Hijriy taqvim haqida



Download 91,58 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2021
Hajmi91,58 Kb.
#116578
  1   2
Bog'liq
Hijriy taqvim haqida


Hijriy taqvim haqida

Musulmon olami muqaddas Ramazon oyini qarshilash arafasida turibdi. Kunning yorug‘ qismida yeyish-ichishdan tiyilib, ibodatga yanada kuchli rag‘bat qilinadigan ushbu oy joriy milodiy 2015 yilda 18-iyun sanasidan kirib kelmoqda.

Ramazon ro‘zasining shartlari, tarixi va boshqa tegishli xos jihatlari haqida yurtimiz diniy-ma'rifiy manbalarida yetarlicha ma'lumot topish mumkin. Shu sababli biz ushbu maqolada ko‘pchlikni aynan Ramazon kirib kelishi bilan bog‘liq holda qiziqtiruvchi jihatga - uning har yili avvalgi yildagidan 11-12 kun erta kelishiga qaratmoqchimiz.

Aslida ushbu maqolaning tayyorlanishiga sabab ham, ijtimoiy tarmoqlarda do‘stalrimdan birining "Ramazon har yili 12 kun erta keladi" - degan jumlasi sabab bo‘ldi.

"Erta keladi" iborasi bu o‘rinda biroz mubolag‘a bilan aytiladi. Sababi Ramazon ham, umuman har qanday boshqa diniy sanalar ham aslida har yili o‘z o‘rnida keladi. Gap shundaki, islomiy taqvim aslida Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmish Oyning Yer atrofi orbitasi bo‘ylab harakatiga asoslanadi. Bunday taqvimni "Qamariy taqvim" deyiladi. Keling hammasini bir boshdan boshlasak:

Eng qadimgi odamlar ham Oyning osmon sferasi bo‘ylab muayyan tartib-nizom asosida harakat qilishiga e'tibor qaratishgan bo‘lsa kerak. Oy yangi chiqqan o‘roq shaklidan borgan sari kattalashib boradi va 14 kun ichida to‘lishib, to‘linoy shakliga kiradi. Keyin yana kichrayib boradi va yana boshlang‘ich holatiga qaytadi. Bunday davriylik har 29 kecha kunduzda takrorlanaveradi. Ushbu davrni esa biz "Oy" deb ataymiz. (Ba'zan bunday davriylikni boshqacha oylardan ajratib ko‘rsatish uchun "tabiiy oy" deb yuritiladi, chunki nutqimizda boshqacha oylar ham mavjud. Masalan "kalendar oyi" kabi).

Bir tabiiy oy 29.5 kunga (sutkaga) teng. Aniqrog‘i esa, 29 kun 12 soat 44 daqiqa, 2.8 soniyaga teng. Ya'ni Oy Yer atrofini aynan shu vaqt ichida bir marta to‘liq aylanib chiqib, o‘zining boshlang‘ich vaziyatiga qaytadi. Bu 29.5306 kunni tashkil qiladi.

Shunday o‘rtacha 29.5 kundan iborat ketma- ket 12 oylik davr Qamariy yil deb ataladi (qamar - oy degani). Amalda esa bir oyni to‘liq 29 ta kunlarga va oxirida bitta "yarim kun"ga bo‘lishning iloji yo‘q. Shu sababli qamariy taqvimidagi oylardagi kunlar soni avvalgi oyda 29, keyingisida esa 30 kundan iborat qilib navbat bilan taqsimlanadi. Shunday hisob bilan olinsa, bir qamariy yilning davomiyligi 354 kundan iborat bo‘ladi. Lekin bu ham haqiqiy tabiiy qamariy yil hisobidan biroz qisqalik qiladi. Tabiiy qamariy yil aslida 354.37 kunni tashkil qiladi.

Bu esa muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Gap shundaki, Oy yili, ya'ni qamariy yil doim yangi oy chiqqan kundan boshlanishi lozim. Agar siz biror yangi oy chiqqan sanani belgilab, keyin 29 va 30 kundan iborat 12 ta oylar ketma ketligini hisoblab, 354 kunlik oy yilini bosib o‘tsangiz, shunday yillardan uch yil o‘tib, yangi qamariy yil yangi oy chiqishidan bir kun avval, oltinchi yilida esa ikki kun avval boshlanishiga to‘g‘ri keladi va ho kazo.

Hisoblashlarga ko‘ra, 30 ta haqiqiy tabiiy oy yilining davomiyligi 10631.016 kundan iborat bo‘lar ekan. Oltita ta 29 va shuncha 30 kunlik oylardan iborat 12 oydan tuzilgan 30 qamariy yil esa 10620 kundan iborat bo‘ladi. Ya'ni, odamlar foydalanadigan qamariy hisob har 30 yilda tabiiy hisobdan naq 11 kun orqada qolar ekan. Shu sababli ham, qamariy taqvimdan foydalanuvchi xalqalar, mazkur 11 kunni 30 qamariy yil orasiga shunday taqsimlab chiqishadiki, ularning hech biri yangi oy chiqmasidan bir kundan ortiq mudatga erta yoki kech ham boshlanmaydi. Har 30 qamariy yil siklida 19 ta 354 kunlik yillar va 11 ta 355 kunlik yillar mavjud bo‘ladi. Shu tazda odamlar foydalanadiga qamariy taqvim, haqiqiy tabiiy oy taqvimiga, ya'ni, Oy fazalariga to‘liq muvofiqlashtiriladi.

Boshqacha aytganda esa, amaliy taqvimni tabiiy taqvimga muvofiqlash uchun, unga qo‘shimcha kun qo‘shiladi. Bunday kun qo‘shilgan yilni esa "kabisa yili" deb ataymiz.

Qamariy yilning oddiy yoki, kabisa yili ekanidan qat'iy nazar, baribir u Yerdagi fasllari almashinivi bilan mos kelmaydi.

Qadimgi Bobilliklar birinchi bo‘lib, Quyoshning yulduzlar fonida harakatlanishini payqab qolishgan. Quyoshning yulduzlar fonidagi harakati Yerdagi yil fasllari almashinuvi bilan aniq mos tushishini esa, bitta ongli inson o‘rtacha umri davomida bilib olishi mumkin bo‘lgan jarayondir.

Quyoshning yulduzlar fonidagi to‘liq aylanib chiqish davomiyligi taxminan 365 kunga tengdir. Yani Quyosh yili, biz uni odatda Shamsiy yil deb ataymiz, o‘rtacha 365 kundan iborat bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, bir Shamsiy yil ham bir Qamariy yildan 11 kunga uzunroq ekan. Uch shamsiy yil o‘tgach, shamsiy va qamariy taqvimlar orasidagi farq 33 kunga, boshqacha aytganda bir oydan ham ziyoda holatga kelib qoladi. Aynan shu farq tufyali qamariy taqvimning yil fasllari bo‘ylab siljib yurishi yuzaga keladi.

Bu juda muhim jihatdir. Sababi biz odatiy kundalik ish faoliyatimizni shamsiy taqvim bo‘yicha yuritamiz. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, biz va deyarli butun taraqqiy etgan dunyo mamlakatlari foydalanadigan Grigorian taqvimi aynan shamsiy taqvim, ya'ni, Quyoshning yulduzlar fonidagi yillik harakatiga asoslangan taqvimdir. Musulmon olamining diniy taomillari uchun qo‘llaniladigan taqvim, ya'ni, Hijriy taqvim esa, Qamariy taqvim, ya'ni, Oyning osmondagi ko‘rinishida asoslangan taqvimdir.

Grigorian taqvimi aslida miloddan avvalgi 46-yilda Rim Imperatori Yuliy Sezar tomonidan amaliyotga joriy qilingan Yulian taqvimining takomillashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, u Iso Masiyh tavalludidan boshlangan deb olinadi. (Lekin bu Iso Masiyhning aniq o‘sha yilda va osha sanada tug‘ilganliklarini ifodalamaydi, chunki bu sanani nasroniy dini vakillari Injildagi ayrim faktlarga asoslanib arifmetik hisoblashlar orqali keltirib chiqarishgan. Shu sababli mazku ifoda aslida xato bo‘lishi ham mumkin). Mazkur omilga ko‘ra, Yulian taqvimining joriy etilishi jahon tarixida yangi eraning, ya'ni, bizning eramizning boshlanishi sifatida qaraladi. Shu vajga ko‘ra, mazkur sana, ya'ni, Yulian taqvimi joriy etilgunicha bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan hodisalarga "eramizdan avval" deb qo‘shib aytiladi, undan keyingi hodisalar esa, bizning eramiz deyiladi, ya'ni, masalan "eramizning falon asrida" deb gapiriladi. Yulian taqvimi boshlanish nuqtasi Iso alayhissalomning tavallidiga asoslangani bois, uni shuningdek milodiy taqvim ham deyiladi. Tarix haqida gap ketganda "miloddan avvalgi" deb qo‘shib aytilishining sababi ham shunda. Milodiy taqvim, ya'ni eramizning boshlanishi, Yulian taqvimiga ko‘ra 1-yilning 1-yanvari, hafta kuniga shanbadan boshlangan. Lekin mazkur taqvimda dastlab hech kim payqamagan jiddiy xatolik bo‘lgan. o‘sha jiddiy xatolik tufayli XIV asrga kelib, amaliy va tabiiy taqvimlar orasidagi farq 10 kunga yetib qolgan. Buni sezib qolgan olimlar tegishli takliflar bilan Vatikan papasi Grigoriy XIII ga murojaat etishgan va papa taqvimda olimlar orqali tegishli islohotlar o‘tkazib, 1582-yilgi milodiy yildan e'tiboran, o‘z nomi bilan ataluvchi yangi taqvim joriy qilgan. Bu taqvimga birinchi bo‘lib, Ispaniya, Italiya, Portugaliya va Fransiya o‘tgan. Boshqa mamlakatlar esa, asta-sekinlik bilan keyingi yuz yilliklar davomida Grigorian taqvimiga o‘tib borishgan. Chunonchi Rossiya faqat 1918 yildagina o‘tgan bo‘lib, bu paytda yulian taqvimi va haqiqiy shamsiy taqvim orasidagi farq, hamda unga muvofiqlangan Grigorian taqvimi bilan tafovut 13 kunga yetib bo‘lgan edi. Ruslardagi eski va yangi yangi yillar va milod bayramlari (rojdestvo) orasidagi 13 kunlik tafovut ham aynan shu sabablidir.

Muslulmon taqvimimiz esa, milodiy hisob bilan 622 yildan, ya'ni, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallamning bir guruh sahobalar bilan Makkadan Madinaga hijrat qilgan sanalaridan ibtido oladi. Hijriy taqvim yuqorida ham aytganimdek, qamariy taqvimga asoslanadi. Qamariy taqvim esa 354 va 355 kunlik yillardan iboratdir.

Musulmonlar uchun hijratdan boshlab ibtido oluvchi xos taqvimni, payg‘ambarimiz (s.a.v) vafotlaridan keyingi uchinchi halifa Umar ibn Hattob r.a. joriy etganlar. U hijriy taqvim bo‘yicha muharram oyining 1-kunidan, milodiy taqvim bo‘yicha esa, 622 yilning 16-iyulidan boshlangan.

Qamariy yil bilan bog‘liq yuqorida bayon qilingan muammo yuzasidan, islomiy hijriy taqvimdagi har 30 yil ichidan, 2-chi, 5, 7(8), 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26 va 29-chi yillarda oxirgi oyga (Zulhijjaga) qo‘shimcha bir kun qo‘shiladi. Ko‘rinib turibdiki, hijriy taqvimdagi kabisa yillarining ketma-ketligi ham aniq 4 yilda takrorlanmaydi. Musulmon taqvimi tuzuvchilarda faqatgina 7-chi yoki 8-chi yillardan qaysi biriga qo‘shimcha sana kiritish borasida kichik ixtilof mavjud. Lekin bu amalda hech narsani o‘zgartirmaydi. o‘rni kelganda shuni ta'kidlash kerakki, jijriy taqvimni isloh qilishda bizning buyuk alloma bobolarimiz ham ulkan xizmatlar ko‘rsatishgan. Chunonchi Abu Rayxon Beruniy (973-1048) o‘zining qo‘lyozma asarlarida oy fazalariga asoslangan qamariy taqvim va uning asosidagi hijriy yil hisobiga oid qator masalalarni mufassal yoritgan.



Beruniy qo‘lyozmasidagi Oy taqvimini ifodalovchi tasvir.

Hijriy taqvimning milodiy hisob boshiga ko‘ra 622-yildan boshlanishi, hijriy taqvimdagi biror yilni aniqlash uchun uni joriy yil hisobidan ayrib tashlash kifoya degan yanglish fikr keng tarqalgan. Vaholanki bu biroz murakkabroq jarayondir. Masalan, joriy 2015-yilning hijriy taqvim bo‘yicha yil hisobini chiqarish uchun 2015-dan 622 ni ayrish, ya'ni 2015-622=1393 amali kifoya qilmaydi. Hijriy taqvim bayon qilingan manbalarga, masalan, o‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan chiqarilgan namoz vaqtlari taqvimiga yoki, Ramazon taqvimiga murojaat etsak, 2015-yil 1393-hijriy yil emas, balki 1436-yil ekanini ko‘ramiz. Buning sababi ham ayni o‘sha, qamariy yilning 354 yoki 355 kundan iboratligidandir. Ya'ni, hijrat voqeasidan buyon hozirgacha 1393 ta emas, balki 1436 ta qamariy yil o‘tgan.

Hisoblab chiqishimga ko‘ra, islmo taqvimi, ya'ni, hijriy taqvim milodiy taqvim bilan yana 19 ta ming yillikdan keyin ustma-ust tushar ekan. 20874 yilda musulmonlar ham nasroniylar ham, taqvimni hijriy yoki milodiyga ajratishlariga hojat qolmaydi. Har ikki taqvim o‘zaro aniq muvofiqlikka keladi.

Umuman olganda, siz ham mabodo biror hijriy yil hisobini milodiyga yoki aksincha o‘girmoqchi bo‘lsangiz quyidagi formuladan foydalanishingiz mumkin: G=H(32/33)+622.

Bunda G - grigorian taqvimidagi yil hisobi, ya'ni, milodiy sana. H esa hijriy hisob bo‘yicha sana.

Masalan, joriy 2015-yilni o‘girsak, quyidagicha arifmetik amallarni bajarish kerak bo‘ladi:


Download 91,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish