Hozirgi zamon xalqaro huquqning subyektlari


 O‘zbekiston Respublikasi – xalqaro huquq subyekti sifatida



Download 391.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/34
Sana15.07.2021
Hajmi391.79 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
1.2. O‘zbekiston Respublikasi – xalqaro huquq subyekti sifatida 

 

O’zbekiston - suveren davlat  

Boshqarilishi jihatdan - prezidentlik respublika . 

Tuzilishi jihatdan - unitar davlat (federativ elementlariga ega). 

Siyosiy tartib bo’yicha - demokratik yo’nalishni tanlagan davlat. 

Davlat mustaqilligiga erishish O’zbekiston Respublikasiga, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 

(1992 y. 2 mart) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a’zo bo’lib kirish, suveren 

davlat  sifatida  tashqi  siyosatini  mustaqil  yuritish,  jahon  hamjamiyatiga  kirish  yo’llarini  ishlab 

chiqish,  davlatlararo  munosabatlarning  yo’nalishlari  va  ustuvorligini  belgilash  imkonini  berdi. 

Sobiq  Sovet  imperiyasi  davrida  O’zbekiston  xalqaro  maydonga  to’g’ridan-to’g’ri  chiqish 

imkoniyatidan  mahrum  edi,  o’zining  mustaqil  tashqi  siyosiy  davlat  idoralariga,  yetarlicha 

diplomatlariga  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  sohasidagi  mutaxsassislariga  ega  emasdi. 

Mamlakatimizda xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan 

birorta  oliy  o’quv  yurti  yo’q  edi.  SHuning  uchun  istiqlolga  erishgan  O’zbekiston  Respublikasi 

uchun  mustaqil  tashqi  siyosat  yuritish  –  davlat  faoliyatining  yangi  va  amalda  qo’llanilmagan 

yo’nalishlaridan  biri

 

edi.  O’zining  xalqaro  obro’-e’tiborini  qozonish  va  mustahkam,  xalqaro 



huquqning teng huquqli sub’ekti sifatida o’zini qaror toptirish uchun ko’p ishlarni qilish, ba’zida 

esa  umuman  boshidan  boshlashga  ham  to’g’ri  keldi.  Istiqlol  sharofati  ila  O’zbekistonda, 

avvalombor,  hozirgi  zamon  xalqaro  huquqini  o’qitish  tizimini  yaratish  zarurati  paydo  bo’ldi. 

Mamlakatimiz  umumjahon  va  mintaqaviy,  ko’ptomonlama  va  ikkitomonlama  darajalarda 

xalqaro  tashkilotlar  va  xorijiy  davlatlar  bilan  hamkorlik  va  o’zaro  aloqalarni  tobora  faol 

rivojlantirayotgan  bir  sharoitda  huquqshunosning  yuksak  malakasi  xalqaro  va  xorijiy  huquqni 

qo’llagan holda mamlakat tashqarisidagi huquqiy hayotning  yangi qoidalarini tezda idrok etish 

va  to’g’ri  baholashni  taqozo  etadi.  O’zbekiston  Respublikasi  xalqaro  huquqning  teng  huquqli 

sub’ektiga  aylanishi  mamlakatimizda  xalqaro  huquq  fani  rivojlanishining  asosi  bo’lib, 

O’zbekiston jahon hamjamiyatining to’la qonli a’zosi ekanligi quyidagilarda namoyon bo’ladi.  



Birinchidan,  istiqlol  tufayli  O’zbekiston  jahon  hamjamiyatining  to’la  huquqli  a’zosi  bo’ldi. 

O’zbekistonni  jahondagi  131  ta  davlat  tan  oldi,  113  davlat  bilan  diplomatik  munosabatlar 

o’rnatildi. Bu esa O’zbekistonga milliy-davlat manfaatlarini ustun qo’ygan holda teng huquqlilik 

va  o’zaro  manfaatdorlikka  asoslangan  faol  ikki  tamonlama  faoliyat  olib  borish  imkoniyatini 

yaratdi.  



 

25 


Ikkinchidan,  O’zbekiston  jahondagi  eng  nufuzli  53  ta  universal  va  mintaqaviy  xalqaro 

tashkilotlarning  a’zosi  bo’ldi.  Bunday  tashkilotlar  jumlasiga  BMT  va  uning  ixtisoslashgan 

muassasalari (Yunesko, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, YuNISEF 

va  boshqalar),  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti,  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo’stligi, 

SHanxay  Hamkorlik  Tashkiloti  hamda  qator  xalqaro  moliyaviy  va  iqtisodiy  tashkilotlar  kiradi. 

Xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish O’zbekistonga har tomonlama mustaqil diplomatik aloqalar 

olib borish imkonini berdi.  

Uchinchidan,  O’zbekiston  xalqaro  hamkorlikning  huquqiy  asoslarini  tashkil  etuvchi  60  dan 

ortiq  universal  va  mintaqaviy  xalqaro  shartnomalarga  qo’shildi.  Bundan  tashqari,  O’zbekiston 

xalqaro hamkorlik doirasida yuzlab ikki tamonlama shartnomalar imzolagan. Qisqacha aytganda, 

xalqaro huquqiy ijodkorlikning faol sub’ektiga aylandi.  




Download 391.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим