Hozirgi zamon xalqaro huquqning subyektlari


Davlatga  o‘xshash  tuzilmalar



Download 391.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/34
Sana15.07.2021
Hajmi391.79 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Davlatga  o‘xshash  tuzilmalar  —  xalqaro  huquq  subyektlarining  bir  turi  hisoblanadi. 

Davlatga  o‘xshash  tuzilmalarga  «erkin  shaharlar»  (ugmishda  —  Venetsiya,  Gamburg, 

Novgorod)  kiradi.  Ushbu  ibora  umumlashtirilgan  tushuncha  hisoblanadi,  chunki  u  nafaqat 

shaharlarga,  balki  ma’lum  tumanlarga  nisbatan  ham  qo‘llanadi.  Ba’zi  holatlarda  tegishli 

tuzilmalarni erkin shaharlar, ba’zan esa mustaqil (ozod, erkin) hudud  yoki  mintakd (zona) deb 

atashgan (masalan, erkin shahar Dansig, mustaqil hudud Triyest). 

Umuman  erkin  shaharlar  hududiy  da’volarni  tuxtatib  kuyish,  xalqaro  munosabatlarda 

ma’lum hududning tegishliligi borasida vujudga keladigan keskinlikni yumshatishning bir uslubi 

sifatida vujudga kelgan. 



 

23 


Erkin shahar xalqaro shartnoma yoki xalqaro tashkilotning qaroriga binoan barpo etiladi 

va cheklangan huquq layokatiga ega bo‘lgan o‘ziga hos davlat hisoblanadi. U o‘z Konstitutsiyasi 

yoki o‘xshash (anologik) xarakterdagi hujjatga, oliy davlat organlariga, fuqaroligiga ega bo‘ladi. 

Erkin shahar, odatda, qurolsizlantirilgan va betaraf hisoblanadi. 

Uning  qurolli  kuchlari  faqat  mudofaa  xarakterini  kasb  etadi.  Ular  an’anaviy 

tushunchadagi  qurolli  kuchlar  emas,  balki  chegaralarni  ximoya  qilish  va  huquqiy  tartibotni 

saqlab turishga xizmat qiluvchi kuchlardir. 

Erkin  shaharni  barpo  qiluvchilar,  odatda,  uning  maqomini  boshqa  huquq  subyektlari 

tomonidan  rioya  etilishini  nazorat  qilish  usullarini  belgilab  kuyadilar.  Masalan,  ushbu 

maqsadlarda o‘z vakillari yoki vaqilini tayinlaydilar. 

Xalqaro  maydonda  erkin  shahar  manfaatlarini  manfaatdor  davlat  yoki  xalqaro  tashkilot 

ximoya  qiladi.  Ikki  jahon  urushi  oralig‘ida  mavjud  bo‘lgan  erkin  shahar  Dansig  maqomini 

Millatlar ligasi kafolatlagan, uning tashqi aloqalardagi manfaatlarini Polsha ximoya qilgan. 

Erkin shahar Triyest 1947 yilda Italiya bilan tuzilgan tinchlik sulxi asosida tashkil topgan

keyinchalik,  1954  yil  bitimiga  asosan  Italiya  va  Yugoslaviya  o‘rtasida  bo‘lingan  va  BMT 

Xavfsizlik Kengashi ximoyasida bo‘lgan. 

Shahar-davlatlar  Vatikan  va  Malta  ordeni  kabi  davlatga  o‘xshash  tuzilmalar  o‘ziga  hos 

jihatlarga  ega.  Chetdan  qaraganda  Vatikan  (xatolik  cherkovining  Mukdddas  taxti)  davlatining 

barcha atributlariga — uncha katta bo‘lmagan hudud, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 

tizimiga  ega.  Biroq  Vatikan  aholisi  to‘g‘risida  faqat  shartli  ravishda  gapirish  mumkin:  bu  — 

xatolik cherkovida tegishli lavozimlarda ishlovchi mansabdor shaxslar. Shu bilan birga Vatikan 

—  ijtimoiy  mazmundagi,  ya’ni  ma’lum  jamiyatni  boshqaruvchi  mexanizm,  uning  tomonidan 

yaratilgan  va  uni  ximoya  qiluvchi  davlat  emas.  Ko‘proq  u  xatolik  cherkovining  ma’muriy 

markazi sifatida qurilishi mumkin. 

Vatikan maqomining o‘ziga hosligi uni rasman xalqaro huquq subyekti deb tan oluvchi 

davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatganligi bilan izoxlanadi. Bunday tan olish xatolik 

cherkovining siyosiy rolini amalda tasdiqlashni anglatadi. 

1889 yilda suveren tuzilma sifatida tan olingan Malta ordenining xalqaro huquq subyekti 

ekanligi  masalasi  muayyan  o‘ziga  hos  xususiyatlarga  ega.  Orden  manzilgoxi  —  Rim  shaxrida 

joylashgan. Uning rasmiy maqsadi  — xayriya faoliyatini amalga oshirish. U ko‘pgina davlatlar 

bilan diplomatik munosabatlarga ega. Ordenning o‘z hududi va aholisi yo‘q. Uning suvereniteti 

va xalqaro huquq layokati — huquqiy fiksiya. 

Shuni ta’kidlash lozimki, bu kabi tuzilmalarning hammasi ham xalqaro huquq subyektlari 

hisoblanmaydi. 




 

24 


 


Download 391.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari