 

Respublikasining tashqi siyosati va diplomatiyasining mustaqil huquqiy asoslari yaratildi.  



Sakkizinchidan,  O’zbekistonning  tashqi  siyosiy  va  iqtisodiy  faoliyatini  amalga  oshiruvchi 

ichki  xorijiy  organlari  barpo  etildi.  Tashqi  ishlar  vazirligi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi, 

Elchixona  va  xalqaro  tashkilotlar  huzuridagi  vakolatxonalar  tuzildi.  Bir  so’z  bilan  aytganda, 

O’zbekistonda tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatining samarali instituttsiviy tizimi yaratildi.  

2010 yil 20 sentyabrь kuni O’zbekiston prezidenti I.Karimov  BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun 

taklifiga  binoan  BMT  Bosh  Assambleyasining  Mingyillik  rivojlanish  maqsadlari  bo’yicha  oliy 

darajadagi  yalpi  majlisi  (sammiti)da  ishtirok  etib,  undagi  o’z  ma’ruzasida  O’zbekiston 

Respublikasining    Markaziy  Osiyoning  yadro  qurollaridan  holi  hudud  maqomini  olishida, 

terrorizm,  ekstremizm,  narkotrafikka  qarshi    kurashish,  BMT  va  davlatlararo  hamkorligi, 

regional  ekologik  muammolarni  bartaraf  etish  borasidagi  ishlari  to’g’risida    batafsil  to’xtadi. 

Prezident  Mingyillik    rivojlanish  maqsadlari  doirasida,  Afg’oniston  misolida,  uni  urush 

majoralar  makoniga  aylanmasligi  uchun  unga  iqtisodiy  yordam  ko’rsatish,  atrof-muhit 

muxofazasi kabi muhim masalalar bo’yicha takliflarni taqdim etdi.

2

 



«O‘zbekiston — xalqaro munosabatlar subyekti» degan konstitutsiyaviy formula nafaqat 

O‘zbekiston Respublikasining hozirgi jahonda tutgan o‘rninigina emas, balki O‘zbekiston jahon 

hamjamiyatining  ajralmas  bir  qismi,  uning  teng  huquqli  a’zosi  ekanligini  anglatadi.  Bu 

kuyidagilarda kurinadi: 

 

birinchidan, O‘zbekiston suveren davlat sifatida faqat hozirgi xalqaro huquqning 



umum e’tirof etilgan tamoyillari  va me’yorlari  hamda o‘zi  ishtirok etgan xalqaro shartnomalar 

qoidalari  bilan  bog‘liqdir  va  o‘zining  roziligisiz  boshqa  xech  qanday  majburiyat  yuklanishi 

mumkin emas; 

 



ikkinchidan,  O‘zbekiston  hududi  ichida  davlat  hokimiyati  cheklanmagan  va 

xalqaro  huquqdning  boshqa  biron-bir  subyekti  unta  aralashishga  xakli  emas.  Uning  hududidan 

tashkarida  esa  hokimiyat  boshqa  manfaatdor  davlatning  roziligi  bilangina  amalga  oshirilishi 

mumkin; 


 

uchinchidan, O‘zbekiston xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan diplomatik 



aloqalar  o‘rnatish  va  ular  bilan  shartnomalar  tuzish  bilan  bevosita  davlatlararo  munosabatlarda 

ishtirok etadi. 

Mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston  jahonning  120  dan  ziyod  davlatlari  bilan  rasmiy 

diplomatik  aloqalar  o‘rnatdi.  Toshkentda  35  mamlakatning  elchixonalari  ochildi  va  19  xorijiy 

                                                 

2

 “Toshkent oqshomi” ro’znomasi., 2010 y., 21 sent., № 182 




 

27 


davlatlarning  elchilari  urindoshlik  asosida  O‘zbekiston  Respublikasida  akkreditatsiya  qilingan. 

Respublikada  88  xorijiy  vakolatxonalar,  24  ta  hukumatlararo  va  13  ta  xalqaro  nodavlat 

tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmokda. 

Konstitutsiya asosida O‘zbekiston Respublikasini xalqaro munosabatlarning teng huquqli 

subyekti  sifatida  belgilovchi  huquqiy  asos  yaratilgan.  Kuyidagilar  tashqi  siyosat  sohasida  eng 

ahamiyatli hisoblanadi: 

1. 

1996  yildagi  O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatining  asosiy  tamoyillari 



to‘g‘risidagi Qonun; 

2. 


1992  yildagi  Diplomatik  vakolatxonalarning  raxbarlarini  tayinlash  va  chakirib 

olish tartibi to‘g‘risidagi Qonun; 

3. 

1992 yildagi Diplomatik unvonlar va darajalarni berish to‘g‘risidagi Qonun; 



4. 

1992 yildagi Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Qonun; 

5. 

1996 yildagi Konsullik Ustavi. 



 

Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida kuyidagi qonun hujjatlari qabul qilingan: 

 

1. 


1992 yilda Xorijiy sarmoyalar to‘g‘risidagi Qonun; 

2. 


1994  yilda  Xorijiy  sarmoyadorlarning  faoliyatlarini  kafolatlash  to‘g‘risidagi 

Qonun; 


3. 

2000 yilgi yangi taxrirdagi Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi Qonun. 

 

O‘zbekistonning  tashqi  aloqalarini  ta’minlovchi  davlat  organlari  tuzilgan.  O‘zbekiston 



Respublikasi  Prezidenti  va  Oliy  Majlis  depo‘tatlari  umumxalq  tomonidan  mukobillik  va 

ko‘ppartiyaviylik  asosida  saylandi,  mamlakat  hukumati  to‘zildi.  Tashqi  ishlar  vazirligi 

faoliyatining yunalishlari va vazifalari tubdan o‘zgartirildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va 

tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  Banki  to‘zildi.  Tashqi  savdo  firmalarining  ixtisoslashgan 

tarmoqlari  tashkil  qilindi,  260  dan  ziyod  chet  el  firmalari,  banklari  va  kompaniyalarining 

vakolatxonalari ochildi. 

 


Download 391.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим