Hindiston tarixida akbarshohning tutgan o'rni



Download 20,79 Kb.
Sana12.04.2020
Hajmi20,79 Kb.
#44055
Bog'liq
HINDISTON TARIXIDA AKBARSHOНNING TUTGAN O

HINDISTON TARIXIDA AKBARSHOHNING TUTGAN O'RNI

Sultonov Bekzod Inom O’g’li

Sharq mamlakatlari tarixi va hozirgi zamon muammolarini o’rganish yo’nalishi 3 – bosqich hind – ingiliz guruhi. +99890123-76-25

Shoirlar davrasida Shekspir qanday mavqeda tursa, dunyo shohlari ichida men uchun Akbar ana shunday mavqeda turadi.



Ser Uil’yam Sliman

Hindiston bugungi kunda dunyodagi ko’zga ko’ringan rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin egallaydi. Hindiston tarixida ko‘zga ko‘ringan imperiyalardan biri Boburiylar imperiyasi. Imperiya boburiy hukmdor Akbar davrida gullab-yashnadi va taraqqiyot cho‘qqisiga yetdi. Akbar mamlakatda ziyoliy qatlamni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Uning davrida konfessiyalararo tenglik o’rnatildi. Mamlakatda tenglik o’rnatdi, tub joy aholisiga alohida e’tibor qaratdi. Akbarning amalga oshirgan ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ega. Uning ishlari insonlarni vatanga, e’tiqodga, ota – onaga, oilaga muhabbat va hurmatni tarannum etadi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Quyida uning hukmronlik yillaridagi amalga oshirgan ishlarini ko’rib chiqamiz.

Bilamizki Hindiston tarixida Akbarshoh (1556 – 1605) hukmronlik yillari alohida ma’no kasb etadi. U Hindistonda ellik yil odilona hukmdorlik qildi. “O‘rta asrlardagi Hindiston hukmdorlari orasida faqat Akbargina “Buyuk Akbar” unvoniga sazovor bo’lgan’’1. Darhaqiqat Hindistondagi hech bir musulmon hukmdor bunday unvonga ega bo’lmagan. Bundan tashqari, hech qaysi hukmdor Hindiston Shimolini birlashtirib markazlashgan davlat tuza olmagan. Akbar o’zga yurtda muqim tartibot o’rnata olgan hukmdordir u boshqa dindagi, boshqa madaniyatdagi xalqni boshqara olishning qonuniy asosini yarata oldi.

“Akbarni musulmon hukmdorlari orasida Hindistonda birinchi bo’lib o’z qo’l ostidagi o’zgacha diniy e’tiqodli , o’zgacha urf odatli va o’zgacha madaniyatli xalqni adolat bilan boshqarish tizimini yaratgan hamda amalda tatbiq qilgan hukmdor, deb tan olishga hamma asos bor”2

Akbarni Hindiston tarixida alohida bob yaratdi. Shu o’rinda hind tarixchisi doktor Ishvari Prasandning bir gapini yodga olsak: “Akbar Hindiston tarixidagina emas, balki butun dunyo tarixida ham eng buyuk shohdir. Akbar ulug’vorlikda ham, omadbarorlikda ham ulardan ustun turadi”.3 Akbar Hindistonda hukmdorlikni o’z qo’liga olishi bilan otasi Humoyunshoh davrida qo’ldan chiqarilgan sarhadlarni o‘z imperiyasiga qo‘shib chegaralarni mustahkamlay boshladi. Bu keyinchalik Angliya uchun qo’l keladi. Akbarning imperiyasi Qobul, Qandahor, Sind, Mo‘lton, Lahor, Kashmir, Dehli, Agra, Ajmir, Ilohobod, Avad, Bihar, Bengaliya, Bengal ko’rfazidagi Orissa, shuningdek, Molva, Gujorot, Xondesh, Beror, Ahmadnagar kabi viloyatlardan tashkil topgan edi. Uning hukmdorligi shunchalik shaffof bo’lganki, bunga birgina davlatdagi pul munosabatlaridan ko’rsak bo’ladi. Uning davrida o’z nomidan zarb qilingan pullar, shuningdek, turli davlatlarning va davrlarning pullari muomalada bo’ladi. U Hindistondagi soliq to‘lashdagi musulmonlar va hinduiylar orasidagi notenglikni bartaraf etdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida dehqonlarga keng imkoniyatlar yaratdi. Jumladan, dehqonlarning yerlarini ularga mulk sifatida mustahkamlab qo’ydi. Zamonga mos keladigan qonunlar ishlab chiqdi. Bilamizki Hindiston tarixida tub aholining oila va nikoh borasida ham muammolarini yechishda ulkan ishlarni amalga oshirdi. Balog‘at yoshiga yetmagan o‘smirlarning turmush qurishini man qiluvchi qonun yaratdi. Bundan tashqari, beva ayollarning turmush qurishiga ruxsat berdi. Hinduiylik dinida beva qolgan ayollarga turmush qurish mumkin emas edi, bundan tashqari, ular umrining oxirigacha bir xil kiyim kiyib yurishardi. Ayrim hududlarda esa eriga qo‘shib olovda yoqilardi. Yuqorida Akbarning oqilona siyosati bunga barham berib, jamiyatda ayollar mavqeyini tikladi. Akbar Hindistonda fan va madaniyat rivojiga ham ulkan hissa qo‘shdi. Misol uchun, hindu olimlarini Sanskrit tilini o‘rganishga rag‘batlantirdi. Hind, fors, turk va arab tillaridan tashkil topgan urdu tilini hayotga tadbiq qildi.

Akbarshoh bobosi Boburshohga o‘xshab jangchi va iqtidorli sarkarda edi. U qilich bilan qozonilgan g‘alabalardan ko‘ra mehr – shavqat ila qozonilgan g‘alabalarni afzal ko‘rardi. Akbarshoh Hindistonda diniy bag‘rikenglikni ilgari surdi. Akbarshoh xilma – xil din va mazhablarga mansub bo‘lgan ruhoniylarni yig‘ib, diniy mavzularda munozaralar olib borgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 1590 – 1591 – yillarda ho‘kiz, qo‘tos, echki,qo‘y, ot va tuya go‘shtini iste’mol qilishga taqiq qo’yilgan edi. Mahalliy hindlar bilan musulmonlar o‘rtasida g‘animlik munosabatlarini ilitish maqsadida Akbar shaxsan o’zi hindlarning रखि, देनेवाली, शिवारत्रि (raxi, denevali, shibaratri) bayramlarida doimiy ishtirok etib turar edi. Uning xizmatlari, faoliyati, shaxs sifatidagi xislatlari hind daholari, olimlari tarixchilari yuksak baholaydilar. Javoharla’l Neru Akbarshoh haqida shunday yozadi: “Akbar 1556 – yildan 1606 – yilga qadar, qariyb ellik yil Hindistonda hukmdorlik qildi. Akbar nomi Hindiston tarixida buyuk nom bo’lib, ayrim jihatlari Ashokani eslatadi. Ajablanarlisi shuki, Hindistonning miloddan avvalgi III asrda yashagan buddaviy imperator Ashoka bilan Hindistonda milodiy o‘n oltinchi asrda yashagan musulmon impe­ratori Akbar deyarli aynan bir xil mavzularni tilga olib, bir xil so‘zlarni ishlatishgan. Butun Hindiston shu ikki buyuk farzandining tilida so‘zlagan bo‘lsa ajab emas”.4

Xulosa o‘rnida Javoharla’l Neruning bir fikrini keltirib o‘tsak: Akbarshohni ko‘hna hind jamiyatdagi turli xil elatlarni jipslashtirgan va ularni bitta millatga birlashtirgan buyuk hukmdordir. Mening fikrimcha, Akbarshoh o‘zini hindistonlik deb bilgan va garchand u mahalliy xalqqa nisbatan kelgindi hisoblansada, Hindiston uni sevib qoldi. Shuning evaziga Akbar Hindistonda muvafaqqiyat bilan hukmronlik qildi va mustahkam imperiya asosini qurdi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Javaharla'l Neru: Взгляд на всемирную историю.

  2. Prasd Ishvari. The Life and Times of Humayun. ORIENT LONGMANS Bombey 1955.

  3. G’ofurjon Satimov: Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida boburiylar davri. Toshkent 2008.

  4. L.P. Sharma: Boburiylar saltanati. Toshkent 1998



1 G’ofurjon Satimov: Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida boburiylar davri. Toshkent 2008.

2 O'sha asar 92 bet.

3 Prasd Ishvari. The Life and Times of Humayun. ORIENT LONGMANS Bombey 1955.

4 Javaharla'l Neru: Взгляд на всемирную историю

Download 20,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish