Hozirgi zamon xalqaro huquqning subyektlari



Download 434.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/34
Sana15.07.2021
Hajmi434.66 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Davlatlar  —  xalqaro  huquqning  asosiy  va  birlamchi  subyekti,  shuningdek,  xalqaro 

munosabatlar faol ishtirokchisidir. Xalqaro-huquqiy ma’noda davlat uch element: 

 

birinchidan, muayyan hudud



 

ikkinchidan, unda yashaydigan aholi



 

uchinchidan, siyosiy tashkilot (hokimiyat) birligini namoyon qiladi. 



Xalqaro maydonda davlat siyosiy hokimiyat tashkiloti sifatida, ayniqsa, uning oliy organi 

nomidan  xalqaro  huquq  subyekti  bo‘lib,  davlatning  rasmiy  vakili  sifatida  chiqadi.  Davlatning 

xalqaro huquq subyekti sifatida xarakterlovchi asosiy belgisi davlat suvereniteti hisoblanadi. 

Xalqaro  huquq  subyekti  sifatida  davlatning  birlamchiligi  shundaki,  ular  hech  kim 

tomonidan tashkil qilinmaydi, ular obyektiv tarixiy reallik sifatida mavjuddir. Boshqa tomondan, 

davlatlar  o‘zlari  xalqaro  huquqning  ikqilamchi  (hosilali)  subyekti  —  xalqaro  tashkilotlarni 

tashkil qilishi mumkin. 

Birlamchi subyekt sifatida davlatlar universal xalqaro huquq layoqatiga ega. Birlamchilik 

davlatning xalqaro huquqni asosiy subyekti sifatidagi rolini belgilaydi. Aynan davlatlar xalqaro 

huquq  me’yorlarini  ishlab  chiqadi,  ularni  buzganlik  uchun  javobgarlikni,  xalqaro  huquqiy 

tartibotni va xalqaro tashkilotlarning funksiyalarini belgilaydi. Davlatlarning ushbu imkoniyatlari 

o‘zlari tomonidan yaratilgan xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlaridan boshqa hech nima bilan 

chegaralanmagan. Mazkur tamoyillar va me’yorlarga muvofiq davlatlar xalqaro huquq subyekti 

sifatida  xalqaro  hujjatlarda,  xususan  BMT  Ustavida  mustahkamlab  qo‘yilgan  asosiy  huquq  va 

majburiyatlarga ega bo‘ladi.  Biroq, hanuzgacha  bunday huquq va majburiyatlar ro‘yxati ishlab 

chiqilmagan. 

Hozirgi  zamon  xalqaro  huquq  doktrinasi  davlatlarning  quyidagi  asosiy  huquqlarini 

ajratadi: 




 

10 


- mustaqillik va o‘zining qonuniy huquqlarini erkin amalga oshirish

-  o‘z  hududi  ustidan  va  uning  doirasida  xalqaro  huquq  tomonidan  tan  olingan 

immunitetlarga  rioya  qilgan  holda  barcha  shaxslar  va  boshqa  narsalarga  nisbatan  o‘z 

yurisdiksiyasini amalga oshirish; 

- boshqa davlatlar bilan teng huquqlilik

- qurolli bosqinchilikka nisbatan yakka va jamoa tartibida o‘zini mudofaa qilish. 

Asosiy majburiyatlar: 

 



boshqa davlatlarning ichki va tashqi ishlariga aralashmaslik

 



inson huquqlarini hurmat qilish; 

 



o‘z  hududida  shunday  sharoit  belgilash  lozimki,  unda  xalqaro  tinchlikka  xavf 

tug‘dirmasligi lozim; 

 

boshqa davlatlar bilan nizolarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish



 

kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan  boshqa  davlatlarning  hududiy  yaxlitligiga  va 



siyosiy mustaqilligiga yoki xalqaro huquqga zid bo‘lgan boshqa tarzda tajovuz qilmaslik; 

 



o‘z  majburiyatlarini  buzayotgan  davlat  yoki  BMT  tomonidan  ogohlantiruvchi 

yoki majburlovchi chora qo‘llanilayotgan davlatga yordam ko‘rsatmaslik; 

 

o‘z xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarish singari holatlarni kiritish mumkin. 



Xalqaro  huquq  uchun  davlatlarni  oddiy  (unitar)ga  va  murakkabga  bo‘lish  ma’lum 

ahamiyatga ega. 

Davlatning  hududiy-tashkiliy  tuzilmasi  turli  xil  bo‘lishi  mumkin.  Davlat  tuzilishining 

oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) shakllari farqlanadi. 

Unitar  davlatlar  joylardagi  hokimiyat  organlari  to‘liq  bo‘ysundirilgan  yuqori  davlat 

hokimiyati organlarining yaxlit tizimini bildiradi. Unitar davlat hududi siyosiy mustaqillikka ega 

bo‘lmagan ma’muriy-hududiy birliklarga bo‘linadi. Bu holda faqat davlat yaxlit tuzilma sifatida 

xalqaro huquq subyekti bo‘ladi. 




Download 434.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat