«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.02.2020
Hajmi0,62 Mb.
#40291
  1   2   3   4
Bog'liq
namangan viloyai tashqi iqtisodiy faoliyatining mintaqaviy xususiyatlari


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 



 

«Himoyaga ruxsat etildi» 

Tabiiy fanlar fakulteti dekani,  

g.f.n., dotsent _______ A.A.Nazarov 

«___» _____________ 2017 y. 

 

 



5140600-geografiya bakalavriat ta’lim yo’nalishi 

 bitiruvchisi 



Karimjonova Irodaxon Ikromjon qizining 

 

 





NAMANGAN VILOYAI TASHQI IQTISODIY FAOLIYATINING 

MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI

  

mavzuidagi

 

 

 



BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 



 

«Himoyaga tavsiya etildi» 

Geografiya kafedrasi mudiri 

________g.f.n., dots. X.Mirzaaxmedov 

«___» _____________ 2017 y. 

 

 



BMI rahbari: g.f.n., dots. 

X.Mirzaaxmedov 

 

 

 

Namangan – 2017 

 

 

 



 



M U N D A R I J A 

 

 

KIRISH ……………………………………………………………………  

I-BOB.  TASHQI  IQTISODIY  ALOQALARNING  NAZARIY, 

TASHKILIY VA 

HUQUQIY ASOSLARI

 ………………………………… 

 



1.1. 

Tashqi iqtisodiy  faoliyatning  iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli  va 

o’rni  .................................................................................................. 

 



1.2. 

O’zbekistonning  jahon  xo’jalik  tizimiga  integratsiyalashuvida 

tashqi iqtisodiy aloqalarning ahamiyati ............................................. 

 

18 



1.3. 

Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  tashkil  etishning  huquqiy  va  me’yoriy 

asoslari

 ........................

…………………………………………….. 

24 


II BOB.  

TASHQI  IQTISODIY ALOQALARINING GEOGRAFIK ASOSLARI 

VA XUSUSIYATLARI 

 ……………………………………………………... 

35 


2.1. 

Mamlakatda    tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirish  shart-

sharoitlari ….....…………................................................................. 

 

35 



2.2. 

Mamlakat  tashqi  iqtisodiy  aloqalarida  Namangan  viloyatining 

tutgan o’rni …………………………………………….................... 

 

48 



2.3. 

Minaqada 

ixtisoslashuvi 

va 


tashqi 

iqisodiy 

aloqalaridagi 

muammolar ……………………....................................................… 

 

57 


 

XULOSA ………………………………………………………... 

66 


 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………  68 

 



KIRISH 



Tadqiqot  mavzusining  dolzarbligi.  Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan 

boshlab  tashqi  aloqalarni  kengaytirish,  respublikaning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini 

rivojlantirish  va  rag’batlantirish    maqsadida    butun    tashqi  iqtisodiy  faoliyatni 

erkinlashtirish  uchun  huquqiy  asoslari  yaratib  berildi  hamda  asosiy  qonun 

hujjatlari  qabul  qilindi.  Prezident  Farmonlari  va  hukumat  qarorlari  chiqdi.  Bular, 

avvalo, «Tashqi  iqtisodiy  faoliyat to’g’risida», «CHet el investitsiyalari  va xorijiy 

sarmoyadorlar  faoliyatining  kafolatlari  to’g’risida»gi  qonunlar  hamda  boshqa 

qonuniy  va  me’yoriy  hujjatlar  bo’lib,  ular  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  amalga 

oshirish,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  sohasida  xalqaro  shartnomalar  tuzish  va  ularni 

bajarish uchun asosiy shart - sharoitni yaratishga imkon berdi. 

 

Bugungi  kunda  iqtisodiyot  tarmoqlarida  islohotlarning  chuqurlashuvi, 



barcha  sohalarni  qamrab  olayotgan  erkinlashtirish  jarayonlari  tashqi  iqtisodiy 

faoliyat  sohasiga  yangi  talablar  qo’ymoqda.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalarning 

iqtisodiyot  taromqlari  hamda  mintaqalar  ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyoti  uchun 

ahamiyati  borgan  sari  kuchaymoqda.  Biroq,  xozirgi  davrdagi  global  iqtisodiyotda 

kechayotgan  vaziyatlar  hamda  ijtimoiy  va  iqtisodiy  hayotdagi  jadal  taraqqiyot 

tezligiga barcha  mamlakatlar va  ularning  mintaqalari  ham  javob bera olmaydi. Bu 

borada har bir mamlakat va uning mintaqalari uchun aniq puxta ishlangan dasturlar 

bo’lishi  va  ularning  doimiy  monitoringi  olib  borilishi  lozim.  Mamlakat  tashqi 

iqtisodiy  aloqalarining  rivojlantirish  borasida  ishlab  chiqarilgan  maxsulotlarning 

sifat,  tannarx  kabi  muhim  ko’rsatkichlari  ham  asosiy  omillardan  sanaladi.  

Prezidentimiz SH.Mirziyoev ta’kidlaganidek Tarmoqlar bo’yicha tannarx o’rtacha 

10  foizga  qisqartirilgan  bo’lsa-da,  kimyo  va  yengil  sanoat,  avtomobilsozlik, 

qurilish  materiallari  va  boshqa  bir  qator  tarmoqlarning  ayrim  mahsulotlari 

qimmatligi  sababli  tashqi  bozorlarda  raqobatdosh  bo’la  olmayapti.  Ayrim 

korxonalar zarar bilan ishlamoqda.‖

1



                                         

1

 Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Шавкат  Мирзиѐевнинг  мамлакатимизни  2016 йилда  ижтимоий-иқтисодий  ривожлантиришнинг  асосий 



якунлари  ва  2017  йилга  мўлжалланган  иқтисодий  дастурнинг  энг  муҳим  устувор  йўналишларига  бағишланган  Вазирлар  Маҳкамасининг 

кенгайтирилган мажлисидаги маърузасиhttp://uza.uz/oz/politics/tan-idiy-ta-lil-atiy-tartib-intizom-va-shakhsiy-zhavobgarlik-16-01-2017 



 

Ta’kidlash 



joizki, 

bunday 


muammolar 

malakatimizning 

barcha 

mintaqalaridagi  ishlab  chiqarish  korxonalarida  yetarli  darajada.  Xususan  bunga 



Namangan  viloyatining  malakat  tashqi  iqtisodiy  aloqalaridag  ulushi  hamda 

mintaqaning  eksport  va  import  ko’rsatkichlaridagi  tafovutlarni  misol  qilish 

mumkin.    Respublika  umumiy  ko’rsatkichiga  nisbatan  eksport  va  import  amallari 

bor-yo’g’i  1-1,2  foizga  teng.  Mintaqa  eksportining  52,5  foizi,  importining  50,3 

foizi ―Uzoq‖ xorij va Boltiqbo’yi davlatlari bilan amalga oshiriladi. Qolgan qismi 

MDH  mamlakatlari  zimmasiga  tushadi.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalarining  zaifligiga 

kichik  shahar  va  qishloq  joylarda  qulay  investitsiya  muhitining  tashkil  etilmaganligi 

ham o’z ta’sirini ko’rsatadi

2

 

SHundan  kelib  chiqib  qilib,  Namangan  viloyatining  mamlkat  tashqi  iqtisodiy 



aloqalaridagi  ishtirokining  mintaqaviy  hususiyatlarini  dolzarb  masalalar  sarasiga 

kiradi.  



Tadqiqotning  masad  va  vazifalari.  Tadqiqot  ishning  maqsadi  O’zbekiston 

Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  aloqalarining  atroflicha  taxlil  qilish,  mamlakat 

mintaqalarining  tashqi  aloqalardagi  ishtirioklarini  o’rganish  orqali  Namangan 

viloyati  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  mintaqaviy  xususiyatlarini  ochib  berishdan 

iborat. 

 Bu  maqsadaga  erishish  uchun  uchun  BMI  oldiga  quyidagi  vazifalar 

qo’yilgan: 

 



Tashqi iqtisodiy faoliyatning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o’rnini 

o’rganish;   

 

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning huquqiy va me’yoriy asoslarini 



o’rganish; 

 



O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi 

iqtisodiy aloqalarning ahamiyatini ochib berish; 

                                         

2

 Солиев А. Ўзбекистон географияси. Тоiкент, 2014 й, 



199-бет.

 

 



 

 



 

O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini atroflicha tadqiq etish;  

 

Namangan viloyati iqtisodiy saloxiyatini taxlil qilish; 



 

Mintaqa tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi muammolari va 



istiqbollarini o’rganish va h.k 

Ishning  o’rganilish  darajasining  qiyosiy  taxlili.  Ayni  vaqtda  juda  ko’plab 

respublikamiz  iqtisodchi  va  geograf  olimlar  tomonidan  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni 

takomillashtirish  yo’llari  va  istiqbollarni  belgilash  masalalari  o’rganilib 

kelinmokda.  Jumladan  O’zbekiston  Respublikasida  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini 

takomillashtirish  yo’llarini  izlash,  bu  borada  amaliy  samara  beradigan  dasturlar 

ishlab 


chiqish, 

ilmiy 


izlanishlar 

olib 


borish 

borasida 

olimlarimizdan  

M.Abdusalomov,  A.Vahobov,  R.X.Shodiev,    G.G.Nazarova,  N.Sirajiddinov, 

R.M.Alimov, 

N.X.Xaydarov, 

A.Soliev, 

A. 


Qayumov, 

A.Sodiqov, 

X.Mirzaaxmedov va boshqalar tomonidan o’rganilgan.  

Mazkur    tadqiqotchilar    tomonidan    olib    borilgan    ilmiy    ishlar 

muammoning  ayrim  jihatlarini  tadqiqot  ob’ekti  sifatida  olib o’rganilganligi 

bois ularning ishlarida keskin farqlar mavjud.   Xususan  A.Qayumovning ilmiy 

ishlanmalarida  O’zbekiston  Respublikasining  tashqi  aloqalari  va  ularning 

omillariga e’tibor qaratilgan.  A.Solievning ishlarida esa tashqi aloqalar siyosiy 

geografiya  va  iqtisodiy  geografik  jarayonlarni  tadqiq  etish  doirasida 

o’rganilgan.  SHuningdek,  Namangan  viloyati  tadqiqotchilari  tomonidan  tashqi 

iqtisodiy  aloqalar  qo’shma  korxonlar  tashkil  etish  va  rivojlantirish  nuqtai 

nazaridan  tadqiq  etilgan.  Ushbu  bitiruv  malakaviy  ishida  yuqoridagi 

tadqiqotlarga  uslubiy  yondashilgan  xolda  Namangan  viloyati  xo’jalik  va 

hududiy  tuzilmalarining  tashqi  iqtisodiy  aloqalardagi  ishtioklari  atroflicha 

ko’rib chiqilgan.

 

BMIning  ob’ekti  va  predmeti.  Belgilangan  maqsad  va  vazifalardan  kelib 

chiqib  ishning  ob’ekti  sifatida  Namangan  viloyatidagi  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatjarayonlari  tanlangan. 



 

Namangan  viloyati  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  bozor  munosabatlari  nuqtai 



nazaridan  tahlil  qilish  va  baholash,  shuningdek,  bu  boradagi  muammolarni 

aniqlash bitiruv ishining predmetini belgilaydi. 



BMIning  nazariy  va  uslubiy  asosi.  Ishning  nazariy  va  uslubiy  asoslari 

mamlakatimizda  yuz  berayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar  bilan  bog’liq 

Prezident  I.A.Karimovning  ko’rsatma  va  asarlari  hamda  mazkur  masalalar 

bo’yicha  O’zbekiston  Hukumati  qabul  qilgan  rasmiy  hujjat  va  dasturlar  bilan 

tavsiflanadi.  SHuningdek,  bu  borada  iqtisodiy-geografiya  fanida  yaratilgan  g’oya 

va  tushunchalar,  sanoat  ishlab  chiqarishni  hududiy  tashkil  qilish  sohasidagi  ilg’or 

yo’nalishlar, ushbu muammo bilan shug’ullangan olim va mutaxassislarning ilmiy 

ishlanmalari asos bo’lib xizmat qiladi. 

Ushbu  ishni  bajarishda  geografik  taqqoslash,  tarixiy,  hududiy  tahlil,  tizimli 

yondashuv, statistik usullaridan foydalanildi.  

Bitiruv  malakaviy  ishiga  taalluqli  ma’lumotlar  O’zbekiston  Respublikasi 

Statistika  davlat  qo’mitasi,  viloyat  statistika  boshqarmasidan  olingan  va  tahlil 

qilingan. 

Ishning  ahamiyati.  Ushbu  ishning  natija  va  xulosalaridan  sohaviy 

muammolarni  aniqlash  va  mintaqaviy  dasturlarning  ishlab  chiqishda  foydalanish 

mumkin.  

Asosiy  xulosa  va  tavsiyalari  viloyat,  shahar  hamda  tuman  xududlarida  tashqi 

iqtisodiy  faolityatini  yaxshilashda,  uning  qo’llanilgan  metodik  asoslari  va  faktik 

ma’lumotlari esa tegishli o’quv yurtlarining amaliy ishlarida ahamiyatlidir.  



BMIning  tuzilishi  va  hajmi.  Mazkur  ish  kirish,  ikki  bob,  xulosa  hamda 

foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxatini  o’z  ichiga  oladi.  Uning  umumiy  hajmi  68 

betdan  iborat  bo’lib  3  ta  jadval  berilgan.  Adabiyotlar  ro’yxati  41 

nomdagi 


manbaalarni o’z ichiga oladi. 

Tadqiqotning  kirish  qismida  mavzuning  dolzarbligi,  tadqiqot  maqsadi  va 

vazifalari, muammoning o’rganilganlik darajasi, ilmiy va amaliy ahamiyati asoslab 

berilgan.  



 

BMIning  birinchi  bobida  “Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  xalqaro  mehnat 



taqsimotini  rivojlantirishning  muhim  sharti”  to’g’risida  atroflicha  so’z 

yuritilgan.  Ishning  ikkinchi  bobi  esa  ―Namangan  viloyatida  tashqi  iqtisodiy 



faoliyatning geografik asoslari va  uning rivojlanishi‖ ga bag’ishlanadi. 

Ishning  xulosa  qismida  tadqiqotlar  natijalari  umumlashtirilib,  ilmiy-uslubiy 

ahamiyatga molik bo’lgan xulosa va takliflar keltirilgan. 


 



I BOB. TASHQI IQTISODIY ALOQALARNING NAZARIY, 



TASHKILIY VA HUQUQIY ASOSLARI 

 

I.1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va 

o’rni 

 

Bozor  munosabatlariga  o’tgan  va  o’tayotgan  mamlakatlar  uchun  tashqi 



iqtisodiy  faoliyat  va  tashqi  savdo  hayotiy  zaruratdir.  Umumjahon  xo’jaligi  tobora 

rivojlanib,  takomillashib  borgan  sari  mamlakatlararo  iqtisodiy  munosabatlarning 

doirasi  va  ko’lami  ham  kengaya  boradi.  Mamlakat  iqtisodiyotining  umumjahon 

iqtisodiy  tizimiga  integratsiyalashuvining  asosiy  sharti  ham  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatning rivojlanishidir. 

O’zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  I.Karimov    ―...eksport 

imkoniyatini  kengaytirish,  jahon  bozoriga  kirib  borish  uchun  avvalo,  qimmatbaho 

xom  ashyoni  qayta  ishlash  negizida  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  qo’shma 

korxonalarni  rivojlantirish  zarur.  Xorijiy  sheriklar  bilan  birgalikda  zamonaviy 

ixcham  korxonalar  barpo  etib,  ularni  mehnat  resurslarining  manbalari  bo’lmish 

qishloqqa yaqinlashtirish lozim‖

3

 - deb bejiz ta’kidlamagan.  



Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  deganda,  mamlakatdagi  yuridik  va  jismoniy 

shaxslarning  xorijiy  davlatning  yuridik  va  jismoniy  shaxslari  hamda  xalqaro 

tashkilotlar  bilan  olib  boradigan  o’zaro  manfaatli  iqtisodiy  aloqalari  (faoliyati) 

tushuniladi. 

Tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  rivojlanganlik  darajasi  asosan  mamlakatning 

iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning tashqi siyosati va strategiyasiga bevosita 

bog’liqdir.  SHu  bilan  birgalikda  tashqi  iqtisodiy  faoliyatga  ta’sir  ko’rsatuvchi  bir 

qator omillar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 

- mamlakatning tabiiy-iqlimiy sharoitlari; 

- mamlakatning industrial taraqqiyot darajasi; 

- ishlab chiqarishning ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati; 

- mamlakatdagi demografik vaziyat va aqliy salohiyat; 

                                         

3

 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Тошкент. ―Ўзбекистон‖. 1998, 146 бет 



 

- xalq mentaliteti va milliy an’analari; 



- aholining xarid qobiliyati. 

xar  qanday  davlat  ham  o’zining  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  strategiyasi  va 

yo’nalishlarini o’zining  hayotiy ehtiyojlaridan,  mamlakatning  mudofaa  xavfsizligi 

manfaatlaridan  va  nihoyat,  o’z  aholisining  turmush  darajasini  oshirish 

maqsadlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi.  

O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat davlat tomonidan tartibga 

solinadi.  Buning  uchun,  avvalambor,  bu  faoliyatning  qonunchilik  negizini 

shakllantirish,  uni  rivojlangan  mamlakatlarda  amal  qiluvchi  qonunchilikka  tobora 

muvofiqlashtira borish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. 

Iqtisodiyoti  rivojlanayotgan,  o’z  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  faollik  bilan 

kengaytirib 

borishga 

intilayotgan 

mamlakat, 

so’zsiz,  erkin  bozorning 

stixiyasigagina  umid  qilib  qolmaydi:  davlat  rivojlanishning  kafili,  ta’minlovchisi 

sifatida  faol  ravishda  harakat  qilishi  lozim.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  davlat 

tomonidan  tartibga  solinishi  ob’ektiv  ravishda  zarur.  SHu  bilan  birga,  tashqi 

savdoni  tartibga  solish  mexanizmlari  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  boshqa 

shakllarini  o’zgarib  borayotgan  zamonaviy  ichki  va  tashqi  sharoitlarga 

moslashtirish  talab  qilinadi.  O’zbekistonda  mazkur  sohadagi  o’zgartirishlar  ayni 

tashqi  iqtisodiy  siyosatni  barcha  yo’nalishlar  bo’yicha  erkinlashtirish  bilan  va 

birinchi  navbatda  respublikada  «ochiq  model»ni  shakllantirish  bilan  bog’liq 

bo’lgan edi. 

O’zbekiston  uchun  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanish  «ochiq  model»ning 

afzalliklari quyidagilardan iborat: 

>  xalqaro  savdoga  boradigan  yalli  ichki  mahsulot  (YaIM)  ulushi  ko’paygan 

sayin  mamlakat  jahon  bozorining  kon’yunkturasi  tufayli,      xalqaro      mehnat  

taqsimotining      afzalliklaridan  foydalanib,  o’z  milliy  daromadi  ko’payishini 

tezlashtirish  va  yuksaltirishning  sifat  jihatidan  yangi  imkoniyatiga  ega  bo’ladi. 

SHunga  ko’ra,  uning  milliy  xo’jaligida  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  jadal  iqtisodiy 

yuksalishning muhim omili bo’lmoqda; 



 

10 


> jahon   xo’jaligiga   qo’shilish    mamlakatda   uning iqtisodiyotida xali sust 

bo’lgan  yoki  mavjud  bo’lmagan  bozor  mexanizmlari  va  institutlarini  jadal 

rivojlantirish  imkonini  beradi.  Bu  esa,  birinchi  navbatda,  raqobat,  fond  bozori, 

kreditlash  va  sug’urtalashga  taalluqli  bo’lib,  kengroq  ma’noda  aytganda, 

O’zbekistonda haqiqiy ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishga ko’maklashadi; 

>  chet  elga  mahsulot  yetkazib  berishlarni  dunyoda  umum  qabul  qilingan 

tijorat  asosiga  o’tkazish  ularni  qo’llagan  ma’muriy  buyruqbozlik  tizimiga  xos 

taqsimot va narxlarga oid tarkibiy qismlarining tashqi iqtisodiy quyqalaridan xolos 

etadi.  SHunga  ko’ra,  O’zbekiston  tashqi  savdosi  samaradorligini  oshiradigan 

rezervlar yuzaga chiqa boshlaydi; 

>  O’zbekiston  jahon  bozoridagi  ehtiyojlar  va  resurslarning  o’zgargan 

balansini  hisobga  olib,  o’z  milliy  manfaatlariga  javob  beradigan      va   

respublikaning      yangi      tashqi      iqtisodiy  ihtisoslashuvini  shakllantiradigan  o’z 

mustaqil  tuzilmaviy  siyosatini  ishlab  chiqarmoqda,  o’z  eksportida  xom-ashyo 

tarmoqlari  mahsulotlari  ulushi  asta-sekin  kamaytirilib,  tayyor  mahsulot  ulushi 

oshirib borilmoqda; 

> jahondagi o’zgarib borayotgan siyosiy voqeliklar endilikda O’zbekistonning 

xalqaro  iqtisodiy  va  moliyaviy  tashkilotlar  faoliyatida  siyosiy  bayonotlar  bilan 

chiqish tarzida emas, balki bevosita xo’jalik ishtirokchisi sifatida qatnashishini, o’z 

davlat  iqtisodiy  manfaatlarini  amalga  oshirish  uchun  ko’p  tomonlama      asosda   

ularning   yordamidan   foydalanishini faollashtirmoqda. 

SHu  bilan  birga,  «ochiq  iqtisodiyot»,  mutaxassislar  fikricha,  xalq 

xo’jaligining takror ishlab chiqarishga va tuzilmaga oid mutanosibliklarini   jiddiy   

o’zgartiradi,      o’zining      qaltis  tomonlariga  ega  bo’ladi  va  shu  bois  u  bozor 

munosabatlarini  rivojlantirishning  murakkab  va  qiyin  davrida  barcha  illatlardan 

xolos  etadigan  qandaydir «ming dardga davo»  sifatida tushunilmasligi kerak. 

Xalqaro iqtisodiy aloqalar o’z mazmun va mohiyatiga ko’ra har qanday davlat 

iqtisodiyotining  barqarorligi  va  rivojlanishiga  kuchli  ta’sir  ko’rsatuvchi  omilga 

aylanib  qoldi.  SHuning  uchun  xo’jalik  aloqalarini  xalqaro  miqiyosda 


 

11 


integratsiyalashuvini kengaytirish va chuqurlashtirishga berilayotgan e’tibor tobora 

kuchayib bormoqda. 

Tashqi iqtisodiy aloqalarni taraqqiy ettirish mustaqil rivojlanish yo’liga o’tgan 

respublikamiz  uchun,  ayniqsa,  muhim  ahamiyatga  ega.  Sobiq  Ittifoq  tarkibida 

bo’lgan  vaqtda  O’zbekiston  xorijiy  mamlakatlar  bilan  mustaqil  ravishda  aloqa 

qilish  imkoniyatidan  mahrum  bo’ldi.  Xo’jalik  yuritishning  yopiq  sharoitida 

mamlakatda  faqat  orzu  qilish  mumkin  edi  xolos.  Ishchi  kuchining  xalqaro 

miqyosida 

migratsiyasi 

mutlaqo 


rivojlanmagan 

edi. 


SHuning 

uchun 


o’tkazilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  eng  qisqa  muddatlarda  O’zbekistoning  jahon 

xo’jalik  tizimiga  keng  huquqli  a’zo  bo’lib  kirishi  va  barcha  mamlakatlar  bilan 

o’zaro manfaatli hamkorlik qilishini ta’minlashga qaratilgan. 

Bu  bir  tomondan  yangi  texnologiyalarni  boshqarish  tajribasi  va  bilimlari, 

xorijiy  sarmoyalarni  mamlakatimizga  olib  kirilishini  ta’minlasa,  ikkinchi 

tomondan 

O’zbekistonning  boy  tabiiy  resurslari  va  ishlab  chiqarish 

imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga ko’maklashadi. 

Jahonning  40  dan  ortiq  yirik  davlatlari  qatorida  xom  ashyoning  katta 

zahiralariga,  sanoat  va  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishning  rivojlangan 

tarmoqlariga, 

shuningdek 

shakllangan 

ishchi 


kuchiga 

ega 


bo’lgan 

mamlakatimizning  jahon  bozoridagi  dastlabki  qadamlari  o’zining  samarasini  bera 

boshladi. 

XX asrning so’nggi yillarida jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyotidagi 

tub  sifat  o’zgarishlarining  kuchayib  borishi  xalqaro  munosabatlarning    hozirgi   

bosqichida  quyidagi xususiyatlarini belgilab beradi: 



Birinchidan,  xalqaro  ayirboshlashning  tarkibiy  tuzilishi  sezilarli      darajada   

o’zgardi:    mamlakatlar    mahsulotlar ayirboshlashdan tashqari turli  xil  xizmatlar, 

moliya  kapitali,  ishchi  kuchi,  fan-texnika  axborotlari,  yangi  texnologiyalar, 

boshqaruv usullari va boshqalar bilan faol savdo-sotiq olib borishga o’tdilar. 



Ikkinchidan,  kapitalni  chetga  chiqarilishining  ko’payishi  va  mamlakatlar 

o’rtasida  ayirboshlashning  kengayishi  zamonaviy  xalqaro  iqtisodiy  aloqalarni 



 

12 


mamlakatlararo uyg’unlashishiga olib keldi. 

Bunday  xususiyat  o’z  faoliyatini  bir  qancha  davlatlar  hududida  amalga  

oshiradigan  transmilliy  korporatsiyalar    (TMK)    va  transmilliy  banklar  (TMB) 

sonining ko’payib borishida o’z aksini topdi. 

Hozirgi  vaqtda  jahonda  10  mingdan  ortiq  TMK  mavjud  bo’lib,  ular  jahon 

sanoat  ishlab  chiqarishning  to’rtdan  uch  qismidan  ko’prog’ini,  tashqi  savdoning 

esa  yarmidan  ko’prog’ini  nazorat  qilib  turadi.  Masalan,  «Djeneral  Motors»,  «Roil 

Datch  SHell»,  kabi  yirik  TMK  lar  oboroti  hajmi  O’zbekistonda  yaratilgan  yalpi 

milliy  mahsulot  miqdoridan ortiqdir. O’z ixtiyorida behisob  moddiy  va  moliyaviy 

qudratni  jamlagan  bunday  korporatsiyalar  va  banklar  ko’pchilik  mamlakatlarning 

iqtisodiy  siyosatiga,  xalqaro  iqtisodiy  aloqalarning  rivojlanishiga  jiddiy  ta’sir 

ko’rsatmokda. 



Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy bosqichida yana 

bir  muhim  xususiyat  namoyon  bo’ldi,  ya’ni  ayirboshlashda  mamlakatlar  tutgan 

o’rnining o’zgarishi jarayoni sodir bo’lmoqda. 

Hozirgi  kunda  jahon  xo’jaligi  va  xalqaro  ayirboshlashning  umumiy 

yo’nalishlari  va  o’sish    sur’atlarini  rivojlangan  mamlakatlar  belgilab  turadi.  Bu 

mamlakatlar  yer  yuzasidagi  davlatlarning  15  foizini  tashkil  etadi,  hamda  ularda 

jahon aholisi 25 foizi istiqomat qiladi. Bu mamlakatlar dunyoda xosil qilinayotgan 

elektr quvvatlarning 75 foizini, yoqilg’ining 80 foizi, yog’och mahsulotlarining 85 

foizi  va  po’latning  72  foizini  iste’mol  qilishadi.  Sanoati  taraqqiy  etgan 

mamlakatlarning o’zaro savdosi jahon savdosining 70 foizini tashkil etadi. 

Ma’lumki,  yaqin  o’tmishda  mamlakatimiz  iqtisodiyoti  sobiq  ittifoqdosh 

respublikalar  iqtisodiyoti  bilan  chambarchas  bog’langan  edi.  SHu  bois  hozirgi 

kunda  aloqalar  ikkita  yo’nalish  bo’yicha  rivojlanib  bormoqda.  Ularning  birinchisi 

MDX  mamlakatlari  deb  ataluvchi  sobiq  ittifoqdosh  respublikalar  bilan  bo’lsa, 

ikkinchisi 

mamlakatimizning 

o’zaro  iqtisodiy  aloqalari  ilgari  umuman 

o’rnatilmagan  xorijiy  davlatlar  bilan  olib  borilmoqda.  Agar  birinchi  yo’nalish 

O’zbekistonni  ham  xarajatlar  sarflab,  keng  ko’lamda  xom  ashyo,  tayyor 


 

13 


mahsulotlar,  texnologiyalar,  fan  texnika  axborotlari  bozorga  kirib  borishini 

ta’minlasa,  ikkinchi  yunalish  respublika  iqtisodiyotini  keng  ravishda  jahon 

hamjamiyatiga birlashuvini ta’minlab beradi. 

O’zbekistonning        jahon        hamjamiyatiga        qo’shilishi  mamlakatimizdagi 

mavjud  imkoniyatlarni  ob’ektiv  baholash  va  ulardan  milliy  manfaatlar  yo’lida 

imkoni boricha to’liq foydalanishni talab qiladi. 

O’zbekistan  mustaqillikning  dastlabki  davridayoq  o’z  tashqi  iqtisodiy 

siyosatining qo’yidagi maqsadlari va asosiy yo’nalishlarini belgilab oldi: 

>  eksportni  rivojlantirish  va  uning  oqilona  tarkibini  shakllantirish.  CHunki 

eksportga  yo’naltirilgan  iqtisodiyotni  shakllantirish  milliy  ishlab  chiqarishni 

texnik-iqtisodiy  jihatdan    jahon  darajasiga  ko’taradi,  uning  tuzilishini 

takomillashtiradi, respublika valyuta zahirasini ko’paytiradi; 

>  import  tuzilishini  takomillashtirish  ya’ni  uni  milliy  iqtisodiyotni 

zamonaviylapggirish va rivojlantirish omiliga aylantirish; 

> ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish uchun 

chet el sarmoyalarini jalb etish; 

>  O’zbekistonning  iqtisodiy  xavfsizligini  ta’minlash,  ya’ni  ma’lum  darajada 

tashqi  iqtisodiy  faoliyatda  eksport-import  operatsiyalari,  valyutani  olib  chiqish, 

boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o’rnatish. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  respublikamizning  tashqi  iqtisodiy  siyosati 

aniq  belgilangan  maqsadlar  va  ularni  amalga  oshirishga  qaratilgan  qo’yidagi 

tadbirlarni o’z ichiga oladi. 



Birinchidan,  Respublika  milliy  iqtisodiyotning  kuchli  eksport  bo’g’inini 

tashkil etuvchi  va  uni jahon bozorida  munosib o’ringa ega bo’lishini ta’minlovchi 

sohalarni aniqlash. 

Ikkinchidan,    iqtisodiyotning    eksport    bo’g’inida  davlat  tomonidan  qo’llab-

quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilar: 

>  eksportga  yo’naltirilgan  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  uchun  imtiyozli 

foizlar bo’yicha ko’p muddatli kreditlar ajratish, investitsiyalarni sug’urtalash; 



 

14 


>  davlat  tomonidan  respublikamizga  ilg’or  texnologiyalar,  tajribalar, 

bilimlarning kirib kelishiga subsidiyalar ajratish: 

> eksport va importni litsenziyalash yoki chetga tovar chiqarishga va chetdan 

uni olib kirishga ruxsatnoma berish; 

>  ishlab    chiqarish    jarayonida    qatnashuvchi,    xorijdan  keltiriladigan  xom 

ashyo  va  materiallar,  asbob-uskunalar  va  jihozlar  ulushini  bosqichma-bosqich 

kamaytirish va boshqalar. 

SHu  bilan  birga,  tashqi  iqtisodiy  siyosat  milliy  valyutani  mustahkamlash  va 

uning  boshqa  valyutalar  bilan  erkin  almashuvini  ta’minlash,  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatining  me’yoriy  va  umumiy  asoslarini  xalqaro  talablar  darajasiga 

yetkazishni nazarda tutadi. 

Hozirgi paytda O’zbekiston sanoatining aksariyati  umuman tijorat  faoliyatiga 

va  xususan,  xalqaro  raqobatga  tayyor  emas:  hozircha  talabning  deyarli  barcha 

sohalarida  import  mahsulot  mahalliy  tovarlardan,  ayniqsa  iste’mol  tovarlaridan 

ustun  kelmoqda.  O’zbekistonda  yuzaga  kelayotgan  iste’molning  o’ziga  xos 

modelida sifat asta sekin andoza bo’lib qolmoqda. 

O’zbekiston  «ochiq»  milliy  iqtisodiyot  sharoitida  jahon  xo’jaligi  tsikllarining 

bevosita  ta’siriga  duch  kelmoqda.  Buning  ustiga,  uning  hozirgi  eksportining 

nosanoat tuzilmasi bunday tsikllarni xushlamay qabul qilmoqda. 

Respublikada  iqtisodiyotini  erkinlashtirishning  hozirgi  sharoitida  «Mamlakat 

eksport  salohiyatini  oshirish,  uning  xalqaro  mehnat  taqsimotida  teng  yutuqli  va 

o’zaro manfaatli shartlar asosida ishtirok etishi, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy 

tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini yanada kuchaytiradi» 

Respublika  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  rivojlantirishda  iqtisodiyotga  xorijiy 

sarmoyalarni  jalb  etish  uchun  qulay  sharoit  yaratishga  hamda  zarur  bo’lgan 

tashkilot  va  muassasalar  tuzishga  katta  ahamiyat  berilmoqda.  Bular  jumlasiga 

tavakkalchilik  xatarlari  keltiradigan  zararni  qoplaydigan  «O’zbekinvest»  milliy 

sug’urta  kompaniyasini,  turli  sug’urta  kompaniyalarini,  Vazirlar  Mahkamasi 

huzurida  BMT  bilan  birgalikda  tashkil  qilingan  investitsiyalarga  ko’maklashuvchi 


 

15 


xizmatni,  Davlat  mulk  qo’mitasi  huzuridagi  ko’chmas  mulk  va  xorijiy 

investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin. 

O’zbekistan  Respublikasi  ko’p  tomonlama  xalqaro  iqtisodiy  hamkorlik 

tashkilotlari  faoliyatida  qatnashmoqda.  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining 

iqtisodiy  muassasalari,  Jahon  banki,  Xalqaro  Valyuta  Fondi,  Xalqaro  moliya 

korporatsiyasi,  Iqtisodiy  taraqqiyotga  ko’maklashuvchi  tashkilot,  Xalqaro  mehnat 

tashkiloti, Jahon sog’likni saqlash tashkiloti kabi va boshqa obro’-e’tiborli xalqaro 

moliyaviy-iqtisodiy  tashkilotlarga  a’zo  bo’lib  kirdi  hamda  ularda  faol  siyosat 

o’tkaza boshladi. 

Ko’pgina xalqaro tashkilotlar - BMT, XVF, Jahon banki, Yevropa tiklanish va 

taraqqiyot  banki,  Yevropa  Ittifoqi  Komissiyasi  va  boshqa  tashkilotlar 

Respublikada  o’zlarining  mintaqaviy  vakolatxonalarini  ochdilar  va  o’zbekistonlik 

sheriklar bilan faol hamkorlik qilmoqdalar. 

Xalqaro  Valyuta  Fondi,  Jahon  banki,  Xalqaro  moliya  korporatsiyasi 

ishtirokida  ishlab  chiqilgan  hamda,  jumladan,  respublikada    kichik    va    o’rta  

biznesni    rivojlantirishga  ko’maklashuvchi  bir  qancha  loyihalar,  shuningdek 

iqtisodiyotning  eng  manfaatli      sohalaridagi      loyihalarni      moliyaviy      jihatdan 

ta’minlash dasturi amalga oshirilmoqda. 

Respublikada  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  bilan  shug’ullanishdagi  zarur  bo’lgan 

barcha  muassasalar  amalda  yangidan  barpo  etildi.  Tashqi  iqtisodiy    faoliyatni 

rivojlantirishda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  mustaqilligini  oshirish, 

marketing  tizimini  takomillashtirish  va  mamlakat  tovarlarini  xalqaro  bozorlarga 

keng  ko’lamda  kiritish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy 

aloqalar vazirligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib 

qayta  tashkil  qilindi.  Bundan  tashqari  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki, 

bojxonalar  xizmati  tashkil  etildi.  Vazirlar  Mahkamasida,  vazirliklar  va  idoralarda, 

korporatsiyalar,  kontsernlar,  uyushmalarda  va  mahalliy  boshqaruv  idoralarida 

tegishli tashqi iqtisodiy bo’limlar tuzildi va ish olib bormoqda. 

Mustaqillikning 

dastlabki 

yillarida 

tashqi 


aloqalarni 

kengaytirish,    



 

16 


respublikaning        eksport        imkoniyatlarini  rivojlantirishni    rag’batlantirish  

maqsadida    butun    tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  erkinlashtirish  uchun  huquqiy 

negizlarini  yaratib  bergan  asosiy  qonun  hujjatlari  qabul  qilindi.  Prezident 

Farmonlari  va  hukumat  qarorlari  chiqdi.  Bular,  avvalo,  «Tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

to’g’risida»,  «CHet  el  investitsiyalari  va  xorijiy  sarmoyadorlar  faoliyatining 

kafolatlari  to’g’risida»gi  qonunlar  hamda  boshqa  qonuniy  va  me’yoriy  hujjatlar 

bo’lib,  ular  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  amalga  oshirish,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

sohasida  xalqaro  shartnomalar  tuzish  va  ularni  bajarish  uchun  asosiy  shart  - 

sharoitni yaratishga imkon berdi. 

Xorijiy  sarmoya  ishtirokida  korxonalar  barpo  etish,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

qatnashchilarini  ro’yxatdan  o’tkazish  va  chetga  chiqariladigan  mahsulot  uchun 

ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibini anchagina soxalashtirish, eksport va import 

tarkibini yaxshilash choralari ko’rib borilmoqda. 

Mamlakatimizda  olib  borilgan  islohatlarning  ilk  davridan  e’tiboran 

respublikaning  eksport  salohiyatini  rivojlantirish  va  yanada  mustahkamlash, 

eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga asosiy e’tibor qaratildi. 

Binobarin, 

O’zbekiston  Respublikasining  tashqi  iqtisodiy  siyosati 

mustaqillikning dastlabki bosqichlarida quyidagi vazifalarni hal etdi: 

o  eksport-import operatsiyalarini markazlashtirishdan chiqarish; 

o  davlat  extiyojlari  uchun  tovarlar  eksport  va  importi  ustidan  nazoratni 

kuchaytirish; 

o  davlat  uchun  strategik  muhim  hisoblanmaydigan  tovarlar  eksportini 

soddalashtirish; 

o  strategik  muhim  tovarlar  eksportidan  olingan  valyuta  tushumi  ustidan 

nazoratni kuchaytirish; 

o  davlat  siyosatining  barcha  choralarini  qo’llab  chet  el  investitsiyalari  jalb 

etilishini va eksport salohiyatini rivojlantirishni rag’batlantirish; 

SHu  tariqa  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishining  murakab  sharoitlarida  jahon 

bozoriga chiqishni erkinlashtirish va protektsionizm chora tadbirlari bilan birikkan 



 

17 


izchil puxta o’ylangan tarkibiy va sanoat siyosatiga tayanadigan siyosat bo’ldi.  

Umuman  respublika  tashqi  iqtisodiy  aloqalarinnig  erkinlashtirish  va  tashqi 

iqtisodiy  majmuini  yanada  takomillashtirish  borasida  quyidagi  masalalarni  hal 

etish maqsadga muvofiqdir: 

O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari manfaatlarini 



ham ichki ham tashqi bozorda himoya qilish; 

o  milliy  iqtisodiyotning  rivojlanishi  va  uning  jahon  iqtisodiyoti  tizimiga 

integratsiyalashuvini  rag’batlantirishga  qaratilgan  zaruriy  shart-sharpoitlarni 

yaratish; 

o  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  davlat  tomonidan  tartibga  solish  tizimlarini 

yanada rivojlantirish; 

o  eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilagn davlat dasturlarni ishlab chiqish 

va ularni amalag oshirishni ta’minlash; 

o  ishlab  chiqaruvchilar  va  eksportyorlar  faoliyatini  har  tamonlama  qo’llab 

quvatlovchi tizimlarni yanada takomillashtirish; 

o  xorijiy  mamlakatlar  bilan  zamonaviy  texnologiyalarni  standartlashtirish, 

metrologiya va sifatni sertifikatsiya qilish sohasida hamkorlik qilish ko’lamini 

yanada kengaytirish; 

to’g’ridan  to’g’ri  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish  va  xalqaro  standartlarga 



javob beradigan  hamda jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan  mahsulotlarni 

ishlab  chiqarish  maqsadida  mamlakatning  turli  hududlarida  qo’shma 

korxonalar tashkil etishni ta’minlash; 

O’zbekiston  Respublikasining  xorijiy  mamlakatlar  va  boshqa  xalqaro  huquq 



sub’ektlari  bilan  savdo-iqtisodiy  va  moliyaviy  hamkorliklarini  yanada 

kengaytirish; 

o  xalqaro transport komunikatsiyalarini rivojlantrish orqali eksport tovarlarining 

transportda tashish xarajatlarni kamaytirish va hokazo. 

Fikrimizcha tashqi iqtisodiy aloqalarining geografik tarkibini takomillashtirish 

va  yanada  rivojlantirishga  to’sqinlik  qilib  kelayotgan  masalalarning  o’z  vaqtida 



 

18 


bartaraf  etilishi  O’zbekistonning  jahon  iqtisodiy  hamjamiyatida  samarali  ishtirok 

etish imkonini beradi. 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish