Fikrini, niyatini boshqalardan Fikrini, niyatini boshqalardan
ISHSH XIXX
Eshakni to’xtashga undovchi eshakni yurishga undovchi
xitob xitob
Dangasa salqinga qochgay, ish desang. To’xtamoq odam eshakka, i sh sh desang.
Habibiy.
U ( Hasan ovchi) eshakni x i x deb tezlatdi. Sh.Toshmatov, Erk qushi.
5. “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” Azim Hojiyev tomonidan
tuzilgan. Sinonimlar lug’ati hozirgi o’zbek tili uchun xarakterli bo’lgan,
sinonimik qatorlarni o’z ichiga olgan lug’atdir.
Har bir lug’at maqolasi quyidagilardan tashkil topadi:
1) sinonimik qator;
2) sinonimik qatordagi so’zlar uchun umumiy bo’lgan ma’noning izohi;
3) sinonimik qatordagi har bir so’zga xos xususiyatning ta’rifi;
4) sinonimik qator va har bir sinonimga berilgan ta’rifni tasdiqlovchi misol-
sitatalar.
Sinonimik qatordagi so’zlar ifodalaydigan tushuncha doirasi o’zaro farqli
bo’lishi mumkin. Masalan, yordamlashmoq, yordam qilmoq, ko’maklashmoq,
qarashmoq, boqishmoq so’zlari “yordam ko’rsatmoq”, “ko’mak bermoq” ma’nosi
bilan bir sinonimik qatorni tashkil qiladi. Bu sinonimik qatordagi yordamlashmoq
so’zi ifodalaydigan tushuncha doirasi keng. Bu so’z jismoniy harakat bilan yordam
ko’rsatish, moddiy yordam ko’rsatish, fikr-mulohaza bilan va boshqa tarzda
yordam ko’rsatish ma’nosini ifodalay oladi (ko’tarishga yordamlashmoq,
imtihonga yordamlashmoq, tirikchilikka yordamlashmoq va b.). Ko’maklashmoq,
qarashmoq so’zlari esa asosan jismoniy harakat bilan, ba’zi hollardagina boshqa
yo’l bilan yordam ko’rsatishni ifodalash uchun qo’llanadi. Boqishmoq fe’li esa
faqat jismoniy yo’l bilan yordam ko’rsatishni ifodalash uchun qo’llanadi.
Lug’atda sinonimik qatordagi har bir so’zga qarata aytilgan fikr-mulohaza
shu so’zni qo’llashda amal qilinadigan qat’iy hukm deb emas, balki tavsiyalar deb
qaralishi lozim. Masalan, avval, ilgari, oldin, burun, qadim so’zlari “o’tgan
vaqtlar(da), hozirga vaqtga qadar” ma’nosini bildiradi. Bulardan
ilgari so’zi
avval, oldin so’zlariga nisbatan uzoqroq o’tmishni bildiradi.
Burun so’zi
ilgari
so’ziga nisbatan ham uzoqroq o’tmishi bildiradi. Lekin bu nisbatan yaqin o’tmishni
ifodalashda avval, undan uzoqroqni ifodalashda, albatta, burun, yana ham
uzog’ini ifodalashda, albatta, qadim so’zi qo’llanadi degan gap emas. Har qanday
uzoq o’tmishni ifodalashda avval, ilgari so’zlaridan foydalanish mumkin. Lekin
ilgari, burun, qadim so’zlari ko’rsatib o’tilgan xususiyatga ega. Nutqda har bir
konkret holatni hisobga olgan holda ana shu so’zlardan muvofig’ini qo’llash
fikrning aniq ifodasi uchun ma’lum darajada yordam beradi.
Sinonimik qatorning chegarasini ( bir sinonimik qatorga kiruvchi so’zlar
miqdorini) belgilash uchun avvalo shu sinonimik qatordagi bosh so’zni aniq
belgilash kerak bo’ladi. Bosh so’z, avvalo, sinonimik qatordagi so’zlar uchun
umumiy bo’lgan ma’noni aniq ifodalaydigan so’z bo’ladi. Masalan, balo, usta,
Do'stlaringiz bilan baham: